O'zbekcha          Ðóññêèé          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

  Íàéòè!

Kengaytirilgan qidiruv     








 Mashg‘ulot ¹17
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

MASHG‘ULOT ¹17:

Makroiqtisodiyotga kirish

 

KIRISH.

Makroiqtisodiyotni o‘rganish muhim ekanligiga ishonish uchun talabalarda sabab bo‘lishi lozim. Ushbu dars makroiqtisodiyot nima ekanligini yoritib beradi va makroiqtisodiy inqiroz natijalarini muhokama qilish bo‘yicha takliflar va mulohazalarni tavsiya etadi.

Shuningdek mazkur mashg‘ulotda iqtisodiy faoliyatning aylanma harakati va unda davlatning tutgan o‘rni haqida, shuningdek makroiqtisodiy aylanma harakat haqida ma’lumotlar beriladi.

Iqtisodiyotda tovarlar, xizmatlar, resurslar va pulning harakatlanishi modeli makroiqtisodiyotni yanada chuqurroq tushinishga yordam beradi.

 

IQTISODIY FAOLIYATNING AYLANMA HARAKATI

 

TUSHUNCHALAR.

Tovar va xizmatlar, ishlab chiqarish resurslari va pul to‘lovlarining aylanma xarakati.

Ishlab chiqarish resurslari (inson resurslari, tabiiy resurslar kapital)

Resurs  to‘lovlari (oylik maoshlar, ijara, foyda, foizlar)

O‘zaro bog‘liqlik

 

KO‘ZLANGAN MAQSADLAR.

·        Bozor iqtisodiyotidagi  mavjud uy xo‘jaligi va biznes subyektlari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni tahlil qilish.

·        Aylanma xarakat jadvalidan foydalanib, uy xo‘jaligi, biznes subyektlari va xukumat o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni ko‘rsatish.

·        Uch turdagi ishlab chiqarish resurslarini (xom-ashyoni) va har bir resursning iqtisodiy nafini aniqlash.

 

 

Baholash

Jamiyat uchta asosiy iqtisodiy savollarga javob berishi kerak:

1.                  Nimani  ishlab chiqarish?

2.                  qanday qilib ishlab chiqarish?

3.                  Kim uchun ishlab chiqarish?

Talabalar, aylana xarakat modelidan foydalangan holda, AQSHda ushbu savollarga qanday javob berilishi haqida qisqa yozma ish yozadilar. Agar talabalar talab va taklif tahlilini o‘zlashtirgan bo‘lsalar, ushbu ma’lumotlarni qog‘ozga tushirishlari kerak.

 

4-MASHQ JAVOBLARI

 

IKKINCHI QISM

UCHINCHI QISM

1. Pul to‘lovlari

2. Tayyor tovar va xizmatlar EKONOlar)

3. Ishlab chiqarish resurslari (inson resurslari, tabiiy resurslar, kapital)

4. Daromad to‘lovlari (maosh va ish haqi, ijara, foiz, foyda)

5. Mahsulot bozori

6. Ishlab chiqarish resurslari bozori

7. Pul to‘lovlari

8. Tayyor tovar va xizmatlar(EKONOlar)

9. Ishlab chiqarish resurslari (inson resurslari, tabiiy resurslar, kapital)

10. Daromad to‘lovlari (maosh va ish haqi, ijara, foiz, foyda)

Biznes subyektlarning rejalari bo‘yicha 1-qatorda savdo tushumi, 2-qatorda ishlab chiqarilgan mahsulot, 3-qatorda xom-ashyo (ishlab chiqarish resurslari) va 4-qatorda ishlab chiqarish resurslariga xaq to‘lash (harajatlar va foyda) ko‘rsatilganligini ta’kidlab o‘tishingiz mumkin.

 

Uy xo‘jaligidan xukumatga: 1. Ishlab chiqarish xizmatlari; 2. Pul to‘lovlari (asosan davlat xizmatlari uchun soliqlar)

Korxonalardan xukumatga: 1. Taklif qilingan tovarlar va xizmatlar; 2. Daromad to‘lovlari va o‘tkaziladigan pullar.

Xukumatdan uy xo‘jaliklariga: 1. Uy xo‘jaliklari uchun davlat xizmatlari; 2. Daromad to‘lovlari va o‘tkaziladigan (transfer) to‘lovlar.

Xukumatdan korxonalarga: 1. Xukumat xizmatlari va biznes. 2. Tovar va xizmatlarni sotib olish uchun pul to‘lovlari.

 


1-MASHQ.

UY XO‘JALIKLARI KARTOCHKALARI

F.I.SH.

 

Inson resurslari

Tabiiy resurslar

Inson resurslari

Tabiiy resurslar

Inson resurslari

Tabiiy resurslar

Inson resurslari

Tabiiy resurslar

Kapital tovarlar

Kapital tovarlar

Kapital tovarlar

Kapital tovarlar

 

 


 

UMUMIY MA’LUMOTLAR:

Uy xo‘jaliklarining (yakka tartibdagi shaxs yoki oilalarning) roli.

Kishilar ham iste’molchi, ham ishlab chiqaruvchi sifatida faoliyat ko‘rsatadilar. AQSH iqtisodiyotida, oila xo‘jaligi tovar va xizmatlarni sotib olganlarida, ular iste’molchi bo‘lib hisoblanadilar. Bu ayriboshlash mahsulot bozorlarida kechadi. Maxalliy univermagdan oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish mahsulot bozoridagi ayriboshlashga misol bo‘la oladi.

Resurs egalari sifatida kishilar ishlab chiqaruvchi vazifasini bajaradilar va ular biznes subyektlarini xom-ashyo resurslari bilan ta’minlaydilar. Bunday ayriboshlash resurslar bozorida (ishlab chiqarish resurslari bozorida) amalga oshiriladi. Resurslar bozorida amalga oshiriladigan operatsiyalarga ishchilarga ish haqi to‘lash, yer egalariga ijara xaqini to‘lash yoki foiz to‘lovlarini amalga oshirish kiradi.

Tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan ishlab chiqarish resurslarining 3ta kategoriyasi mavjud:

Inson resurslariga aholining mehnatga yaroqli qismi mansub bo‘lib, bunda ularning malaka va qobiliyatlari hisobga olinadi. Ularning mehnatlari ishlab chiqarish subyektlari tomonidan rag‘batlantiriladi.

Tadbirkorlik inson resursining shunday turiki, u boshqa ishlab resurslarini tavakkalchilik asosida ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish sohasiga jalb etadi. Tadbirkorlarning daromadlari foyda deb nomlanadi.

Tabiiy resurslar – tabiat in’omlaridir. Ularga yer, okeanlar va daryolar, neft va mineral zahiralari, hamda iqlim sharoitlari kiradi.

Kapital - ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etadigan resurslardir. Unga qurilishi inshootlari, uskuna va texnikalar kiradi. (Kundalik so‘zlashuvda odamlar kapital deganda pulni tushunadilar; ammo iqtisodiyotda kapital tushunchasi real ishlab chiqarish resurslarini - boshqa tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan qurilish inshootlari, uskuna va texnikalarni anglatadi.)

 

Tijorat korxonalarining roli.

Oila xo‘jaliklari singari tijorat korxonalari ham iste’molchi va ishlab chiqaruvchi sifatida faoliyat ko‘rsatadilar. Ular mahsulot bozorida tovar va xizmatlarni taklif qiladilar (sotadilar). Shuningdek, tijorat korxonalari ishlab chiqarish resurslariga (inson resurslari, tabiiy resurslar va kapitalga) bo‘lgan ehtiyojlari nuqtai nazaridan xaridor yoki iste’molchiga aylanadilar. Korxonalar o‘z tovar va xizmatlarini ishlab chiqarish harajatlaridan balandroq narhga sotishga intiladilar va shu yo‘l bilan foyda ko‘radilar. Agar korxonaning tijorat faoliyati muvaffaqiyatsizlikka yuz tutsa, u zarar ko‘radi. Foyda olish uchun, korxonalar uy xo‘jaliklarining ehtiyojlariga mos keluvchi mahsulot va xizmatlarni taklif qilishlari, hamda ularni imtiyozli narhlarda sotishlari kerak. Agar korxona iste’molchilar talabini hisobga olmasa va o‘z tovar va xizmatlariga bo‘lgan narhni baland ushlab tursa, u zarar ko‘radi. Agar bu holat muntazam ravishda davom etsa, korxona bozorni tark etishga majbur bo‘ladi. 

 


4-MASHQ

IQTISODIY FAOLIYATNING AYLANMA XARAKATI

F.I.SH.

Birinchi qism

Uy xo‘jaliklari o‘zlariga tegishli bo‘lgan tabiiy resurslar, inson resurslari va kapitalni biznes subyektlariga pul to‘lovlari – maosh, oylik ish haqi, ijara, foiz to‘lovlariva foyda evaziga sotadilar. Ushbu daromad to‘lovlari biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot va xizmatlarni sotib olishga sarflanadi. Ishlab chiqarish korxonalari ushbu savdodan tushgan daromad hisobiga, yana tovar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun, o‘y xo‘jaligi egalaridan ko‘proq ishlab chiqarish resurslarini xarid qiladilar. Bu jarayon ishlab chiqarish resurslari, tovar va xizmatlar hamda pulning aylanma xarakatiga misol bo‘la oladi.

 

Ikkinchi qism

quyida keltirib o‘tilgan aylanma xarakat chizmasida biznes subyektlari va uy xo‘jaliklari o‘rtasidagi pul va tovarning aylanma xarakati yoylar orqali ifodalangan. Tashqi yoylar daromad xarakatini ko‘rsatadi. Ichki yoylar yo‘nalishi tayyor mahsulot va xom-ashyo xarakatini ko‘rsatadi.  Sodda iqtisodiyotning aylanma xarakat modelini ishlab chiqish uchun har bir chiziqni yorliqlang yoki katakni bo‘shating. (Tayyor mahsulot va xizmatlarning [EKONOlarning] xarakatini boshlash uchun, bitta yorliq yordam tariqasida berilgan.

 

 

 

 

5

7

 

 

 

 

 

 

 

 

 

  © Copyright 2012 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.ziyonet.uz