16 –MASHG‘ULOT
DAVLAT TOVARLARI VA XIZMATLARI
KIRISH
Bozor hududida ishlab chiqariladigan tovar va xizmatlarning ko‘pchiligi xususiydir. Xaridor o‘z imkoniyatlari va istagidan kelib chiqqan holda, bunday turdagi tovar yoki xizmatni sotib oladi va uni o‘zi yoki boshqa insonlar iste’mol qilishi mumkin. Ammo ba’zi tovar va xizmatlar davlat sektori yoki hukumat tomonidan ishlab chiqarilishi kerak. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, davlat tomonidan ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan soliq to‘lovchilar foydalanadilar, hamda ularga ko‘p miqdorda egalik qilishga urinadilar va shu yo‘l bilan soliq harajatlarining katta qismi boshqalargning zimmasiga tushadi. Bu holat «tekinga transportda yurish» nomi bilan mashhur.
Davlat tovarlari umumiy iste’mol va nomustasnolik tamoyillari bilan harakterlanadi. Nomustasnolik deganda mahsulot ishlab chiqarilganda undan keladigan foydadan soliq to‘lamaydiganlarni ayirib tashlash juda mushkulligi tushuniladi. Umumiy iste’mol shuni anglatadiki, tovar va xizmatlarning 1 kishi tomonidan iste’mol qilinishi, uni boshqa iste’molchilar uchun miqdorini kamaytirib qo‘ymaydi. Ko‘pgina tovar va xizmatlar hukumat tomonidan ishlab chiqarilsa ham, faqatgina shu 2 tamoyilga, umumiy iste’mol va nomustasnolik tamoyillariga asoslanganlari sof davlat tovar va xizmatlari deyiladi.
TUSHUNCHALAR
Davlat tovar va xizmatlari (Tovar va xizmatlari) ;
Soliqlar;
Nomustasnolik tamoyili;
Umumiy iste’mol;
“Tekinga transportda yurish” muammosi.
MAZMUN STANDARTLARI
Ushbu tovarlarning keng omma tomonidan iste’mol qilinganligi va o‘zida nomustasnolik xususiyatlarini aks ettirganligi tufayli, davlat ularni ishlab chiqaradi.
Umumiy iste’mol mahsulotlari deb ularning miqdorini kamaytirmay turib 1 dan ortiq odamlar tomonidan iste’mol qilinadigan tovarlarga aytiladi.
Nomustasno mahsulot deb ishlab chiqarilgach, uning uchun xaq to‘lamaydiganlar ham iste’mol qilishlari mumkin bo‘lgan mahsuxotga aytiladi.
KO‘ZLANGAN MAQSADLAR
Nima uchun umumiy iste’mol va nomustasnolik konsepsiyalari asosida Tovar va xizmatlar ishlab chiqarish davlat tomonidan amalga oshirilishini tushuntiring.
DARSNING MAZMUNI
Uyushtirilgan so‘rovda qatnashishlari davomida, tinglovchilar xususiy yoki davlat mahsulotini sotib olishga hohish o‘rtasidagi farqni baholaydilar va sof davlat mahsulotlari nima uchun hukumat tomonidan ta’minlanishi kerakligini muhokama qiladilar. Keyin ular kichik guruhlarga bo‘linib, ayrim Tovar va xizmatlar xususiy sektor yoki davlat tomnidan ta’minlanishi lozimligini muhokama qiladilar.
TALAB ETILADIGAN VAQT
Bir dars davomida.
MATERIALLAR
1) 1-ko‘rgazmali qurolning nusxasi.
2) Har bir tinglovchi uchun 1-topshiriqning 1 ta dan nusxasi
3) Har bir tinglovchi uchun 2 bo‘lak kichik qog‘oz
MASHG‘ULOTNI O‘TKAZISH TARTIBI
1. Tinglovchilarga bugun 4 ta savoldan iborat ajoyib mashg‘ulot o‘tkazilishini ayting. Savollar va javoblar kiritilgan 1-ko‘rgazmali qurolning nusxasini buklangan holda ularga ko‘rsating. Siz ularning har birini 1$ dan sotayotganligingizni va evaziga IOU (I owe you – men sizdan qarzdorman) kredit pattasini olishingiz mumkinligini ayting. Mahsulotni tinglovchilar birgalikda sotib olishlari mumkin emas.
2. Tinglovchilarga 2 bo‘lakdan qog‘oz tarqating. Ularning birida tinglovchilar o‘z ism-shariflarini yozishsin va uning tagiga agar sotib olishni hohlasar “ha” deb yoki aks holda “yo‘q” deb yozishsin. 2-varaqni esa 2-bosqich uchun saqlab qo‘yishsin. Varaqlarni yig‘ib, doskada natijalarni ko‘rsating.
3. Endi agar 1-ko‘rgazmani doskada namoyish etsangiz siz uchun osonroq bo‘lishini va kamroq varaq talab etilishini (chunki varaq maktabda o‘zi kam) ayting. 1-ko‘rgazmaning sarlavhasini hammaga ko‘rinarli hilib namoyish eting.
4. Siz hali ham bu ma’lumotni 1$ dan sotish hohishida ekanligingizni ayting. Tinglovchilar 2-varaqqa o‘z ismlari bilan “ha” deb yoki aks holda “yo‘q” deb yozishsin. Yana varaqlarni yig‘ib, javoblarni namoyish qiling.
5. Quyidagi savollarni muhokama uchun o‘rtaga tashlang:
A. Nima uchun «javobli iqtisodiy surovnoma”ni 2-bosqichga qaraganda 1-boqichda ko‘proq tinglovchilar xarid qilishni istaydilar? (1-bosqichda ma’lumot faqat xaq to‘laganlarga beriladi. Agar bir tinglovchi uni ko‘rsatish uchun to‘lasa, o‘qituvchi boshqalarning unga qaramasligini cheklay olmaydi. Buni esa tinglovchilar tushunib yetgan bo‘lishi kerak.
V. Xususiy Tovar va xizmatlar faqat 1 shaxs tomonidan sotib olinishi va iste’mol qilinishi mumkin. Xaq to‘lamaydiganlar esa ulardan foydalana olmaydilar. Tinglovchilardan misol keltirishni so‘rang. Tinglovchilardan qaysi bosqich xususiy mahsulot savdosiga o‘xshaganligini va nima uchun bunday bo‘lganligini so‘rang.
S. Davlat mahsulotlari esa 1 marta qo‘lga kiritilgach, ko‘pchilik tomonidan foydalaniladi, bunda uning miqdori o‘zgarmay qolishini tushuntiring. To‘lamaganlar ham ulardan fodalanishlari mumkin. Davlat mahsulotlaridan tekinga foydalanish imkoniyati bo‘lganligi tufayli, odamlar ihtiyoriy ravishda ular uchun xaq to‘lashni istamaydilar. 1-ko‘rgazma qanday qilib davlat mahsulotiga aylanganini tinglovchilar tushuntirishsin. Tinglovchilar boshqa turdagi davlat mahsulotlariga misollar keltirishsin. Shuni e’tiborga olingki, hamma davlat Tovar va xizmatlari sof davlat Tovar va xizmatlari emas, chunki ulardan foydalanishga sharoit bo‘lmaydi va to‘lamaydiganlar bulardan tiyinishi kerak. Faqavtgina 2 ta xususyatga, ya’ni umumiy iste’mol va nomustasnolikka tovar va xizmatlar sof davlat Tovar va xizmatlari deyiladi.
D. So‘rovnoma javoblari har 2 o‘olda (ya’ni to‘lasa va to‘lamasa) ham sizga berilganda, uning uchun to‘lashga sizni nima undadi? (tinglovchilarning to‘lashga ishtiyohi kam edig‘ bu «tekin transportda yurish” muammosidir)
YE. Dambalar, milliy xavfsizlik, yqllar va politsiya xizmati kabi davlat Tovar va xizmatlariga to‘lashga iste’molchilarni nima majbur qiladi? Har 2 holda ham ular bundan foydalanishi mumkin.
F. Agar iste’molchilarda Tovar va xizmatlarga to‘lash ishtiyoqi kamroq bo‘lsa, unda ishlab chiqarilgan Tovar va xizmatlar miqdori qanday bo‘lad?
G. Iste’molchilar Tovar va xizmatlarga to‘lash ishtiyoqi yo‘q ekan, ularning harajatlarini kim to‘laydi? (Umumiy iste’mol yoki mahsulotga to‘lashni hohlamaydiganlarni ayirib tashlash qiyin bo‘lganda Tovar va xizmatlarning ishlab chiqarilishini hukumat rejalashtirishi kerak.)
H. Hukumat buni qanday rejalashtiradi? (Soliq orqali hukumat fuqarolarni bu boradagi harajatlarni to‘lashga majburlaydi. Shu yo‘l bilan “tekin transportda yurish” muammosi hal qilinadi yoki nisbatan kamaytiriladi.
6. Har bir tinglovchiga 1-topshiriq varaqalarini tarqatib chiqing. Ularni kichik guruhlarga bo‘ling va ularga savollarga javob berib, jadvalni to‘ldirish vazifasini topshiring.
7. 1-topshiriqni tugutgach ularning javoblarini muo‘okama qiling. 3-ustundagi javob ihtiyoriydir, ammo siz muhokama mavzusi sifatida tinglovchilar o‘ylagan davlat mahsulotlari va xizmatlari ikki tamoyilga mos kelishi yoki kelmasligi masalasini ilgari surishingiz mumkin.(Umuman olganda javoblar turlicha bo‘ladi. Masalan, parklar sof davlat mulki hisoblanmasligi mumkin, lekin tinglovchilar shunga qaramay parklar hukumat tomonidan ta’minlanishi kerak deb hisoblashadi). Hukumat ixtiyoridagi mahsulotlar soliq orqali to‘lanishiga, lekin odamlarning soliq to‘lashga bo‘lgan ishtiyoqlari baland emasligiga urg‘u bering.
Baholash
Tinglovchilar davlat tovarlari va xizmatlari haqidagi gazeta maqolasini topishsin. Maqolalarni sinfda muhokama qiling va ular xususiy sektor orqali ta’minlanishi mumkin yoki mumkin emasligini muhokama qiling.
1-KO‘RGAZMA
IQTISODIY SO‘ROVNOMA VA UNING JAVOBLARI
1. “Bu dunyoda o‘lim va soliqlardan boshqa hamma narsa mavhumdir”, deb kim aytgan (Benjamin Franklin).
2. “Millatlar boyligi” asarining muallifi kim? (Adam Smit)
3. “Ish bilan bandlik, foyda va pulning umumiy nazariyasi” asarining muallifi kim? (Jon Meynard Keyns).
4. TNSTAAFL nimani anglatadi? (Bepul lanch (tushlik) kabi narsa mavjud emas).
1-TOPSHIRIQ: TOVAR VA XIZMATLAR TA’MINOTINING DAVLAT VA XUSUSIY SEKTOR TOMONIDAN AMALGA OSHIRILISHI O‘RTASIDAGI FARQLAR
Bozor iqtisodchilarining (marketolog) hisob-kitoblariga ko‘ra, umumiy iste’mol va nomustasnolik tamoyiliga asoslangan Tovar va xizmatlar hukumat tomonidan ta’minlanishi kerak. Bunday mahsulotlar davlat mahsulotlari deyiladi. Aks holda normal ishlayotgan bozor sistemasida Tovar va xizmatlar xususiy sektor tomonidan ta’minlanishi mumkin.
1. Kichik guruhlarda quyidagi Tovar va xizmatlarni muhokama qiling va jadvalni to‘ldiring. Bu Tovar va xizmatlar yuqoridagi tamoyillarga ega yoki ega emasligini muhokama qiling va ular davlat yoki xususiy sektor tomnidan moliyalashtirilishi lozimligi haqida bir qarorga keling.
|
Tovarlar va xizmatlar
|
Umumiy iste’mol va/yoki nomustasnolik
|
Xususiy sektor / davlat moliyalashtirishi kerak.
|
|
Gamburger
|
|
|
|
Milliy xafvsizlik
|
|
|
|
Boshlag‘ich ta’lim
|
|
|
|
Universitet ta’limi
|
|
|
|
Uy-joy ta’minoti
|
|
|
|
Parklar
|
|
|
|
Qonun ijrosi
|
|
|
2. Siz xukumat tomonidan moliyalashtirilishi kerak degan Tovar va xizmatlarni yana bir bor ko‘zdan kechirib chiqing. Ular soliqlar orqali moliyalashtirilishini yodda saqlang. Siz o‘z foydangizning bir qismini shunday Tovar va xizmatlarga to‘lashga (soliq sifatida) rozimisiz?
3. Tovar va xizmatlar ro‘yxatiga hamda 3-ustundagi javoblaringizga yana bir qarang. Ular orasida davlat tomonidan moliyalashtiriladigan, lekin sizning guruhingiz ular shaxsiy sektor tomonidan moliyalashi kerak deb hisoblaydigan Tovar va xizmatlar bormi? Ma’lumotlarni muhokama qiling.
Davlat mahsulotlari
Sof davlat mahsulotlari quyidagi tamoyillarga asosalanadi:
· Nomustasnolik.
Mahsulot ishlab chiqarilgach, hech kim ulardan foydalanishni cheklay olmaydi.
· Umumiy iste’mol
(bir vaqtning o‘zida ko‘pchilik tomonidan iste’mol qilinishi mumkin)
Davlat mahsulotlarining boshqa xususiyatlari
· Odatda bo‘linmas – kichik bo‘laklargi bo‘lib sotib bo‘lmaydi.
· Narxi oshmasdan undan foydalanuvchilarning soni ortib borishi
· Tovar va xizmatlar foydasidan boshqalarni mahrum etish mumkin emas.
· “Tekin transportda yurish” muammosiga yuzaga keladi.
· Bozor iqtisodiyotida ishlab chiqarish defitsiti kuzatiladi (bozor inqirozi).
· Shuning uchun davlat ta’minoti yoki subsidiyalarga muhtojlik seziladi.
· Ko‘pgina tovarlar shaxsiy tovarlardir (masalan, olma, tish doktorining xizmati)
· Ko‘pgina mahsulotlar davlat mahsulotlari xarakteriga ega lekin ular “sof” davlat mahsulotlari emas. Jamiyatlar bunday mahsulotlarning daromad va buromadlarini baholay olishlari kerak.
HUKUMATNING IQTISODIY FUNKSIYALARI
1. Qonun va kelishuvlarni ijro etish.
2. Raqobatni qo‘llab-quvvatlash.
3. Daromadni qayta taqsimlash.
4. Davlat mahsulotini yetkazib berish
Nomustasnolik
Umumiy iste’mol
5. Bozor inqirozi talofatlarini kamaytirish:
A) Bozor haqidagi ma’lumot bilan ta’minlash
V) Salbiy tashqi holatni to‘g‘rilash
S) Ijobiy tasnifga ega bo‘lgan mahsulotlarni subsidiyalash.
6. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish.
A) Ishsizlikni kamaytirish
V) Inflatsiya darajasini pasaytirish
S) Iqtisodiy o‘sishni oshirish.