O'zbekcha          Ðóññêèé          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

  Íàéòè!

Kengaytirilgan qidiruv     








 Mashg‘ulot ¹22
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

22-MASHG‘ULOT

NIMA UCHUN ODAMLAR VA MAMLAKATLAR SAVDO BILAN SHUG‘ULLANISHADI?

 

KIRISH

            Mazkur mashg‘ulotda nisbiy afzallik iqtisodiy tushunchasi ham alohida odamlar o‘rtasidagi almashuv, ham xalqaro savdo uchun asos sifati keltiriladi.

            Ko‘pchilik savdo aloqalari odamlar o‘zlari ishlab chiqara olmaydigan narsalarni olishlari uchun yuzaga keladi deb o‘ylashishlariga qaramay savdo amalga oshirilishining asosiy sabablaridan biri tovar va xizmatlari ishlab chiqarishdagi nisbiy narxdagi farqdir. Mazkur mashg‘ulot davomida ishtirokchilar nisbiy afzallik tamoyiliga muvofiq ixtisoslashishdan olinadigan foyda ko‘rsatilgan misollarni ko‘rib chiqishadi. Ular qanday qilib savdo ikkala savdo xamkorlarning, hatto hamkorlardan biri avvaldanoq har qanday tovarning yaxshi ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan hollarda ham farovonlikning yaxshilanishiga ko‘maklashishini aniqlashadi.

 

TUSHUNCHALAR

           Halqaro savdo

            Iqtisoslashish

            Nisbiy afzallik

            Savdodan yutish

            Narx

           

TARKIBIY STANDARTLAR

Ixtiyoriy almashuv barcha ishtirok etuvchi tomonlar yutishdan umidvor bo‘lgan taqdirdagina amalga oshadi. Bu hol ham alohida odamlar yoki bitta mamlakat ichidagi tashkilotlar orasida, ham turli mamlakatlardagi odam yoki tashkilotlar orasidagi savdoda ham kuzatiladi.

            Erkin savdo butun dunyoda material hayotiy standartlarni yaxshilaydi.

            Turli mamlakatlardagi odamlar yoki tashkilotlar o‘rtasidagi ixtiyoriy almashuv iste’molchilarga tovar va xizmatlarni sotib olishda tanlash imkoniyatini yanada kengaytiradi.

            Alohida odamlar, mamlakatlar, mintaqalar kamroq xarajatlar bilan ishlab chiqarishga  iqtisoslashishsa, so‘ng boshqa odamlar, mamlakatlar va mintaqalar bilan savdolashishsa, ham ishlab chiqarish,ham iste’mol qilish ortadi.

            1 ta davlat iidagi odamlar o‘rtasidagi savdo singari xalqaro savdo ixtisoslashishi va mehnat taqsimotini qo‘llab-quvvatlashda, ishlab-chiqarish va iste’mol qilishni ko‘paytiradi.

Maqsadlar:

·        Savdoning yuzaga kelish sabablarini aniqlash

·        Ixtisoslashish va erkin savdo natijasida  yuzaga keladigan risklarni tadqiq qilish

·        Nisbiy afzallik tamoyilini namoyish etish

·        Xalqaro savdoga keltiilgan gipotetik misolda nisbiy afzallik  tamoyilini qo‘llash.

 

 

MASHG‘ULOT TAVSIFI

            Ishtirokchilar mamlakatlar nimaga savdo qilish xaqida katta bo‘lmagan maqolani o‘qishadi va muxokama qilishadi, so‘ng nisbiy afzallik tamoyilini qo‘llashga taaluqli bo‘lgan 2ta mashqni bajarishadi. 1 ta mashq 2 ishtirokchi o‘rtasidagi ayriboshlash bilan bog‘liq, 2- mashqda xalqaro savdoga keltirilgan gipotetik misol ko‘rib chiqiladi.

        

 Zarur vaqt

Bir dars

 

MATERIALLAR

·        Har bir ishtirokchiga 1-, 2- va 3-mashqlardan bir nusxaddan

·        Shart emas: 2-mashqga bir slayd jadval

 

MASHG‘ULOTNI O‘TKAZISH TADBIRI

1.      Ishtirokchilardan nima uchun odamlar bir-biri bilan savdo qilishlarini so‘rang. Ular nafaqat odamlar o‘rtasidagi, balki mamlkakatlar o‘rtasidagi savdoni ham muhokama qilishlariga harakat qiling. Ularning javoblarini doskaga yozib qo‘ying (Izoh: agar siz ishtirokchilar bilan 1-darsni o‘tkazgan bo‘lsangiz, mashg‘ulotning bu qismini tashlab ketish yoki qisqartirish mumkin.)

2.      Har bir ishtirokchiga “nima uchun odamlar savdo qilishadi?” 1-mashqidan bir nusxa tarqating. Mazkur maqolani o‘qish uchun ma’lum bir vaqt ajrating.

3.      1-mashqni muhokama qiling.

A. Nima uchun odamlar o‘zlari ishlab chiqarishi mumkin bo‘lgan narsalarni olib savdo qilishadi?

B. Qanday qilib odamlar savdodan yutishadi?

V. Amerika Qo‘shma Shtatlari – katta, boy mamlakat. Nima uchun u Gonduras singari kichkina va kambag‘al davlat bilan savdo qilishni istaydi? Ishtirokchilar nisbiy afzallik tamoyilini mashqda tushuntirilganidek tushunayotganliklariga ishonch hosil qiling. Mamlakat (yoki odam) o‘z savdo hamkorlariga qaraganda arzonroq narxda tovar ishlab-chiqarsagina u nisbiy afzallikka ega bo‘ladi. Biror-narsani arzonroq narx bilan ishlab chiqaradigan har kim  mazkur tovarni ishlab-chiqarishga  ixtisoslashishi va uni o‘zida ishlab chiqarganda qimmatga tushadigan tovarni olish uchun sotadi. Shuni ta’kidlab o‘tish muhimki, cheklanganlik va alternativlik natijasida hech qaysi mamlakat (yoki odam) barcha tovarlarni ishlab chiqarishda nisbiy afzallikka ega bo‘lmaydi. Agar siz biror-bir tovarni ishlab chiqarishni yaxshi uddalayotgan bo‘lsangiz bu boshqa tovarni ishlab chiqarish bahosini yuqori qilib qo‘yadi. Shunday ekan, savdo ham katta, ham kichik mamlakatlarga, shuningdek, ham boy, ham kambag‘al mamlakatlarga foyda keltiradi.

4.      Har bir ishtirokchiga 2-mashqdan bir nusxadan bering.  Kirish paragrafini o‘qishlari uchun vaqt ajrating. Ishtirokchilar  ham individual, ham juft-juft bo‘lib ishlashlari mumkin. Ulardan mashqni bajarishni va u nisbiy afzallik va savdo tushunchasi bilan qanday bog‘langanligi haqida fikr yuritib ko‘rishlarini so‘rang. Agar u-bu ishtirokchida bu vazifani bajarayotib qiyinchilik yuzaga kelsa, ular o‘zlariga yordam berishlari mumkin bo‘lgan boshqa ishtirokchilar bilan uni muhokama qilishsin. (Mazkur tarqatma materialda ko‘rsatilganidek nisbiy afzallik tamoyilini to‘liq tushuntirish matematika asoslaridan foydalanishni talab etadi. Ba’zi ishtirokchilar raqamlarda adashishlari mumkin, lekin ko‘pchilik raqamli misollardan foydalangan holda materiallarni o‘zlashtirish juda ham qulayligini tushunib yetishadi. Ishtirokchilaringiz bilan hisoblash usulini ishda qay darajada qo‘llash kerakligini hal qiling. Qo‘shimcha: agar ishtirokchilar avval alternativ baho tushunchasini o‘rganishgan bo‘lsa ular bilan bu materialni mazkur darsda ishlatilgan baho tushunchasi bilan bir xil ekanligini qayd etib, takrorlash mumkin.

5.      2-mashq  javoblarini ishtirokchilar bilan muhokama qiling. Ixtisosolashish va savdo tufayli ikkala malakatda ham odamlar ixtisoslashishi va savdo bo‘lmagan vaqtga qaraganda ko‘proq pishloq va yer yong‘oq iste’mol qilishadi. Ikki mamlakatda yer yong‘oq va pishloq ishlab chiqarishning bahosi turlicha bo‘lgani bois bu natijalarga erishilmoqda, bu esa nisbiy afzallik tamoyiliga mazkur davlatlarning har biriga foyda keltirish imkonini bermoqda. Savdo – bu shunday vaziyatki, unda Alisheristonliklar avvaldan ham pishloq, ham yer yong‘oqning eng yaxshi ishlab chiqaruvchilari bo‘lishiga qaramay hamma yutadi.

 

BAHOLASH 

      Ishtirokchilar materialni qay darajada o‘zlashtirganliklarini baholash uchun ulardan nisbiy afzallik tushunchasi qanday qilib odamlarga quyidagi vaziyatda samarali iqtisodiy to‘xtamga kelishlariga yordam berishini yozma ravishda tushuntirib berishlarini so‘rang.

      Yurist Farangizga talab katta bo‘lib, u soatiga 5 000 so‘m topadi. U, shuningdek, bir daqiqada 80 ta so‘zni xatosiz yozadigan tajribali mashinistka hamdir. Lola – soatiga 80 so‘m topadigan kotib bo‘lib, u bir daqiqada 40 ta so‘zni xatosiz yozadi. Farangiz ham, Lola ham kuniga sakkiz soatdan ishlashadi. Farangiz Lolani bo‘shatib yuborib, pulni tejashga harakatqilishi va uning o‘rniga barcha mashinada terish ishlarini hzi qilishi kerakmi?

      (Farangiz materiallarni mashinada o‘zi yozishi kerak emas. Buning alternativ bahosi u yurist sifatida ishlab soatiga topadigan 5 000 so‘mni tashkil etadi. Farangiz Lola mashinada yozish uchun sakkiz soat sarflaydigan betlarni to‘rt soatda yozishi mumkin.  Lekin bu vaqtda u 20 000 so‘m yo‘qotadi. U kuniga 6 400 so‘mga Lolani yollashi mumkin; bunga muvofiq Farangi agar o‘zi mashinada yozadigan bo‘lsa u 13 600 so‘m miqdorida sof zarar ko‘radi. Lola matnlarni mashinada yozish bo‘yicha nisbiy afzallikka ega, shu bois mashinada yozish bilan bog‘liq barcha ishlarni u bajarishi kerak. Farangiz yurisprudensiya sohasida nisbiy afzallikka ega, shu bois u mazkur ishga diqqat-e’tiborini qaratishi kerak.)

 

 

1-mashq

Nima uchun odamlar va davlatlar savdo bilan shug‘ullanishadi

      “Xalqaro savdo” atamasi ma’lum bir darajada chalkashlikka olib keladi. Xalqaro savdo bilan bog‘liq qarorlar yuqori mansabdor shaxslar tomonidan qabul qilinadi degan xulosaga kelish mumkin, lekin ko‘p hollarda bu unday. Asosanxalqar savdo shartnomalari alohida shaxslar – turli davlat fuqarolari bo‘lgan iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida tuziladi. Tayyor kiyim-kechak sohasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi Nyu-Yorklik o‘z mahsulotini Kanadada sotmoqchi. Kaliforniyalik kimdir esa Meksikada  tikilgan kiyimlarni sotib olishga qaror qiladi. Xuddi shunday qarorlar xalqaro savdoning vujudga kelishiga sabab bo‘ladi.

Bir qarashda “Nima uchun odamlar savdo bilan shug‘ullanishadi?” degan savolga bu odamlar o‘zlari mustaqil ishlab chiqara olmaydigan narsalarni sotib olishni istashadi, deb javob berish mumkin. Ba’zi mamlakatlarda odamlar ko‘mir va neft singari tabiiy resurslar, yoki bu iqlimda yetishtiriladigan mahsulotlarga almashish uchun savdo qilishadi. Lekin odamlar faqat o‘zlari ishlab chiqara olmaydigan tovarlarni olish uchun savdo qilishi haqidagi fikr faqat qisman to‘g‘ri.

            Xalqaro savdo munosabatlariga jalb etilgan davlat fuqarolari ko‘p hollarda o‘zlari ishlab chiqarishlari mumki bo‘lgan yoki o‘z davlatlarida ishlab chiqarilayotgan tovarlarni import qilishadi.  Masaln, AQSH po‘lat va avtomobillarni o‘zlari ishlab chiqarsada, bu tovarlarni import qilishadi. Bunda import qilingan tovarlar AQSHda ishlab chiqarilgan xuddi shunday tovarlar bilan raqobatlashadi. Savol paydo bo‘ladi, nima uchun o‘zimiz ishlab chiqarishimiz mumkin bo‘lgan tovarlarni olish uchun savdo qilamiz?

            “Savdo qilish nimaga kerak?” savoliga to‘liqroq javob shundan iboratki, xalqaro savdo munosabatlari har qanaqangi istalgan almashuv singari ham sotuvchi, ham xaridor foyda olishga umid qilishganda vujudga keladi. Ular biron-narsadan voz kechib, o‘rniga  yuqoriroq qiymatga ega bo‘lgan tovar va xizmatlarni olishgan taqdirgandagina ularning ikkisi ham yutadi. Lekin agarda ular berishi kerak bo‘lgan tovar qiymati olinadigan tovar va xizmatlar qiymatidan yuqori bo‘lsa savdo amalga  oshmaydi.  Xuddi shu singari agarda  savdo munosabatlariga kirishuvchi turli davlatlardagi importer  va eksporterlarning  foyda ko‘rishga ko‘zlari yetmasa savdo amalga oshmaydi. Amerikaliklar “Toyota” avtomobil va bananlarni import, “Livays” jinsilari va uskunalarni eksport qilishga qaror qilishadi, chunki ko‘proq foyda olishga umid qilishadi. Xuddi shu holat AQSHga “Toyota” va bananlarni sotib, ulardan “Livays” jinsilari va uskunalarni sotib olayotgan davlatlarga ham xos.

            Amerika bug‘doyi va Gonduras banani misolida mazkur fikr amaliyotda qanday amalga oishrilishini ko‘rib chiqamiz. Amerikalik ko‘pchilik fermerlar bananlarni tiplitsada (issiqxona) yetishtirishlari mumkin, lekin buning o‘rniga ular import qilinadigan bananlarni sotib olishni afzal ko‘rib, bug‘doy yetishtirishni davom ettirishadi. Nima uchun bu hol sodir bo‘lmoqda? Javob yaqqol aniq va muhimdir. Bananlarni yetishtirish amerikalik fermerlarga bug‘doy yetishtirishga nisbatan  qimmatga tushar edi. Buning uchun ularga tiplitsalarni sotib olish va o‘rnatish, shuningdek, qiymati yuqori bo‘lgan yer va vaqtlarini sarflashlariga to‘g‘ri kelardi. Ular barcha resurslaridan  faqat bug‘doy yetishtirishga  foydalanishsa, ularning moddiy farovonligi ortadi. Chunki ularning yeri va iqlimi ko‘proq don mahsulotlarini yetishtirishga to‘g‘ri keladi va ularda buning uchun barcha zarur uskunlar ham mavjud.

            Bu amerikalik fermerlar banan iste’mol qilmasliklari kerakligini anglatadimi? Yaqqol aniq javob – albatta, yo‘q. Ular bug‘doyni dollarga sotib, savdo bilan shug‘ullanishadi, Gondurasda yetishtirilgan bananlarni dollarga sotib olishadi. Gondurasning iqlimi banan yetishtirish uchun ko‘proq to‘g‘ri keladi. Banan sotishdan to‘plangan pulni Gonduras o‘zida mustaqil ishlab chiqarish ancha qimmatga tushadigan boshqa tovarlarni sotib olishga sarflaydi.

Odamlar arzonroq qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashib, o‘zlari mustaqil ishlab chiqarganda  qimmatga tushadigan mahsulotlarni olish uchun ular bilan savdo qilishsa, ular nisbiy afzallik tamoyiliga amal qilayotgan bo‘lishadi.

            Nisbiy afzallik tamoyili bitta tovar yoki xizmat turini ishal chiqarish  bahosida boshqa tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish bahosiga nisbatan afzallikka ega bo‘lishni  anglatadi.  Agar  savdo-sotiq sohasidagi hamkorlarning  ikkisi ham o‘zlari uchun xarajatlari (bahosi)  kamroq bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashishsa, ularning ikkisi ham foyda ko‘radi.

            Nisbiy afzallik tamoyiliga rioya etish afzalliklariga qaramay, ixtisoslashish risk omilini kuchaytiradi. Umuman, odamlar u-yoki bu mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashish bilan, ularni boshqa zarur tovar va xizmatlar bilan ta’minlab turgan savdo hamkorlariga tobe bo‘lib qoladi. Risk omillarining ba’zilari quyidagilardan iborat:

1.      Siz sotib olmoqchi bo‘layotgan mahsulot sotuvda bo‘ladimi? Masalan, Siz ishlab chiqaradigan mahsulot shakar importi  bilan bog‘liq bo‘lsa-yu, lekin yuzaga kelgan  siyosiy muammolar tufayli shakarni olishning iloji bo‘lmasa?

2.      Boshqa davlatlardagi odamlar va biznes-firmalari  bizning ixtisoslashgan iqtisodiyotimiz asosida ishlab chiqarilgan mahsulotni xarid qilishni istashadimi? Agar boshqa davlat savdo cheklovlarini o‘rnatishi natijasida odamlar AQSHdan eksport qilinadigan tovarlarni sotib ololmay qolishsachi?

3.      Aniq bir davlat aholisi oziq-ovqat, energiya yoki dori-darmonlar singari hayotiy zarur mahsulotlarni ishlab chiqarishda xorijliklarga tobe bo‘lishni istashadimi? Bu holat mazkur tovarlarni ishlab chiqarishda nisbiy afzallikka ega bo‘lmagan va savdo qilish uchun boshqa tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan odamlarda kuzatilishi mumkin.

 

Bu va shu kabi savollarga javoblar davlatlar tommonidan erkin savdo yuritishni  cheklovchi qonunlarni joriy etishga ta’sir qiladi.

            Sizchi? Siz xalqaro savdoda ishtirok etasizmi? Har safar boshqa davlatda ishlab chiqarilgan mahsulotni sotib  olayotib,  ham bu davlatdagi importerlarga,  ham boshqa davlatlardagi eksporterlarga axborot yuborasiz. Siz ularga o‘z  fikringizga ko‘ra boshqa davlatda ishlab chiqarilgan ma’lum bir mahsulot turlarini sotib olishdan foyda olayotganligingizni bildirasiz. Aytaylik, sizda Xitoyda ishlab chiqarilgan tufli bor. Nima uchun bning o‘rniga siz o‘zingiz tufli tayyorlab olmaysiz yoki AQSHda ishlab chiqarilgan  tuflini xarid qilmaysiz? Pullaringizni xorij tovariga almashtirish haqidagi qaroringiz  nisbiy afzallik tamoyilining siz har kuni qiladigan iqtisodiy to‘xtamingiz uchun qanchalik muhimligini ko‘rsatadi.

 

 

2-mashq

Nisbiy afzallik tamoyili va xalqaro savdo

Nisbiy afzallik tamoyili muxim iqtisodiy tushuncha hisoblanadi, chunki u alohida odamlar o‘rtasidagi, bitta davlat ichidagi savdo aloqalari, shuningdek xalqaro savdo uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Davlatlar savdo sheriklariga nisbatan  o‘zlari uchun arzonroq  qiymatli bo‘lgan tovarlarni  ishlab chiqarishga ixtisoslashsa mahsulotning umumiy hajmi ixtisoslashish mavjud bo‘lmagan vaqtga nisbatan yuqoriroq bo‘ladi. So‘ng agar davlatlar savdo aloqalariga kirishsa ular o‘zini o‘zi ta’minlagan va bir biri bilan savdo qilmagan vaziyatga  nisbatan ko‘proq mahsulot iste’mol qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Mazkur mashqda ikki davlat - Shaxriston va Gulistonni ko‘rib chiqamiz. Boshqa davlatlar singari Shaxriston va Guliston tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishda foydalanish  uchun cheklangan resurslarga ega. Ikkala davlatda ham aholi ikki xil tovar - yer yong‘oq va pishloq i shlab chiqarish uchun mavjud resurslardan foydalanishga qaror qildi. Shaxristonlik  bir ishchi kunida 60 kg yer yong‘oq yoki 30 kg pishloq ishlab chiqarishi mumkin, deb taxmin qilamiz.  Gulistonlik esa shu ish kunida 30 kg yer yong‘oq yoki 12 kg  pishloq ishlab chiqaradi.

1. Baho

Iqtisodchilarning fikriga ko‘ra, bir mahsulotni ishlab chiqarish uchun voz kechilgan narsa baho deyiladi. Masalan, agar Gulistondagi odamlar 30 kg yer yong‘oq yetishtirishsa, ular 12 kg piloq yetishtirishdan voz kechishadi. Shu bois 30 kg yer yong‘oqning bahosi 12 kg pishloqqa teng.

Gulistonda 12 kg pishloq = 30 kg yer yong‘oqqa teng bo‘lgani bois 1 kg pishloq bahosini olish uchun 12 va 30 ni 30 ga yo‘lish kerak. Natijada biz Gulistonda 1 kg yer yong‘oqning bahosi 2/5 kg (40%) pishloqqa tengligini aniqlaymiz.

Endi Shaxristonda pishloq va yer yong‘oqning   bahosi qanchaligini hisoblang:

30 kg pishloqning bahosi Shaxristonda ____________  kg yer yong‘oqga teng.

1 kg pishloqning bahosi  Shaxristonda ____________  kg yer yong‘oqga teng.

1 kg yer yong‘oqning bahosi Shaxristonda ____________ kg pishloqqa teng.

 

2. NISBIY AFZALLIK

Yer yong‘oq yetishtirish _____________, pishloq ishlab chiqarish esa ___________ arzonroq bahoga ega.

Bundan kelib chiqadigan bo‘lsak, Shaxriston _____________ ishlab chiqarishda, Guliston esa  _____________ ishlab chiqarishda nisbiy afzallikka ega.

 

3. IXTISOSLASHISH MAVJUD BO‘LMAGAN TAQDIRDA

Shaxristonning 100 ta aholisi bir ishchi kuni davomida pishloq va yer yong‘oqning yuqorida sanab o‘tilgan istalgan kombinatsiyasini ishlab chiqarishga qaror qilishdi, deb taxmin qilaylik. Bugungi kunga kelib esa ular belgilangan  to‘g‘riburchakda ko‘rsatilgan kombinatsiyani, ya’ni 2000 kg pishloq va 2000 kg yer yong‘oq ishlab chiqaradi:

 

PISHLOQ

YER Yong‘oq

3 000

0

2 000

2 000

1 000

4 000

0

6 000

 

Gulistondagi 100 aholi bir ishchi kuni davomida mishloq va yer yong‘oqning quyida sanab o‘tilgan istalgan kombinatsiyasini ( kg da) ishlab chiqarishga qaror qilishdi.  Bugungi kunda ular belgilangan to‘g‘riburchakda ko‘rsatilgan kombinatsiyani, ya’ni 900 kg pishloq va 759 kg yer yong‘oq ishlab chiqaradi.

 

PISHLOQ

YER Yong‘oq

1 200

0

900

750

600

1 500

360

2 250

0

3 000

 

Mavjud darajada ikkala shaharda ishlab chivarilgan mahsulot umumiy hajmi  ______________  kg pishloqni va _____________  kg yer yong‘oqni tashkil etadi. Lekin ikkala shahar ham ko‘proq pishloq va yer yong‘oq ishlab chiqarishni istaydi.

 

4. IXTISOSLASHISH MAVJUD BO‘LGANIDA

 

Shaxristondagi  100 ta aholining barchasi faqat pishloq, Gulzoristondagi 100 ta aholining barchasi esa faqat yer yong‘oq ishlab chiqarishga qaror qilishdi, deb tahmin qilaylik. 3- punktagi ma’lmotdan foydalangan holda quyidagi xulosani tugating.

            Ixtisoslashish mavjud  bo‘lganida ikkala shahardagi 100 ta ishchi ishlab chiqargan mahsulot umumiy hajmi __________  kg pishloq va _________ kg yer yong‘oqni tashkil etadi. 3  punktda keltirilgan hisob kitoblarga qaraganda bu   _________ kg pishloq va ___________ kg yer yong‘oq olish imkonini beradi.

 

5. SAVDO

 

Shaxriston faqat pishloq, Guliston esa faqat yer yong‘oq ishlab chiqaradi (4-punktdagi singari), deb faraz qilaylik, ular ikkala shaharda ham pishloq va yer yong‘oq bo‘lishi uchun savdo qilishga qaror qilishdi.

            Shaxriston 950 kg pishloqni  Gulistonga o‘rinma-o‘rin  2150 kg yer yong‘oq olish uchun sotadi. Bunday savdo natijasida Shaxriston _________ kg pishloqqa va   __________ kg yer yong‘oqqa ega bo‘ladi. Guliston esa _________ pishloq va __________ kg yer yong‘oqqa ega bo‘ladi. Ular ixtisoslashish va savdoni joriy etishlaridan avvalga darajaga qaraganda, ya’ni 3-punktga qaraganda, ikkala davlatning farovonligi yaxshilandimi?

 

 

 

2-MASHQ

O‘QITUVCHILAR UCHUN JAVOBLAR_______________________________

 

1.                              BAHO

Shaxristonda 30 kg pishloqning bahosi 60 kg yer yong‘oqga teng.

Shaxristonda 1 kg pishloqning bhosi 2 kg r yong‘oqga teng.

Shaxristonda  1 kg yer yong‘oqning bahosi ½ kg pishloqqa teng.

 

2. NISBIY AFZALLIK

Yer yong‘oq yetishtirishning eng arzon bahosi Gulistonda (chunki 2/5  ½ dan kichkinaroq), pishloqniki esa Shaxristonda (chunki 2 2 ½ dan kichikroq).

Bunga muvofiq, Shaxriston pishloq yetishtirishda, Guliston esa yer yong‘oq yetishtirishda nisbiy afzallikka ega.

 

3.IXTISOSLASHISH BO‘LMAGAN VAZIYATDA

Ikkala shaharda umumiy ishlab chiqarish hajmi 2900 kg pishloq va 2750 kg yer yong‘oqga teng bo‘ladi.

 

4. IXTISOSLASHISH BO‘LGAN VAZIYATDA

Ixtisoslashish bo‘lgan vaziyatda ikkala shahardagi 100 ishchining umumiy mahsulot ishlab chiqarish hajmi 3000 kg pishloq va 3000 kg yer yong‘oqga teng bo‘ladi. 3-punktda keltirilgan hisob-kitoblarga ko‘ra bu 100 kg pishloq va 250 kg yer yong‘oq foyda ko‘rish imkonini beradi.

 

5. SAVDO

Shaxriston 950 kg pishloqni Gulistonga 2150 kg yer yong‘oqga almashish maqsadida sotadi. Bunday savdo natijasida Shaxriston 2050 kg pishloq va 2150 kg yer yong‘oqga ega bo‘ladi, Guliston esa 950 kg pishloq va 850 kg yer yong‘oqga. Ikkala davlatning farovonligi ular ixtisoslashish va savdoni joriy etishlaridan avvalga darajaga qaraganda, ya’ni 3-punktga qaraganda yaxshilandi.

 

3-ko‘rgazmali material

Savdoda ishtirok etish sabablari

 

Barcha odamlar savdodan foyda olishni kutishadi. Ular o‘zlari berayotgan tovar o‘rniga yanada qadrliroq tovar va xizmatlar olishga umid qilishadi.

Savdoda ishtirok etishdan voz kechish sabablari

Odamlar ularga taklif etilayotgan tovar va xizmatlar, ulardan o‘rinma-o‘rin so‘ralayotgan narsadan kamroq qadrga ega bo‘lsa savdo qilishmaydi.

 

Xalqaro savdo.

 

1.                  Bir xil mehnat sarflab Aziza va Asqar kartoshka va karam yetishtirishi mumkin.

                      

 

Kartoshka 

Karam

 

Aziza 

100 

200  

 

Asqar

120

150

 

 

 

 

Ish. chiq. hajmi\ Resurs

 

2.

  © Copyright 2012 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.ziyonet.uz