Ta’lim mazmunini bålgilîvchi kî‘rsatkichlar
Boshlang‘ich ta’limda tabiiyot ta’limi mazmunining negizi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: bizning maktab, bizning mahalla, ko‘chada yurish va tabiatda o‘zini tutish qoidalari, kun tartibi, shaxsiy gigiyena qoidalari, jonli va jonsiz tabiat, tabiat hodisalari, jism va moddalar, madaniy va yovvoyi o‘simliklar, o‘simliklarning organlari, xona o‘simliklari, o‘simliklardagi mavsumiy o‘zgarishlar, madaniy o‘simliklarni parvarish qilish va hosilini yig‘ish, dehqonlarning bahor, yoz va kuzdagi mehnati, hayvonot dunyosi, uy va yovvoyi hayvonlar, hasharotlar, qushlar, suvda yashovchi hayvonlar, hayvonlarning yashash sharoiti, odamning ichki va tashqi organlari, salomatlikni saqlash, suvning uch holati, tabiatda suvning aylanishi, ob-havo, atmosferadagi hodisalar, bulut va yog‘inlarning hosil bo‘lishi, Koinot, yulduzlar, Quyosh - eng yaqin yulduz, Oyning Yer atrofida aylanishi, globus, Yerning o‘z o‘qi va Quyosh atrofida aylanishi, kun va tun, yil fasllarining davriy almashinishi, yarimsharlar xaritasi, tabiiy xarita, Yer yuzasining asosiy shakllari, Yer yuzasi tabiatining xilma-xilligi, o‘lkamiz tabiati: tog‘ va tekisliklari, cho‘llari, dashtlari, o‘rmonlari, asosiy daryolari, ko‘llari va suv omborlari, yer osti boyliklari, mamlakatimiz poytaxti, viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasining tabiati, inson va tabiat orasidagi munosabat, tabiatni muhofaza qilish.
|