O'zbekcha          Русский          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

  Найти!

Kengaytirilgan qidiruv     








 biologiya8
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

TA’LIM MAZMUNINING MAJBURIY MINIMUMI.
 
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida biologik ta’lim mazmunining negizi quyidagilardan iborat:
8-sinf
-           odam organizmi haqida umumiy ma’lumot;
-           odam organizmi, uning organlari va organlar sistemasining tuzilishi va funksiyalari;
-           organizm yaxlitligining asosi sifatida hujayra va to’qimalarning o’zaro bog’liqligi;
-           odam organizmidagi hujayra, to’qimalar–inson faoliyatining asosi ekanligi;
-           to’qimalarning organizmdagi vazifalari va uning bioelektrik faolligi;
-           moddalar almashinuvi va energiyaning o’zgarishi ;
-           organizm va tashqi muhit;
-           odam skeletining tuzilishi va vazifasi;
-           muskullarning tuzilishi va vazifasi;
-           qon aylanish, ayirish;
-           ovqatlanish, ovqat hazm qilish, nafas olish;
-           ferment va vitaminlarning modda almashinuvidagi roli;
-           organizm ichki muhitining doimiyligi;
-          organizmdagi modda almashinuvida uglevodlar, yodlar, aminokislotalarning o’zaro bog’liqligi;
-           ichki cekretsiya bezlari;
-           nerv gumoral boshqarish organizm bir butunligining asosidir;
-           nerv sistemasi va sezgi organlarining tuzilish xususiyatlari;
-           oliy nerv faoliyati;
-           odam organizmining ko’payishi va rivojlanishi;
-           odamning shaxsiy va ijtimoiy gigiyenasi, sog’lom turmush tarzi;
-           mehnat gigiyenasi, dam olish, badantarbiya mehnat va uyquning ahamiyati;
-           kasalliklarning oldini olish;
-           alkogol, nikotin, giyohvandlikning zararli ta’siri;
-           birinchi yordam ko’rsatish haqidagi bilimlar;
-           odamnining paydo bo’lishi to’g’risidagi tushunchalar va ularning rivojlanishi.
 
 
8-sinf   Odam va uning salomatligi
-                hujayraning tuzilishi va faoliyatining asosiy jarayonlarini;
-                to’qimalar, organlar, organlar sistemasining tuzilishi va funksiyalarini,
ularning nerv va gumoral boshqarilishini, odam va yirik hayvonlar  organizmining tuzilishi va funksiyalaridagi o’xshashlik va tafovutlarini;
-                odam organizmining mehnat faoliyati, tik yurish va ijtimoiy yashash tarzi
 bilan aloqador bo’lgan xususiyatlarini;
-                odam organizmi ichki muhit tarkibining nisbiy doimiyligini, immunitet;
-                issiqlikning boshqarilishi, moddalar almashinuvi, plastik va energiya
 almashinuvining o’zaro bog’liqligini;
-                issiq iqlim sharoitida ratsional ovqatlanishni;
-                sun’iy nafas oldirish usullarini, shikastlanganda va oftob urganda, cho’kkanda
 birinchi yordam ko’rsatishni, odam qaddi - qomatini aniqlay olish usullarini;
-                organizmning rivojlanishini;
-                jismoniy yuklamaning organizmga ta’sirini;
      - sog’liqni saqlovchi va unga zarar keltiruvchi omillarni bilishi kerak.
 
     
О’quvchi larning ko’nikma va malakasiga bo’lgan talablar
8-sinf
-         organlar sistemasini va organlarni taniy olish, ularning tuzilishi bilan funksiyalarning o’zaro bog’liqligi jismoniy mehnat va sportning inson organizmiga ko’rsatgan ijobiy ta’sirini bilish;
-         qaddi-qomat o’zgarishini, yassioyoqlikning rivojlanish sabablarini tushuntira olish;
-         shaxsiy gigiyena qoidalarini, mehnat va dam olish rejimiga rioya qilish  zarurligini, ratsional ovqatlanish qoidalarini bilishi, chekish, spirtli ichimliklar ichish va narkotik moddalarni iste’mol qilishning zararini  tushuntira bera olish, gigiyena qoidalariga amal qilish;
-         mikroskopdan foydalana olish;
-         mustaqil kuzatishlar olib borish, qon ketganda va boshqa shikastlanishlarda birinchi yordam ko’rsata olish;
-         darslik matni va rasmlar bilan ishlay olish, qisqacha axborot tayyorlab olish  malakasini egallagan bo’lishlari kerak.
 
 
  © Copyright 2012 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.ziyonet.uz