O'zbekcha          Русский          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

  Найти!

Kengaytirilgan qidiruv     








 Biologiya 9
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya
Muallif
Yil2007
FormatlarHTML

«Biologiya» darsligi hayot haqidagi barcha asosiy qonunlar to’g’risidagi bilimlarni o’rgatadi. Biologik jarayonlar va hodisalarning mohiyatini ochish bilan bog’liq ajoyib yutuqlar bilan tanishtiradi. Tirik organizmlarning asosiy xususiyatlari va ularning xilma-xilligini ko’rsatadi.

Biologiya tirik tabiat to’g’risidagi bilimlar tizimini birlashtiruvchi fan si-fatida namoyon bo’ladi. Chunki, bu fanda ilgari o’rganilgan dalillar tarixiylik nuqtai nazaridan ma’lum tizimlarga keltiriladi va ularning yig’indisi organik olamning asosiy qonuniyatlaiini aniqlashga imkon yaratadi.

Ana shu qonuniyatlar asosida tabiatdan oqilona foydalanish, uni muhofaza qilish va qayta tiklash ishlari amalga oshiriladi. Darslikni o’qish borasida siz organik olamning xilma-xilligi va tirik organizmlarning tuzilinalari bilan tanishasiz. Organizmlarning individual rivojlanishi va ko’payishi, rivojlanish jarayonining o’ziga xos tomonlarini tushunishni, irsiyat va o’zgaruvchanlik hodisalarining qarama-qarshiligi, o’zaro bog’liqligini, assimilyatsiya hamda dissimilyatsiya jarayonlari va boshqalarni o’rganasiz. Tirik tabiatning qanchalik xilma-xil va murakkab bo’lishidan qafiy nazar, siz uni o’rganish bilan bog’liq bo'lgan aniq dalillarga ega bo’lasiz.

Hozirgi kunda biologiyaning turli sohalarida quyidagi ilmiy-tadqiqot usullaridan foydalanib kelinmoqda. Bularga kuzatish, taqqoslash, tarixiy va eksperimental usullar kiradi.

Kuzatish usuli. Eng dastlabki usullardan bo’lib, uning yordamida har qanday biologik hodisani tasvirlash, ta’riflash mumkin. Keyinchalik bu usuldan turlarni aniqlashda ham keng foydalanilgan. Bu sohada K. Linney juda katta muvaffaqayatlarga erishgan. Kuzatish usuli bugungi kunda ham o’zining ahamiyatini yo’qotgan emas. Tirik organizmlarni miqdor va sifat ko’rsatkichlarini ta’riflashda ko’p qo’llaniladi.



Formatda yuklash:
HTML (2,8 Mb)
   
Maqola sanasi: 22 Avgust 2007 17:58


Yangiliklar bolimiga o`tish
  © Copyright 2012 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.ziyonet.uz