Î’ZBÅKISTÎN RÅSÐUBLIKÀSI ÕÀLQ TÀ’LIMI VÀZIRLIGI
RÅSÐUBLIKÀ TÀ’LIM MARKAZI
BIOLOGIYADAN DAVLAT TA’LIM STANDARTI
(5-9-SINFLAR)
TOShKENT- 2005
O’quvchilar biologiya asoslariga oid quyidagi bilim, ko’nikma va malakalarni egallashlari shart:
- biologiya (botanika),(zoologiya), odam va uning salomatligi, (sitologiya va genetika asoslari) kurslari mazmunida beriladigan asosiy biologik qonunlar va nazariyalarni bilish;
- tirik organizmlar turli - tumanligini bilish;
- o’simlikning ildizi, poyasi, bargi, vegetativ ko’payishi, guli, mevasi va urug’lari, o’simlik organlarining atrof-muhit bilan bog’liqligi, o’simliklar sistemasi, o’simliklarning asosiy bo’limlari, o’simliklar olamining rivojlanishi, o’simliklar qatlami, manzarali o’simliklar haqida bilimga ega bo’lish;
- tur, urug’, oila, turkum, sinf, tip to’g’risidagi asosiy sistematik birliklar tushunchalarini bilish;
- hayvonlarning hujayraviy tuzilishini bilish;
- hayvonlarning asosiy organlari va ularning vazifalarini tushuntira olish;
- asosiy sistematik guruhlarni bilish;
- organizmlarning hayot va faoliyat jarayonlari (oziqlanishi, nafas olishi, modda va energiya almashinuvi, o’sishi, rivojlanishi, ko’payishi) ni bilish va idrok etish;
- tirik organizmlarning umumiy belgilari, tuzilishidagi o’ziga xosliklarni tushuntira olish;
- organizmlar, turlar, tabiiy sistemalarga nisbatan ehtiyotkorona munosobatda bo’lishning zarurligini bilish va unga amal qila olish;
- odam organlari va ularning vazifalarini tushuntira olish;
- odamning paydo bo’lishi, ko’payishi va rivojlanishini tavsiflay olish;
- hujayraning tuzilishini, hayot faoliyatini, organizmlarning tuzilishi va funksiyasini mitoz, meyoz bo’linishini, organizmlarning individual rivojlanishini bilish;
- Mendel Morganlarning irsiyat qonunlari belgilarining rivojlanishida genlarning o’zaro va ko’p tomonlama ta’sirini, jins genetikasining o’zgaruvchanlik xillarini, modifikatsion o’zgaruvchanlikning statistik qonuniyatlarini o’zlashtirish;
- O’zbekistonda biologiya fanining rivojlanish tarixini bilish;
- biologiyaga oid bilimlardan tibbiyotda, turmushda, o’simlik va hayvonlarni muhofaza qilishda, qishloq xo’jaligi ishlarida foydalana olish.
Davlat ta’lim standartiga sharh
BIOLOGIYa TA’LIMINING MAQSAD VA VAZIFALARI.
Biologiya ta’limi pedagogik jarayonning ajralmas tarkibiy qismi sifatida ta’limning umumiy maqsadlariga muvofiq o’quvchi shaxsini tarbiyalashga xizmat qiladi.
Biologiya-tirik tabiat, hayot, uning kelib chiqishi, xilma-xilligi taraqqiyotning barcha jihatlari haqidagi fanlar majmuasidan iborat bo’lib, umumta’lim maktablarida biologiya ta’limining roli shu fanning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati bilan belgilanadi.
Respublika mustaqilligining dastlabki yillaridan ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilish natijasida to’plangan tajribalar, chiqarilgan bir qator qonunlar va biologiya o’qitishning kelgusidagi talablar darajasiga ko’tarishni taqozo qiladi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida biologiya ta’limining asosiy vazifalari:
- o’quvchilarni asosiy biologik tushunchalar, yetakchi g’oyalar, ilmiy dalillar, qonunlar, ilmiy bilish usullari, organik olamning manzarasini shakllantirishga oid bilimlar bilan tanishtirish;
- tirik tabiat va uning taraqqiyoti jarayonida vujudga kelgan moslanish mexanizmlari haqida ma’lumot berish;
- o’quvchilarni organizmlarning hayoti, ularni individual va tarixiy rivojlanishining asosiy qonunlari, (molekula, hujayra, organizm populyatsiya, tur, darajalaridagi) biologik jarayonlar haqidagi bilimlar bilan qurollantirish, ularning biologiyani o’rganishiga bo’lgan qiziqish va ijodiy qobiliyatlarini o’stirish hamda kelgusidagi uzluksiz ta’lim tizimini davom ettirishlari uchun zamin tayyorlash;
- o’quvchilarni o’zlarining va o’zgalarning salomatliklarini saqlashga, sog’lom turmush tarzini tarkib toptirishga yo’naltirish;
- biologiya ta’limi mazmunining hozirgi ijtimoiy hayot va fan-texnika taraqqiyoti bilan mustahkam bog’lanishini ta’minlash asosida o’quvchilarni ongli ravishda kasb tanlashga yo’naltirish;
- tabiatga, uning barcha boyliklariga oqilona munosabatda bo’lish fazilatlarini yosh avlod ongiga singdirish;
- biologiya ta’limi mazmunini o’lkaga oid materiallar bilan boyitish, biologik bilimlar zaminida mahalliy o’simlik va hayvon turlari, seleksiya yutuqlari, qadimda yashab ijod etgan buyuk allomalarimiz va hozirgi olimlarimizning biologiyaga oid ishlari bilan tanishtirish orqali o’quvchilarni milliy istiqlol va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iborat.
Yuqorida keltirilgan vazifalarni nazorat qilish Davlat ta’lim standarti orqali amalga oshiriladi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining biologiya ta’limi standarti biologiya o’quv fanidan o’quvchilarga beriladigan bilimlar miqdori, ular egallaydigan malaka va ko’nikmalari hajmini ko’rsatuvchi me’yor bo’lib, u umumiy ta’lim maktablarida biologiya ta’limi mazmunining negizini belgilovchi ko’rsatkichlar hamda o’quvchilarning biologiyadan tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar majmuasidan iborat bo’lgan rasmiy hujjat hisoblanadi.
«Ta’lim mazmuni negizini belgilovchi ko’rsatkichlar» umumiy o’rta ta’lim maktablarida biologiyadan beriladigan bilimlarning minimal darajasini, ya’ni ta’lim mazmuni negizini ifodalaydi.
Keltirilgan ko’rsatkichlar umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun biologiya o’quv dasturi va darsliklarini yaratishda hamda ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etishda mo’ljal vazifasini bajaradi.
Biologiya ta’limi standartidagi «O’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan minimal talablar» o’quvchilar tomonidan o’zlashtirishi shart bo’lgan bilim ko’rsatkichlarni ifodalaydi. Bu o’quvchilarning bilishi, anglashi, amaliy ishlarni bajara oladigan ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlarini ta’minlash va uning sifatini aniqlashga imkon beradi. Belgilangan ko’rsatkich va talablar biologiya ta’limining asosiy sifatlarini baholashda o’lchov hisoblanadi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun biologiya ta’limi standartida keltirilgan ko`rsatkich va talablar maktab biologiya ta’limi mazmunini to`liq qamrab oladi.
Ushbu ta’lim standartining «Ta’lim mazmuni negizini belgilovchi ko’rsatkichlar» hamda «O’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar» bilan belgilanadi. Umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun belgilangan ko’rsatkich va talablar kelgusida akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida biologiyadan o’quvchilarga fundamental bilimlar berilishini ko’zda tutadi.
Umumiy o’rta ta’lim maktabini tamomlagan o’quvchilarning biologiyadan muayyan darajada mantiqan tugallangan bilim va malakaga ega bo’lishlari zarurligini hisobga olgan holda biologiyadan sitologiya va genetika asoslari mavzulari bo’yicha biologik bilimlarning berilishini ko’zda tutadi. Bunda hujayra va organizmning tuzilish va hayot faoliyati birligi, organizmlarning negizida organik olamning turli-tumanliligiga oid bilimlar mujassamlashtiriladi. Hujayra metabolizmi, organizmlarning ko’payishi va rivojlanishining sitologik asoslari, irsiyat va o’zgaruvchanlik, seleksiya haqida tushuncha beriladi.
Biologiya ta’limi vazifalari nuqtai nazaridan ta’lim mazmunining murakkabligini minimallashtirish bir butunlikni, sistemalilikni, uzluksizlikni va o’zaro bog’liqlikni saqlagan holda olib boriladi.
Î’quvchilarning ko’nikma va malakasiga bo’lgan talablar
5- sinf.
- Botanika fanining rivojlanish tarixi;
- O’zbekistonda botanika fanining rivojlanish tarixi;
- o’simliklar olamining umumiy tavsifi. Ularning xilma-xilligi;
- gulli o’simliklar bilan umumiy tanishish;
- o’simlikning hayotiy shakllari;
- hujayra hayotning asosiy birligi;
- hujayra va uning tarkibiy qismlari;
- o’simliklar hujayrasining xilma-xilligi;
- o’simliklarning hujayraviy tuzilishi;
- ildiz, uning tuzilishi, o’sishi va ahamiyati;
- ildizning tashqi va ichki tuzilishi;
- ildizning tuproqdan suv va mineral moddalarni shimishi;
- poya, uning xillari, tuzilishi, o’sishi va ahamiyati;
- poyada oziq moddalarning harakatlanishi
- shakli o’zgargan yer osti novdalari;
- barg, uning tuzilishi, xillari; (fotosintez)
- barglarda organik moddalarning hosil bo’lishi;
- barglarning nafas olishi;
- xazonrezgilik.
6- sinf
- gul tuzilishi;
- gullarning xilma – xilligi, changlanishi;
- urug’lanishi;
- to’pgullar, ularning xillari;
- mevalar, ularning xillari;
- tabiatda va inson hayotida mevalarning ahamiyati, urug’larning tuzilishi va xilma-xilligi;
- urug’larning o’sishi va rivojlanishi;
- meva va urug’larning tarqalishi;
- o’simlik va tashqi muhit o’simliklarning asosiy bo’limlari;
- suvo’tlar, yo’sinlar, qirqbo’g’inlar, ochiq va yopiq urug’li o’simliklar;
- bir urug’ pallali, ikki urug’ pallali o’simlik sinflariga kiruvchi oilalarning vakillari va ularning gul tuzilishi;
- cho’l, to’qay, adir, tog’ va yaylov o’simliklari qoplami dunyosini muhofaza qilish;
- «Qizil kitob» to’g’risida tushuncha;
- manzarali o’simliklar;
- yerda o’simliklar dunyosining rivojlanishi to’g’risidagi bilimlarni egallashlari kerak.
7-sinf
- bir hujayrali va ko’p hujayrali hayvonlar, ular tuzilishidagi xususiyatlar;
- hayvonlarning oziqlanishi, nafas olishi, ayirishi, moddalar harakatlanishi, ko’payishi, o’sishi, rivojlanishi, xulq-atvori;
- so’rg’ichli chuvalchanglarning kelib chiqishi, ko’payishi, rivojlanishi;
- odam askaridasi, parazit, chuvalchanglarning xilma-xilligi;
- halqali chuvalchanglarning xilma-xilligi;
- qorinoyoqli mollyuskalar va ikki pallali mollyuskalar;
- bo’g’imoyoqlillar tipi, qisqichbaqasimonlar, o’rgimchaksi-monlar va hasharotlar sinfi haqida;
- xordalilar tipi ichki va tashqi tuzilishi;
- baliqlarning ko’payishi va xilma-xilligi;
- sudralib yuruvchilarning umumiy tavsifi, kelib chiqishi va xilma - xilligi;
- qushlarning tashqi va ichki tuzilishi;
- qushlarning ko’payishi va xilma-xilligi;
- qushlarning kelib chiqishi va umumiy tavsifi;
- sutemizuvchilarning tashqi va ichki tuzilishi;
- sutemizuvchilarning ko’payishi, rivojlanishi va kelib chiqishi;
- sutemizuvchilarning ahamiyati va ularni muhofaza qilish;
8-sinf
- odam organizmi haqida umumiy ma’lumot;
- odam organizmi, uning organlari va organlar sistemasining tuzilishi va funksiyalari;
- organizm yaxlitligining asosi sifatida hujayra va to’qimalarning o’zaro bog’liqligi;
- odam organizmidagi hujayra, to’qimalar–inson faoliyatining asosi ekanligi;
- to’qimalarning organizmdagi vazifalari va uning bioelektrik faolligi;
- moddalar almashinuvi va energiyaning o’zgarishi ;
- organizm va tashqi muhit;
- odam skeletining tuzilishi va vazifasi;
- muskullarning tuzilishi va vazifasi;
- qon aylanish, ayirish;
- ovqatlanish, ovqat hazm qilish, nafas olish;
- ferment va vitaminlarning modda almashinuvidagi roli;
- organizm ichki muhitining doimiyligi;
- organizmdagi modda almashinuvida uglevodlar, yodlar, aminokislotalarning o’zaro bog’liqligi;
- ichki cekretsiya bezlari;
- nerv gumoral boshqarish organizm bir butunligining asosidir;
- nerv sistemasi va sezgi organlarining tuzilish xususiyatlari;
- oliy nerv faoliyati;
- odam organizmining ko’payishi va rivojlanishi;
- odamning shaxsiy va ijtimoiy gigiyenasi, sog’lom turmush tarzi;
- mehnat gigiyenasi, dam olish, badantarbiya mehnat va uyquning ahamiyati;
- kasalliklarning oldini olish;
- alkogol, nikotin, giyohvandlikning zararli ta’siri;
- birinchi yordam ko’rsatish haqidagi bilimlar;
- odamnining paydo bo’lishi to’g’risidagi tushunchalar va ularning rivojlanishi.
9- sinf
- tirik va jonsiz tabiatning o’xshashligi hamda farqlari;
- organizmlarning xilma - xilligi;
- hujayra - hayot birligi;
- hujayra nazariyasi;
- hujayraning kimyoviy tarkibi;
- organik moddalari: oqsillar, nuklein kislotalar, uglevodlar, lipidlar, anorganik moddalar – suv, mineral tuzlar;
- biopolimerlar haqida umumiy tushunchalar;
- DNK, RNK, ATF larning organizmdagi vazifalari;
- organik olamning turli – tumanligi;
- tirik va jonsiz tabiatning o’xshashligi va farqi;
- tiriklikning tuzilish darajalari: molekula, hujayra, organizm, populyatsiya
- tur, biogeotsenoz va biosfera;
- organizmlar xilma – xilligi;
- hayotning hujayrasiz shakllari - viruslar, faglar;
- hayotning hujayraviy shakllari - prokariotlar: bakteriyalar, ko’k - yashil suv o’tlari;
- avtotrof va geterotrof oziqlanish usullari;
- eukariotlar: yashil o’simliklar, zamburug’lar, hayvonlar;
- hujayraning tuzilishi va funksiyalari;
- fermentlarning katalizatorlik roli;
- moddalarning plastik almashinuvi va energiya almashinuvi;
- oqsillar biosintezi mohiyati;
- gen, genetik kod, biosintez reaksiyalarining matritsa xarakteri;
- fotosintez va uning ahamiyati;
- organizmning ko’payish usullari;
- somatik hujayralarning mitoz yo’l bilan bo’linish diploid to’plami;
- xromosomalar sonining doimiyligi;
- xromosomalarning klassifikatsiyasi, tuzilishi va funksiyalari;
- jinsiy hujayralar, ularning rivojlanishi;
- meyoz va urug’lanishning o’zaro bog’liqligi;
- organizimlarning embrional va postembrional rivojlanishi;
- genetikaning asosiy yo’nalishlari;
- Mendel va Morganning irsiyat qonunlari. Ularning sitologik asoslari;
- genlarning o’zaro va ko’p tomonlama ta’siri;
- odam genetikasini o’rganish usullarining o’ziga xosligi;
- modifikatsion va mutatsion o’zgaruvchanlik, ularning sabablari;
- genetikaning sog’liqni saqlashdagi ahamiyati;
- odamdagi irsiy kasalliklarning oldini olish;
- reaksiya normasi;
- muhitni mutagenlar bilan ifloslanishdan muhofaza qilishning zarurligi;
- alkogol, nikotin va boshqa narkotik moddalar iste’mol qilishning naslga zararli ta’siri;
- seleksiyaning rivojlanishida genetika fanining ahamiyati;
- genetikadan masalalar yechishni bilish.
7-sinf Zoologiya
- tur, urug’, oila turkum, sinf, tip to’g’risidagi asosiy taksonamik tushunchalarni:
- hayvonlarning hujayraviy tuzilishi, hayvon hujayrasining o’simlik hujayrasiga o’xshashligi va farq qiluvchi xususiyatlarini;
- hayvonlarning tashqi tuzilishi, umurtqasiz va umurtqali hayvonlar tuzilishining asosiy xususiyatlarini va ularning yashash muhiti bilan bog’liqligini;
- hayvonlarning organlari va ularning asosiy vazifalarini;
- hayvonlarda ovqat hazm qilish, ayirish, nafas olish, qon aylanish organlari uzilishining asosiy xususiyatlarini;
- hayvonlar nerv sistemasi va sezgi a’zolari tuzilishi va fe’l atvori hususiyatlarini;
- tarixiy rivojlanish jarayonida hayvonlar xilma - xilligining ortib borishi va tuzilishining murakkablashib borishi sabablarini;
- o’rganilgan sistematik guruhlariga mansub hayvonlarning tuzilishi va hayotiy xususiyatlarini, ularning tabiatda, xalq xo’jaligi va inson faoliyatidagi ahamiyatini bilishlari kerak.
8-sinf Odam va uning salomatligi
- hujayraning tuzilishi va faoliyatining asosiy jarayonlarini;
- to’qimalar, organlar, organlar sistemasining tuzilishi va funksiyalarini, ularning nerv va gumoral boshqarilishini, odam va yirik hayvonlar organizmining tuzilishi va funksiyalaridagi o’xshashlik va tafavutlarini;
- odam organizmining mehnat faoliyati, tik yurish va ijtimoiy yashash tarzi bilan aloqador bo’lgan xususiyatlarini;
- odam organizmi ichki muhit tarkibining nisbiy doimiyligini, immunitet;
- issiqlikning boshqarilishi, moddalar almashinuvi, plastik va energiya almashinuvining o’zaro bog’liqligini;
- issiq iqlim sharoitida ratsional ovqatlanishni;
- sun’iy nafas oldirish usullarini, shikastlanganda va oftob urganda, cho’kkanda birinchi yordam ko’rsatishni, odam qaddi - qomatini aniqlay olish usullarini;
- organizmning rivojlanishini;
- jismoniy yuklamaning organizmga ta’sirini;
- sog’liqni saqlovchi va unga zarar keltiruvchi omillarni bilishi kerak.
9-sinf Biologiya (Sitologiya va genetika asoslari)
- organik olamning turli-tumanligi;
- viruslar, bakteriyalar, zamburug’lar, o’simliklar va hayvonlar haqida umumiy ma’lumotlar;
- tiriklik darajalari va ularning o’ziga xos xususityalari;
- hujayra nazariyasi, hujayra qobig’i, sitoplazma, yadro, mitoxondiriya, ribosoma plastidalar, lizasomalar, Gol’ji apparati va xramasomalar, mikronaychalar, hujayra markazi;
- hujayra evolyutsiyasi. Prokariot va eukariotlarning tuzilishi. O’simlik va hayvon xo’jayralarining o’xshashligi va farqlari. Xo’jayradagi anorganik, organik moddalar;
- oqsillar, lipidlar, uglevodlar tuzilishi funksiyasini DNK ning ko’payish prinsipini;
- moddalarning energetik va plastik almashinuvi, energiyaning bir turdan ikkinchi turga o’tishi, fotosintez, oqsillar biosintezining mohiyatini, moddalar almashinuvi, reaksiyalarning matritsa va fermentativ xarakterini;
- hujayraning metoz, meyoz bo’linish jarayonlari, ularning biologik ahamiyati, jinssiz va jinsiy ko’payish xillari, jinsiy hujayralarning rivojlanishi;
- urug’lanish, shaxsiy rivojlanishning embrional va postembrional doiralarini;
- chatishtirish tiplari, asosiy genetik simvollar va atamalarini;
- belgi va xossalarining nasldan naslga berilish qonunlarini;
- ularning sitolagik asoslarini;
- irsiyatning xromosoma nazariyasini, jins bilan bog’liq irsiylanishi, genetikaning seleksiya, tibbiyot evalitsion nazariyasini rivojlantirishdagi ahamiyatini bilishlari lozim.
Î’quvchi larning ko’nikma va malakasiga bo’lgan talablar
5-sinf
- gulli o’simliklarning organlarini taniy bilishlari;
- o’simliklarning oziqlanishi;
- nafas olishi;
- o’sish jarayonlarini aniqlash maqsadida kuzatishlar;
- oddiy tajribalar o’tkazishlari;
- yerni yumshatish, sug’orish, chopiq qilish;
- ko’chatlarni ko’chirib o’tkazish, o’g’it solishni;
- tabiatda o’simliklar dunyosidagi mavsumiy o’zgarishlarni kuzatishni va kuzatish
natijalarini rasmiylashtirishni;
- kattalashtirib ko’rsatiladigan asbob va mikroskop-lardan foydalanishni;
- vaqtincha preporat tayyorlash va ularni ko’rish;
- o’simliklarni parvarish qilishni (tanasi atrofini chopib yumshatish, singan va qurigan novdalarni kesishni, tana va shox-shabbalardagi jarohatlarni tuzatishni) bilishlari;
- tabiatda o’zini tutish qoidalariga rioya qilishni;
6-sinf
- gulli o’simliklarni taniy bilish;
- gul, uning tuzilishi, xillari, to’pgullar;
- meva va urug’ xillarining ahamiyati haqidagi bilimlarini;
- o’simliklarning oziqlanishi, nafas olishi;
- o’sish jarayonlarini aniqlash maqsadida kuzatishlar, oddiy tajribalar o’tkazishlari, tabiatda o’simliklar dunyosidagi mavsumiy o’zgarishlarni kuzatishni va ko’zatish natijalarini rasmiylashtirishni;
- kattalashtirib ko’rsatadigan asbob-mikroskoplardan foydalanishni;
- o’simliklarning turlarini aniqlagichdan foydalanib, aniqlay olishi;
- zamburug’larni foyda va zararli ekanligini bilishlari lozim;
7 sinf
- noyob, yo’qolib borayotgan hayvon turlarini muhofaza qilish tadbirlarini o’tkazish;
- eng muhim sistematik bilimlar asosida mahalliy sharoitda tarqalgan hayvon tiplari va sinflari hamda ularga mansub asosiy turlarini bilish va o’simliklarni aniqlagichi yordamida aniqlash;
- hayvonlarni parvarish qilish va ular ustida kuzatish olib borish;
- o’rganilgan hayvonlardan kolleksiyalar tayyorlash, kolleksiya va rasmlar yordamida o’rganilgan hayvonlarni tabiatda tanib olish;
- mundarija yordamida darslikdan foydalanish, rasmlar bilan ishlash, dars mavzusi oxirida keltirilgan savollarga aniq javob berish;
- biologiya atamalari bilan ishlash malakasiga ega bo’lishlari kerak.
8-sinf
- organlar sistemasini va organlarni taniy olish, ularning tuzilishi bilan funksiyalarning o’zaro bog’liqligi jismoniy mehnat va sportning inson organizmiga ko’rsatgan ijobiy ta’sirini bilish;
- qaddi-qomat o’zgarishini, yassioyoqlikning rivojlanish sabablarini tushuntira olish;
- shaxsiy gigiyena qoidalarini, mehnat va dam olish rejimiga rioya qilish zarurligini, rotsional ovqatlanish qoidalarini bilishi, chekish, spirtli ichimliklar ichish va narkotik moddalarni iste’mol qilishning zararini tushuntira bera olish, gigiyena qoidalariga amal qilish;
- mikroskopdan foydalana olish;
- mustaqil kuzatishlar olib borish, qon ketganda va boshqa shikastlanishlarda birinchi yordam ko’rsata olish;
- darslik matni va rasmlar bilan ishlay olish, qisqacha axborot tayyorlab olish malakasini egallagan bo’lishlari kerak.
9- sinf
- vaqtincha mikropreparatlar tayyorlash, ularni hamda doimiy mikropreporatlarni mikroskop orqali ko’rishni;
- hujayraning asosiy komponentlarini aniqlay olishni;
- hujayra ustida tajribalar o’tkaza olishni;
- hujayraning mitoz va meyoz bo’linishlari, asosiy bosqichlari va tafovutlarni, murtak varaqalarini farqlay olish ko’nikmasiga ega bo’lishlari;
- genetikadan masalalar yechishni, modifikatsion va mutatsion o’zgaruvchanlikni farqlay olishni;
- o’simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlar seleksiyasi;
- genetikadan masalalar yechish, modifikatsion va mutatsion o’zgaruvchanligini farqlay olishi;
- genetika nuqtai nazaridan chekishning, alkogol va boshqa narkotik moddalar iste’mol qilishning zararini asoslab berishlari kerak.