| O'quv qo'llanma Xalq ta'limi vazirligining 2006 yil 27 oktyabrdagi 265-sonli buyrug’iga asosan yaratilgan bo'lib, u umumta'lim maktablari o'qituvchilarining kompyuter savodxonligini oshirishga mo'ljallangan. Unda axborot-kommunikasiya texnologiyalarini ta'lim jarayoniga joriy etish uchun zarur bo'ladigan o'quv materiallari keltirilgan. Undan malaka oshirish institutlari o'qituvchilari, shu soha mutaxassislari, shuningdek kompyuter savodxonligini mustaqil ravishda oshirmoqchi bo'lgan kitobxonlar ham foydalanish mumkin. |