O'simliklarni farqlashdagi asosiy belgilardan biri gul bo'lganligi tufayli darslikda uning tuzilishi va u bilan bog'liq jarayonlarga, ya'ni changlanish, urug'lanish, meva va urug'larning shakllanib, taraqqiy etishiga katta e'tibor beriladi.
Shubhasiz, siz ko'rgan o'simliklaringizning nomini va ular haqidagi ma'lumotlarni bilishni istaysiz.
Yer yuzida o'simlik qanchalik ko'p bo'lmasin, barchasining ilmiy nomi bor. Olimlar ularni bir-biridan yaxshi ajratadi.
Tashqaridan qaraganda juda ko'p o'simliklar, ayniqsa bir yillik o'tlar bir-biriga o'xshaydi, shuningdek ular, bir-biridan qator belgilari bilan farq ham qiladi.
Ularni farqlashning o'ziga xos usullari bor. Har bir davlatning ma'lum bir hududida o'ziga xos o'simligi, fan tili bilan aytganda florasi bor. O'simliklar guli, mevasi, bargi va boshqa belgi (organ)larining tuzulishiga qarab bir-biriga o'xshab ketadi yoki bir-biridan farq qiladi. Ular ana shu belgilariga ko'ra, ma'lum bir tartibga keltiriladi.
Shunday qilib, o'simliklar dunyosi o'xshash belgilariga qarab tartibga — sistemaga solinadi, uni o'simliklar sistematikasi sohasi o'rganadi.
| Formatda yuklash: |
| HTML (162 Mb) | |
| Maqola sanasi: 22 Avgust 2007 09:25 |

