Tasavvur qila olishi kerak:
- Yer sayyora ekanligini;
- Yerning Quyosh atrofida, Oyning Yer atrofida aylanishini;
- jism va moddalarni;
- suvning uch holatini;
- hayvonlarning qishdagi hayotini;
Bilishi kerak:
- fasllardagi mavsumiy o‘zgarishlarni;
- o‘simliklarning kuzdagi hayotini;
- dehqonlarning kuzdagi mehnatini;
- qish faslining manzarasini, qorning xususiyatlarini;
- dehqonlarning bahor va yozdagi mehnatini;
- o‘simliklarning o‘t, buta va daraxtlarga bo‘linishini;
- aksariyat o‘simliklarning urug‘dan ko‘payishini;
- termometrni;
- inson bilan tabiatning bog‘liqligini;
- ovqatlanish gigiyenasini;
- vaqt o‘lchov birligini.
Ko‘nikmaga ega bo‘lishi kerak:
- tabiatning nima sababdan jonli yoki jonsiz deyilishini tushuntira olish;
- jismning moddalardan tashkil topganligini tavsiflay olish;
- havo va suvning yerdagi hayot uchun zarurligini tavsiflay olish;
- kuzatishga asoslanib havodagi o‘zgarishlarni tushuntira olish;
- tabiatni asrashning muhimligini tavsiflay olish;
- O‘zbekistonda yetishtiriladigan 5-6 xil o'simliklarni ayta bilish;
- inson va tabiat orasidagi munosabatni tavsiflay olish;
- kun chiqishi, tush vaqti, kun botishini tushuntira olish.
Malakaga ega bo‘lishi kerak:
- termometr yordamida havo va suvning haroratini o‘lchay olish;
- tarozi yordamida jism massasini o‘lchay olish;
- soatdan vaqtni aniqlay olish;
- ko‘chat- daraxtlarni parvarish qilish;
- shaxsiy gigiyenaga amal qilish;
- tishni parvarishlay bilish;
- ovqatlanish tartibiga amal qilish;
- tabiatni muntazam kuzatish va natijalarni «Kundalik kuzatish daftari»ga qayd qilib borish.