Раздел: O'zR Vazirlar Mahkamasining Qarori № 567 sonli 03.12.1992
O'zR Vazirlar Mahkamasining Qarori № 567 sonli 03.12.1992
Idoralarga qarashli kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutlari va fakultetlarining faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari
"Ta'lim to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda vazirliklar va idoralar xodimlarining malakasini oshirish institutlari faoliyatini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirliklar (Xalq ta'limi vazirligi va Sog'liqni saqlash vazirligidan tashqari) va idoralar, konsernlar, uyushmalar 1993 yil 1 yanvarga qadar tarmoq malaka oshirish institutlari va fakultetlarini
1-ilovaga muvofiq tugatsinlar.
2. Tugatilayotgan kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutlari va fakultetlarining asosiy fondlari va moddiy negizidan samarali foydalanish bo'yicha komissiya tarkibi
2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Komissiya 20 kun muddat ichida mazkur masala yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
3. Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'ziga qarashli oliy o'quv yurtlarida kadrlarni qayta tayyorlash tizimini tartibga solsin va zarur hollarda shartnoma asosida yangi mutaxassislar malakasini oshirish fakultetlari ochsin.
4. Belgilab qo'yilsinki, vazirliklar va idoralar, konsernlar va uyushmalar, yirik korxonalar va xo'jaliklarning rahbarlar bo'g'inini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faqat Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Boshqaruv instituti negizida,
o'rta bo'g'inga mansub va korxonalar rahbarlari malakasi - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi Malaka oshirish institutida amalga oshiriladi.
5. O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi rahbariyati bir oy muddat ichida Idoraviy yoshlar institutining ishlashi maqsadga muvofiqligi haqidagi masalani ko'rib chiqsin.
6. Moliya vazirligi va Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo'mitasi byudjetga va statistika hisobotiga tegishli o'zgartirishlar kiritsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Ijtimoiy masalalar, fan va ta'lim majmui zimmasiga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining
Raisi I. KARIMOV
Bu maqola saytda chop etilgan Eduportal.Uz (
http://eduportal.uz)
Ushbu maqola URL i:
http://eduportal.uz/uzb/article70.html