O'zbekcha          Ðóññêèé          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

  Íàéòè!

Kengaytirilgan qidiruv     








 Mashg‘ulot ¹15
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

15 –MASHG‘ULOT

BOZOR TUZILMASIGA KIRISH

RAQOBAT VA UNING TURLARI

KIRISH  VA ASOSLASH

Bu dars talabalarga keyingi haftalar davomida o‘rgatiladigan turli bozor tuzilmalari haqidagi dastlabki ma’lumotlarni tanishtiradi. Ko‘plab mavjud bozor tuzilmalari mukammal raqobatli bozor modeli haqidagi tasavvurimizga mos kelmaganligi tufayli, bunday tasavvurlarimiz, ya’ni ko‘plab kichik firmalardan tashkil topgan sanoat haqidagi mukammal ma’lumotlar buzilganida, qanday voqea sodir bo‘lishini tekshirish muhimdir.  Monopoliya, oligopoliya va monopolistik raqobat kabi bozor tuzilmalarining faoliyati qaysi jihatlari bilan sof raqobatga asoslangan tuzilmadan farq qilishini tushuntirish maqsadida, iqtisodchilar bozor modellari va alohida tasniflar ishlab chiqqanlar.

Ushbu dars davomida firmalar o‘z daromadlarini maksimal darajaga ko‘tarmoqchi ekanliklarini tahmin qilamiz. Biroq, sanoatdagi bozor tuzilmasiga mos ravishda, bunday intilishlar jamiyat va iqtisodiyotga turli ta’sir o‘tkazishi mumkin. Ushbu bo‘limda turli bozor tuzilmalari sharoitida ish olib borayotgan firmalarning faoliyatini ko‘rib chiqishda modellar va tahlil qilish qobiliyatlaridan foydalanishlari lozimligiga alohida urg‘u bering. Jamiyatshunos olimlar kabi, talabalar ham o‘z fikrlarini qo‘llab-quvvatlashlari lozim. 

 

MAQSAD

Sof raqobat, monopol raqobat, oligopoliya va monopoliya kabi tushunchalarni va ularning bir-biridan farqini tushinib yetish.

 

TALAB ETILADIGAN VAQT

Bir dars davomida.

 

MATERIALLAR

1. 30-topshiriq.

2. 3.1 ko‘rgazmali material.

 

DARS JARAYONI

1. Sof raqobat, monopol raqobat, oligopoliya va monopoliya kabi tushunchalarning hususiyatlari mavzusida ma’ruza o‘qing.

2. Talabalar guruh-guruh bo‘lib 30-topshirini bajaradilar.

3. 30-topshiriq javoblarini tahlil qilish va tekshirish uchun  3,1 ko‘rgazmadan foydalaning. Talabalar berilgan namunalar qaysi bozor tuzilmasiga tegishli ekanligini aniqlash yuzasidan qarama-qarshi fikrlarga ega bo‘lishlari mumkin. Bu ko‘p jihatdan ularning sanoatni qanday baholashlariga bog‘liq. Masalan, “konserva mahsulotlari” savdosi monopolistik raqobat bo‘lsa, «konservalangan makka jo‘xori” savdosi esa oligopolistik raqobat bo‘lishi mumkin. Talabalar shuningdek 3.1 ko‘rgazmada ko‘rsatilmagan misollarni ham tahlil qilishlari mumkin. Shuni ham alohida ta’kidlab o‘tingki, ba’zi mamlakatlar sanoatida qanday bozor tuzilmasi mavjudligini aniqlash juda mushkul. Dunyo aslida tartibsizdir.

4. Talabalarning bozor tuzilmalari haqidagi bilimlarini mustahkamlash uchun, ularga quyidagi savollar bilan murojaat qiling:

a) Bir jinsli va differensiyalashgan (ko‘p turdagi) mahsulotlar o‘rtasida qanday farqlar mavjud? (Bir jinsli mahsulotlar bir biriga o‘xshashdir; differensiyalashgan mahsulotlar sifati va turiga ko‘ra bir-biridan farqlanadi.  Shakar bir jinsli mahsulot; Turli shokoladlar esa differensiyalashgan mahsulotlardir.)

b) Sof raqobat va monopolistik raqobat bir-biridan qaysi jihatlari bilan farqlanadi? (Monopol raqobatda mahsulotlar differetsiyalashgan bo‘ladi, hamda raqobat baho va sifatga asoslanadi. Sof raqobatda mahsulotlar bir xil bo‘ladi va narh bozor kuchlari ta’sirida shakllanadi.)

v) Monopolistik raqobat monopoliyaga yaqinmi? (Yo‘q, u sof raqobatga yaqinroq, chunki unda ko‘p firmalar ishtirok etadi).

g) Oligapoliyaning muxim jihatlari nimadan iborat? (Unda kam firmalar mavjud bo‘ladi, bahoga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir o‘tkaziladi, yangi tadbirkorlarning bozorga kirib kelishlariga to‘siqlar qo‘yiladi).

d) Bozorga kirishda qanday   to‘siqlar mavjud bo‘lishi mumkin? (Bunda reklama, patentlar, litsenziyalarning xarajatlarlari juda yuqori va katta kapital sarmoyalar talab etiladi).

ye) Monopoliyaning o‘ziga xos hususiyati nimalardan iborat? (Sanoatda, ma’lum geografik hududda yoki ma’lum bir bozorda yagona ishlab chiqaruvchi bo‘ladi va boshqalar u bilan raqobatlasha olmaydilar). Tabiy monopoliyalar.

 

ASOSIY FIKRLAR

·          Barcha firmalar o‘z xarajatlariga ega. Ushbu asosiy xarajatlarni aniqlash va grafik holatiga keltirish juda muhimdir.

·          Oshkor xarajatlar deb resurs harid qilish uchun tashqariga chiqariladigan xarajatlarga aytiladi.

·          Oshkor bo‘lmagan xarajatlar deb firma tushumining bir qismi evaziga harid qilingan resurslarni boshqa korxonaga sotish o‘rniga, ishlab chiqarishga jalb qilinganda paydo bo‘ladigan xarajatlarga aytiladi.

·          O‘zgarmas xarajatlar tayyor mahsulot bilan birga o‘zgarmaydi. O‘zgarmas xarajatlar faqat qisqa muddati ishlab chiqarishda mavjud bo‘ladi. Uzoq muddatli ishlab chiqarish sharoitida o‘zgarmas xarajatlar bo‘lmaydi va korxonalar o‘z resurslarini istaganlaricha taqsimlaydilar.

·          O‘zgaruvchan xarajatlar tayyor mahsulot bilan birga o‘zgaradi.

·          Umumiy xarajatlar o‘zgarmas xarajatlar va o‘zgaruvchan xarajatlarning yig‘indisiga teng.

·          marjinal xarajat bitta qo‘shimcha mahsulotni ishlab chiqarishga sarflangan qo‘shimcha xarajatdir. Marjinal xarajat korxona tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulot narhi va miqdorini aniqlashda qo‘l keladi.

·          marjinal xarajatlar, kamayib boruvchi chegaraviy samara qonuni asosida, muntazam oshib boradi. Kamayib boruvchi chegaraviy samara qonuniga ko‘ra teng miqdordagi o‘zgaruvchan va o‘zgarmas ishlab chiqarish omillari qo‘shilganida chegaraviy mahsulot qiymati kamaya boshlaydi.

·          o‘rtacha umumiy xarajat va o‘rtacha o‘zgaruvchan xarajat umumiy xarajat va o‘zgaruvchan xarajatning tayyor mahsulotga bo‘linganiga teng.

·          marjinal xarajat o‘rtacha umumiy xarajat va o‘rtacha o‘zgaruvchan xarajatdan past bo‘lganda, o‘rtacha umumiy xarajat va o‘rtacha o‘zgaruvchan xarajat kamayadi va aksincha, yuqori bo‘lganida, o‘rtacha umumiy xarajat va o‘rtacha o‘zgaruvchan xarajat o‘sadi.

·          marjinal xarajat egri chizig‘i o‘rtacha o‘zgaruvchan xarajat egri chizig‘ini kesib o‘tadi va o‘rtacha umumiy xarajat egri chizig‘i ularning eng quyi nuqtalarida kesishadi.

·          Agar firma o‘zining barcha xarajatlarini qoplashga yetarli tushumga ega bo‘lsa, u inqirozga yuz tutmaydi.

·          Agar firma o‘zining barcha xarajatlaridan ortiq tushumga ega bo‘lsa, u foyda qiladi.

·          Agar firma tushumi o‘zining barcha xarajatlarini qoplashga yetmasa, u zarar ko‘radi.

·          Uzoq muddatli vazifalarni amalga oshirishda korxona o‘zining barcha aniq va noaniq xarajatlarini qoplashi kerak, shu bilan birgalikda foyda ham ko‘rishi lozim.

·          qisqa muddatli ishlab maqsadlarga erishish yo‘lida korxona o‘zining o‘zgaruvchan xarajatlarini qoplashga yetarli tushum olish evaziga faoliyat olib borishi mumkin.

·          Iqtisodiy foyda o‘rtacha foyda darajasidan yuqoridir. O‘rtacha foyda faqatgina korxonaning  xarajatlarini qoplaydi. Korxonaning tushumi aniq xarajatlardan yuqori bo‘lsa, u hisobli foydaga ega bo‘ladi. Korxonaning tushumi aniq va noaniq xarajatlardan yuqori bo‘lsa, u iqtisodiy foydaga ega bo‘ladi.

·          Korxonaning maqsadi foydani maksimallashtirish va/yoki zararni minimallashtirishdan iborat.

·          Marjinal daromad xarajatga teng bo‘lganida, korxonalar o‘z foydalarini maksimallashtiradilar.

·          Ko‘p korxonalar bir xil mahsulot igshlab chiqarganlarida sof raqobat mavjud bo‘ladi.

·          Sof raqobat asosida faoliyat olib boruvchi korxona uchun marjinal daromad narxga teng bo‘ladi. Raqobatbardosh korxona uzoq muddatli iqtisodiy faoliyat davomida inqirozga uchramaydi.

·          Yagona korxona bozorni boshqarganida, ushbu bozorda monopoliya hukumronlik qiladi.

·          Korxonaning chegaraviy xarajati narhga (xaridorlar uchun maqul bo‘lgan narhga) teng bo‘lganida, ishlab chiqarish resurslari eng to‘g‘ri va samarali taqsimlangan deb hisoblanadi.

·          Uzoq muddatli iqtisodiy faoliyatda raqobatbardosh korxona chegaraviy xarajatlari narxga teng bo‘lganida, hamda o‘rtacha umumiy xarajatlar eng quyi nuqtaga yetganida mahsulot ishlab chiqaradi.  Raqobatbardosh korxona uzoq muddatli iqtisodiy faoliyat davomida resurslarni taqsimlash va ishlab chiqarish mahsulodorligini oshirish bo‘yicha samarador bo‘lib hisoblanadi.

·          Monopol korxona o‘z foydasini chegaraviy tushum chegaraviy xarajatlarga teng bo‘lganida maksimallashtiradi.

·          Monopol korxona uzoq muddatli faoliyat davomida iqtisodiy foydaga erishishi mumkin. Biroq, uzoq muddatli iqtisodiy foyda kafolatlanmagan.

·          Uzoq muddatli iqtisodiy faoliyat davomida monopol korxona raqobatbardosh korxonaga nisbatan kamroq mahsulot ishlab chiqaradi va o‘z mahsulotiga yuqori narh belgilaydi.

·          Monopol korxona narh chegaraviy xoarajatdan yuqori bo‘lganida ham mahsulot ishlab chiqaradi va bu holat resurslar samaradorligining pasayishiga olib keladi.

·          Oligopoliya bir nechta korxona bozorni boshqarganida mavjud bo‘ladi.

·          Monopolistik raqobat sof raqobatga yaqin. Ular bir-birlaridan faqatgina mahsulot turli-tumanligiga ko‘ra farqlanadi.

 

30-TOPSHIRIQ

BOZOR TUZILMASINING TURLARI

 

Bozor tuzilmasining to‘rt turini o‘rganganingizdan so‘ng, quyidagi jadvalni to‘ldiring.

Bozor tuzilmasining turlari.

 

Bozor tuzilmasi

Korxonalar soni

Differetsiya- lashgan yoki bir jinsli mahsulot

Bozorga kirish imkoniyati

Narhni belgilovchi ko‘ch

Narhsiz raqobat

Misollar

Sof

raqobat

 

 

 

 

 

 

Monopo-listik raqobat

 

 

 

 

 

 

Oligopoliya

 

 

 

 

 

 

Monopoliya

 

 

 

 

 

 

 

30-TOPSHIRIQ. JAVOBLAR

BOZOR TUZILMASINING TURLARI.

Bozor tuzilmasining to‘rt turini o‘rganganingizdan so‘ng, quyidagi jadvalni to‘ldiring.

Bozor tuzilmasining turlari.

Bozor tuzilmasi

Korxonalar soni

Differetsiya- lashgan yoki bir jinsli mahsulot

Bozorga kirish imkoniyati

Narhni belgilovchi ko‘ch

Narhsiz raqobat

Misollar

Sof

raqobat

Ko‘p

Bir jinsli (bir turdagi)

Erkin yoki oson

Narh o‘zgaruvchan

Yo‘q

Bug‘doy, makka va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari

Monopo-listik raqobat

Ko‘p

Difeferetsiya-lashgan (turli-tuman)

Nisbatan oson

Biroz erkin-narhni asosan bozor belgilaydi

Biroz

Yengil taom, gaz va boshqa chakana savdo shahobchalari

Oligopoliya

Kam

Bir jinsli yoki differetsiya- lashgan

Katta to‘siqlar mavjud

Narh hukumron-ligi – biroz erkin narhlar

Ekstensiv (juda keng)

Po‘lat, pivo, aluminiy, kasha, yengil mashinalar, yaxna ichimliklar, sovun

Monopoliya

Bitta

  © Copyright 2012 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.ziyonet.uz