Tasavvur qila olishi kerak:
- jonli va jonsiz tabiatni;
- tabiat hodisalarini;
- O‘zbekistoninig «Qizil kitob»ini;
- tabiatda suvning aylanishini;
- atmosferadagi hodisalar (bulut va yog‘inlarning paydo bo‘lishi)ni;
- o‘simliklarda modda almashinuvini;
- hayvonlarda modda (energiya) almashinuvini;
- foydali qazilmalarni.
Bilishi kerak:
- tabiatdagi o‘zaro bog‘liqlikni;
- insonning jonli va jonsiz tabiat bilan o‘zaro aloqasini;
- jism va moddalarni farqlay olish;
- o‘tsimon va butasimon o‘simliklardan, daraxtlardan 5-4 xil) va poliz ekinlari, mevali daraxtlar (5-4 xilini qanday parvarish qilishni tavsiflay olish;
- tabiat manzarasini tavsiflay olish.
Malakaga ega bo‘lishi kerak:
- soat yoki sekundomer yordamida vaqt oralig‘ini o‘lchay olish;
- maktab yer uchastkasidagi yerga ishlov berish, o‘simlik va gul o‘tqazish;
- sanitar gigiyenik qoidalariga amal qilish;
- tabiatni muhofaza qilish, tabiatda o‘zini tutish qoidalariga amal qilish;
- «Qizil kitob»ga kirgan 5-4 ta hayvon turlarini ayta olish;
- gerbariylarni rasmiylashtira olish;
- tabiatda muntazam kuzatishlar olib borish, ularni «Kundalik kuzatish daftari»ga qayd qilib borish;
- kundalik materiallar bo‘yicha kuzatishlarga yakun chiqara olish