Раздел: Elektron maktab
Elektron maktab
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining buyrug‘iga binoan "Elektron-maktab" elektron hujjat almashish tizimini joriy etish bo‘yicha tajriba o‘tkazilmoqda:
Tajriba uch bosqichdan iborat:
- Maktab tugunini yaratish, dastlabki ma’lumotlarni kiritish va tizimni normal rejimda ishlatish
1.1 Tajribada qatnashadigan maktablarni aniqlash va maktab bo‘yicha boshlang‘ich umumiy ma’lumotlarni MUDR Markaziga yuborish. Mas’ullar: O‘zRsi XTB vakillari, maktab direktorlari.
1.2 Maktab tugunini yaratish va dastlabki ma’lumotlarni kiritish, foydalanuvchi uchun yo‘riqnomani tarqatish, serverlarni ishchi xolatda saqlash, tajribada qatnashayotgan foydalanuvchilar uchun maslaxatlar berish. Mas’ullar: MUDR Markazi xodimlari.
1.3 O‘quv rejasi, dars jadvali va yuklamalar bo‘yicha ma’lumotlarni kiritish. Mas’ullar: Direktor va o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha muovini.
1.4 Tizimning barcha foydalanuvchilar: o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ota-onalar tomonidan kundalik ishlatilishi (maktab pedagogik jamoasi barcha vakillari shartli ravishda).
2007 yil noyabr oyidan 2008 yil mart oyigacha.
- Joylardagi sharoitga moslashtirilgan distributiv diskni yaratish – O‘zbekistondagi hisobot shakllari, ta’lim standartlari va boshqa me’yoriy hujjatlardan foydalanilgan holda. Disk nusxalarini tajribada katnashgan maktablarga topshirish va maktab lokal tarmog‘iga o‘rnatish. Mas’ullar: MUDR Markazi xodimlari. 2008 yil aprel oyidan iyun oyigacha
- To‘liq lokallashtirilgan distributiv disk yaratish – foydalanuvchi tanlashi mumkin bo‘lgan rus va o‘zbek tillaridagi interfeys bilan.
3.1. Loyihalashtirish, ishlab chiqish, sozlash, sinovdan o‘tkazish va sinashlar. Mas’ullar: MUDR Markazi xodimlari.
3.2. Maktablar uchun jihozlarning minimal, maksimal va optimal konfiguratsiyalarini aniqlash (texnikaning turli variantlari, shu jumladan “yupqa kliyent” server texnologiyalari, ko‘rib chiqiladi). Mas’ullar: MUDR Markazi xodimlari.
3.3 Tegishli tashkilotlar ( xalq ta’limi boshqarmalari, tuman xalq ta’limi bo‘limlari, maktablar) bilan diskni xarid qilish bo‘yicha shartnomalar tuzish va tizimni maktab bo‘yicha olib borish. Mas’ullar: MUDR Markazi xodimlari va XTBning boshliqlari.
2008 yil iyun oyidan dekabr oyigacha.
Tizimni joriy etish quyidagi qadamlardan iborat:
- Maktab xodimlar ro‘yxati, o‘tiladigan fanlar ro‘yxati, sinf rahbarlik, yuklama, o‘quvchilar ro‘yxati bo‘yicha ma’lumotlarni tegishli formatda tayyorlaydi va MUDR Markaziga yuboradi.
- Berilgan ma’lumotlar bo‘yicha Markaz xodimlari yaratilgan maktab tugunida, maktab xodimalari ishlashi uchun maktab “fazosi”ni yaratishadi.
- Dastlab direktor va zavuch (administrator huquqlari bilan) ishlaydi, ta’lim muassasi bo‘yicha va xodimlar to‘g‘risida ma’lumotlar kiritiladi. Har bir sinf bo‘yicha o‘quv rejasi, dars jadvali tuziladi. Tizimga kirish bo‘yicha ma’lumotlar qolgan o‘qituvchilarga e’lon etiladi.
- O‘qituvchilar sinf jurnaliga baholarni kiritishadi (joriy va avvalgi choraklar bo‘yicha), tizimda ishlashni o‘rganishadi. Sinf rahbarlari o‘quvchilar va ota-onalar uchun tizimga kirish uchun ma’lumotlarni berishadi.
- Chorak yakunida direktor va zavuch XTB uchun hisobotlarni tayyorlaydi.
Tajriba xronologiyasi bu yerda keltirilgan.
Tajribada qatnashayotgan maktablar:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi: Nukus sh. 11-sonli Respublika maktabi. Direktor: Jamuratov Jenis Sharibayevich. Tugun yaratilgan sana - 02.01.2008. Ma’lumot olingan sana 07.01.2008.
Andijon viloyati: Buloqboshi tumanining 43-sonli internati. Direktor: Buvamatov Fayzullo. Ma’lumotlar olingan sana - 29.12.2007. Tugun yaratilgan sana - 02.01.2008.
Buxoro viloyati: Buxoro sh. 2-sonli maktabi. Direktor: Axmedova Zamira Shirinovna. Tugun yaratilgan sana - 02.01.2008. Ma’lumotlar olingan sana - 17.01.2008.
Jizzax viloyati: 11-sonli maktabi, Jizzax tumani. Direktor: Jurayeva Hosiyat Hudoyberganovna. Tugun yaratilgan sana - 09.01.2008. Ma’lumotlar olingan sana - 11.02.2008
Qashqadaryo viloyati: Qarshi sh. 1-sonli maktabi. Direktor: Abduraxmonov Ulug'bek. Tugun yaratilgan sana - 02.01.2008. Ma’lumotlar olinmagan.
Navoiy viloyati: 11-sonli maktabi. Direktor: . Tugun yaratilgan sana - 09.01.2008. Ma’lumotlar olinmagan.
Namangan viloyati: 13-sonli ixt. litsey-internat. Direktor Madaminova Matlyuba Rivojdinovna. Ma’lumotlar olingan sana - 13.12.2007. Tugun yaratilgan sana - 27.12.2007.
Samarqand viloyati: 6-sonli maktabi. Direktor : Narzullayeva Kubaro Soliyevna. Tugun yaratilgan sana - 02.01.2008. Ma’lumotlar olinmagan.
Surxondaryo viloyati:Termez sh. 16-sonli maktabi. Direktor: Mardonov Yo'ldosh. Tugun yaratilgan sana - 02.01.2008. Ma’lumotlar olinmagan.
Sirdaryo viloyati: xorijiy tillar ixt. maktab-internat. Direktor: Fayziyeva Saodat Temirovna. Ma’lumotlar olingan sana -18.12.2007. Tugun yaratilgan sana - 27.12.2007.
Toshkent viloyati: Chirchiq sh. 21-sonli maktabi. Direktor: Nigmanova Sabura Sobirjonovna. Tugun yaratilgan sana - 02.01.2008. Ma’lumotlar olinmagan.
Farg‘ona viloyati: Farg'ona sh. 32-sonli maktabi. Direktor: Axmedova Jamila Oxunjonovna. Tugun yaratilgan sana - 02.01.2008. Ma’lumotlar olinmagan.
Xorazm viloyati: 6-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internat. Direktor: Jumaniyozov Xamidjon. Ma’lumotlar olingan sana - 18.12.2007. Tugun yaratilgan sana - 27.12.2007.
Toshkent sh.: Chilonzor tumanining 195-sonli gimnaziya-maktabi. Direktor: Pak Margarita Afanasyevna. Ma’lumotlar olingan sana - 01.08.2007. Tugun yaratilgan sana - 03.01.08.
Yunusobod tumanining 12-sonli maktabi. Direktor: Ergasheva Gulnora Karimovna. Ma’lumotlar maktabda o'rnatilgan terminaldan kiritiladi. Tugun yaratilgan sana - 02.01.08.
Yunusobod tumanining 260-sonli maktabi. Direktor: Kim Galina Matveyevna. Tugun yaratilgan sana - 23.03.08.
Barcha ma’lumotlarni olgan, lekin tizimda ishlashni boshlamagan maktablar direktorlarini quyidagilarga e’tibor berishingiz so‘raladi:
Navbatdagi vazifalar
Zavuchlarga:
- tizimga kirishni o‘rganish;
- xodim va o‘quvchilar bo‘yicha bo‘liq ma’lumotlarni kiritish;
- o‘qituvchilarning fanlar bo‘yicha taqsimotini aniqlashtirish;
- o‘quv rejani kiritish;
- dars jadvalini kiritish.
Barcha o‘qituvchilarga:
- tizimga kirishni o‘rganish;
- sinf jurnali bilan ishlash va baholar qo‘yishni o‘rganish;
- birinchi va ikkinchi choraklar uchun yakuniy baholarni qo‘yishni o‘rganish;
- o‘quvchilar va ularning ota-onalariga tizimga kirish uchun ma’lumotlarni yetkazish.
Har bir maktabdan tayinlangan mas’ullar quyidagi manzil bo‘yicha tizimga kirishlari mumkin:
Bu maqola saytda chop etilgan Eduportal.Uz (
http://eduportal.uz)
Ushbu maqola URL i:
http://eduportal.uz/uzb/article521.html