O'zbekcha          Русский          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

  Найти!

Kengaytirilgan qidiruv     








 Odam va uning salomatligi 8
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya
Muallif
Yil2007
FormatlarHTML

Salomatlik odam organizmining biologik, aqliy, ruhiy, jismoniy holatlari va mehnat faoliyatining muvozanatlashgan birligidir. Sihat-salomatlik har kishi uchun baxt-saodatdir. Mehnat unumdorligini oshishi, mamlakatning iqtisodiy qudratini rivojlantirish va xalq farovonligini ta'minlashning zarur shartlaridan biri ham salomatlikdir. Sihat-salomatlikka nisbatan ongli va mas'uliyat bilan yondashishda har bir insonning turmush va axloqiy mezoni bo'lishi lozim.

O'zbekiston Respublikasida sog'lom, jismonan baquvvat, bilimli, ma'naviy-axloqiy yetuk, har tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirish davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 40-moddasida „Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega”, 41- moddasida „Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta'lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir" deyilgan.

Salomatlikni saqlash va mustahkamlash uchun awalo odam o'z tanasining tuzilishi, har qaysi to'qima va organlarining normal faoliyatini, o'sish, rivojlanish va ko'payish qonuniyatlarini bilishi zarur. Shuningdek, barcha tirik mavjudotlar kabi, odamga ham xos bo'lgan bu biologik xususiyatlarni asrash va tobora takomillashtirish uchun zarur bo'lgan shart-sharoitni mukammal bilish va yaratish talab etiladi.

Odam organizmining tuzilishini anatomiya, lining faoliyatini fiziologiya, yashashi, normal o'sishi, rivojlanishi, o'qishi, mehnat qilishi uchun zarur sharoit yaratishni gigiyena fanlari asosida o'iganiladi.



Formatda yuklash:
HTML (9,7 Mb)
   
Maqola sanasi: 22 Avgust 2007 17:52


Yangiliklar bolimiga o`tish
  © Copyright 2012 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.ziyonet.uz