4-MASHG‘ULOT
ODAMLAR NIMA UCHUN SAVDO QILADILAR?
Kirish
Iqtisodiyot. Savdo bu tovar va xizmatlarning o‘zaro kelishuv asosida ayirboshlashdir. Savdoda ishtirok etayotgan tomonlarning ikkalasi ham ushbu savdodan foyda olish maqsadini ko‘zlaydi. Shuning uchun ham savdo qilishga qaror qilinadi. Qachonki, savdo qilayotgan bir yoki ikkala tomon ham savdo qilishdan boshqa foyda ko‘rmasliklariga ishonch hosil qilishsa, ular savdo qilishni to‘xtatishadi.
Asoslash. Kishilar savdo qilishdan o‘zlarining qoniqishlarini iqtisodiy yondashuv orqali aniqlashadi (kutilayotgan foyda bilan kutilayotgan xarajatlarni taqqoslash orqali). Tinglovchilar ushbu mashg‘ulotdan o‘rin olgan, savdo qilish bo‘yicha modellashtirilgan mashqda qatnashuvchilar tomonidan amalga oshirilgan tanlov qarorlarini tushintirib berishlari uchun o‘zlarining iqtisodiy malakalaridan foydalanishlari lozim.
Asosiy tushunchalar.
Savdo
Rag‘bat/manfaat
Xarajat
Foyda/daromad
Tinglovchilar:
1. Savdo-sotiq mashg‘ulotida qatnashadilar.
2. Ularni savdo qilishga undaydigan rag‘bat va manfaatlarni tavsiflaydilar.
3. O‘zlarining savdoni amalga oshirishidan kutilayotgan foyda va xarajatlar ro‘yxatini tuzishadi.
4. O‘zlari amalga oshirayotgan savdo faoliyatining amaliy ta’sirlarini tushintirib beradilar.
Mashg‘ulot tavsifi.
Ushbu dars tinglovchilarni tovar va xizmatlar sotiladigan bozorni tavsiflovchi savdo-sotiq modellashtirilgan mashg‘ulotda ishtirokini ta’minlaydi. Tinglovchilar ushbu orttirgan malakalarini turli shaxslar o‘rtasida savdoni rag‘batlantiradigan yoki pasaytiradigan holatlarni chuqurroq o‘rganib chiqishda foydalanadilar.
Dars uchun talab etiladigan vaqt
Bitta dars (45 minut).
Zarur jihozlar va o‘quv adabiyotlari
Ko‘p miqdorda kichik va tez ayirboshlanadigan narsalar, masalan, kichkina konfet qutichalari, mayiz to‘ldirilgan kichik qutichalar, bug‘doy boshog‘i solingan sumkachalar, qalamlar, rasmli plakatlar, mevalar, oziq-ovqatlar, kutubxona ruxsatnomalari, keyingi xaftada beriladigan test javoblari - har bir Tinglovchi uchun ajratilgan jigar rang paketga joylashtiriladi.
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi
1. Tinglovchilarga bugun savdo-sotiq jarayonida qatnishish imkoniyatlari borligini ayting. Savdo faoliyatini amalga oshirishning maqsadi kishilarning savdo qilishi sabablarini tushuntirishdan iboratdir.
2. O‘quvchilardan so‘rang “Kishilar nima uchun savdo qilishadi?” Bir nechta Tinglovchilarning javoblarini doskaga yozing. Ushbu javoblarning faraz ekanligini aytib o‘ting. Endi, o‘quvchilar ushbu farazlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini aniqlash uchun bir qancha tasdiqlarni topishlari kerak bo‘ladi.
3. Quyidagi vaziyatni o‘quvchilarga tasvirlab bering. Faraz qiling, o‘smir yoshidagi haydovchi o‘z-o‘ziga xizmat qiluvchi yoqilg‘i quyish shoxobchasiga yetib bordi va 10 ming so‘mlik yoqilg‘ini mashinaga quydi va shoxobcha egasiga 10 ming so‘m to‘ladi. Ushbu vaziyatda kim yutdi va kim yutkazdi?
(Ikkala kishi ham yutgan va yutqizgan. Haydovchi 10 ming so‘m miqdorida xarid qilish kuchini yo‘qotgan va bir necha litr miqdorda yoqilg‘ini yutgan. Shoxobcha egasi esa bir necha litr yoqilg‘ini yo‘qotgan va 10 ming so‘m miqdorida xarid qilish kuchiga ega bo‘lgan).
4. Tinglovchilarga sotiladigan buyumlarni nomutanosib tarzda taqsimlang. Masalan, test javoblarini boshqa buyumlari bo‘lmagan tinglovchiga bering, bir nechta omadsiz Tinglovchilarga unchalik noyob bo‘lmagan bir yoki ikkita buyumlarni bering, ko‘pchilik Tinglovchilarni bir-biriga o‘xshash bir qancha buyumlar bilan ta’minlang (m-n, 1 ta qand, 2 ta sabzi bo‘laklari), oz sonli tinglovchilarga ko‘p miqdorda 3 ta turli xil buyumlardan tarqating (m-n, 10 ta o‘chirg‘ich, 6 ta pecheniy va 8 dona rediska).
Har bir tinglovchining buyum va narsalarini kichkina jigar-rang paketlarga joylashtiring va ular o‘zlari savdo qilishlari uchun nimalarga ega ekanligini bilishlari lozim. Paketlarni tayyorlayotganda ularni turli-tuman qilib to‘ldirishga harakat qiling, masalan, tinglovchilarda savdo qilish uchun juda kam yoki unchalik noyob bo‘lmagan buyumlar bo‘lsin, kam miqdorda juda muhim bo‘lgan buyumlar, yoki savdo qilish uchun har xil buyumlarga ega bo‘lsin.
5. Tinglovchilar o‘zlari hohlagan savdoni amalga oshirishlari uchun 5-10 daqiqalik mashg‘ulotni tashkil qiling. Hech kimga savdoda ishtirok etish majburiy qilib qo‘yilmaydi. Bu mashq bosqichma-bosqich uch marta o‘tkaziladi.
A. Xohlaganlaricha buyumlar qiymatini baholaydilar.
B. Ayirboshlash guruhlarda o‘tkaziladi.
V. Ayirboshlash butun sinf bo‘yicha amalga oshiriladi.
6. Savdo-sotiq mashqining so‘ngida, tinglovchilarga o‘z o‘rnilariga qaytishi lozimligini ayting. Savdo-sotiq mashqi natijasida o‘zlari hozirda ega bo‘lib turgan buyumlarini partalari ustiga qo‘yishlari lozimligini uqtiring.
Modellashtirish mashqi natijalarini taqqoslang. Tinglovchilardan quyidagi savollarga javob berishni so‘rang:
A. Kim savdo-sotiqni amalga oshirdi? (qo‘llarini ko‘tarishsin).
B. Qanaqa buyumlarni sotdingiz? (ba’zi bir Tinglovchilarni misol tariqasida tinglang).
C. Savdo jarayonida qaysi buyumlar juda bozorgir yoki unchalik bozorgir bo‘lmaganligini so‘rang.
D. Orangizdan kim bir necha marta savdo-sotiqni amalga oshirdi? (Bir qancha Tinglovchilar turli xil sondagi oldi-berdi operatsiyalarini amalga oshirishgan bo‘lishi kerak).
E. Siz nima uchun savdo-sotiqni amalga oshirdingiz? (Kishilar o‘zlaridagi kam qiymatli bo‘lgan narsalar o‘rniga qadrliroq narsalarga ega bo‘lishni hohlashadi).
F. Nima uchun odamlar katta miqdordagi o‘z sevimli mahsulotlari bilan uzoqda savdo qilishga harakat qilishadi?
(Ko‘p miqdordagi yaxshi narsa shu mahsulotning yakka miqdori qiymatini cheklab qo‘yadi.) siz o‘ninchi snikersingizdan 1 ta snikersga ega bo‘lgan vaqtingizga qaraganda osonroq voz kechasiz. Marginallik g‘oyasini eslaysizmi?
G. Kam buyumlarga ega bo‘lgan kishilar doim ham savdo-sotiq mashqida faol qatnasha oladilarmi?
(Ha, ularning buyumlari juda qadrli bo‘lmaguncha. Masalan, test javoblariga ega Tinglovchi savdo mashg‘ulotida faol ishtirok etgan bo‘lsa kerak. Ikki dona o‘chirg‘ichga ega Tinglovchilar esa unchalik faol ishtirok etmasligi ma’lum, chunki boshqa Tinglovchilar uchun ulardan ko‘ra testlar javobi (kaliti) qimmatliroqdir).
H. Sizning savdo-sotiq mashqidagi xatti-harakatlaringiz sinfdoshlaringizning odamlar nima uchun savdo qilishadi degan ochiq savolimizga bergan javoblarini tasdiqlaydimi yoki ularga qarshimi?
I. Sizning savdo-sotiq mashqi bo‘yicha xarajatlaringiz va foydangiz qanaqa?
(Nima narsa sotilgan bo‘lsa, savdoning xarajati o‘shadir. Nima narsa olingan bo‘lsa, bu foydadir).
J. Barcha o‘z savdo-sotig‘idan xursandmi (qoniqish hosil qildimi)?
(Ehtimol yo‘q. Sotish uchun oz narsaga ega bo‘lgan Tinglovchilar savdodan ko‘ngillari to‘lmagan bo‘lishi mumkin. Boshqa buyumlarga ega Tinglovchilar ham bundan mustasno emas. O‘zlari xohlagan narsani topa olmagan Tinglovchilar ham savdodan ko‘ngillari to‘lmagan bo‘lishi mumkin. Savdo qilib qo‘ygan va keyin boshqa bir yaxshiroq imkoniyatni boy berganligini his qilgan Tinglovchilar ham o‘zlarini omadsiz his qilayotgan bo‘lishlari mumkin).
K. Agar savdo-sotiq mashqi ertaga ham davom etganida, kim savdoni davom ettirishni xohlar edi?
(Foydasi xarajatlaridan yuqori bo‘lishiga ishongan odamlar afzallikka ega. Teskarisiga ishongan Tinglovchilarda esa qiziqish yo‘qoladi.)
L. Savdo-sotiq mashqi real sharoitdagi savdo-sotiqqa qaysi tomondan o‘xshaydi?
Xulosa.
Quyidagi xulosani Tinglovchilarga yetkazing:
Ushbu savdo-sotiq faoliyati jahon savdo-sotiq jarayoniga o‘xshash model sifatida xizmat qiladi. Biz jahon savdosi muammolarini o‘rgangan mashg‘ulotimizdagi xarajat, foyda va savdo atamalari yodingizdami? Siz bugun o‘rgangan g‘oya va tushunchalar sizga jahon iqtisodiyotida amalga oshiriladigan savdo jarayonining mohiyatini tushunishga yordam beradi.