O'zbekcha          Русский          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

  Найти!

Kengaytirilgan qidiruv     








 Botanika 6
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya
Muallif
Yil2007
FormatlarHTML

Tashqaridan qaraganda juda ko’p o’simliklar, ayniqsa bir yillik o’tlar bir-biriga o’xshaydi, shuningdek ular, bir-biridan qator belgilari bilan farq ham qiladi.
 
O’simliklarni farqlashdagi asosiy belgilardan biri gul bo’lganligi tufayli darslikda lining tuzilishi va u bilan bog’liq jarayonlarga, ya’ni changlanish, umg’lanish, meva va urug’larning shakllanib, taraqqiy etishiga katta e’tibor beriladi.
 
Shubhasiz, siz ko’rgan o’simliklaringizning nomini va ular haqidagi ma’lumotlarni bilishni istaysiz.
 
Yer yuzida o’simlik qanchalik ko’p bo’lmasin, barchasining ilmiyyiomi bor. Olimlar ularni bir-biridan yaxshi ajratadi. Ularni farqlasnning o’ziga xos usullari bor. Har bir davlatning ma’lum bir hududida o’ziga xos o’simligi, fan tili bilan aytganda florasi bor. O’simliklar guli, mevasi, bargi va boshqa belgi (organ)larining tuzulishiga qarab bir-biriga o’xshab ketadi yoki bir-biridan farq qiladi. Ular ana shu belgilariga ko’ra, ma’lum bir tartibga keltiriladi. 
 
Shunday qilib, o’simliklar dunyosi o’xshash belgilariga qarab tartibga — sistemaga solinadi, uni o’simliklar sistematikasi sohasi o’rganadi. O’simliklar sistematikasining o’ziga xos usul va birliklari bor. Ular bilan siz keyinroq tanishasiz.
 
Ta’kidlash joizki, avvalgi va amaldagi darsliklarda o’simliklar sistematikasiga old materiallar ikki: o’simliklar sistematikasi va o’simliklarning asosiy bo’limlari boblarida berilgan. Lekin tabiatda sodda tuzilishga ega bo’lgan tirik mavjudotlarning tarixiy taraqqiyot jarayonida murakkablashib borganligini inobatga olib, sistematikaga oid barcha bo’limlar bitta bobda berilishini maqsadga muvofiq deb topdik. Unda siz bakteriyalar, zamburug’lar, lishayniklar, suvo’tlar, yo’sinlar, qirqbo’g’imlar, qirqquloqlar, ochiq urug’li va yopiq urug’li o’simliklar bo’limlarining vakillari bilan tanishasiz.
 
O’simliklar sistematikasidan so’ng cho’l, adir, tog’ va yaylovlarda keng tarqalgan o’simliklar haqidagi ma’lumotlar bayon etiladi.
 
Shuningdek, o’simliklarga nisbatan vujudga kelgan salbiy oqibatlarni, ekologik muammolarni bartaraf etish masalalari ham yoritildi.
 
Hech shubhasiz, o’simliklar dunyosi qachon va qanday qilib rivojlangan, degan savol sizni albatta qiziqtiradi. Unga “Yerda o’simliklar dunyosining rivojlanishi” bobida javob topasiz.
 
Respublikamiz botanik olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning natijalari va mahalliy materiallar darslikning “O’zbekistonda botanika fanining rivojlanish tarixi” bobiga kiritildi.
 
Darslikda ochiq yerlar va xonalarda o’sadigan manzarali o’simliklar (gullar)ga oid ma’lumotlar ham tushunarli tarzda yoritib berildi.
 
O’simliklarning qo’sh (binar) nomlariga bo’lgan talabning ortiv borayotganligini hisobga olib, darslikning o’simliklar sistematikasi bobida darslikka kiritilgan ko’pchilik o’simliklarga o’zbekcha qo’sh nom (tumi turkum bilan qo’shib atash) berishga harakat qilindi.
 
Kitob so’ngida, o’quvchilarning bilim darajasini oshirish maqsadida o’simliklarning o’zbekcha-lotincha nomlari berildi.
 
6-sinf “Botanika” darsligida berilgan bilimlarni mustahkamlash maqsadida har bir bob so’ngida qo’shimcha materiallar, krossvord, chaynvord, topshiriq va boshqalar berildi,
 
O’ylaymizki ushbu darslik o’quvchilarni o’simliklar dunyosi bilan tanishtirishda ularga yaqindan ko’makdosh bo’ladi.

Formatda yuklash:
HTML (5 Mb)
   
Maqola sanasi: 22 Avgust 2007 09:21


Yangiliklar bolimiga o`tish
  © Copyright 2012 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.ziyonet.uz