
Maralakatimiz daryo va ko’llarida baliqlarning 70 ga yaqin turi, bir hujayralilardan tortib hasharotlargacha bo’lgan xilma-xil guruhlardan iborat umurtqasiz hayvonlarning rninglab turi uchraydi. Верауоn cho’llar, daryo vodiylari, ulkan tog’ tizmalari va vohalarda sudralib yuruvchilarning 60 ga yaqin, sutemizuvchilarning 100 ga yaqin va qushlarning 400 dan ortiq turi, 11000 turdan ortiq hasharotlar, yuzlab o’rgimchaksimonlar va boshqa hayvonlar tarqalgan.
Vatanimiz hayvonot dunyosi butun O’rta Osiyo hayvonot dunyosi kabi juda qadimdan shakllanib kelgan. Hayvonlarning bir qancha turlari dastlab mana shu o’lkada paydo bo’lgan; boshqa turlari qo’shni hududlardan kelib qolgan. Orol bakra balig’i, soxta kurakburun baliq, turkiston agamasi, turkiston gekioni, qum bo’g’ma iloni. ingichka barmoqli qo’shoyoq, ko’k sug’ur va boshqa ko’pgina turlar O’zbekiston hududida tarqalgan bo’lib, boshqa o’lkalarda deyarli uchramaydi.
Bizning mamlakatiraizda tarqalgan hayvonlarni muhofaza qilish. yo’qoh’b borayotgan turlarni saqlab qolish va ko’paytirishga katta e’tibor berilmoqda. Bu muhim ish O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham o’z ifodasini topgan. Biroq faqat davlatimiz tomonidan amalga osliirilayotgan ishlarning o’zi hayvonot dunyosini muhofaza qilish uchun yetarli emas. Bu ishga umumxalq e’tiborini qaratish kerak. Buning uchun har bir o’quvchi o’z vatani tabiiy boyliklaridan biri bo’lgan hayvonot dunyosini asrab-avaylash va muhofaza qilish chora-tadbirlarini yaxshi bilishi va ularga qat’iy amal qilishi lozim.
|
Maqola sanasi: 22 Avgust 2007 16:47 |