Раздел: Asosiy ko'rsatkichlar

Asosiy ko'rsatkichlar

Kirish so‘zi

Har bir yurtning buguni va kelajagi tom ma’noda, mamlakat ta’lim tizimining qay darajada rivoj topgani bilan belgilanadi. Zero, Vatan taraqqiyoti, millat istiqboli shu zaminda voyaga yetayotgan o‘g‘il-qizlar kamoli bilan chambarchas bog‘liqdir.


Ma’lumingizkim, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning bevosita tashabbuslari va rahnamoliklarida Kadrlar tayyorlash milliy dasturining uzviy davomi bo‘lgan “2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi” qabul qilinib, uni amalga oshirish chora-tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 9 iyuldagi 321-sonli qarori bilan tasdiqlandi.


Mazkur dastur doirasida 2004-2007 yillarda jami 4669 ta umumta’lim maktablarida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Bu maktablarning barchasi zamonaviy mebel, o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi va sport anjomlari bilan jihozlandi. Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi ijrosi tom ma’noda umumxalq harakatiga aylandi deb, aytsak mubolag‘a bo‘lmaydi.

 

Natijada tizimda sifat jihatdan ham, son jihatdan ham ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmoqda. Masalan, maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi boshida, ya’ni 2004 yilda Xalq ta’limi vazirligi tasarrufida 9727 ta maktab faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, bunyodkorlik ishlari natijasida 2005-2006 o‘quv yilida ularning soni 9748 taga, 2007-2008 o‘quv yilida esa 9765 taga yetdi.

 

Mamlakatimizning eng olis, chekka hududlarida ham zamonaviy, ko‘rkam ta’lim muassasalari qad rostlab, qishloq va shahar maktablari orasida tafovut ildamlik bilan kamayib bormoqda.

 

Xalq ta’limida amalga oshirilayotgan islohotlar nafaqat soha mutaxassislarini, balkim keng jamoatchilikning ham e’tiborini tortmoqda.

 

Hisobot va monitoring tizimini takomillashtirish, uning haqqoniyligini va hammabopligini ta’minlash maqsadida 2005-2006 o‘quv yilidan boshlab joylardan olingan ma’lumotlar asosida Xalq ta’limi tizimida “Asosiy ko‘rsatkichlar” to‘plami yaratildi va chop etila boshlandi.

 

Ushbu asosiy ma’lumotlardan o‘z faoliyatida nafaqat ta’lim muassasalari rahbarlari, balkim barcha manfaatdor tashkilot va idoralar, qolaversa keng jamoatchilik ham unumli foydalanishi mumkin.  

 

 

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining 2006-2007 o'quv yilidagi asosiy ko'rsatkichlari

 

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2007-2008 o'quv yilidagi asosiy ko'rsatkichlari

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining 2008-2009 o'quv yilidagi asosiy ko'rsatkichlari               

 



Bu maqola saytda chop etilgan Eduportal.Uz (http://eduportal.uz)

Ushbu maqola URL i: http://eduportal.uz/uzb/article192.html