Tasavvur qila olishi kerak:
- Koinotning bepoyonligini, yulduzlarning son-sanoqsizligi, ulkanligi va bizdan nihoyatda uzoqligini;
- Yer, Quyosh va Oyning qiyosiy o‘lchamlarini, bir-birlaridan qanchalik uzoqligini;
- Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi tufayli yil va fasllar hosil bo‘lishini;
- yarimsharlar xaritasini, xaritalarning turli-tumanligini;
- tog‘, o‘rmon, cho‘l, dasht tabiatini.
Bilishi kerak:
- Quyosh yorug‘ligi va issiqlikning Yer yuzasida taqsimlanishini;
- ufqning asosiy tomonlarini;
- Yer yuzasining asosiy shakllarini, ularning tabiiy xaritada tasvirlanishini;
- Yer usti suvlari: daryolar, ko‘llar, dengizlarni;
- o‘simlik va hayvonlarning inson hayotidagi o‘rnini;
- o‘zi yashaydigan qishloq (shahar) tabiatining asosiy xususiyatlarini;
- O‘zbekistondagi yirik qo‘riqxonalarni;
- globus Yerning andozasi ekanligini;
- foydali qazilmalarning xaritada tasvirlanishini.
Ko‘nikmaga ega bo‘lishi kerak:
- Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishidan kun va tunning almashinishini tushuntira olish.
- foydali qazilmalardan 5-6 tasini tavsiflay olish;
- O‘zbekiston xaritasidan o‘lkamizdagi tog‘, o‘rmon, cho‘l, dasht tabiatini tavsiflay olish;
-O‘zbekiston xaritasidan Toshkent shahri, viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasining tabiati, aholisi, ular markazlaridagi diqqatga sazovar joylarni tavsiflay olish;
- o‘zi yashaydigan joy (qishlog‘i, shahri, shahar atrofi)ning tabiiy sharoiti, aholisi, diqqatga sazovor joylarni tavsiflay olish;
- tabiatni muhofaza qilish zarurligini tavsiflay olish;
- tabiatda o‘zaro bog‘liqlik, tabiat va inson o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushuntira olish.
Malakaga ega bo‘lishi kerak:
- Quyosh va mahalliy belgilarga qarab ufqning asosiy tomonlarini aniqlay olish;
- Dunyo xaritasidan O‘zbekiston hududini topa olish;
- xaritadan O‘zbekiston bilan chegaradosh davlatlarni ko‘rsata olish;
- O‘zbekiston tabiiy xaritasidan o‘lkamiz tog‘ va tekisliklarini, yirik daryolarini ko‘rsata olish;
- O‘zbekiston xaritasidan eng muhim foydali qazilma konlarini ko‘rsata olish;
- O‘zbekiston xaritasidan Toshkent shahri, viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasini ko‘rsata olish.