“Iqtisodiy ta’limda interfaol metodlar”
seminar-treyning qatnashchilari uchun chiqish testi
1. Iqtisodiy nazariyaning mohiyatini nima yaxshiroq aniqlaydi?
A) Iqtisodiy nazariya xo’jalik yuritish uchun tavsiyalar ishlab chiqadi.
B) Iqtisodiy nazariya bozor iqtisodiyotini tasvirlaydi va o’rganadi.
D) Iqtisodiy nazariya tadbirkorlikni tashkil etishning turli shakllarini o’rganadi.
E) Iqtisodiy nazariya cheklanganlik sharoitida ehtiyojlarni to’laroq qondirish uchun oqilona qaror qabul qilish va uni tahlil qilishni o’rganadi.
F) Iqtisodiy nazariya cheklanganlik muammosini yechadi.
2. Resurslarning cheklanganlik muammosini yechish mumkin, agar ...
A) odamlar resurslarni iqtisod qilsalar;
B) hamma o’z hohishi bilan ehtiyojlarini qisqartirsa;
D) fan va texnika taraqqiyoti kelajakda tovar ishlab chiqarish imkoniyatlarini keskin oshirsa;
E) kosmos o’zlashtirilsa;
F) to’g’ri javob yoq.
3. Chol ibn Hattob soqolini kuzatib, shunday qonuniyatni aniqladi: har bir tilakni bajarish uchun yulib olgan soqoli shu zahoti o’sib chiqar ekan. Chol inb Hattobning iqtisodiy nazariyani o’rganishga ehtiyoji bormi?
A) Bor. Chunki iqtisodiyotni o’rganganda, u eng katta foyda olishga yordam beradi.
B) Yo’q. Chunki uning uchun cheklanganlik muammasi yo’q.
D) Bor. Chunki iqtisodiyotni o’rganganda, u resurslarni eng samarali iqtisod qilishga yordam beradi.
E) Bor. Chunki unga talab qonuni ta’sir etadi.
F) To’g’ri javob yoq,
4. Davlat budjetining xarajat qismi:
A) Daromad qismiga teng bo’ladi
B) Daromad qismidan kichik bo’ladi
D) Daromad qismidan katta bo’ladi
E) Daromad qismidan kichik yoki teng bo’ladi
F) Daromad qismidan katta ham kichik ham bo’lishi mumkin
5. Iqtisodiyotning uch asosiy savoli qaysi bandda keltirilgan?
A) Nima ishlab chiqarish kerak, qanday ishlab chiqarish kerak, kim tomonidan iste’mol qilinadi.
B) Nima iste’mol qilinadi, qanday ishlab chiqariladi, kim ishlab chiqaradi.
D) Nima ishlab chiqariladi, qanday iste’mol qilinadi,kim ishlab chiqaradi.
E) Nima iste’mol qilinadi, qanday ishlab chiqariladi, kim iste’mol qiladi.
F) To’g’ri javob yoq,
6. Matematikadan masalani yechish uchun sizga 10 minut, fizikadan 15 minut kerak bo’ladi. O’rtog’ingizga esa matematikadam masala yechish uchun 15 minut, fizikadan esa 20 minut kerak bo’ladi. Demak, …
A) O’rtog’ingiz fizikadan masala yechish bo’yicha mutlaq ustunlikka ega;
B) ) Siz fizikadan ham matematikadan ham masala yechish bo’yicha nisbiy ustunlikka egasiz;
D) Siz fizikadan masala yechish bo’yicha nisbiy ustunlikka egasiz;
E) ) O’rtog’ingiz fizikadan masala yechish bo’yicha nisbiy ustunlikka ega;
F) To’g’ri javob yoq,
7. Muqobil qiymat ta’rifining eng to’g’risini tanlang. Muqibil qiymat - bu ...
A) cheklangan resurslardan maqsadli foydalanilayotganda, eng yaxshi imkoniyatdan keyin kelayotgan va voz kechilgan qiymat;
B) cheklangan resurslardan maqsadli foydalanilayotganda, barcha voz kechilgan imkoniyatlar qiymati;
D) mazkur tovarni ishlab chiqarish uchun firmaning barcha xarajatlarining puldagi ifodasi;
E) mazkur qaror qabul qilinganda, sarflash kerak bo’lgan barcha pul xarajatlari.
F) To’g’ri javob yoq,
8. Davlat budjetining daromad qismi manbalariga nima kirmaydi?
A) soliqlar;
B) davlat korxonalarining foydasi;
D) davlat mulkini sotishdan tushgan mablag’lar;
E) davlatga tegishli qimmatli qog’ozlaridan tushgan dividentlar;
F) transfert to’lovlari
9. Ikki ishlab chiqaruvchidan qaysi bir nibiy ustunlikka ega?
A) bir xil miqdordagi resurslardan ko’proq Tovar va xizlatlar ishlab chiqargani;
B) Tovar va xizmatlarni kamroq muqibil qiymati bilan ishlab chiqarayotgani;
D) Tovar va xizmatlarni ko’proq muqibil qiymati bilan ishlab chiqarayotgani;
E) Tovar va xizmatlarni yaxshiroq sifat bilan ishlab chiqarayotgani;
F) To’g’ri javob yoq,
10. Iqtisodiy tizimlarning uch turi - bular ...
A) an’anaviy, bozor va markazlashgan;
B) demokratik, anarxik, va totalitar;
D) feudal, kapitalistik va sosialistik;
E) rivojlanayotgan, rivojlangan va yemirilib borayotgan.
F) To’g’ri javob yoq,
11. Mehnat taqsimotiga quyidagi holat misol bo’ka oladi ...
A) A zavod “Tiko” avtomobilini, B zavod esa “Otayo’l” avtobusini ishlab chiqaradi;
B) A viloyat chorvachilik mahsulotlarini, B viloyat poliz mahsulotlarini yetishtiradi;
D) A zavod go’sht mahsulotlarini, B zavod sut mahsulotlarini ishlab chiqaradi;
E) A zavod “Neksiya” avtomobilining kuzovini, B zavod “Neksiya” avtomobilining g’ildiragini ishlab chiqaradi.
F) To’g’ri javob yoq,
12. Agar Tayvan Ispaniyaga nisbatan maishiy elektronika buyumlarini ishlab chiqarishda nisbiy ustunlikka ega bo’lsa, u holda ...
A) Tayvanda maishiy elektronika buyumlarini ishlab chiqarishning muqobil qiymati Ispaniyaga nisbatan past bo’ladi;
B) Tayvanda maishiy elektronika buyumlarini ishlab chiqarishning muqobil qiymati Ispaniyaga nisbatan yuqori bo’lad;
D) Tayvan va Ispaniya o’rtasida ixtisoslashuvning ma’nosi yo’q;
E) Tayvan uchun maishiy elektronika buyumlarining narxini tushurish foydali bo’ladi.
F) To’g’ri javob yoq,
13. Chizmada ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig’I tasvirlangan. B nuqta kiyim-kechak va poyafzal ishlab chiqarishning shunday kombinatsiyasini bildiradiki, unda ...
|
A) Barcha ishlab chiqarish resurslarining to’la ishlatiladi;
B) ishlab chiqarish resurslari to’la hajmda ishlatilmasa ham bo’ladi;
D) ishlab chiqarish resurslarining miqdori va sifatini oshirgan taqdirdagina yetishish mumkin;
E) hech qachon yetishib bo’lmaydi.
F) To’g’ri javob yoq,
|
|
14. Quyidagilarning qaysi biri muqobil tanlov bo’ladi?
A) Qancha sariyog’ va qancha o’simlik yog’I sotib olish bo’yicha qaror qabul qilishga sarflangan vaqt.
B) 0,5 kg sariyog’ o’rniga 1 litr sut sotib olish haqidagi qaror.
D) Sariyog’ sotib olishga sarflangan xarajatlarning o’simlik yog’i sotib olishga sarflangan xarajatlarga nisbati.
E) Yuqoridagilarning barchasi.
F) To’g’ri javob yoq,
15. Oxirgi o’n yilda Jizzax viloyatida Qashqadaryo viloyatiga nisbatan har bir gektardan olingan bug’doy kam bo’ldi. Bundan qanday xulosa chiqarish mumkin?
A) Jizzax biloyati Qashqadaryo viloyatiga nisbatan bug’doy yetishtirishda nisbiy ustunlikka ega;
B) Qashqadaryo biloyati Jizzax viloyatiga nisbatan arpa yetishtirishda nisbiy ustunlikka ega;
D) Jizzax viloyatida yetishtirilgan bug’doy Qashqadaryo viloyatiga yetkazib berilishi lozim.
E) Aniq bir gap aytib bo’lmaydi.
F) To’g’ri javob yoq,
16. Qaysi jumlada “talab” so’zi “ talab miqdori” so’zi bilan almashtirilishi lozim?
A) Avia chiptalar narxi oshirilganda, temir yo’l transporti xizmatiga bo’lgan talab oshdi.
B) Non narxining oshirilishi makaron mahsulotlariga bo’lgan talabni keskin oshirdi
D) Chernobil halokatidan so’ng Kiyev shahri bozorlarida qulupnayga bo’lgan talab keskin tushdi.
E) Avia chiptalar narxi oshirilganda, havo yo’llari xizmatiga bo’lgan talab keskin tushdi.
F) To’g’ri javob yoq,
17. Mamlakat sarmoyasi hisobiga chet ellarda yaratilgan tovar va xizmatlarning jami qiymati, chet el sarmoyasi hisobiga mamlakatda yaratilgan tovar va xizmatlar qiymatidan ko’p. Bu holatda :
A) YAMM YAIMdan yuqori bo’ladi.
B) YAMM YAIMga teng bo’ladi
D) YAMM YAIMdan past bo’ladi
E) YAMM YAIMdan yuqori ham, past ham bo’lishi mumkin
F) To’g’ri javob yo’q
18. Mamlakatda real YAMM 2,5 % ga oshdi. Mamlakat aholisi esa 10 mln.dan 10,5 millionga ko’paydi. Bu davrdagi aholi jon boshiga to’g’ri kelgan YAMM haqida nima deyish mumkin?
A) real YAMM ko’paydi.
B) real YAMM kamaydi
D) real YAMM o’zgarmaydi
E) nominal YAMM kamaydi
F) nominal YAMM o’zgarmaydi
19. Quyidagilarning qaysi biri Iste’mol xarajatlarining kamayishiga olib keladi?
A) Daromadlarning kamayishi.
B) Daromad soliqlari darjasining kamayishi.
D) Tez orada narxlar oshhsining kutilishi.
E) Aholiga davlat tomonidan to’lovlarning oshishi
F) To’g’ri javob yoq,
20.Iqtisodda talab - bu ...
A) Mos narxlarda ishlab chiqaruvchilar sotishga taklif qilayotgan tovar miqdori;
B) sotib olishga imkoniyatlari bor yoki yo’qligidan qat’iy nazar, odamlar uchun zarur tovarlar miqdori;
D) iste’molchilar sotib olishga tayyor tovar miqdori va ularning narxi o’rtasidagi bog’lanish;
E) iste’molchilarning mablag’I yetadigan tovarlar miqdori.
F) To’g’ri javob yoq,
21. Quyidagi jumlalarning qaysi biri noto’g’ri?
A) Talab chizig’ini chapga parallel siljitganda, talabning narx bo’yicha elastiklik koeffitsiynti absolyut qiymati har bir narx uchun oshadi.
B) Taklif chizig’ini chapga parallel siljitganda, taklifning narx bo’yicha elastiklik koeffitsiyntining absolyut qiymati har bir narx uchun oshadi.
D) Tovarning o’rnini bosuvchi tovarlarning paydo bo’lishi, har doim bu tovarga bo’lgan talab elastikligini kamayishiga olib keladi.
E) Bozorda yangi xaridorlarning paydo bo’lishi, bu tovarga bo’lgan talab elastikligiga ta’sir qiladi.
F) To’g’ri javob yoq,
22. Fotoapparatlar taklifining kamayishi tufayli narx oshgan bo’lsa, buning oqibatida nimani kutish mumkin?
A) fotoplyonkaga bo’lgan talabning oshishini;
B) fotoplyonkaga bo’lgan talabning kamayishini;
D) fotoplyonka taklifining oshishini;
E) fotoplyonkaga bo’lgan talab o’zgarmasdan, unga bo’lgan talab miqdorining kamayishini.
F) To’g’ri javob yoq,
23. Shaxsiy kompyuterlar taklifining kamayishi natijasida shaxsiy kompyuterlar narxi keskin ko’tarildi. Bu nimaga sabab bo’lishi mumkin?
A) dasturchi va operatorlar ish haqining oshishiga;
B) dasturchi va operatorlar ish haqining pasayishiga;
D) kompyuter ishlab chiqaruvchilar tushumining kamayishiga;
E) kompyuter ishlab chiqaruvchilar tushumining oshishiga.
F) To’g’ri javob yoq,
24. Mamlakatda pulning aylanish tezligi va sotilgan tovarlar miqdori o’zgarmadi, pul massasi esa ko’paydi. Bu qanday oqibatga olib keladi?
A) narx-navo oshadi;
B) narx-navo tushadi;
D) narx-navoga ta’sir qilmaydi;
E) hech narsaga ta’sir qilmaydi;
F) to’g’ri javob keltirilmaagan
25. Inflyatsiya paytida:
A) hamma tovarlarning narxi oshadi
B) hamma tovarlarning narxi tushadi
D) deyarli hamma tovarlar narxi oshadi
E) deyarli hamma tovarlar narxi tushadi
F) ba’zi tovarlar narxi oshadi, ba’zilarining narxi tushadi
26. Sotishga taklif etilgan tovarning hammasi sotib olinadigan narx qanday nomlanadi?
A) o’zaro savdo narxi; D) elastic narx;
B) muvozanat nuqta; E) muvozanat narx.
F) To’g’ri javob yoq,
27. 70-yillardagi neft inqirozi davrida OPEK neft narxini keskin ko’terdi. Bu o’z navbatida nimaga olib keldi?
A) komir narxining oshishiga;
B) uy-joylarda issiqlikni saqlovchi vositalarga bo’lgan talabning oshishiga;
D) energiyani tejovchi texnologiyalar bilan shig’ullanuvchi olim va texniklar ish haqining oshishiga;
E) yuqoridagilarning barchasiga.
F) To’g’ri javob yoq,
28. Qishloq xo’jalik mahsulotlari uchun quyi narx chegaralarining o’rnatilishi nimaga olib kelishi mumkin?
A) narxlarni bir xil darajada saqlab turishga qaratilgan moliyaviy dasturlar uchun soliq to’lovchilar xarajatlarining oshishiga;
B) qishloq xo’jalik mahsulotlarining ortiqchalik vaziyatining vujudga kelishiga;
D) qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash xarajatlarining oshishiga;
E) yuqoridagilarning barchasiga.
F) To’g’ri javob yoq,
29. Bozor iqtisodiyotida narxlar ...
A) muntazam ravishda past bo’ladi;
B) davlat tomonidan tartibga solinganiga qaraganda yuqori bo’ladi;
D) talab va taklifning o’zaro ta’siti natjasida o’zgaradi;
E) sotuvchilarni qoniqtiradi, xaridforlarni qoniqtirmaydi.
F) To’g’ri javob yoq,
30. Pishloq narxiga qaysi hodisa qolgan to’rt hodisaga qaraganda boshqacharoq ta’sir qiladi?
A) Qora-molllar uchun xashak narxlari keskin oshdi.
B) Sut sog’ib olish hajmi oshdi.
D) Kungaboqar moyi o’rniga sariyog’ iste’mol qilish keskin oshdi.
E) Sut sog’ib olish hajmi kamaydi.
F) Qirg’oqchilik boshlandi.
31. Quyidagilarning qaysi biri monopolistik raqobat xususiyatlarini ifodalaydi?
A) bir turdagi mahsulot.
B) bozorda yagona xaridor.
D) bozorga kirishga hech qanday to’siqlar yo’q.
E) turli turdagi mahsulot.
F) To’g’ri javob yoq,
32. A davlat bir birlik resurs sarflab 10 tonna bug’doy yoki 1 tonna paxta, B davlat esa 24 tonna bug’doy yoki 3 tonna paxta yetishtirishi mumkin. Bu holatda:
A) A davlat B davlatga nisbatan paxta tayyorlashda mutlaq ustunlikka ega;
B) A davlat B davlatga nisbatan bug’doy yetishtirishda mutlaq ustunlikka ega
D) A davlat B davlatga nisbatan paxta yetishtirishda nisbiy ustunlikka ega
E) B davlat A davlatga nisbatan bug’doy yetishtirishda nisbiy ustunlikka ega
F) A davlat bug’doy, B davlat paxta yetishtirishda ixtisoslashishi lozim
33. Bozorda muvozanat vaziyat faqat va faqat shu holda vujudga keladiki ...
A) talab miqdori taklif miqdoriga teng bo’lsa;
B) sotuvchilar sotishga rozi narxlardagi tovar miqdori bilan xaridorlar sotib olishga rozi narxlardagi tovar miqdori ustma-ust tushganda;