19-MASHG‘ULOT
PUL, INFLATSIYA VA MONETAR SIYOSAT
PUL, FOIZ STAVKASI VA MONETAR SIYOSAT
Kirish
Ko‘pgina odamlar foiz stavkalarining qayerdan kelishi va ularning ko‘tarilishi, tushishiga sabab bo‘ladigan omillar haqida yetarli tushunchaga ega bo‘lmagan bir vaqtda foiz stavkalari iqtisodiyotga sezilarli darajada ta’sir etadi. Bu dars pul va kredit bozorlarini tadqiq etadi va pul oluvchi (shu jumladan qarz oluvchilar) va beruvchilarning (shu jumladan qarz beruvchilar) o‘zaro xatti-harakatlari qanday qilib foiz stavkasini belgilashini tushuntirib beradi. Mazkur o‘zaro harakat natijasida belgilanadigan foiz stavkalari milliy xarajatlar, bandlik va o‘rta hisobdagi narxlarga ta’sir etadi. Federal zaxira tizimi pul va kredit taklifini, u orqali foiz stavkasini nazorat qilishga, narxlarning barqarorligini va iqtisodiy o‘sishning muhim ko‘rsatkichlarini qo‘llab-quvvatlashga harakat qiladi.
Asosiy tushunchalar
Foiz stavkasi
Inflatsiya (pulning qadrsizlanishi)
Pul siyosati
Pul taklifi
Mazmuni
1. Davlatning asosiy pul taklifi odatda puli, valuta va xalq o‘tkazgan chek depozitlarining umumiy qiymati bilan o‘lchanadi.
Taklif qilinadigan pul hajmining o‘zgarishi qisqa muddatli foiz stavkalarining va shaxsiy; umumiy xarajatlarning o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Bu esa iqtisodiyotdagi narx va bandlik darajasidagi o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi.
Inflatsiya – butun iqtisodiyotda o‘rtacha narx darajasining muntazam ortishi. Muomiladagi pul miqdorini oshiruvchi pul siyosatini yuritish inflatsiyaga olib kelishi mumkin.
Markaziy Bank mamlakatda taklif qilinayotgan pul miqdoriga ta’sir etish maqsadida pul siyosatining 3ta muhim vositalari: zaxira zaruriyati, muddati tugaguncha veksellarni sotib olish va ochiq bozor operatsiyalaridan foydalanadi.
KO‘ZLANGAN MAQSADLAR:
Pul taklifidagi o‘zgarishlar qanday qilib foiz stavkalariga ta’sir etishini va iqtisodiyotdagi boshqa muhim o‘zgarishlarga, jumladan tayyor mahsulot, bandlik va o‘rtacha narx darajasidagi o‘zgarishlarga olib kelishini tasvirlab berish.
Iqtisodiyotdagi pul taklifini tartibga solish uchun Markaziy bank qanday qilib pul siyosatining asosiy vositalaridan foydalanishini tushuntirib berish.
DARS TAVSIFI
Tinglovchilar 3ta ijodiy jarayonda ishtirok etishadi. Dastlabkisida ular pul taklifidagi o‘zgarish qanday qilib qisqa muddatda foiz stavkasiga, foiz stavkasidagi o‘zgarish natijasida kelib chiqqan oqibatlar esa unumdorlik, bandlik va o‘rta hisobdagi narx milliy darajalariga ta’sir etishini aniqlashadi. 2-ijodiy jarayonda tinglovchilar muomiladagi pul hajmining ko‘payib ketishi qanday qilib mahsulot narxiga ta’sir etishini aniqlashadi. 3-jarayonda esa ular Markaziy bank iqtisodiyotdagi pul hajmini tartibga solish uchun pul siyosatining turli vositalaridan qanday foydalanishini o‘rganishadi.
DARS UCHUN TALAB ETILADIGAN VAQT.
2ta dars vaqti. 1-kun 1-12 bosqichlar; 2-kun 13-19-bosqichlar va baholash.
ZARUR JIHOZLAR VA QO‘LLANMALAR
1-mashqning 1ta nusxasi. Uni alohida bo‘laklarga qirqib chiqing. Ular tinglovchilarga tarqatiladi.
Katta o‘rtasidan buklangan rasmiy ko‘rinishga ega bo‘lgan qog‘oz bo‘lagi. Uning tashqi tomoniga tinglovchilar osonlik bilan o‘qiy olishlari uchun katta harf bilan «Markaziy bankdan» deb yozilgan bo‘lishi kerak.
Ko‘rgazmali 1-mashq nusxasi.
Biriga makkajo‘xori urug‘lari, ikkinchisiga loviya solingan ikkita xaltacha. Makkajo‘xori urug‘lari va loviya har bir tinglovchiga o‘ntadan berish uchun yetarli bo‘lishi darkor.
Tinglovchilarga auksion sotish uchun 3 ta bir xil konfet solingan xaltalar.
Har bir tinglovchiga 1 tadan 2-mashq.
Ikkala tomonlama «BANK» so‘zi yozilgan birka.
3-mashqning 10ta nusxasi. Uni 3 bo‘lakka bo‘ling va 10.000 so‘mlik.
MASHG‘ULOTNI O‘TKAZISH TARTIBI
1-5 bosqichlar: qarz oluvchi/beruvchi fondlar bozori.
1. Har bir tinglovchiga 1-mashqdagi turli foiz stavkalarida zarur bo‘lgan pul-kredit miqdori yozilgan qog‘oz bo‘laklarini tarqating. 1-mashqda ma’lumot yozilgan 24 bo‘lakka bo‘lingan. Mazkur ijodiy jarayon 10 ta tinglovchi qolguncha davom ettiriladi. Agar tinglovchilar soni 24 tadan kam bo‘lsa, har bir tinglovchiga 1 tadan bo‘lak to‘g‘ri kelguncha eng past foiz stavkali ma’lumotlar yozilgan qog‘oz bo‘laklarini chiqarib tashlang. Agar tinglovchilaringiz soni 24 tadan ko‘p bo‘lsa, har bir tinglovchiga bittadan bo‘lak to‘g‘ri kelguncha eng past foiz stavkali bo‘laklarni qo‘shib boring.
2. Tinglovchilarni 10.000 so‘mlik belgilangan hajmdagi qarz berish uchun auksion o‘tkazishingiz va u miqdor sinf a’zolarining ko‘pchiligi yoqtiradigan foydalanilgan mashinani xarid qilish yoki yangi sendvich do‘konining bir qismini sotib olishga yetarli ekanligi haqida xabardor qiling. Sinf iqtisodiyotida siz bankir vazifasini bajarasiz va sizda qarz berish uchun ma’lum miqdordagi fondlar mavjud bo‘lib, ular oldindan e’lon qilinmaydi. Sizning qarz beruvchi rahbaringiz (qarz beruvchi rahbarga maktab direktori yoki uning yordamchisi ismi ehtimol to‘g‘ri keladi) barcha tinglovchilarni kredit olishga bir xil imkoniyatli (imkoniyatsiz ham bo‘lishi mumkin) deb hisoblashini ta’kidlang.
Shu bois, zayomlar, ma’lumotlar yozilgan qog‘oz bo‘laklarida ko‘rsatilganidek odamlar to‘lashni istagan foiz stavkasi asosida ajratiladi.
3. Agar foiz stavkasi 16% bo‘lganida qancha odam qarz olgan bo‘lishini so‘rang (Nol-sinf doskasida foiz stavkasi, qolgan ikkita ustunda esa nol ko‘rsatkichi bo‘ladi) Foiz stavkasi 15,5% bo‘lganida qancha odam murojaat qilardi? (jadvaldagi olinadigan pul miqdori hanuzgacha nol) 15%chi? (1 tadan odam) 14,5% chi? (2ta-15% to‘lash istagida bo‘lgan tinglovchi 14,5 % stavkasida qarz olayotganidan xursand bo‘ladi, albatta unga yana bitta qarz oluvchi qo‘shiladi). Bu raqamlarni yozib qo‘ying va 135 stavkasida 5ta odamga 50000 so‘m berguningizcha stavkalarni elon qilishni va natijalarni yozib borishni davom eting.
4. Bu sizda qarz berish uchun bor bo‘lgan pulning hammasi ekanini e’lon qiling. Siz shu so‘zlarni gapirayotgan vaqtda boshqa bir tinglovchi yoki o‘qituvchi o‘rtasidan bo‘klangan. «Markaziy bankdan» deb aniq yozib qo‘yilgan xabarnoma qog‘ozini keltirib bersin (yoki biron bir xabarchi sizga «Markaziy bankdan» qo‘ng‘iroq qilishayotganini baland ovozda aytsin). Xabarnomani o‘qing yoki qo‘ng‘iroqqa javob berish uchun xonani bir zumga tark eting, so‘ng milliy pul siyosatida yuz bergan o‘zgarishlar natijasida sizda qarz berish uchun qo‘shimcha fondlar mavjudligini e’lon qiling. Shu ko‘rsatkichgacha berilgan qarzlar miqdorini ko‘rsatish uchun sinf doskasidagi jadval tagidan gorizontal chiziq chizing (ko‘rgazmali 1-mashqqa qarang), so‘ng 10000 so‘mlik miqdorda yana 50000 so‘mga auksion o‘tkazing. Natija 10,5% -so‘nggi foizda 10ta turli tinglovchiga berilgan 10000 so‘mlik umumiy qarz bo‘ladi. Ko‘rgazmali 1-mashqda ko‘rsatilganidek mazkur jadval tagidan yana chiziq chizing.
5. 1-ko‘ragazmali mashqni ko‘rsatgan va tinglovchilar tomonidan ijro etilgan qog‘oz bo‘laklaridagi hodisalar jadvalda va talab va taklif chizmasida o‘z aksini topgan qarz mablag‘lari jadvalida ifodalanganini tushuntirgan holda voqealarni batafsil izohlab bering. Grafikdagi taklif chiziqlari 2ta vertikal chiziq ko‘rinishida berilgan, chunki dastlab sizning bankingiz qarzga 50000 so‘m berishi nazarda tutilgan edi, Markaziy bankdan xabar kelgandan so‘ng esa 100000 so‘m nazarda tutildi. Lekin qarz mablag‘lari taklifi oxir–oqibat odamlar saqlab qo‘ygan mablag‘lardan hosil bo‘lganini ta’kidlab o‘ting. Chunki bank shu mablag‘larni boshqa odamlarga qarzga beradi.Agarda biz jamg‘arma qarorlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri faoliyatga tadbiq etganimizda taklif chiziqlari butunlay vertikal emas, tepaga qarab o‘sib boradigan egri chiziq ko‘rinishida bo‘lar edi. Chunki odamlar haqiqatdan ham foiz stavkalari yuqori bo‘lganda, ular past bo‘lganga qaraganda ko‘proq pul jamg‘arishadi (foiz stavkalari inflatsiya tufayli tartibga solingan bo‘ladi). Lekin bu misolda taklif chiziqlari kesishmaydi. Bu yerdagi ko‘rsatkich Markaziy bank ko‘rgan choralar tufayli (ular shu darsning keyingi bosqichlarida tushuntirib beriladi) pul taklifi va zayomlar fondi oshganida erishishgan natijadir. Bunda qisqa muddatli foiz stavkalari pasaygan bo‘ladi. Bu hodisa yuz berganida odamlar ko‘proq mashina (va boshqa mahsulotlarni ) sotib olish uchun va non do‘konlariga (va boshqa tadbirkorlik turiga) ko‘proq sarmoya kiritish uchun ko‘proq qarz olishadi. Iste’molning va sarmoyalash xarajatlarining ko‘payishi umumiy talabni oshiradi. (19-darsga qarang) va bu odatda qisqa muddatda milliy mahsulot ishlab chiqarish, bandlik va o‘rtacha narx darajasining oshishiga olib keladi.
6-12-bosqichlar: Inflatsiya – monetar siyosat fenomeni sifatida.
6. Keyingi bosqichlarda eslatib o‘tilganidek har bir tinglovchiga 5tadan 20tagacha makkajo‘xori urug‘i va loviya bergan holda taklif qilinayotgan pul miqdorining to‘satdan ortishi mahsulot narxiga va inflatsiya foiziga ta’sir qilishini ko‘rsatib bering. Doim har bir tinglovchiga bir xil miqdorda urug‘ va loviya berishingiz shart emas ,lekin izohlashda foydalanish uchun har bir raundda tarqatiladigan «pul»ning umumiy miqdorini eslab qoling. 3ta auksion o‘tkazmoqchiligingizni va har bir raundda 1tadan sotish uchun sizda konfet solingan 3ta bir xil xalta borligini e’lon qiling.
7. Har bir tinglovchiga 5tadan makkajo‘xori urug‘ini bering va har bir urug‘ning qiymati 10 foizini tushuntiring. Eng yuqori narx taklif qilgan xaridorga 1-chi konfet solingan xaltani soting, g‘olib xaridordan «pul»ni oling va sinf doskasiga to‘langan pul miqdori (dollar hisobida) va sinf taklif qilgan pul hajmini yozib qo‘ying. Narx taklif qilish jarayonida ba’zi tinglovchilar «pul»larini birlashtirishsaxavotirlanmang. Bu auksionning o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, tinglovchilarning konfet sotib olishga bo‘lgan ishtiyoqlariga ta’sir etadi.
8. Qolgan makkajo‘xori urug‘larini tarqatib chiqing va 2-auksionni o‘tkazing. 2-konfet solingan xaltani eng yuqori narx taklif qilgan xaridorga bering, g‘olib xaridordan «pul»ni oling va sinf doskasiga narx va taklif qilinayotgan pul miqdorini yozib qo‘ying.
9. Ba’zi tinglovchilarda qolgan makkajo‘xori urug‘i har birining qiymati 1so‘m bo‘lgan hozirgina tarqatgan loviyangiz hisobiga pul taklifini oshiring. Auksionda eng yuqori narx taklif qilgan xaridorga konfet solingan 3-xaltani soting, uning sotilgan narxi va taklif qilinayotgan pul hajmini sinf doskasiga yozib qo‘ying. Ma’lum bir vaqt davomida iste’mol qilinadigan mahsulotlar miqdorining ortmasligi sinfda taklif qilinadigan pul miqdorining ko‘paytirishini, buning natijasida tinglovchilrni konfet sotib olishga bo‘lgan ishtiyoqining oshishi konfet narxining ko‘tarilishiga olib kelishini takidlang.Anjumanda sotilgan har bir xaltada turli xil mahsulot bo‘lgan taqdirda ham xuddi shu hodisa yuz bergan bo‘lishini tushuntiring. Chunki taklif qilinayotgan pulning ortishiga qarmay har bir xaltadagi mahsulot hajmi o‘zgarmagan edi.
10. Sinf doskasiga inflatsiyaning qo‘yidagi ta’rifini yozing.
Iqtisodiyotdagi mahsulotlar va xizmatlar o‘rtacha narxining muntazam oshib borishi. Tinglovchilarga 2- va 3-auksionlar vaqtida iqtisodiyotdagi uzoq muddatli inflatsiyaning dastlabki bosqichlari guvohi bo‘lganliklarini tushuntiring. Pul taklifi xarid qilish uchun mavjud bo‘lgan mahsulot va xizmatlar taklifiga nisbatan tezroq ortadi. Bu ko‘pincha juda ko‘p miqdordagi pul juda kam miqdordagi mahsulotga to‘g‘ri kelishi bilan tushuntiriladi.
11. Tinglovchilarga auksionlarda yuz bergan voqealar bo‘yicha bilimlarini mustahkamlashlari uchun 2-mashqni tarqatib chiqing. Tinglovchilardan uni mustaqil ravishda to‘ldirishlarini so‘rang, so‘ng esa tinglovchilar javoblarini sinfda muhokama qiling. (Javoblar baholash mashqidan so‘ng berilgan) Mamlakat iqtisodiyotida xizmatlarni taklif qilish va mahsulotlarni ishlab chiqarish yiliga o‘rtacha 2-4% tashkil etishini, pul taklifidagi xuddi shu miqdordagi uzoq muddatli o‘sish narxga neytral ta’sir qilgan bo‘lishini ta’kidlang, chunki odamlar boshqa sabablar tufayli o‘z xarajat va jamg‘armalarini o‘zgartirishmasdi.
12. Bugungi darsda ko‘rsatilgan 2ta hodisa (qarz mablag‘lari va inflatsiya) pul taklifi ortganida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ham ijobiy, ham salbiy voqealarni namoyon etishini ta’kidlang. Maqsad-uning ko‘payishini judayam tez yoki judayam sekin bo‘lmagan to‘g‘ri stavkada saqlab turishdir. Ertaga tinglovchilar Markaziy bank tizimi mamlakat pul taklifining qanday qilib tez yoki sekin o‘sishiga qay tarzda sezilarli darajada belgilab beradigan jarayonda e’tirof etadilar.
13-19-bosqichlar. Markaziy Bank Fondi va monetar siyosatning asosiy vositalari.
13. Hukumatning mustaqil agentligi bo‘lgan Markaziy bank tizimi mamlakat pul taklifini tartibga solishga javobgar ekani haqida tinglovchilarni xabardor qiling. Buni amalga oshirish uchun 1-bosqichlarning 1-qismida ko‘rsatilganidek Federal Zaxira iqtisodiyotdagi foiz stavkalariga ham ta’sir etadi. Markaziy bank pul taklifini qanday tartibga solishini ko‘rish uchun sinfni 3ta guruhga bo‘ling.
3-mashqda tayyorlvab qo‘yilgan vositalardan foydalanib 1-guruhdagi har bir tinglovchiga 10000 so‘mga teng xazina obligatsiyadan, 2-guruhdagilarga valutada 10000 so‘m, 3-guruhdagilarga chek ko‘rinishida 10000 so‘m bering. Sinfga 10000 so‘mlik obligatsiyaga ega har bir tinglovchi davlat xazinasiga 10000 so‘m qarz bergan ekanligini va qo‘llaridagi qog‘oz bo‘lagi qarzdorlikni tasdiqlovchi hukumatning IOU ekanligini tushuntiring. Lekin obligatsiya pul emas, chunki undan odamlardan yoki do‘kondan xizmat va mahsulotlarni xarid qilish uchun keng foydalanib bo‘lmaydi. Chek yoki valuta ko‘rinishida 10000 so‘mga ega bo‘lgan tinglovchilrning barchasi o‘z mablag‘lariga mahsulotlarni ham, xizmatlarni ham sotib olishlari mumkin va bu ularning farq qiluvchi tomoni. Ular obligatsiyalar bilan emas, balki valuta va chek bilan narsa xarid qilayotganliklari uchun unda hech qanday shubha bo‘lishi kerakmasligini ta’kidlang. Pulga (chek yoki valuta shaklida) ega bo‘lgan barcha tinglovchilardan qo‘llarini ko‘tarishlarini so‘rang. qo‘llar sonini sanang va sinfda mavjud bo‘lgan dastlabki pul miqdorini aniqlash uchun ularni 10000 so‘mga ko‘paytiring. «Pul taklifi» sarlavhasi ostida bu raqamni sinf doskasiga yozing.
14. Obligatsiyalarga ega bo‘lgan 4ta tinglovchiga o‘zlarini biron narsa sotib olmoqchidek faraz qilishlarini, buning uchun esa obligatsiyalarni sotib, pul olishlari darkorligini ayting. Pulga (valuta yoki chek) ega bo‘lgan 4ta tinglovchiga esa foiz hisobidan foyda olish uchun obligatsiyalar sotib olish niyatida ekanliklarini faraz qilishlarini ayting. O‘z obligatsiyalari va pullarini almashtirmoqchi bo‘lgan 8ta tinglovchingiz bor. Sinfdagi pul miqdorida biron o‘zgarish bo‘lgan bo‘lmaganini tinglovchilardan so‘rang. (yo‘q pul va obligatsiyalar turli odamlarning qo‘lida, lekin umumiy miqdor o‘zgarmadi. Buni pul (valuta va chek) va obligatsiyalarga ega tinglovchilar qo‘lini yana bir bor sanab isbotlab bering)
15. Obligatsiyalarga ega boshqa 4ta tinglovchiga o‘z obligatsiyalarini sotib, pul olishga qaror qilganliklarini ayting. Keyingi jarayonlarda siz Federal Zaxira Tizimi sifatida faoliyat yuritishingizni e’lon qiling. Federal Zaxira bu obligatsiyalarni sotib olishga qaror qildi. 4ta tinglovchiga 10000so‘m lik obilgatsiyalar o‘rniga 10000so‘m dan bering. Sinfdan so‘rang:
A) Hozir sinfdagi pul miqdorida qanday o‘zgarish yuz berdi? (U 40000 so‘mga ko‘paydi. qo‘llarni yana bir bor sanagan holda buni isbotlab bering).
V) Pul qayerdan keldi? (Markaziy bank)
S) Markaziy Bank pulni qayerdan oldi? (Markaziy bank pul chop etadi-lekin amalda u qo‘shimcha valuta chiqarmay chek bilan to‘laydi-bu esa pul taklifiga xar xil ta’sir etadi).
D) Markaziy bank pul siyosatining qaysi turi bilan mashg‘ul bo‘ldi? (Muomiladagi pul miqdorini-sinfdagi pul taklifini oshirdi).
16. 14-bosqichni teskarisini bajaring,ya’ni endi Markaziy bank pulga almashtirish uchun 4ta tinglovchiga obligatsiyalarni sotsin. Pulga ega bo‘lgan tinglovchilardan yana bir bor qo‘llarini ko‘tarishlarini so‘rang. Markaziy bankning obligatsiyalarini sotishi pul taklifiga u obligatsiyalarni sotib olgandagiga nisbatan teskari ta’sir etishini ko‘rsatish uchun qo‘llarini sanang va 10000 so‘mga ko‘paytiring. Bu teskari ta’sir etuvchi jarayondir. Tinglovchilarni obligatsiyalarini sotish va sotib olish ochiq bozor operatsiyalari deb atalishi va u Markaziy bank tomonidan pul taklifini tartibga solish uchun ishlatiladigan 3 ta vositadan eng muhimi ekanligi haqida xabardor qiling. Bu vositaning muhimligi shundan iboratki, undan milliy pul taklifini tartibga solishda har hafta va kichik o‘zgartirishlar kiritish uchun foydalaniladi.
17. Chek ko‘rinishida pulga ega bo‘lgan barcha tinglovchilardan qo‘llarini ko‘tarishlarini so‘rang. qo‘llar sonini 10000 so‘mga ko‘paytiring va bu raqamni «Bank depozitlari» sarlavhasi ostida sinf doskasiga yozib qo‘ying. Mazkur qiymatga teng valutani olib yoniga «BANK» so‘zi yozilgan yozuvni qo‘ying. Tinglovchilarga bank ularning pulini depozitda saqlayotgani va bu pullardan bir qismini qarzga bermoqchi ekanligini ayting. Bank qarzga bera oladigan pul miqdori Markaziy bank tomonidan banklar uchun o‘rnatib qo‘yilgan zaruriy zaxiraga bog‘liq. Agarda zaruriy zaxira 100% bo‘lsa, pulning hech bir miqdori qarzga berilishi mumkin bo‘ladi. Markaziy bank tomonidan banklar uchun zaruriy zaxirani dastlab 50% deb belgilang va bank depozitidagi xuddi shu miqdordagi depozitni tinglovchilarga qarzga bering.
Tinglovchilar qarz miqdori uchun IOU ni imzolasin. Sinfga quyidagi savollarni bering:
A) Hozir sinfda qancha pul bor? (barcha valuta va chek hisobolarini hisoblang).
V) Pul taklifi qanchaga ortadi? (Qarz miqdorida miqdorida)
V) Taklif qilinayotgan pulning ko‘payishiga nima sabab bo‘ladi? (Bank qarzi)
D) Agar Markaziy Bank talab qilinadigan zaxirani qisqartirsa, bank nima qiladi? (Qarzlar miqdorini oshiradi va taklif qilinayotgan pulni ko‘paytiradi)
Banklarni zaxiralarga ega bo‘lishini talab qiluvchi Markaziy bank sa’y-harakatlari Bank talablarini belgilash deb atalishini tushuntirib, xulosa chiqaring. Talab qilinadigan zaxiraning kamayishi muomiladagi pul miqdorini ko‘paytiruvchi pul siyosatidir. Talab qilinadigan zaxiraning ortishi esa yuqoridagiga qarama-qarshi pul siyosatidir.
18. Sinfni kecha bank juda ko‘p qarz berganligi va hozir talab qilinayotgan zaxira 50000 so‘m ekanligi haqida xabardor qiling. Bunday sharoitlarda banklar talab qilinayotgan zaxiraga javob bera olishlari uchun Markaziy bank ularga pul qarz berishini, lekin bergan zayomi uchun bankdan foiz olishini tushuntiring. Markaziy bank tomonidan banklarga beriladigan zayomdan olinadigan foiz stavkasi oldindan olinadigan foiz deb ataladi. Sinfdan so‘rang? Markaziy Bank talablariga javob berishning boshqa ma’qulroq yo‘li topilmasa, bank bu pullarni Markaziy bankdan qarzga oladimi? (Banklar bunda qarzlarni odatda olmaslikka harakat qilishsada, bu holatda undan qarz oladi. Xususan Markaziy bank stavkalarini qancha yuqori belgilab, bunday zayomlarga haq olsa banklar bunday qarzlarni shunchalik olmaslikka harakat qilishadi va zaxira talablariga javob berish uchun o‘zlari beradigan qarzlarni ham shunchalik qisqartirishga intilishadi. Bunday xatti-harakatlar pul taklifini qisqartiradi).
19. Quyidagi tushunchalarni takrolang: Banklar Markaziy bankdan qarz olganlarida to‘laydigan foiz stavkasi oldindan olinadigan foiz deb ataladi. Ochiq bozor operatsiyalari, Markaziy bank talablari va oldindan olinadigan foiz pul siyosatining asosiy vositalaridir. Ulardan Markaziy bank iqtisodiyotdagi pul taklifi, kredit olish imkoniyatini va foiz stavkalarini solishda foydalaniladi.
Baholash
1. Tinglovchilarga Markaziy Bank Boshqaruv a’zolari bo‘lishlarini ayting. Ularga milliy pul taklifini nazorat qilgan holda iqtisodiyotda to‘liq bandlik va barqaror narxlarga erishish topshirilgan. Har biri 12ta tinglovchidan iborat (Markaziy Bank Ochiq bozor qo‘mitasi tarkibiga muvofiq) guruhlar tuzing, tinglovchilarga yuqori foiz stavkalari tufayli kelib chiqqan xarajat, bandlik va o‘rtacha narx haqidagi muammolarni tartibga solish pul siyosatini olib borishni tavsiya etuvchi taklif tayyorlashni topshiring. Xususan guruhlar iqtisodiyotdagi quyidagi muammolardan birini ko‘rib chiqishsin yoki agar yetarli vaqt bo‘lsa har bir guruh uchchala muammoning barchasini ko‘rib chiqsin.
A) So‘nggi ikki yilda pul siyosatining qiyinlashishi natijasida milliy iqtisodiyot sekinlashgan.
V)Iqtisodiyot tezlik bilan ko‘tarilmoqda-amalda esa ko‘plab iqtisodchilar maxoratli ishchilar va po‘lat, neft singari mo‘him sanoat mahsulotlari tanqisligining mavjudligi xavfli ekaniga ishonishadi.
S) Har yili iqtisodiyotda 10% inflatsiya yuz bermoqda.
Har bir guruhga sarf-xarajatlar, bandlik va o‘rtacha narx bilan bog‘liq shunga o‘xshash muammolarni aniqlashni va ularning ro‘yxatini tuzishni topshiring.
Har bir guruh qanday pul siyosatini taklif qiladi?
Har bir guruh sarf-xarajatlar, bandlik va o‘rtacha narx bilan bog‘liq aniqlagan muammolarini hal qilish uchun o‘zlari taklif qilayotgan pul siyosatlaridan qanday natija kutmoqda? Guruhlar tavsiyalarini butun sinfga aytishsin, ularning keltirgan sabablarini solishtiring va har bir muammo natijasida olib boriladigan pul siyosatlariga eng ko‘p mos keladigan taklifni ma’qullashga harakat qiling.
2. Tinglovchilarga istalgan katta kundalik ro‘znomaning tadbirkorlik bo‘limini o‘qishni va foiz stavkalari haqida maqolalar topishni topshiring. Tinglovchilar alohida–alohida yoki kichik guruhlarga birlashgan hamda uni ijro etib berishsin. Maqolada yozilgan foiz stavkasiga ta’sir etish uchun Markaziy bankdan foydalanish mumkin. Ba’zi tinglovchilarga o‘z tadqiqotlari natijalarini muhokama uchun sinfdagi boshqa tinglovchilarga aytishlariga ijozat bering.
2-MASHQ JAVOBLARI
1. O‘sdi
2. O‘sdi
3. Sarflandi.
4. Oshirildi.
5. O‘rtacha narxdagi tushish.
6. Taklif qilinayotgan pul uni sarflash uchun taklif qilinayotgan mahsulot va xizmatlardan juda ko‘payib ketsa.
7. Taklif qilinayotgan pul miqdori uni sarflash uchun taklif qilinayotgan mahsulot va xizmatlar miqdoridan oshmasa (yoki odamlar o‘zlaridagi pulning katta qismini ishlatishni istashmasa).
1-MASHQ.
Tinglovchilar uchun ma’lumot yozilgan qog‘oz bo‘laklari
Siz 15% yoki undan kamroq foiz stavkasida 10000 so‘m qarz olmoqchisiz
|
Siz 14,5% yoki undan kamroq foiz stavkasida 10000so‘m qarz olishni istaysiz.
|
|
Siz 14% yoki undan kamroq foiz stavkasida 10000 so‘m qarz olmoqchisiz
|
Siz 13,5% yoki undan kamroq foiz stavkasida 10000so‘m qarz olishni istaysiz.
|
|
Siz 13% yoki undan kamroq foiz stavkasida 10000 so‘m qarz olmoqchisiz
|
Siz 12,5% yoki undan kamroq foiz stavkasida 10000so‘m qarz olishni istaysiz.
|
|
Siz 12% yoki undan kamroq foiz stavkasida 10000 so‘m qarz olmoqchisiz
|
Siz 11,5% yoki undan kamroq foiz stavkasida 10000so‘m qarz olishni istaysiz.
|
|
Siz 11% yoki undan kamroq foiz stavkasida 10000 so‘m qarz olmoqchisiz
|
Siz 10,5% yoki undan kamroq foiz stavkasida 10000 so‘m qarz olishni istaysiz.
|
|
Siz 10% yoki undan kamroq foiz stavkasida 10000 so‘m qarz olmoqchisiz
|
Siz 9,5% yoki undan kamroq foiz stavkasida 10000 so‘m qarz olishni istaysiz.
|
|
Siz 9% yoki undan kamroq foiz stavkasida 10000 so‘m qarz olmoqchisiz
|
Siz 8,5% yoki undan kamroq foiz stavkasida 10000 so‘m qarz olishni istaysiz.
|
|
Siz 8% yoki undan kamroq foiz stavkasida 10000 so‘m qarz olmoqchisiz
|
Siz 7,5% yoki undan kamroq foiz stavkasida 10000 so‘m qarz olishni istaysiz.
|
|
Siz 7% yoki undan kamroq foiz stavkasida 10000 so‘m qarz olmoqchisiz
|
Siz 6,5% yoki undan kamroq foiz stavkasida 10000 so‘m qarz olishni istaysiz.
|
|
Siz 6% yoki undan kamroq foiz stavkasida 10000 so‘m qarz olmoqchisiz
|
Siz 5% yoki undan kamroq foiz stavkasida 10000 so‘m qarz olishni istaysiz.
|
|
Siz 4% yoki undan kamroq foiz stavkasida 10000 so‘m qarz olmoqchisiz
|
Siz 3% yoki undan kamroq foiz stavkasida 10000 so‘m qarz olishni istaysiz.
|
|
Siz 2% yoki undan kamroq foiz stavkasida 10000 so‘m qarz olmoqchisiz
|
Siz 1% yoki undan kamroq foiz stavkasida 10000 so‘m qarz olishni istaysiz.
|
Siz 15% yoki undan kamroq foiz stavkasida 10000 so‘m qarz olmoqchisiz
|
Siz 14,5% yoki undan kamroq foiz stavkasida 10000so‘m qarz olishni istaysiz.
|
|