O'zbekcha          Русский          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

  Найти!

Kengaytirilgan qidiruv     








 Tabiat 1 sinf
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya


Tasavvur qila olishi kerak:

- o‘lkamizda ajoyib tog‘lar, dalalar, yaylovlar, o‘rmonlar, cho‘llar, daryolar mavjudligini;

- har bir fasldagi tabiat o‘zgarishlarini;

- dehqonlarning bahor, yoz va kuz faslaridagi mehnatini;

- Navro‘z bayrami, uni o‘tkazish tadbirlarini;

- uy jihozlari (mebellar, radio-televizorlar va boshqalar) va o‘quv qurollari (kitob, daftar, ruchka, qalam va boshqalar) odamlarning aqli va mehnati bilan yaratilganligini;

- komputer va uning imkoniyatlari.

Bilishi kerak:

- ko‘chada va transportda yurish qoidalarini;

- uy hayvonlarining yovvoyi hayvonlardan farqini;
- qush va hasharotlarning bir-biridan farqini;
- madaniy va yovvoyi o‘simliklarni;

- o‘simlik qismlari (ildiz, poya, barg, gul, meva, urug‘)ni;

- yil fasllari nomlarini;
- ob-havoning turlicha bo‘lishini;

- havoning issiq yoki sovuqligini, ochiq yoki bulutligini, yog‘in turlarini;

- o‘quv qurollari (kitob, daftar, ruchka, qalam va boshqalar)ni;

- uy jihozlari (mebellar, radio-televizorlar va boshqalar)ni;

- oshxona anjomlarini;

- suvning inson, o‘simlik va hayvonlar uchun ahamiyatini bilish, suvni behudaga isrof qilmaslik zarurligini.

Ko‘nikmaga ega bo‘lishi kerak:
- o‘z maktabini tavsiflay olish;
- o‘zining yashash manzilini ayta olish;

- o‘simlik va hayvonlarning yashash uchun oziqlanishi zarurligini tushuntira olish;

- uy hayvonlaridan;

- yovvoyi hayvonlardan;

- qushlardan;

- hasharotlardan;

- Quyosh yorug‘ligi va issiqligining Yerdagi hayot uchun zarurligini;

- o‘zi yashaydigan qishloq (shahar) tabiatini tavsiflay olish.

Malakaga ega bo‘lishi kerak:

- kun tartibiga;

- shaxsiy gigiyena qoidalariga;

- xona o‘simligini parvarish qila olish;

- uydagi elektr asboblari (yoritgichlar, televizor, radio, muzlatgich)dan texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda foydalana olish;

- oshxona anjomlaridan foydalana olish, oshxona yumushlarida onasiga yordam berish;

- yo‘l harakati;

- tabiat qo‘ynida o‘zini tutish qoidalariga rioya qiliш

  © Copyright 2012 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.ziyonet.uz