O'zbekcha          Русский          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

  Найти!

Kengaytirilgan qidiruv     








 O'quv-uslubiy qo'llanmalar
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya


5 sinf 6 sinf 7 sinf 8 sinf 9 sinf
  Fizika (2003)
Fizika (2001)
Fizika    
Matematika   Algebra Algebra  
    Geometriya (2009)  Geometriya Geometriya
      Ona tili Ona tili
  Geografiya  
Geografiya
 
      Informatika
Informatika
      Ekonomika  


Download  DjVu Reader

Download  DjVu Plugin



Koreys tili. So‘zlashuv nutqi bo‘yicha boshlang‘ich kurs  (Internet Exsplorer orqali ishga tushiriladi)

 

So‘zlashuv nutqi bo‘yicha boshlang‘ich kurs – koreys tilini o‘rganishni boshlash uchun elektron darslik. Ushbu darslik 1990 yilda Seul Davlat universiteti qoshidagi horijdagi koreyslarni o‘qitish Instituti tomonidan chiqarilgan audiokurs asosida yaratilgan. Dars modullari O‘zR XTV huzuridagi MUDR Markazi direktori o‘rinbosari I.V.Xan tomonidan CourseLab o‘quv resurslarini yaratish tizimida yaratilgan. Jumlalarni mazkur markaz xodimi A.Ruzmuxamedova o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
 
 «So‘zlashuv nutqi bo‘yicha boshlang‘ich kurs» ning kompyuter versiyasini yaratishning asosiy maqsadi– foydalanuvchini koreys tilida sodda gaplarni talaffuzni maromiga yetkazib to‘g‘ri ifodalashga o‘rgatishdan iborat. Bunga boshlang‘ich jumlalarning aksariyati transkripsiya bilan berilganligi hamda o‘rganayotgan so‘z iboralari va jumlalarni istalgan marta qayta tinglash imkoniyatlari ham xizmat qiladi.
 
Darslikning audioversiyasi 60 soat mashg‘ulotlarga mo‘ljallangan bo‘lib, haftada besh kun 3 soatdan shug‘ullangan holda o‘zlashtirishga 4 hafta talab etadi. Umid qilamizki, bizning kursimizni ham bir oy astoydil harakat qilib o‘zlashtirish mumkin bo‘ladi.
 
So‘zlashuv nutqi bo‘yicha boshlang‘ich kursni o‘tib va zarur miqdorda so‘zlarni o‘rganib koreys tili o‘rganishning yuqoriroq darajasiga mo‘ljallangan darslarga o‘tish mumkin bo‘ladi.
 
Elektron darslik tuzilmasi umuman olganda audiokurs tuzilmasini takrorlaydi. Ya’ni kurs asosiy e’tiborni amaliy so‘zlashuvga qaratadi. Har bir dars asosiy matn, gap turlari bo‘yicha mashqlar, so‘z va jumlalarni o‘rganish, talaffuz etishga mo‘ljallangan mashqlar, savol va javoblardan iborat.
 
Darslikda keltirilgan bilimlar hajmi boshlovchilar uchun koreys tilining so‘zlashuv nutqi shakllari bilan tanishish va amaliy o‘zlashtirish uchun yetarli.
  © Copyright 2012 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.ziyonet.uz