O'zbekcha          Ðóññêèé          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

  Íàéòè!

Kengaytirilgan qidiruv     








 Mashg‘ulot ¹8
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

8-MASHG‘ULOT

IQTISODIYOT FANI BO‘YICHA  DARSNI REJALASHTIRISH VA DARS ISHLANMASI

 

MAQSAD

Qatnashchilar Dars ishlanmasi asosiy xususiyatlarini aniqlaydilar. Ular iqtisodiyot fani bo‘yicha darslarning kuchli va zaif tomonlarini tahlil qiladilar.

 

ZARUR JIHOZLAR VA QO‘LLANMALAR

Tarqatma material: Iqtisodiyot fani bo‘yicha darsni rejalashtirish va dars ishlanmasi

Nega kishilar savdo qiladilar?

1-5 ko‘rgazmali materiallar.

 

MASHG‘ULOTNI O‘TKAZISH TARTIBI

1.            Ushbu darsning maqsadi iqtisodiyot fani bo‘yicha dars ishlanmasini yozish bosqichlarini o‘rganish va muayyan darsining kuchli va kuchsiz tomonlarini muhokama qilish ekanligini tushuntiring.

2.            Savol bering: O‘qituvchilarning iqtisodiyot fanini o‘qitish uchun yaxshi rejalashtirilgan dars ishlanmalariga muhtojliklarining sababi nimada? 1-ko‘rgazmali materialni ko‘rsating va qatnashchilarning fikrlarini bu ko‘rgazmali materialldagi fikrlar bilan solishtiring.

3.            2-ko‘rgazmali materialni namoyish eting. Dars ishlanmasining asosiy tarkiblarini muhokama qiling.

4.            3-ko‘rgazmali materialni namoyish eting. Guruhni dars maqsadlarini tushunishga qaratilgan mashqqa taklif eting. Ular misol tariqasida keltirilgan har bir maqsadning tashkil etuvchilari: «kim», «shart-sharoit», «mazmun» va «jarayon»larini aniqlashlari kerak.

5.            4-ko‘rgazmali materialni namoyish eting. Maqsadlarni yozishda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan ba’zi kerakli va uncha kerakli bo‘lmagan fe’llarni ko‘rsatuvchi 4-ko‘rgazmali materialni namoyish eting.

6.            5-ko‘rgazmali materialni namoyish eting va dars jarayonining har bir qismi dars strukturasiga qanday hissa qo‘shishini tushuntiring.

7.            Yaxshi sifatli dars ishlanmalari yaratish bo‘yicha qo‘shimcha maslahatlar berilgan 6-ko‘rgazmali materialni namoyish eting.

8.            «Kishilar nima uchun savdo qiladi» matninini tarqating. Qatnashchilarni guruhlarga bo‘ling. Ulardan yaxshi rejalashtirish haqida o‘rgangan axborotlarni ushbu darsga qo‘llash mezoni sifatida foydalanishni so‘rang. Ular savdo haqidagi darsining kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlashlari lozim. Har bir guruh jarayonni qayd etuvchi (yozuvchi) tinglovchini tayinlashi lozim.

9.            Qatnashchilarni bir guruhga qayta guruhlang. Har bir yozuvchidan ular aniqlagan kuchli va kuchsiz tomonlarini taqdim etishlarini so‘rang.

XULOSA

Ushbu sessiyaning asosiy maqsadlarini qayta ko‘rib chiqing. Tinglovchilardan so‘rang:

Dars ishlanmasining asosiy tarkiblari nimalardan iborat?

O‘qitish bo‘yicha qo‘yilgan maqsadning asosiy qismlari nimalardan iborat?

Iqtisodiyot bo‘yicha yaxshi darsning belgilari qanday?

 

ODAMLAR NIMA UCHUN SAVDO QILISHADI?

 

Kirish

Iqtisodiyot. Savdo bu tovar va xizmatlarning o‘zaro kelishuv asosida ayirboshlanishidir. Savdoda ishtirok etayotgan tomonlarning ikkalasa ham ushbu savdodan foyda olish maqsadini ko‘zlaydi va shuning uchun ham savdo qilishga qaror qilinadi. Qachonki savdo qilayotgan bir yoki ikkala tomon ham savdo qilishdan boshqa foyda ko‘rmasliklariga ishonch hosil qilishsa, ular savdo qilishni to‘xtatishadi.

Asoslash. Kishilar savdo qilishdan o‘zlarining qoniqishlarini iqtisodiy yondashuv orqali aniqlashadi (kutilayotgan foyda bilan kutilayotgan harajatlarni taqqoslash orqali). Tinglovchilar ushbu mashg‘ulotdan o‘rin olgan savdo qilish bo‘yicha simulyatsiya mashqida qatnashuvchilar tomonidan amalga oshirilgan tanlashlarni tushintirib berishlari uchun o‘zlarining iqtisodiy asoslash qobiliyatlaridan foydalanishlari lozim.

 

Tushunchalar/Konsepsiyalar.

Savdo

Rag‘batlar/yutuqlar

Harajatlar

Foydalar/daromadlar

 

Ko‘zlangan maqsadlar.

Tinglovchilar:

1. Savdo qilish mashg‘ulotida qatnashadilar.

2. Ularni savdo qilishga undaydigan stimul va rag‘batlarni tasvirlaydilar.

3. O‘zlarining savdoni amalga oshirishidan kutilayotgan foyda va harajatlar ro‘yxatini tuzishadi.

4. O‘zlari amalga oshirayotgan savdo faoliyatining amaliy ta’sirlarini tushintirib beradilar.

 

Mashg‘ulot tavsifi.

Ushbu dars tinglovchilarni tovar va xizmatlar sotiladigan umumiy bozor tasvirlangan savdo simuliyatsiyasida ishtirokini ta’minlaydi. Tinglovchilar ushbu tajribalarni ndividuallar o‘rtasida savdoni rag‘batlantiradigan yoki savd darajasini pasaytiradigan holatlarni chuqurroq o‘rganib chiqishda foydalanadilar.

 

Dars uchun talab etiladigan vaqt

Bir dars.

 

Zarur jihozlar va qo‘llanmalar

Ko‘p miqdorda kichik va tez ayirboshlanadigan narsalar, masalan, kichik hajmdagi konfetlar qutichalari, mayizlar (kish-mish) to‘lg‘azilgan kichik qutichalar, bug‘doy boshog‘i solingan kichik so‘mkachalar, qalamlar, afishalar, mevalar, oziq-ovqatlar, kutubxona ruxsatnomalari, keyingi hafta testlari javoblari - har bir tinglovchi uchun ajratilgan paketlarga joylashtiriladi.

 

Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi

1. Tinglovchilarga bugun ular uchun savdo qilish faoliyatida ishtirok etish imkoniyatini borligini ayting. Savdo faoliyatini amalga oshirishning maqsadi kishilarning savdo qilishi sabablarini tushuntirishdan iboratdir.

2. Sinfdan so‘rang “Kishilar nima uchun savdo qilishadi?” Bir nechta tinglovchilarning javoblarini doskaga yozing. Ushbu javoblarning gepoteza ekanligini bayon eting. Endi, sinf ushbu gepotezalarni qo‘llab-quvvatlash yoki unga qarshi chiqish uchun bir qancha isbotlar topishi kerak bo‘ladi.

3. Quyidagi vaziyatni sinfga tasvirlab bering. Faraz qiling o‘smir yoshdagi haydovchi o‘z-o‘ziga xizmat qiluvchi yoqilg‘i quyish shoxobchasiga yetib bordi va 10 so‘mga teng miqdorda yoqilg‘ini mashinaga quydi va shoxobcha egasiga 10 so‘m to‘ladi. Ushbu vaziyatda kim yutdi va kim yutqazdi.

(Ikkala kishi ham yutgan va yutqizgan. Haydovchi 10 so‘m miqdorida harid qilish kuchini yo‘qotgan va bir necha litr miqdorda yoqilg‘ini yutgan. Shoxobcha egasi esa bir necha litr yoqilg‘ini yo‘qotgan va 10 so‘m miqdorida harid qilish kuchiga ega bo‘lgan).

4. Tinglovchilarga sotiladigan buyumlarni nomutanosib tarzda taqsimlang. Masalan,  jumboq javoblarini boshqa buyular bo‘lmagan tinglovchiga bering, bir nechta omadsiz tinglovchilarga unchalik mashhur bo‘lmagan bir yoki ikkita buyumlarni bering, ko‘pchilik tinglovchilarni bir-biriga o‘xshash bir qancha buyumlar bilan ta’minlang (m-n, 10 ta qand, 20 ta sabzi bo‘laklari), oz sonli tinglovchilarga ko‘p miqdorda 3 ta turli xil buyumlardan tarqating.

Har bir tinglovchining buyum va narsalarini kichkina paketlarga joylashtiring va ular o‘zlari savdo qilishlari uchun nimalarga ega ekanligini bilishlari lozim. So‘mkalarni tayyorlayotganda kuchli qarama-qarshilik yaratishga harakat qiling, masalan, tinglovchilarda savdo qilish uchun juda kam buyumlar bo‘lsin, unchalik mashhur bo‘lmagan buyumlar bo‘lsin, kam miqdorda juda muhim bo‘lgan buyumlar bo‘lsin, yoki bo‘lmasa savdo qilish uchun har xil buyumlarga ega bo‘lsin.

5. Tinglovchilar o‘zlari hohlagan savdoni amalga oshirishlari uchun 5-10 daqiqalik mashg‘ulotni tashkil qiling. Hech kimdan savdoda ishtirok etish talab qilib qo‘yilmaydi.

6. Savdo qilish mashg‘ulotining so‘ngida, tinglovchilarga o‘z o‘rnilariga qaytishi lozimligini ayting. Savdo qilish mashg‘uloti natijasida o‘zlari hozirda ega bo‘lib turgan buyumlarini partalar ustida namoyon etishlari lozimligini uqtiring.

Simulyatsiya natijalarini taqqoslang. Tinglovchilardan quyidagi savollarni so‘rang:

A. Sizlardan qanchalaringiz savdoni amalga oshirdingizlar? (qo‘llarini ko‘tarishsin).

B. Qanaqa buyumlarni sotdingiz? (ba’zi bir tinglovchilarni misol tariqasida tinglang).

C. Savdo jarayonida qaysi buyumlar juda mashhur yoki unchalik mashg‘ur bo‘lmaganligini so‘rang.

D. Orangizda kimdir bir necha marta savdoni amalga oshirdimi? (Bir qancha tinglovchilar turli xil sondagi oldi-berdi operatsiyalarini amalga oshirishgan bo‘lishi kerak).

E. Sizlar nima uchun savdoni amalga oshirdinglar? (Kishilar o‘zlarida kam qiymatli bo‘lgan narsalar o‘rniga qadrliroq narsalarga ega bo‘lishni hohlashadi).

G. Kam buyumlarga ega bo‘lgan kishilar doim ham savdo qilish mashg‘ulotida faol qatnasha olmaydilarmi?

(Ha, ularning buyumlari juda qadrli bo‘lmaguncha. Masalan, jumboq javoblariga ega tinglovchi savdo mashg‘ulotida faol ishtirok etgan bo‘lsa kerak. Ikki qop bug‘doy boshog‘iga ega tinglovchilar esa unchalik faol ishtirok etmasligi ma’lum, chunki boshqa tinglovchilar uchun bug‘doy boshoqlaridan ko‘ra masalalar javobi (kaliti) qimmatliroqdir).

H. sizning savdo qilishjdagi hatti-harakatlaringiz bizning kishilar nima uchun savdo qilishi to‘g‘risidagi ochiq savolimizga berilgan javoblarni tasdiqlaydimi yoki unga qarshimi?

I. Sizning savdongiz bo‘yicha harajatlar qanday va foydangiz qanaqa?

(Nima narsa sotilgan bo‘lsa savdoning harajati o‘shadir. Nima narsa olingan bo‘lsa bu foydadir).

J. Barchalaringiz o‘zingizning oldi-berdingizdan xursandmisizlar (qoniqish hosil qildingizmi)?

(Ehtimol yo‘q. Sotish uchun oz narsaga ega tinglovchilar savdodan ko‘ngillari to‘lmagan bo‘lishi mumkin. Boshqa buyumlarga ega tinglovchilar ham bundan mustasno emas. o‘zlari hohlagan narsani topa olmagan tinglovchilar savdodan ko‘ngillari to‘lmagan bo‘lishi mumkin. Savdo qilib qo‘ygan va keyin boshqa bir yaxshiroq ikoniyatni boy berganligini his qilgan tinglovchilar ham o‘zlarini omadsiz his qilayotgan bo‘lishlari mumkin).

K. Agar savdo sessiyasi ertaga ham davom etganida, kim savdoni davom ettirishni hohlar edi?

(Foyda harajatlardan yuqori bo‘lishiga ishongan odamlar afzallikka ega. Teskarisiga ishongan tinglovchilarda esa qiziqish yo‘qoladi.)

L. Savdo sessiyasi «haqiqiy dunyo» savdosiga qaysi tomondan o‘xshashadi?

(Ushbu sessiyani AYOQSH namunasi bilan taqqoslang va ko‘plab o‘xshashliklariga urg‘u bering. Ba’zi farqlar oydin. Pul almashilmagan va tinglovchilar ishlashi shart emas edi—ya’ni, ishlab chiqarish harajatlarini qilmadilar-o‘zlari savdo qilgan buyumlarni olish uchun.)

 

Xulosa.

Quyidagi xulosani tinglovchilarga tarqating (yetkazing):

Ushbu savdo faoliyati jahon savdosiga anolog (o‘xshatish) sifatida xizmat qiladi. Biz jahon savdosi muammolarini o‘rganayotgan mashg‘ulotimizdagi harajat, foyda va savdo terminlari yodingizdami? Siz bugun o‘rgangan g‘oya va tushunchalar sizga jahon iqtisodiyotida amalga oshiriladigan savdo jarayonini tushunishga yordam beradi.

 

1- KO‘RGAZMALI MATERIAL

Iqtisodiy Dars ishlanmasini nima uchun tuzish kerak?

1. Iqtisodiy bilim va o‘qitish malakasiga ishonch paydo qilish uchun.

2. Darsga yaxshi tayyorlanish uchun.

3. Baholashga yordam berish uchun.

4. Ko‘proq moslashuvga yo‘l qo‘yish uchun.

 

2- KO‘RGAZMALI MATERIAL

Dars ishlanmasining asosiy xususiyatlari

Mavzu

Maqsadlar

Kim? (Tinglovchi)

Shartlar? (Sinfda muhokama, video namoyish, rol o‘ynash bilan bog‘liq mashg‘ulot, matnni o‘qish, guruhlarda ish)

Mazmun? (Tushuncha yoki tamoyil)

Jarayon? (Ta’rif berish, ro‘yxat tuzish, fikr bildirish, xulosa chiqarish, tanib olish, aniqlash, tartibga solish, solishtirish, qaramaqarshi qo‘yish, tushuntirish, muhokama qilish)

Zarur jihoz va materiallar

Vaqt hisobi

Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi

 

3- KO‘RGAZMALI MATERIAL

Maqsadlar

Eng muhimi: Darsning kirish qismi uning maqsadlari tavsifini o‘z ichiga olishi kerak. Maqsadlar odatda quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Kim?

Qanday shart-sharoitda?

Mazmun?

Jarayon?

 

Namunaviy maqsad va vazifalar

1. Tinglovchilar modellashtirilgan mashqda qatnashgandan so‘ng, bozor iqtisodiyotining 6 ta asosiy xususiyatlarini- xususiy mulk, tanlov erkinligi, foyda olishga bo‘lgan qiziqish, raqobat, bozorlar va hukumatning cheklangan rolini tushuntira oladilar.

2. Tinglovchilar auksion ko‘rinishidagi mashqda qatnashadilar va pul taklifining oshishi narxlarning o‘sishiga olib kelishini tushunadilar.

3. Tinglovchilar tarqatma materialni o‘qib, sinf muhokamasida qatnashgandan so‘ng, friksion, tuzilmaviy va davriy ishsizlik turlari orasida farqlarni o‘rnata oladilar.

 

4- KO‘RGAZMALI MATERIAL

Jarayonni aniqlovchi fe’llar

 

Ancha aniq

Uncha aniq bo‘lmagan

Farqlash

Ta’riflash

Sanash

Oldindan aytish

Yozish

Aniqlash

Tanib olish

Tan olish

Tushuntirish

Tavsiflash

Solishtirish

Qarama-qarshi qo‘yish

Sinflarga ajratish

Tartibga solish

Muhokama qilish

Bilish

Tushunish

Baholash

Huzur qilish

Mahkam ushlash

Ishonish

His etish

 

 

 

5- KO‘RGAZMALI MATERIAL

Mashg‘ulotni o‘tkazish tavsilotlari tartibi

1. Kirish mashqi

A. Qiziqish uyg‘otish

V. Maqsadni belgilash

S. Sharhlash

2. Rivojlantirish mashqi

A. G‘oya yoki malakani modellashtirish

V. Yangi ma’lumot berish

S. Guruhlarda ishlash

D. Yakka tartibda ishlash

3. Xulosa

A. Darsning asosiylahzalarini takrorlash

V. Yangi g‘oyalarni jamlash

 

 

6- KO‘RGAZMALI MATERIAL

Yaxshi dars o‘tish bo‘yicha maslahatlar

1. Turli usullarni qo‘llang

2. Ongli ravishda ildamlang

3. Maqsadni belgilang

4. Darsgacha bo‘lgan bilim darajasini o‘ta yuqori baholamang

5. Yangi tushunchalarni juda ko‘paytirib yubormang

6.  Jarayon tavsilotlarini uchinchi shaxs uchun berilgan komandalar ko‘rinishida ifodalang

7. O‘quvchilar biror bir malakani amalda qo‘llashidan oldin, uni sinfda modellashtirishni unutmang.

 

IQTISODIYOT FANI  BO‘YICHA DARSNI REJALASHTIRISH

Tarqatma material

Dars rejasi yoki dars ishlanmasi odatda qo‘yidagilarni o‘z ichiga oladi: o‘qitish maqsadi, o‘qitish uchun kerak bo‘ladigan o‘quv materiallari, o‘qitish uchun zarur bo‘lgan vaqt hisobi va o‘qitish jarayonining aniq tavsilotlari.

Batvsil dars ishlanmasini tuza olish o‘qituvchining eng muhim malakalaridan biri hisoblanadi. Maromiga yetkazib yozilgan dars ishlanmalari o‘qituvchi uchun quyidagi imkoniyatlarni yaratadi. Dars ishlanmalari:

·          O‘qituvchilarga o‘z iqtisodiy bilimlari va o‘qitish malakalariga ishonch o‘yg‘otishga yordam beradi.

·          O‘qituvchilarning darsga yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rishga yordam beradi.

·          Darsni baholashga yordam beradi.

·          O‘qituvchilarga o‘qitish jarayonida ko‘proq moslashuvchan bo‘lishiga yordam beradi.

 

Mos maqsadlarni ifoda etish

O‘qitish yoki o‘quv maqsadlari juda muhim hisoblanadi, chunki ular o‘quv jarayonining yo‘nalishini va markaziy nuqtasini(fokusini) belgilaydilar. Shunga qaramasdan, o‘quv maqsadlarini to‘g‘ri ifodalash qiyin ish bo‘lishi mumkin. Mutaxassislar, tinglovchilar bajarishi kerak bo‘lgan narsalarni aniq tasvirlab berish uchun o‘quv maqsadlari qay darajada bo‘lishi kerakligi haqida bir xil fikrda emas. Ba’zilar masalan, maqsadlar o‘rganish shartlari aniq ko‘rinishda bo‘lishi va vazifalarni ado etish uchun kerakli bo‘lgan minimal bajarilishni baholash uchun maxsus mezonlarni belgilagan bo‘lishi kerak deb hisoblaydilar. Boshqalar bunday urg‘u berilgan vazifalar iqtisodiyotda qiyin ekanligini va mayda narsalarga e’tiborini jalb qilib qolishi mumkinligini ta’kidlaydilar.

Ko‘pchilik mutaxasssilar esa, o‘quv maqsadlari batavsil rejalashtirishga, o‘quv jarayonini to‘g‘ri yo‘naltirishga undaydi va darsni baholashda yordam berishi lozim deb hisoblashadi.

O‘quv maqsadlari, kam deganda, quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak:

1.      O‘quv jarayoni kimga yo‘naltirilganligi ko‘rsatishi. Odatda tinglovchi maqsad yo‘naltirilgan shaxs sifatida belgilanadi.

2.      O‘quv jarayoni qanday sharoitlarda kechishini ko‘rsatishi. Sinfda muhokama, namoyish, o‘qish, guruhlarda ish yoki modellashtirilgan mashq kabilar o‘quv jarayoni shart-sharoitlariga misol bo‘la oladi.

3.      O‘rganilayotgan yoki takrorlanayotgan tushuncha yoki tamoyilni ko‘rsatishi.

4.      O‘rganuvchi maqsadga erishishi uchun qo‘llayotgan o‘quv jarayonini ko‘rsatishi. O‘quv jarayonini tasvirlashga yordam beruvchi so‘zlar quyidagilar bo‘lishi mumkin: ta’riflash, tanish, sanash, belgilash, aniqlash, xulosa chiqarish, tartibga solish, solishtirish, farqlash, tushuntirish va muhokama qilish.

 

Dars ishlanmasi materiallarni aniqlash.

Dars ishlanmalari, odatda, darsda qaysi yo‘riqnoma va o‘quv materiallaridan foydalanish haqidagi ko‘rsatmalarni ham o‘z ichiga oladi. Bu darsliklardan ko‘chirmalar, tarqatma  va ko‘rgazmali materiallar kabi narsalarni o‘z ichiga oladi. Foydalaniladigan materiallarni belgilash, o‘qituvchi uchun kerakli materiallarni darsdan avval tayyorlab qo‘yishini kafolatlaydi.

 

Darsning bosqichma-bosqich tavsilotlari

Har bir dars ishlanmasining asosi - bu o‘rganish faoliyatini tashkil qiluvchi bosqichlardir. Faoliyatning aniq turi va ketma-ketligini tasavvur qilish o‘qituvchi uchun muhim o‘qitish malakasi hisoblanadi. Dars bosqichlari tavsilotlarining uchta muhim qismi bor. Boshlang‘ich bosqichda, o‘qituvchi tinglovchilar diqqatini o‘quv materialiga jalb etadi. Bu bosqichga tinglovchining o‘quv materialini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish(motivatsiyalashtirish), o‘quv maqsadini belgilash, oldingi bilimlarni takrorlash, muammoni qo‘yish yoki sharhlashni o‘z ichiga oladi. Bu kirish mashqi deb ataladi. Ikkinchi bosqichda, o‘qituvchi darsni tinglovchilarga yangi material yoki yangi mashq orqali rivojlantirib boradi. Ikkinchi bosqich rivojlantirish mashqi deb nomlanadi.

Oxirgi bosqichda, o‘qituvchi darsning asosiy jihatlarini takrorlash orqali darsga yakun yasaydi. Yakunlovchi mashqda darsning asosiy g‘oyalarini jamlovchi muhokama orqali darsga yakun yasaladi.

 

Vaqt hisobi.

Dars tavsilotlari aniqlangandan so‘ng, faoliyatlarni amalga oshirish uchun qancha vaqt keshini hisoblash mumkin. Lekin, yodingizda bo‘lsinki, talab qilingan vaqt tinglovchi qobiliyati, oldingi o‘rganish darajasi va tinglovchining darsga nisbatan javobiga bog‘liq bo‘lib, o‘zgaradi. Bir guruh tinglovchilar bilan sinf muhokamasiga 10 daqiqa vaqt ketishi mumkin.

Vaqtni ehtiyotkorlik bilan belgilash maqsadga muvofiq. Darsni birinchi marta o‘tkazayotganda, ko‘p o‘qituvchilar darsning qanchalik tez o‘tishidan hayron bo‘ladilar. Shuni yodda tutib, biror dars uchun vaqt belgilayotib konservativ bo‘lmoq va dars jarayonida o‘zgartirishlar kiritishga moslashmoq foydalidir.

 

 

Samarali dars ishlanmasini yaratish uchun amaliy maslahatlar.

Siz iqtisodiyot fani bo‘yicha dars ishlanmasini ishlab chiqishni boshlaganingizda, siz yodingizda tutishingiz lozim bo‘lgan bir necha amaliy fikrlar bor.

Quyidagilar samarali darsni rejalashtirish bo‘yicha maslahatlardir:

1.     

  © Copyright 2012 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.ziyonet.uz