O'zbekcha          Русский          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

  Найти!

Kengaytirilgan qidiruv     








 biologiya5
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

TA’LIM MAZMUNINING MAJBURIY MINIMUMI.
 
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida biologik ta’lim mazmunining negizi qo’yidagilardan iborat;
 
5- sinf.
-           Botanika fanining rivojlanish tarixi;
-           O’zbekistonda botanika fanining rivojlanish tarixi;
-           o’simliklar olamining umumiy tavsifi. Ularning xilma-xilligi;
-           gulli o’simliklar bilan umumiy tanishish;
-           o’simlikning hayotiy shakllari;
-           hujayra hayotning asosiy birligi;
-           hujayra va uning tarkibiy qismlari;
-           o’simliklar hujayrasining xilma-xilligi;
-           o’simliklarning hujayraviy tuzilishi;
-           ildiz, uning tuzilishi, o’sishi va ahamiyati;
-           ildizning tashqi va ichki tuzilishi;
-           ildizning tuproqdan suv va mineral moddalarni shimishi;
-           poya, uning xillari, tuzilishi, o’sishi va ahamiyati;
-           poyada oziq moddalarning harakatlanishi
-           shakli o’zgargan yer osti novdalari;
-           barg, uning tuzilishi, xillari; (fotosintez)
-           barglarda organik moddalarning hosil bo’lishi;
-           barglarning nafas olishi;
-           xazonrezgilik.
 
O’quvchilarining bilimiga bo’lgan asosiy talablar:
5-sinf Botanika
 
-         O’zbekistonda botanika fanining rivojlanish tarixi;
-         botanikaning lug’aviy ma’nosi;
-         botanikaning shohobchalari;
-         gulli o’simliklarning asosiy organlari;
-         o’simliklarning hayotiy shakllari;
-         mikroskop va lupaning tuzilishi;
-         hujayra va uning tarkibiy qismlari;
-         hujayralarning ko’payishi;
-         to’qima haqida tushuncha;
-         ildizning tashqi va ichki tuzilishi;
-         ildiz xillari;
-         ildiz mevalari;
-         ildizning nafas olishi va oziqlanishi;
-         novda;
-         kurtakning tuzilishi va xillari;
-         poyaning tashqi va ichki tuzilishi;
-         poyada suv va oziqa moddalarning harakatlanishi;
-         shakli o’zgargan poyalar (tuganak, piyozbosh, ildizpoya);
-         o’simlik barglarining tashqi va ichki tuzilishi;
-         barglarning xillari;
-         bargda organik moddalarning hosil bo’lishi;
-         barglarning suv bug’lantirishi.
 
 
O’quvchilarning ko’nikma va malakasiga bo’lgan talablar
5-sinf
-         gulli o’simliklarning organlarini taniy bilishlari;
-         o’simliklarning oziqlanishi;
-         nafas olishi;
-         o’sish jarayonlarini aniqlash maqsadida kuzatishlar;
-         oddiy tajribalar o’tkazishlari;
-         yerni yumshatish, sug’orish, chopiq qilish;
-         ko’chatlarni ko’chirib o’tkazish, o’g’it solishni;
-         tabiatda o’simliklar dunyosidagi mavsumiy   o’zgarishlarni kuzatishni va kuzatish
 natijalarini rasmiylashtirishni;
-         kattalashtirib ko’rsatiladigan asbob va mikroskop-lardan foydalanishni;
-         vaqtincha preporat tayyorlash va ularni ko’rish;
-         o’simliklarni parvarish qilishni (tanasi atrofini chopib yumshatish, singan va
          qurigan novdalarni kesishni, tana va shox-shabbalardagi jarohatlarni
          tuzatishni) bilishlari; 
-         tabiatda o’zini tutish qoidalariga rioya qilishni;
 
  © Copyright 2012 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.ziyonet.uz