Bo`lim: 7 sinf
Maqola sanasi: 19 Sentyabr 2007 11:00
Ona tili 7

O`rganishda tasvirlar, animatsiyalar, videolavhalar umumiy nom “multimedia” so`zi bilan ekranning chap o`rta qismida joylashgan tugmada yashiringan. Bu tugma bosilishi bilan “bandlar” menyusi o`rnida shu mavzuga oid barcha rasmlar, videolavhalar ro`yxati paydo bo`ladi. Ro`yxatdan istalgan nom ustida sichqoncha tugmasi bosilgach, yangi darchada u ko`rsatiladi. Òanishib bo`lgach, orqaga” tugmasi orqali yana multimeda ro`yxatiga qaytiladi. Multimedia bilan ishlashdan chiqish uchun ekranning chap o`rtasida paydo bo`lgan “orqaga” tugmasini bosish lozim.
“Darsni o`rganish” va “Mustaxkamlash” rejimlarida ekranning yuqori qismida joylashgan funksional tugmalar orasida “Mundarija” tugmasi mavjud. Bu tugma elektron darslik mundarijasini ekranga chiqarishga xizmat qiladi. Òugma bosilganda alohida darchada darslikning boblari ro`yxati paydo bo`ladi. Ro`yxatdan istalgan bob ustida sichqonchaning chap tugmasi bosilishi bilan bobdagi mavzular ro`yxati ekranga chiqarilishi ta’minlanadi. Biror mavzu tanlangach, ekranda mavzuni o`rganish, ya’ni “darsni o`rganish” rejimining asosiy ko`rinishi paydo bo`ladi.
Bu maqola saytda chop etilgan Eduportal.Uz (
http://eduportal.uz)
Ushbu maqola URL i:
http://eduportal.uz/uzb/library/article40.html