O'zbekcha          Русский          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

  Найти!

Kengaytirilgan qidiruv     








 O'zbekiston tarixi
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya
MuallifQ. Usmonov, U. Jo'rayev, N. Noroqulov
Yil2007
FormatlarHTML

Darslikda Turkistonning uch xonlikka bo’linib ketishi, bo’linishning sabablari va oqibatlarini yoritishga alohida e’tibor berilgan. Siz Buxoro xonligi (amirligi), Xiva xonligi va Qo’qon xonligi misolida, ularning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy-madaniy hayoti, davlat boshqaruvi, xonliklar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda ahillik, hamkorlik bo’lmaganligini anglash bilan birga, tegishli xulosalar ham chiqarib olasiz, albatta.

XVI—XVII asrlarda Dashti Qipchoqdan O’rta Osiyoga kirib kelgan turli turkiy urug’-qabilalar bilan mahalliy aholining aralashuvi, xalqimizning o’zbek degan nomni o’ziga qabul qilishi kabi jarayonlarni bilib olasiz. Shuningdek, bu davrda qoraqalpoqlar hayotida ham sodir bo’lgan jiddiy o’zgarishlarni, qoraqalpoqlarning xalq bo’lib shakllanish jarayonini o’rganasiz.

XVI—XIX asrning birinchi yarmida ajdodlarimizning bunyodkorlik mehnati tufayli ko’plab shaharlar, ko’rkam binolar, madrasalar, suv inshootlari barpo etildi, qo’riq yerlar o’zlashtirildi, hunarmandchilik rivojlandi. Biroq xonliklar o’rtasidagi o’zaro urushlar, siyosiy tarqoqlik natijasida Vatanimiz jahon taraqqiyotidan orqada qolib ketdi. Siz darslikni o’qish, o’rganish jarayonida qoloqlikning sabablari va oqibatlarini bilib olishga e’tibor bering.



Formatda yuklash:
HTML (22.8 Mb)
   
Maqola sanasi: 18 Sentyabr 2007 16:03


Yangiliklar bolimiga o`tish
  © Copyright 2012 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.ziyonet.uz