O'zbekcha          Русский          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

  Найти!

Kengaytirilgan qidiruv     








 Biologiya 7
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
BIOLOGIYADAN
 
DAVLAT TA’LIM STANDARTI
(Тажриба-синов варианти)
 
TOSHKENT- 2006
 
DAVLAT TA’LIM STANDARTI
 
O‘quvchilar biologiya asoslariga oid quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart:
      - biologiya (botanika),(zoologiya), odam va uning salomatligi, (sitologiya va genetika asoslari) kurslari mazmunida beriladigan asosiy biologik qonunlar va nazariyalarni bilish;
      - tirik organizmlar turli - tumanligini bilish;
      - o‘simlikning ildizi, poyasi, bargi, vegetativ ko‘payishi, guli, mevasi va urug‘lari, o‘simlik organlarining atrof-muhit bilan bog‘liqligi, o‘simliklar sistemasi, o‘simliklarning asosiy bo‘limlari, o‘simliklar olamining rivojlanishi, o‘simliklar qatlami, manzarali o‘simliklar haqida bilimga ega bo‘lish;
      - tur, urug‘, oila, turkum, sinf, tip to‘g‘risidagi asosiy sistematik birliklar tushunchalarini bilish;
      - hayvonlarning hujayraviy tuzilishini bilish;
      - hayvonlarning asosiy organlari va ularning vazifalarini tushuntira olish;
      - asosiy sistematik guruhlarni bilish;
      - organizmlarning hayot va faoliyat jarayonlari (oziqlanishi, nafas olishi, modda va energiya almashinuvi, o‘sishi, rivojlanishi, ko‘payishi)ni bilish va idrok etish;
      - tirik organizmlarning umumiy belgilari, tuzilishidagi o‘ziga xosliklarni tushuntira olish;
      - organizmlar, turlar, tabiiy sistemalarga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishning zarurligini bilish va unga amal qila olish;
      - odam organlari va ularning vazifalarini tushuntira olish;
      - odamning paydo bo‘lishi, ko‘payishi va rivojlanishini tavsiflay olish;
      - hujayraning tuzilishini, hayot faoliyatini, organizmlarning tuzilishi va funksiyasini mitoz, meyoz bo‘linishini, organizmlarning individual rivojlanishini bilish;
      - Mendel Morganlarning irsiyat qonunlari belgilarining rivojlanishida genlarning o‘zaro va ko‘p tomonlama ta’sirini, jins genetikasining o‘zgaruvchanlik xillarini, modifikatsion o‘zgaruvchanlikning statistik qonuniyatlarini o‘zlashtirish;
      - O‘zbekistonda biologiya fanining rivojlanish tarixini bilish;
      - biologiyaga oid bilimlardan tibbiyotda, turmushda, oqsimlik va hayvonlarni muhofaza qilishda, qishloq xo‘jaligi ishlarida foydalana olish.
 
Davlat ta’lim standartiga sharh
 
BIOLOGIYA TA’LIMINING MAQSAD
VA VAZIFALARI.
 
Biologiya ta’limi pedagogik jarayonning ajralmas tarkibiy qismi sifatida ta’limning umumiy maqsadlariga muvofiq o‘quvchi shaxsini tarbiyalashga xizmat qiladi.
 
Biologiya-tirik tabiat, hayot, uning kelib chiqishi, xilma-xilligi taraqqiyotning barcha jihatlari haqidagi fanlar majmuasidan iborat bo‘lib, umumta’lim maktablarida biologiya ta’limining roli shu fanning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati bilan belgilanadi.
 
Respublika mustaqilligining dastlabki yillaridan ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilish natijasida to‘plangan tajribalar, chiqarilgan bir qator qonunlar va biologiya o‘qitishning kelgusidagi talablar darajasiga ko‘tarishni taqozo qiladi.
 
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida biologiya ta’limining asosiy vazifalari:
      - o‘quvchilarni asosiy biologik tushunchalar, yetakchi g‘oyalar, ilmiy dalillar, qonunlar, ilmiy bilish usullari, organik olamning manzarasini shakllantirishga oid bilimlar bilan tanishtirish;
      - tirik tabiat va uning taraqqiyoti jarayonida vujudga kelgan moslanish mexanizmlari haqida ma’lumot berish;
      - organizmlarning hayoti, ularni individual va tarixiy rivojlanishining asosiy qonunlari, (molekula, hujayra, organizm populyatsiya, tur, darajalaridagi) biologik jarayonlar haqidagi bilimlar bilan qurollantirish, ularning biologiyani o‘rganishiga bo‘lgan qiziqish va ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish hamda kelgusidagi uzluksiz ta’lim tizimini davom ettirishlari uchun zamin tayyorlash;
      - o‘zlarining va o‘zgalarning salomatliklarini saqlashga, sog‘lom turmush tarzini tarkib toptirishga yo‘naltirish;
      - biologiya ta’limi mazmunining hozirgi ijtimoiy hayot va fan-texnika taraqqiyoti bilan mustahkam bog‘lanishini ta’minlash asosida ongli ravishda kasb tanlashga;
      - tabiatga, uning barcha boyliklariga oqilona munosabatda bo‘lish fazilatlarini yosh avlod ongiga singdirish;
      - biologiya ta’limi mazmunini o‘lkaga oid materiallar bilan boyitish, biologik bilimlar zaminida mahalliy oqsimlik va hayvon turlari, seleksiya yutuqlari, qadimda yashab ijod etgan buyuk allomalarimiz va hozirgi olimlarimizning biologiyaga oid ishlari bilan tanishtirish orqali milliy istiqlol va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iborat.
 
Yuqorida keltirilgan vazifalarni nazorat qilish Davlat ta’lim standarti orqali amalga oshiriladi. Umumiy ta’lim maktablarining biologiya ta’limi standarti biologiya oqquv fanidan o‘quvchilarga beriladigan bilimlar miqdori, ular egallaydigan malaka va ko‘nikmalari hajmini ko‘rsatuvchi me’yor, u umumiy ta’lim maktablarida biologiya ta’limi mazmunining negizini belgilovchi ko‘rsatkichlar hamda o‘quvchilarning biologiyadan tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar majmuasidan iborat rasmiy hujjat hisoblanadi.
 
«Ta’lim mazmuni negizini belgilovchi» umumiy ta’lim maktablarida biologiyadan beriladigan bilimlarning minimal darajasini, ya’ni ta’lim mazmuni negizini ifodalaydi.
Keltirilgan umumiy ta’lim maktablari uchun biologiya dasturi va darsliklarini yaratishda hamda ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etishda mo‘ljal vazifasini bajaradi.
 
Biologiya ta’limi standartidagi « tayyorgarlik darajasiga minimal   talablar» o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirishi shart bilim ko‘rsatkichlarni ifodalaydi. Bu bilishi, anglashi, amaliy ishlarni bajara oladigan ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlarini ta’minlash va uning sifatini aniqlashga imkon beradi. Belgilangan ko‘rsatkich va talablar biologiya ta’limining asosiy sifatlarini baholashda o‘lchov hisoblanadi.
Umumiy ta’lim maktablari uchun biologiya ta’limi standartida keltirilgan va talablar maktab biologiya ta’limi mazmunini to‘liq qamrab oladi.
 
Ushbu ta’lim standartining «Ta’lim mazmuni negizini belgilovchi» hamda « tayyorgarlik darajasiga talablar» bilan belgilanadi. Umumiy ta’lim maktablari uchun belgilangan va talablar kelgusida akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida biologiyadan fundamental bilimlar berilishini ko‘zda tutadi.
 
Umumiy ta’lim maktabini tamomlagan biologiyadan muayyan darajada mantiqan tugallangan bilim va malakaga ega bo‘lishlari zarurligini hisobga olgan holda biologiyadan sitologiya va genetika asoslari mavzulari bo‘yicha biologik bilimlarning berilishini tutadi. Bunda hujayra va organizmning tuzilish va hayot faoliyati birligi, organizmlarning negizida organik olamning turli-tumanliligiga oid bilimlar mujassamlashtiriladi. Hujayra metabolizmi, organizmlarning ko‘payishi va rivojlanishining sitologik asoslari, irsiyat va o‘zgaruvchanlik, seleksiya haqida tushuncha beriladi.
 
Biologiya ta’limi vazifalari nuqtai nazaridan ta’lim mazmunining murakkabligini minimallashtirish bir butunlikni, sistemalilikni, uzluksizlikni va o‘zaro bog‘liqlikni saqlagan holda olib boriladi.
 
 
TA’LIM MAZMUNINING MAJBURIY MINIMUMI.
 
Umumiy ta’lim maktablarida biologik ta’lim mazmunining negizi qo’yidagilardan iborat;
7-sinf
      - bir hujayrali va ko‘p hujayrali hayvonlar, ular tuzilishidagi xususiyatlar;
      - hayvonlarning oziqlanishi, nafas olishi, ayirishi, moddalar harakatlanishi,, o‘sishi, rivojlanishi, xulq-atvori;
      - so’rg’ichli chuvalchanglarning kelib chiqishi, rivojlanishi;
      - odam askaridasi, parazit, chuvalchanglarning xilma-xilligi;
      - halqali chuvalchanglarning xilma-xilligi;
      - qorinoyoqli mollyuskalar va ikki pallali mollyuskalar;
      - bo‘g‘imoyoqlillar tipi, qisqichbaqasimonlar, o’rgimchaksi-monlar va hasharotlar sinfi haqida;
      - xordalilar tipi ichki va tashqi tuzilishi;
      - baliqlarning va xilma-xilligi;
      - sudralib yuruvchilarning umumiy tavsifi, kelib chiqishi va xilma - xilligi;
      - qushlarning tashqi va ichki tuzilishi;
      - qushlarning va xilma-xilligi;
      - qushlarning kelib chiqishi va umumiy tavsifi;
      - sutemizuvchilarning tashqi va ichki tuzilishi;
      - sutemizuvchilarning, rivojlanishi va kelib chiqishi;
      - sutemizuvchilarning ahamiyati va ularni muhofaza qilish;
 
O‘quvchilarining bilimiga asosiy talablar:
7-sinf Zoologiya
      - tur, urug‘, oila turkum, sinf, tip to‘g‘risidagi asosiy taksonamik tushunchalarni:
      - hayvonlarning hujayraviy tuzilishi, hayvon hujayrasining hujayrasiga o‘xshashligi va farq qiluvchi xususiyatlarini;
      - hayvonlarning tashqi tuzilishi, umurtqasiz va umurtqali hayvonlar tuzilishining asosiy xususiyatlarini va ularning yashash muhiti bilan bog‘liqligini;
      - hayvonlarning organlari va ularning asosiy vazifalarini;
      - hayvonlarda ovqat hazm qilish, ayirish, nafas olish, qon aylanish organlari uzilishining asosiy xususiyatlarini;
      - hayvonlar nerv sistemasi va sezgi a’zolari tuzilishi va fe’l atvori xususiyatlarini;
      - tarixiy rivojlanish jarayonida hayvonlar xilma- xilligining ortib borishi   va tuzilishining murakkablashib borishi sabablarini;
      - o‘rganilgan sistematik guruhlariga mansub hayvonlarning tuzilishi va hayotiy xususiyatlarini, ularning tabiatda, xalq xo‘jaligi va inson faoliyatidagi ahamiyatini bilishlari kerak.
 
va malakasiga talablar
7 sinf
      - o‘rganilgan sistematik guruhlariga mansub hayvonlarning tuzilishi va hayotiy xususiyatlarini, ularning tabiatda, xalq xo‘jaligi va inson faoliyatidagi ahamiyatini bilishlari kerak.
      - noyob, yo‘qolib borgan hayvon turlarini muhofaza qilish tadbirlarini o‘tkazish;
      - редкостный
      - eng muhim sistematik bilimlar asosida mahalliy sharoitda tarqalgan hayvon tiplari va sinflari hamda ularga mansub asosiy turlarini bilish va o‘simliklarni aniqlagichi yordamida aniqlash;
      - hayvonlarni parvarish qilish va ular ustida kuzatish olib borish;
      - o‘rganilgan hayvonlardan kolleksiyalar tayyorlash, kolleksiya va rasmlar yordamida o‘rganilgan hayvonlarni tabiatda tanib olish;
      - mundarija yordamida darslikdan foydalanish, rasmlar bilan ishlash, dars mavzusi oxirida keltirilgan savollarga aniq javob berish;
      - biologiya atamalari bilan ishlash malakasiga ega kerak.
  © Copyright 2012 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.ziyonet.uz