3- MASHG‘ULOT
O‘RTA MAKTABLAR UCHUN IQTISODIYOT DARSLIGI: IQTISODIYOT FANI BO‘YICHA STANDARTLAR VA UNING TARKIBI
FUNDAMENTAL IQTISODIY TUSHUNCHALAR
1. Taqchillik va tanlash. (Scarcity and Choice)
2. Muqobil qiymat va murosali, kelishuv asosida tanlash. (Opportunity Cost and Trade offs)
3. Samaradorlik. (Productivity)
4. Iqtisodiy tizimlar. (Economic Systems)
5. Iqtisodiy institutlar va rag‘batlar. (Economic Institutions and Incentives)
6. Ayirboshlash, pul va o‘zaro bog‘liqlik. (Exchange, Money, and Interdependence)
MIKROIQTISODIY TUSHUNCHALAR
1. Bozorlar va narxlar
2. Taklif va talab
3. Raqobat va bozorning tuzilishi
4. Daromadni taqsimlash
5. Bozor nuqsonlari
6. Davlatning roli
MAKROIQTISODIY TUSHUNCHALAR
1. Yalpi ichki mahsulot
2. Yalpi taklif va yalpi talab
3. Ishsizlik
4. Inflatsiya va deflyatsiya
5. Monetar siyosat
6. Fiskal siyosat
XALQARO IQTISODIY TUSHUNCHALAR
1. Mutlaq va nisbiy afzallik va savdo-sotiqqa bo‘lgan to‘siqlar
2. Ayirboshlash kurslari va to‘lov balansi
3. Iqtisodiy o‘sish va barqarorlikning xalqaro omillari
O‘LCHOV BIRLIKLARI VA METODLAR
Jadvallar
Diagrammalar va grafiklar
Hissalar va foizlar
Foizli o‘zgarishlar
Ko‘rsatkich sonlar
Real va nominal qiymat
O‘rtacha miqdorlar va ular atrofidagi taqsimotlar
KENG KO‘LAMDAGI IJTIMOIY MAQSADLAR
Iqtisodiy erkinlik
Iqtisodiy samaradorlik
Iqtisodiy tenglik
Iqtisodiy xavfsizlik
To‘la bandlik
Narxlar barqarorligi
Iqtisodiy o‘sish
Boshqa maqsadlar
Taqchillik tanlash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Agar bizda hohlagan barcha narsalarga ega bo‘lish imkoniyati bo‘lmasa, ular orasidan eng ko‘p xohlagan narsalarni tanlashimizimizga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun, har bir shaxs va jamiyat mavjud taqchil resurslardan foydalanayotganda, doimo tanlashga majburdirlar. Taqchillik tushunchasi iqtisodiy ehtiyojlar va ishlab chiqarish resurslari kabi tushunchalar orqali yanada tushunarli bo‘ladi.
IQTISODIYOT BO‘YICHA MILLIY STANDARTLAR
Iqtisodiyot fanining o‘rta maktab dasturiga asosiy fanlardan biri sifatida kiritilishi, kishilarning zamonaviy dunyoni anglab yetishida, o‘zlarining kelajaklarini shakllantiradigan qarorlar qabul qilishlarida va asosiy institutlarni kuchaytirishda iqtisodiy tushunishning ahamiyatini qanchalik ekanligini yoritib beradi. Iqtisodiyot tamoyillari kishilarning iste’molchi va ishlab chiqaruvchi sifatidagi rolini o‘zgartirib, odatiy hayot biznesiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Shuningdek, iqtisodiyot mahalliy, respublika va xalqaro davlat siyosatida muhim rol o‘ynaydi. Iqtisodiy muammolar respublika va mahalliy saylovlarda saylovchilarga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Iqtisodiyotni yaxshiroq tushunish kishilarga ularga har kuni ta’sir qiladigan kuchlarni tushunish imkoniyatini beradi va shaxsiy qarorlar va davlat siyosatining ta’sirlarini baholash va aniqlashga yordam beradi. Fuqarolar iqtisodiyot haqida aniq va to‘liqroq ma’lumot bilan ta’minlansa, demokratik bozor iqtisodiyotining ko‘pgina institutlari samarali ishlay boshlaydi.
Iqtisodiy muammolarni qanday asoslash va baholashni o‘rganish ham juda muhim, chunki iqtisodiyotda analitik yondashuv bir qancha muhim holatlarda boshqa fanlardagi, masalan, tarix va fuqarolik jamiyati fanlaridagi analitik yondashuvlardan farq qiladi. Iqtisodiy tahlil mazkur fanlar bo‘yicha ham muammolarni yechishda qo‘l keladi, hamda tarix, siyosatshunoslik, biznes va xalqaro munosabatlarda “nima uchun” savollariga javob berishning turli xil yo‘llari bilan ta’minlaydi.
Malaka va ko‘nikma ham iqtisodiy asoslashda muhim rol o‘ynaydi. Tinglovchilar iqtisodiyotda rivojlantirishi kerak bo‘lgan asosiy malaka va ko‘nikmalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: (a) iqtisodiy muammolarni aniqlash, boshqa imkoniyatlarni topish, foyda va xarajatlarni hisoblash; (b) ishda iqtisodiy vaziyatda rag‘bat va manfaatni tahlil qilish; (v) iqtisodiy vaziyatlar va davlat siyosatidagi o‘zgarishlarning ta’sirini tahlil qilish; (g) iqtisodiy hodisa va voqealarni tahlil etish va sintez qilish va (d) foyda va xarajatlarni qiyoslash.
O‘quvchilar maktabni tamomlaguncha bir muncha iqtisodiy bilimga ega bo‘lgan bo‘lishlari kerak. Birinchidan, ular asosiy iqtisodiy tushunchalar (kategoriyalar)ni tushunib yetgan bo‘lishlari va ishchilar, iste’molchilar, va fuqarolar sifatida ularning turmushlariga ta’sir qiladigan asosiy iqtisodiy muammolarni mantiqiy asoslay bilishlari lozim bo‘ladi. Buning natijasida ular iqtisodiyotni tushunmaydigan kishilar orasida uchraydigan muammo va xatoliklarni takrorlashmaydi.
Ikkinchidan, o‘quvchilar davlat iqtisodiyotiga oid faktlardan, ya’ni ularning miqyosini va ishsizlik, inflatsiya hamda foiz stavkalarining hozirgi holatidan xabardor bo‘lishlari lozim.
Uchinchidan, o‘quvchilar iqtisodchilarning ayrim iqtisodiy muammolarda turli xil fikrda ekanliklarini tushunib yetishlari lozim. Bu ayniqsa, bozor iqtisodiyotida davlat sektorining mavqeini, hukumat qachon va qanday qilib ishsizlik va inflatsiyaga qarshi kurashish kerakligi, va hukumat qachon va qanday qilib iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga kirishishi lozimligi kabi masalalarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shunga qaramasdan, iqtisodchilar o‘rtasida ko‘plab muammolarda va ularni tahlil qilishning asosiy metodlarida keng tarqalgan kelishuvlar va bir xildagi qarashlar mavjud. Iqtisodiyot fani mazmunining minimal darajasi, keyingi mashg‘ulotlarda keltiriladigan, 20 ta mazmun bo‘yicha standartlar bilan aniqlanadi. Har bir standart ortidan unga qo‘shimcha chuqurlashtirishlar kiritiladi. 4-9 va sinf darajalardagi o‘quvchilar uchun har bir mazmun standarti bo‘yicha tavsiya etiladigan o‘zlashtirish darajasini belgilash orqali o‘qitish samaradorligining darajasi aniqlanadi. So‘ngra, o‘quvchilar ushbu samaradorlik darajasini anglash bo‘yicha tinglovchilar nimalarni qilishi kerakligi va kuchaytirishi lozimligi ta’minlanadi.
O‘QUV REJASIDA ASOSIY IQTISODIY TUSHUNCHALARNING YORITILISHI