O'zbekcha          Русский          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

  Найти!

Kengaytirilgan qidiruv     








 Mehnat 3
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

O‘ZBEKISTON RESRUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
RESRUBLIKA TA’LIM MARKAZI
 
 Mehnat ta’limi fanidan yangi
tahrirdagi Davlat ta’lim
standarti
(3 - sinf)
 
Toshkent - 2006
  
DAVLAT TA’LIM STANDARTI
 
O‘quvchilar mehnat ta’limidan quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari lozim:
     -  mehnat jarayoni haqida dunyoqarashga ega bo‘lish;
     -  mehnat ta’limi bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lish;
     -  kasb - hunarlar haqida dastlabki tasavvurga ega bo‘lish;
     -  qishloq xo‘jaligi va ishlab chiqarish sohalari haqida umumiy tushunchaga ega bo‘lish;
     -  turli materiallarga boshlang‘ich ishlov berish;
     -  uy - ro‘zg‘or asboblaridan xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda foydalana olish;
     -  kundalik turmushda zarur bo‘ladigan dastlabki bichish - tikish ishlarini bajara olish;
     -  pazandachilik asoslari haqida tushunchaga ega bo‘lish;
     -  oila iqtisodiyoti, uy - ro‘zg‘or madaniyati tushunchalarga ega bo‘lish;
     -  qog‘oz va karton bilan ishlay olish;
     -  gazlama va tolali materiallar bilan ishlash;
     -  texnik modellashtirish;
     -  plastilin va loy bilan ishlash;
     -  turli materiallar bilan ishlash;
     -  badiiy - qurish yasash;
 
DAVLAT TA’LIM STANDARTIGA SHARH
     -  kasb - hunarlar to‘g‘risidagi tushunchalar;
     -  shahar va qishloq aholisi hayoti va mehnatining xususiyatlari;
     -  milliy mehnat an’analari, urf - odatlari;
     -  mehnat munosabatlarida axloqiy tushunchalar;
     -  mehnat madaniyati;
     -  o‘z - o‘ziga xizmat qilishga;
     -  mehnat qilish ko‘nikmalarini hosil qilishga;
     -  mehnat turlarini o‘rgatishga;
     -  mehnat qilish ishtiyoqini orttirishga;
     -  o‘zgalar mehnatini qadrlashga;
     -  kasb tanlashga yo‘naltirishga;
     -  o‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
1. Umumiy qoidalar
 
Mazkur Davlat ta’lim standartida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mehnat ta’limi va kasb tanlashga yo‘naltirishning tayanch mazmuni hamda maktabni bitirgan o‘quvchilarning mehnat va kasb tanlashga tayyorgarlik darajasining me’yorlari ifodalanadi.
 
Ushbu standart umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun mehnat ta’limi fanidan o‘quv dasturi, darslik, qo‘llanma va boshqa rasmiy me’yoriy materiallarni ishlab chiqish, o‘quv - tarbiya jarayonini tashkil etish hamda ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun asos sifatida xizmat qiladigan me’yoriy hujjatdir.
 
2. Mehnat ta’limining maqsadi
 
Mehnat ta’limining maqsadi - o‘quvchilar tomonidan bajariladigan, moddiy ne’matlar yaratishga qaratilgan aqliy va jismoniy harakatlar jarayonidan iborat bo‘lib, ularning mehnat qurollari, vositalari va jarayonlari haqidagi bilimlarini hamda ma’lum sohadagi ishlab chiqarish mehnatini bajarish uchun zarur amaliy ko‘nikma va malakalarini egallashlariga, ongli ravishda kasb tanlashga hamda jamiyat va shaxs farovonligi yo‘lida mehnat faoliyatiga qo‘shilishlariga imkon beruvchi shaxsiy sifat va tafakkurlarini rivojlantirishga qaratilgan.
 
Mehnat ta’limining vazifalari:
     - turli ishlab chiqarish sohalari mazmuniga taalluqli dastlabki ma’lumotlarni o‘rgatish, o‘lchash - tekshirish asboblaridan, ma’lumot manbalaridan foydalana olish, mehnat amaliyotlarini bajarish, erishilgan mehnat natijalarni belgilangan talablar bilan taqqoslash orqali xulosa chiqarishga o‘rgatish;
     - xalq xo‘jaligining turli sohalarida ishlatiladigan texnika va texnologiyalar to‘g‘risida bilimlar berish, inson faoliyatining turli sohalari bilan amaliy mehnat orqali yaqinroq tanishishlariga imkon yaratish;
     - mexanizatsiyalashtirilgan va elektrlashtirilgan vositalar bilan ishlashni, texnologik bilim va malakalarni, mehnat qonunchiligi, xavfsizlik texnikasi, sanitariya     - gigiena qoidalari asoslarini;
     - o‘quvchilarni bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari talablari asosida sifatli, raqobatbardosh iste’mol mollari, mehnat mahsulotlari yetishtirish va etishtirilgan mahsulotlarni iste’molchilarga etkazish vositalarini o‘rgatish, ish boshqaruvchi (menejerlik) unsurlari, homiylik, ishbilarmonlik sifatlarini shakllantirib borish va rivojlantirish;
     - o‘quvchilar bilimga intilish va mehnatga muhabbat, mehnat kishisiga nisbatan hurmat hissini singdirish, ularni jamoatchilik, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash;
     - xalq hunarmandchiligi kasblarini o‘rgatish orqali xalqning milliy ruhini, yashash tarzini, an’analarini tiklash va rivojlantirish. Milliy qadriyatlar, tarixiy yodgorliklar, xalq ustalarining boy merosini o‘rgatish, ulardan o‘z amaliy faoliyatlarida foydalanish ko‘nikmalarini mustahkamlash;
     - yangi ishlab chiqarish va axborot texnologiyalari, kompyuter texnikasi, yangi texnika va jihozlarning qo‘llanilishi sohalarini zamonaviy talablar darajasida va jahon tajribalariga mos holda o‘rganishlarini ta’minlash;
     -yuqori sinflarda turli mutaxassisliklarning kasbiy faoliyatida qo‘llaniladigan asbob - uskunalar, jihozlar, moslamalardan foydalanishni o‘rgatish;
     - o‘quvchilarda umummehnat ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, ularning qiziqishi, qobiliyati, kasbiy moyilliklariga ko‘ra, kasb - hunar turlarini tanlashga asos bo‘ladigan sifatlarni, umummehnat madaniyatini shakllanirish va rivojlantirish.
3. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quv rejasida mehnat ta’limining o‘rni
 
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quv rejasida mehnat ta’limi o‘quv faniga 1 - 4 - sinflarda haftasiga 1 soatdan, 5 - 7 - sinflarda 2 soatdan va 8 - 9 - sinflarda 1 soatdan ajratilgan. Hammasi bo‘lib bir yilga 408 soat o‘quv yuklamasi ajratilgan.
 
4. Mehnat ta’limi mazmunining majburiy talablari
Qog‘oz va karton bilan ishlash
 
Qog‘oz bilan ishlash usullari, ularning yaratilish jarayonlari: qog‘oz ishlab chiqarishning texnik bosqichlari, qogoz turlari va ularning oziga xos xususiyatlari, qogoz ishlab chiqarish sanoatida band bolgan kishilarning kasblari, qogozning xillari va xususiyatlariga oid nazariy va amaliy bilimlarni berish.
 
GAZLAMA VA TOLALI MATERIALLAR BILAN ISHLASH
 
Gazlama va tolali materiallar bilan ishlash, tikish     - bichish, toqish, kashta tikish, turli kiyimlarni ta’mirlash va shu kabilarni bajara olishga tayyorlanadilar.
O’quvchilar uchinchi sinfda ozlari mustaqil ravishda ichki va ustki kiyimlaridagi yirtiqlarni yamashni o’rganadilar. O’zlari mustaqil ravishda oddiy andazalarni olish va ularga asoslangan holda turli tikish     - bichish ishlarini mustaqil ravishda bajarishni o’rganadilar.
O’quvchilar mehnat ta’limi darslarida paxtakorlar, pillakorlar, dehqonlarning ishlari bilan ham tanishishni davom ettiradilar.
 
TEXNIK MODELLASHTIRISH
 
Texnik modellashtirish mashg‘ulotlari bolalarda texnik ijodkorlik xislatlarini tarbiyalaydi. Sodda va murakkab bo’lgan turli texnikaviy moslamalarni yasash va ularni ishga tushirish usullarini o‘rganadilar. Bu tajribalaridan keyinchalik mustaqil ishlarida foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
PLASTILIN VA LOY ISHI
 
Plastilin va loy ishi mashg‘ulotlarida o‘quvchilar loy yoki plastilindan turli o‘ynchoqlar, haykalchalar yasashni o‘rganadilar. Haykaltaroshlik mashg‘ulotining asosiy maqsadi o‘quvchilarni turli materiallardan biri bo‘lgan loy yoki plastilin bilan ishlash malakalarini yanada o‘stirish va ularning o‘ziga xos xarakterli xususiyatlarini to‘g‘ri o‘zlashtirish.
 
TURLI MATERIALLAR BILAN ISHLASH
 
Tabiiy materiallar bilan ishlash o‘quvchilarning tasavvuri, ijodiy qobiliyatini o‘stirish bilan qiziqarli o‘yinchoqlar va shu kabilarni tuza olish malakasini ham rivojlantiradi.
Tabiiy materiallardan qurish - yasash jarayonida oquvchilar turli bo‘laklarni o‘zaro biriktirish, ulash, qo‘zg‘aluvchan yoki qo‘zg‘almas qilib o‘rnatish, qumqog‘oz, egov, pichoq va shu kabilar bilan ishlov berish usullarini ham o‘zlashtirib oladilar. Ayrim hollarda tabiiy materiallardan yasaladigan shakllar, o‘yinchoqlarning ifodaliligi, ta’sirchanligini oshirishda tashlandiq va badiiy materiallar ham ishlatiladi.
 
Tashlandiq materiallardan turli - tuman oyinchoqlarni yasaydilar. O‘quvchilarning tasavvurlari, ijodiy qobiliyatlari, kerakli o‘yinchoqlarning namunasini oldidan "ko‘ra olish" xususiyatlari rivojlangan bo‘lishligi talab etiladi.
 
Ko‘pgina tashlandiq materiallar tashqi ko‘rinishdan aniq geometrik shaklga ega bo‘lib, bolalar ulardan qurish - yasash jarayonida samarali foydalana olishlari mumkin. Tashlandiq materiallardan o‘quvchilar bo‘ri, quyon, sher, mushuk, o‘yinchi qiz, sarboz, ot, karavot, transport vositalari, mebellar va shu kabi bir qancha o‘yinchoqlarni tayyorlashlari mumkin.
 
Badiiy materiallar deyilganda sirtiga oldindan ayrim tasvirlar, bezaklar va shu kabilar ishlangan hamda keyinchalik qirqib ishlatish uchun mo‘ljallangan karton, rangli qog‘ozlar, gulli gazlama bo‘laklari, charmlar, rangli iplar, folga va shu kabilar nazarda tutiladi.
 
Badiiy qurish - yasash jarayonida ayniqsa karton va rangli qog‘ozlardan keng ko‘lamda foydalaniladi. O‘quvchilar turli o‘lchash, belgilash, qirqish, yelimlash, qo‘zg‘aluvchan va qo‘zg‘almas qilib biriktirish, bo‘yash, bezatish va shu kabi qo‘shimcha ishlarni bajarishlari kerak. Rangli qog‘ozlardan qurish - yasash jarayonida o‘quvchilar simmetrik shakllarni qirqish, ularni yelimlash orqali hajmdor, yarim hajmdor o‘yinchoqlarni tayyorlash yo‘llarini o‘rganadilar.
BADIIY QURISH     - YASASH
 
«Badiiy qurish - yasash» milliy badiiy qurish - yasash san’atining sodda elementlari applikatsiya, ayrim narsa va buyumlarni badiiy qurish - yasash jarayonida orgatiladi.
Badiiy qurish - yasash mashgulotlari ikki qismdan iborat.
     1. Qog‘oz va karton bilan ishlash.
     2. Turli materiallar bilan ishlash.
qog‘oz va karton bilan ishlash bo‘limi «mehnat ta’limi» bo‘limidan farqli o‘laroq, badiiy qurish     - yasash jarayonida butunlay boshqacha maqsadlar uchun ishlatiladi. Masalan, rangli qog‘ozlardan yasalgan turli dekorativ gullarning bandlarini, shoxchalarni tasvirlashda karton qog‘ozidan foydalaniladi. Rangli qog‘ozlardan esa turli shakllar va tasvirlar qirqiladi va ma’lum tartib asosida biriktirish, kerakli joylarga yelimlash orqali har xil narsalar yasaladi.
Turli materiallar
Oquvchilarining bilimlariga qoyiladigan asosiy talablar:
 
     - tabiiy materiallar (tuxum po‘choqlari, quritilgan o‘t - o‘lanlar, barglar, gullar, yeryong‘oq po‘choqlari, rangli toshchalar) dan mozaika, dekorativ naqshlar, applikatsiyalar tayyorlash yo‘llarini; yaqindagi narsalar shaklini uzoqdagiga nisbatan yirik ko‘rinishini; o‘zbek xalq amaliy san’atida qo‘llaniladigan elementlarni (ko‘pbarg, oygul, anor, oftob, paxta) nomlarini, tabiiy materiallar (tuxum po ‘choqlari, quritilgan o‘t - o‘lanlar, barglar, gullar, yong’oq po‘choqlari, rangli toshchalar) dan mozaika, dekorativ naqshlar, applikatsiyalar tuzish yo‘llarini; turli ko‘rinishlardagi qutichalar chizmasini o‘qiy olishni; mavzuning mazmuniga ko‘ra ishlatiladigan badiiy materiallarning turlari va ularning nomlarini; qog'ozni buklash va qirqish yo‘llarini;
     - mashg’ulotlarda ishlatiladigan mehnat qurollaridan xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda foydalanishni;
     - turli shaklidagi naqshlarning o‘ziga xos xususiyatlari va chizish tartibi, buyumlarni bezashda ularning ahamiyatini;
     -  xalq hunarmandchiligida qo‘llaniladigan elementlarning nomlari, tabiiy materiallar va ulardan mozaika, dekorativ naqshlar, applikatsiyalar tuzish yo‘llarini;
     - turli ko‘rinishdagi qutichalar chizmasini "o‘qiy"olishni;
     - mavzuning mazmuniga ko‘ra ishlatiladigan materiallarning turlari va ularning nomlarini;
     - har - xil oddiy buyumlar va mahsulotlar tayyorlash jarayonlari ketma - ketligi hamda xomashyolarni bilish, ularni so‘zlar va turli tasvirlar,eskiz jadval orqali ifodalay olishni;
     - mehnat qurollarining turlari va ulardan to‘g‘ri foydalanishni;
     - oddiy buyum va mahsulotlarni tayyorlashni;
     - qog‘oz, karton, gazlama va boshqa materiallardan oddiy shakldagi gullar yasash, sopol buyumlar va kashtachilik buyumlari uchun oddiy naqshlar ishlashni;
     - xalq hunarmandchilik kasblarida ishlatiladigan materiallar hamda asboblarning nomi, turlari va xususiyatlari, ulardan xavfsizlik qoidalariga muvofiq foydalanishni;
     - loy, yog‘och va boshqa xar xil materiallardan oddiy buyumlar va o‘yinchoqlar yasashni;
     - gazlamadan oddiy buyumlar tikish va kashta naqshlari bilan bezashni;
     - pazandachilik va qandolatchilikning ayrim texnologik jarayonlarini bajarishni;
     - o‘simliklar, chorva mollari va parrandalarni parvarishlashni bilish kerak;
 
O‘quvchilarining ko‘nikmalariga qo‘yiladigan asosiy talablar:
     - tabiiy materiallardan sodda ko‘rinishdagi dekorativ gullarni tuzish va tayyorlash;
     - qaychi bilan qog‘ozdan chizig‘i bo‘ylab turli shakllar qirqish;
     - to‘rtburchak shaklidagi qutichalarning chetlari va qopqog‘ini naqsh bilan bezash;
     - chizmalar asosida turli maketlar va o‘yinchoqlarni yig‘a olish;
     - kartondan, tabiiy va ikkilamchi materiallardan ishlangan o‘yinchoqlarning bo‘laklarini qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan qilib biriktirish;
     - chizma va berilgan o‘lchovlar bo‘yicha buyumlarning qismlarini tayyorlashni;
     - buyumlar yasash uchun kerak bo‘ladigan materiallarni tanlashni;
     - karton bilan ishlashda kerak bo‘ladigan asbob va moslamalardan foydalanishni;
     - detallarni turli usullar bilan (bog‘ich, sim, yelim, vint va boshqalar) biriktirshni. - oddiy bichiqlar tayyorlay olishni (mustaqil ravishda olingan o‘lchamlar asosida);
     - olingan o‘lchamlar asosida matolarga belgilar tushirish va kiyim bichishni;
     - buyum uchun bezakli choklarni tanlash va ularni tikishni. - arracha yordamida murakkab zirq chiziqli qismlarni qirqa olishni;
     - yog‘ochga ishlov berish (tozalash, pichoq bilan yo‘nish, jilvirlash) ni;
     - yog‘ochga ishlov berishda mehnatni yengillashtirish moslamalarini qo‘llay olishni.
 
O‘quvchilarining malakalariga qo‘yiladigan asosiy talablar:
     - tabiiy materiallardan sodda ko‘rinishdagi dekorativ gullarni tayyorlash;
     - qaychi bilan qog‘ozdan shakllar qirqish;
     - to‘rtburchak shaklidagi qutichalarning chetlari va qopqog’ini naqsh bilan bezash;
     - chizmalar asosida turli maketlar va o‘yinchoqlarni yig‘ish;
     - kartondan, tabiiy va ikkilamchi materiallardan ishlangan o‘yinchoqlarning bo‘laklarini qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan qilib biriktirish;
     - chizma va berilgan o‘lchovlar bo‘yicha buyumlarning qismlarini tayyorlash;
     - buyumlar yasash uchun kerak bo‘ladigan materiallarni tanlash;
     - karton bilan ishlashda kerak bo‘ladigan asbob va moslamalardan foydalanish;
     - detallarni turli usullar bilan (bog‘ich, sim, yelim, vint va boshqalar) biriktirish - oddiy bichiqlar tayyorlash (mustaqil ravishda olingan o‘lchamlar asosida);
     - olingan o‘lchamlar asosida matolarga belgilar tushirish va kiyim bichish;
     - buyum uchun bezakli choklarni tanlash va ularni tikish - arracha yordamida murakkab zirk chiziqli qismlarni qirqa olish;
     - yog‘ochga ishlov berish (tozalash, jilvirlash);
     - yog‘ochga ishlov berishda mehnatni yengillashtirish moslamalarini qo‘llay olish.
  © Copyright 2012 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.ziyonet.uz