O'zbekcha          Ðóññêèé          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

  Íàéòè!

Kengaytirilgan qidiruv     








 Fizika 6 sinf
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

Fizika fanidan 6 sinf uchun Davlat ta`lim standarti
 
O`quvchilar fizika asoslariga oid quyidagi bilim, ko`nikma va malakalarni egallashlari shart:
-         fizik hodisalar haqida tasavvurga ega bo`lish va ularni tahlil qila olish;
-         mexanika, molekulyar fizika va termodinamika asoslari, elektr, yorug`lik, atom va yadro fizikasi asoslariga oid asosiy tushunchalar, atamalar, kattaliklar va ularning birliklari, qonuniyatlar, formulalarni bilish va ularni qo`llay olish;
-         fizik hodisalarni kuzatishni rejalashtirish va o`tkazish, kuzatish natijalarini umumlashtirish ishlarini bajara olish;
-         o`lchov asboblari (sekundomer, shtangensirkul, tarozi, menzurka, dinamometr, manometr, barometr, termometr, elektrometr, ampermetr, voltmetr, ommetr)dan foydalana bilish, asboblarning o´lchash xatoligini qo`llay olish;
-         mustaqil ravishda tajriba o`tkaza olish, tajriba natijalarini sxema, jadval, grafik ko`rinishda tasvirlay olish, ularni tahlil qila olish va xulosalar chiqarish;
-         buyuk allomalarimiz va ularning fizika rivojiga qo`shagan hissalari haqida tasavvurga ega bo’lish;
-         darsliklar, o`quv qo`llanmalar va qo`shimcha adabiyotlardan foydalanib, mustaqil bilim olish va ularni amaliyotda qo`llay bilish;
-         masalalar yechish bo`yicha ko`nikma va malakaga ega bo`lish;
-         fizik asboblar bilan ishlash jarayonida texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qila olish;
-         fizikaga oid olgan bilimlarini amaliyotda qo`llay olish;
 
 
DAVLAÒÒA`LIM SÒANDARÒIGA ShARH
Fizika ta`limining maqsad va vazifalari
Umumiy o`rta ta`lim maktablarida fizika ta`limining ahamiyati uning fan-texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarish sohalarida va kundalik hayotda tutgan o`rni bilan belgilanadi. Maktabda fizika oq`itish ta`limning umumiy maqsadlariga xizmat qilishi, ya`ni o`quvchilarning ilmiy dunyoqarashini, mantiqiy tafakkur yuritish qobiliyatini, aqliy rivojlanishini, o`z-o`zini anglash salohiyatini shakllantirishi va o`stirishi, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarkib toptirishi hamda ijtimoiy hayot va ta`lim olishni davom ettirish uchun zarur bo`lgan bilimlar bilan qurollantirishi lozim.
Umumiy o`rta ta`lim maktablarida fizika ta`limining asosiy vazifalari:      
-         o`quvchilarni fizik hodisalar, tushunchalar, kattaliklar, modellar, qonunlar, o`lchashlar, fizikaning amaldagi tatbiqlari, olamning fizik manzarasiga oid bilimlar bilan tanishtirish;
-         fizikadan masalalarni mustaqil ishlash, fizik hodisalarni kuzatish va ularni tushuntira bilish ko`nikmalarini shakllantirish;
-         fizikaga oid asbob va uskunalardan foydalanish, sodda o`lchov va tajriba ishlarini bajarish, ularning natijalari asosida xulosalar chiqarish, asbob va uskunalardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish malakalarini shakllantirish;
-         o`quvchilarni fan-texnika taraqqiyoti, fizika qonunlarining amalda qo`llanilishi bilan tanishtirish;
-         qadimda va o`tgan asrlarda yashab ijod etgan buyuk mutafakkirlar hamda hozirgi davr Vatanimiz fizik olimlarining faoliyatlari bilan tanishtirish, ta`lim mazmunini tevarak-atrofdagi mahalliy va tarixiy materiallar bilan bog`lash orqali o`quvchilarni milliy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
-         ta`lim mazmunini ijtimoiy hayot va texnika taraqqiyoti bilan bog`lash orqali î`quvchilarni ongli ravishda kasbga yî`naltirish, î`rta maxsus (akademik litsey) yoki kasb-hunar (kollej) ta`lim muassasalarida o`qishni davom ettirishlari uchun zamin tayyorlashdan iborat.
Umumiy o`rta maktab fizika ta`limi oldiga qo`yilgan vazifalarning bajarilishini ta`minlash va nazorat qilish ushbu davlat ta`lim standarti orqali amalga oshiriladi. U umumiy o`rta maktabda beriladigan fizika ta`limi mazmunining majburiy minimumini hamda o`quvchilarning fizikadan tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan minimal talablar majmuasini ifodalaydi.
Fizika ta`limi mazmunining majburiy minimumi umumiy o`rta ta`lim maktablarida o`quvchilarga fizikadan berilishi zarur bo`lgan ta`lim mazmunining minimumini ifodalaydi. Maktab fizika ta`limi mazmunini belgilashda to`qqizinchi sinfni tugatgan yoshlar umumiy fizika kursining barcha bo`limlaridan, chunonchi, mexanika, molekulyar fizika va termodinamika, optika, atom va yadro fizikasidan ma`lum darajada tugallangan bilimga ega bo`lishlari zarur ekanligi inobatga olingan. Òa`lim mazmunining majburiy minimumi quyidagi shaklda keltirilgan: fizik hodisa va dalillar, tushuncha va kattaliklar, modellar hamda qonunlar.
Bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan talablar o`quvchilarning fizikadan majburiy tayyorgarlik darajasiga, ya`ni ularning umumiy o`rta maktabda fizika taolimi jarayonida egallagan bilim, ko`nikma va malakalariga qo`yiladigan minimal talablarni aks ettiradi. Umumiy o`rta ta`lim maktablari o`quvchilarining fizikadan tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan talablar uning asosiy mazmunining yo`nalishlari, bilish vositalari, harakat va kuchlar, modda, maydon, ish va energiya bo`yicha belgilandi.
Bilish vositalari. O`quvchilarni fizik hodisalarni o`rganishda mustaqil ravishda kuzatish, tajribalar o`tkazish, tajriba natijalarini umumlashtirish hamda darsliklar, o`quv qo`llanmalari va boshqa qo`shimcha adabiyotlardan foydalana olishga o`rgatish muhim o`rin tutadi  
Harakat va kuchlar. Inson harakatda va o`zaro ta`sirida bo`lgan jismlar qurshovida yashaydi. Shu munosabat bilan jismlar harakati va o`zaro ta`sir qonuniyatlarini o`rganish o`quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda muhim o`rin tutadi. Bu esa asosiy maqsadlardan biri hisoblanadi.
Modda. O`quvchilarning tevarak-atrofdagi moddalar, ularning tuzilishi va xususiyati, modda tuzilishi diskretligi qoidasi ta`limot evolyutsiyasi yuzasidan tasavvurga ega bî`lishlari, moddaning turli agregat holatlari, har bir agregat holatdagi moddaning xossalari, berilgan xossaga ko`ra yangi materiallar hosil qilish kabilar bilan tanishishlari o`zlarini o`rab turgan olam tuzilishini anglashlarida muhim bosqich hisoblanadi.  
Maydon. Fizikaviy maydon tabiatni o`rganishdagi fundamental tushunchalar qatoriga kiradi. Maydon tushunchasini o`zlashtirib olish o`quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning muhim sharti hisoblanadi. Maydon bilan tanishtirish o`quvchilarning elektr, magnit va yorug`lik hodisalarini, teleko`rsatuv va radio aloqa tamoyillarini, turli chastotalar diapazonidagi elektromagnit to`lqinlar xususiyatini tushunishlari uchun zarur bo`ladi.
Ish va energiya. Ish va energiya asosiy fizik tushunchalardan bo`lib, u o`quvchilarda ilmiy dunyoqarashning asosi bo`lgan olamning fizik manzarasini ochib berishda hal etuvchi ahamiyatga ega. O`quvchilar energiya tushunchasini o`zlashtirib olishlari, energiyaning bir turdan boshqa turga aylanishi va undan foydalanish, energiya manbalari va bu borada mavjud bo`lgan muammolarni tushunishlari lozim.
II. O`quvchilar quyidagi fizik hodisa va dalillar, tushuncha va kattaliklar, modellar va fundamental nazariyalar, qonunlarni bilishlari shart
6 – sinf
1. Fizik hodisa va dalillar: mexanik harakat, tovush diffuziya, issiqlik harakati atmosfera bosimi, issiqlik uzatish, bug`lanish, konveksiya, nurlanish, yorug`lik, yorug`likning to`g`ri chiziq bo`ylab tarqalishi, yorug`likning qaytishi va sinishi, soya, soyaning hosil bo`lishi, Oy va Quyosh tutilishi;
2. Òushuncha va kattaliklar: tabiat, jism, modda, molekula, sanoq sistemasi, trayektoriya, tezlik, Oyning Yer atrofidagi tezligi, massa, zichlik, kuch, kuch momenti, kuch yelkasi, ish energiya, potensial energiya, kinetik energiya, quvvat, bosim, foydali ish koeffitsienti, modda tuzilishining diskretligi, tovush tezligi, tovush tembri, balandligi va qattiqligi, aks sado, shovqin;
3. Modellar va fundamental nazariyalar: suv molekulasining modeli;
4. Qonunlar: yorug`likning sinish va qaytish qonunlari, Arximed qonuni, Paskal qonuni;
III O`QUVChILARNING ÒAYYORGARLIK
DARAJASIGA QO’YILADIGAN ZARURIY ÒALABLAR
6 – sinf
Bilish vositalari: O’quvchilar bilish jarayonida quyidagi vositalardan foydalana olishlari zarur:
Fizik hodisalar: qattiq jismlarning erishi, suyuqlikning bug`lanishi, kondensatsiya, diffuziya, issiqlik, yorug`lik, tovushlarni kuzatish;
- sekundomer, shtangensirkul, tarozi, menzurka, areometr, dinamometr, termometrdan foydalana bilish;
- darslik va qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlash;
- fizik boshqotirmalarni yechish;
- tabiatdan, rasmlardan fizik hodisalarni aniqlash;
- spidometrdan mashina tezligini aniqlay olish; yassi ko’zgu, linzalarda tasvir hosil bo’lishini tushuntira olish;
- sekundomer, tarozi, menzurka, dinamometr, termometr kabi asboblardan foydalanib, oddiy tajriba ishlarini bajarish, natijalarini jadvalda tasvirlash, xulosa chiqarish, xavfsizlik qoidalariga rioya qila bilishi, bilimlarini amalda qo’llay olish.
2. Harakat va kuchlar:
O’quvchilar harakat va kuchlarga doir quyidagi bilimlarga ega bo’lishlari kerak: mexanik harakat, tekis va notekis harakat, trayektoriya, tovush tushunchalari, yo’l, tezlik, kuch, ogirlik kuchi, kuch momenti va yelkasi, bosim kattaliklari va ularni hisoblash formulalarini bilish;
Quyidagi ko’nikmalarni egallashlari zarur: mexanik harakatga oid misollar keltira olish, jismning tezligini, bosib o’tgan masofasini va harakatlanish vaqtini topishga doir masalalarni yecha olish, natijadan xulosa chiqarish, umumlashtira olish;
Quyidagi malakalarga ega bo’lishlari lozim: spidometr, dinamometr, blok, richag, qiya tekislik, chig`iriq, vint kabilardan foydalana olish, hayotda qo’llanish sohalarini bilish
3. M o d d a
O`quvchilar moddaga oid quyidagi bilimlarga ega bo’lishlari kerak: moddaning zarrachalardan tashkil topganligi, ularning o’zaro ta`siri, qattiq, suyuq va gaz holatlarida bo’lishligi, ularning tuzilishlaridagi farqlari, molekulalar o’lchami, soni haqida tushunchaga; modda zichligi, uni hisoblash formulasi, turli moddalarning zichligi turlicha bo’lishi to’g`risida tasavvurlarga;
Quyidagi ko’nikmalarni egallashlari zarur: zichlikka oid masalalarni yecha olish, moddalarni bir-biridan farqlay olish, linza, ko’zgu, lupa, fotoapparat qanday asbobligini bilish;
Quyidagi malakalarga ega bo’lishlari lozim: suyuqlik va gazlardagi diffuziya hodisasini aniqlash, termometr, menzurka, tarozi kabi asboblar bilan ishlash, qattiq jism zichligini, hajmini mustaqil tajriba qilib aniqlay olish.
4. Ish va energiya:
Ish va energiya to’g`risida quyidagi nazariy bilimlarga ega bo’lishlari kerak: energiya va uning turlari: mexanik (potensial, kinetik), ichki (issiqlik) energiya, energiyaning bir turdan boshqa turga aylanishi, oddiy mexanizmlar hamda ularning F.I.K. issiqlik dvigatellari va ekologiya, ish, quvvat to’grisida tushunchalarga;
Quyidagi ko’nikmalarni egallashlari zarur: ish va energiyaning formulasini yozib tushuntira olish, ularga oid masalalar yechish, ichki energiyani o’zgartirish usullarini tajribada ko’rsatish, ichki yonuv dvigateli, bugtrubinasi, shamol dvigatelini farqlay olish;
Quyidagi malakalarga ega bo’lishlari lozim: suyuqliklarning issiqlikdan kengayishi va sovuqlikdan torayishi, konveksiya, nurlanish, yoruglikning spektrlarga ajralishi, havo hamda suvda yorulikning sinishini amaliy tajribalarda kuzatish, energiya manbalaridan tejamli foydalanish tushunchasi kabilarga ega bo’lishlari kerak.
 
 
  © Copyright 2012 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.ziyonet.uz