14 - MASHG‘ULOT
TADBIRKORLIK: O‘YINCHOQLAR ISHLAB CHIQARISH
O‘YINCHOQLAR ISHLAB CHIQARISH
1. ASOSIY HOLATLAR
Dars maqsadi
Talabaga qo‘yilgan talablar:
· Ishlab chiqaruvchilar resurslar sotib olayotganda, ular ishlab chiqarishga xarajatlar qilishini tushuntirib berish.
· Yalpi daromaddan yalpi xarajatni ayirish natijasida foydani aniqlash.
· Foyda va zararni hisoblash.
· Sotish bahosi va sotilgan tovarlar miqdori ko‘paytmasini yalpi daromad sifatida aniqlash.
· Bitta tovarni ishlab chiqarishga sarflangan resurslar qiymatini va ishlab chiqarilgan tovarlar miqdori ko‘paytmasini umumiy xarajat sifatida aniqlash.
· Umumiy xarajatlar yalpi daromaddan oshganda, zarar kelib chiqishini tushuntirish.
Bozor iqtisodiyoti (baho) tizimida iqtisodiy qarorlar bozor muhitida xaridor va sotuvchining o‘zaro munosabati orqali amalga oshiriladi. Tadbirkorlar tovar va xizmatlarni xaridor ehtiyojiga qarab ishlab chiqaradi va sotadi. Firmalar ishchi kuchi va kapital kabi ishlab chiqarish omillarini (resurs yoki mahsulotlar) sotib oladi va xaridorlarga sotish uchun tovar va xizmatlar ishlab chiqaradi. Firmalar tadbirkorlar hatti-harakatlarining mukofoti sifatida foyda olishga harakat qiladi.
Foyda firmaning yalpi daromadidan yalpi xarajatini ayirilishi natijasida aniqlanadi. Korxonalar resurslar sotib olayotganda, ular ishlab chiqarish uchun xarajat qiladi. Umumiy xarajat har bir tovar va xizmat uchun sarflangan xarajatlar bahosini ishlab chiqarilgan tovarlar soniga ko‘paytirish bilan hisoblanadi. Firmaning yalpi daromadi bir birlik tovarning sotish bahosini, sotilgan tovarlar soniga ko‘paytirish bilan hisoblanadi. Firmaning eng asosiy maqsadi- foyda maksimallashtirishidir, ya’ni shunday ishlab chiqarish hajmi va narxini aniqlash kerakki, yalpi daromad umumiy xarajatdan eng ko‘p miqdorda katta bo‘lsin.
Tushunchalar
Ishlab chiqarish xarajatlari, yalpi daromad, foyda, zarar.
2. TAYYORGARLIK.
· 11-topshiriq: Ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash.
· 12-topshiriq: O‘yinchoqlar haqidagi jadvali.
· 13-topshiriq: Foydani hisoblash.
· Turli xil narsalar masalan: paxta sharchalari, qog‘oz, xas-cho‘plar, flamasterlar, mato, kalava ip, meva savati va boshqalar.
· Har bir talabaga bir o‘yinda 5 so‘m yasama pul beriladi.
1. Har bir talabaga 11 va 13 topshiriqlarni nusxasini bering.
2. 11,12 va 13-topshiriqlar bo‘yicha slaydlar (shaffof qog‘ozga tushirilgan tasvir) tayyorlang.
3. Har bir guruhning 4-5 talabalariga o‘yinchoq nusxasini yaratish uchun kerak bo‘ladigan turli xil narsalar bilan to‘ldirilgan resurslar sumkasini berish.
4. Resurslar sumkasidagi narsalarning baholari ro‘yxatini doskaga yozish yoki ko‘rsatish. Keyinroq darsda resurslar bahosi ro‘yxatini namunasini ko‘rsatish.
3. O‘QITISH.
Kirish.
Talabalardan yozning jazirama issiq paytida do‘konda yaxna ichimliklar sotish kabi, tadbirkorlik tajribalari haqida so‘rang. Ularning ishlab chiqarish xarajtlarini doskaga yozing va ularning narxlar borasidagi qarorlarini muhokama qiling. Ularning bunday tadbirkorlik faoliyati natijasida foyda olgan yoki olmaganliklarini surishtiring.
Mashqlar
1. Sinfni 4-5 ta talabadan iborat guruhga bo‘ling. Har bir guruh o‘yinchoq buyumini boshqarish va o‘yinchoq nusxasini ishlab chiqarishi kerak bo‘ladi. Boshqalar esa qaysi o‘yinchoqni sotib olish mumkinligi haqida qaror qabul qiladi. Maqsad foyda olishdir.
2. Resurslar sumkasini har bir guruhga va 11-topshiriq nusxasini har bir talabaga taqsimlang.
3. Guruhlarga har bir sumka o‘yinchoq nusxasini ishlab chiqarish kerak bo‘ladigan resurslar bilan to‘ldirilganligini tushuntirib bering.
4. 5,00 so‘m bahoda sotiladigan o‘yinchoq nusxasini ishlab chiqarishga va 11-topshiriqni tugatishga 15-20 minut berilishini tushuntiring. Yuqori foyda olish uchun, ular albatta kam xarajatlar qilishlari, hamda ular ishlab chiqarmoqchi bo‘lgan o‘yinchoq xaridorlarni 5,00 so‘m bahoda jalb qiladigan bo‘lishi kerakligini unutmasliklari kerak bo‘ladi. Tovar va xizmat ishlab chiqarishda ishlatiladigan barcha resurslar (ishchilar uchun ish haqi va joy uchun ijarani hisobga olganda) xarajati sifatida ishlab chiqarish xarajatlarini aniqlash.
5. 
11-topshiriqni qanday tugatishni aniq ko‘rsatib bering. Ijara bu doimiy xarajat ekanligini tushuntirib bering. Har bir guruh qancha o‘yinchoq sotish yoki ularning guruhi qancha keng bo‘lishiga qaramasdan umumiy 0,75 so‘m to‘laydi. Ishchi kuchi bu o‘zgaruvchan baho bo‘lib, u guruhda nechta odam borligiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, guruhning 4 ta a’zosi bor. Unda ishchi kuchi xarajatlari 100 so‘m (4 x 025 so‘m) bo‘ladi. Boshqa hamma xarajatlar o‘zgaruvchan bo‘lib, guruhning resurslardan qanchalik foydalanayotganligiga va ba’zi hollarda aynan qaysi resurslardan foydalanayotganligiga bog‘liq bo‘ladi. O‘qituvchi ishlatiladigan turli xil narsalar xarajati nimalarga bog‘liq ekanligiga aniqlik kiritishi mumkin.
6. Guruhlarga o‘z o‘yinchoqlarini ishlab chiqarishlari uchun 15-20 minut bering. So‘ngra har bir guruhdan bir kishi ishlab chiqargan o‘yinchoqni butun sinfga ko‘rsatish uchun bir minut davomida sotuvga qo‘yish imkoniyati beriladi. Keyin barcha o‘yinchoqlarni stol yoki partada bir qator qilib terib qo‘ying. (O‘yinchoq nomi, yozilgan bir varaqqa va konvert qo‘yib qo‘yish).
7. So‘ngra hamma talabalarga xaridor o‘rnida ekanligini tushuntirib bering. Har bir talabaga 5 so‘m bering va o‘ziga yoqqan o‘yinchoqni xarid qilishni ayting (lekin ular o‘z guruhi ishlab chiqargan o‘yinchoqni tanlashga haqqi yo‘qdir). Ular varaqga o‘z ismini yozishi va o‘zlarini 5 so‘mni konvertga qo‘yishi kerak bo‘ladi. (Yoki muqobil ravishda, agar talabalar tanlov qoidasini tushungan bo‘lsa, qo‘l ko‘tarib o‘zlariga yoqqan o‘yinchoqni ko‘rsatishi mumkin).
8. Har bir talabaga 12 va 13 topshiriq nusxasini tarqating. Talabalarga o‘sha ish topshiriqida xuddi ular ishlab chiqargan o‘yinchoq nusxasiga ketgan xarajatlari asosida barcha o‘yinchoqlarni ishlab chiqarish imkoniyatiga ega ekanliklarini ayting.
12-topshiriqdan foydalangan xolda 1,2 va 3-ustunlarni to‘ldiring. Talabalarga xar bir uyinchok 5 so‘m bahoda sotilishini eslatib qo‘ying va firma barcha buyurtmalarni bajara olish imkoniyatiga ega ekanligi uchun, o‘yinchoqlarni sotishdan tushgan yalpi tushum -yalpi daromad 5 so‘mga barcha qabul qilingan buyurtmalar soni ko‘paytmasiga teng bo‘ladi.
9. 13-topshiriq slaydidan foydalangan holda bu topshiriqni bajarishsin. Talabalar o‘z guruhi o‘yinchog‘i uchun sarflangan xarajatlari va daromadlari haqidagi ma’lumotlarni keltirishsin. Yalpi daromad, umumiy xarajat, foyda va zarar kabi tushunchalarni muxokama kiling.
10. Ko‘rsatilgan va tarqatilgan materiallar asosida 12 topshiriqdagi 3, 4 va 5 ustunlarni to‘ldiring. Qaysi guruh eng ko‘p foyda olganini va muvaffaqiyatga erishishi sabablarini muhokama qilganini aniqlang. Ba’zida shunday vaziyatlar bo‘ladiki, ishlab chiqarish xarajatlari ko‘p bo‘lgani uchun, eng ko‘p mahsulot sotgan guruh eng ko‘p foyda qilgan bo‘lib chiqmaydi. Buni talabalar bilan muhokama qiling. Hohlasangiz eng katta foyda olgan va eng ko‘p tovar sotgan guruhga kichikroq sovg‘a berishingiz (qarsaklar orqali olqishlashingiz)mumkin.
11. Muhokama qiling:
· Tovar va xizmatlar ishlab chiqarish kerak bo‘lgan resurslarni sanab chiqing (ishchi o‘rinlari va boshqalar)
· Tovar va xizmatlar ishlab chiqarish haqida ilab chiqaruvchi qanday qarorlar qabul qiladilar (nimani, qanday va qancha ishlab chiqarish)
· Nima uchun ishlab chiqaruvchilar qanday resurslarni sotib olishni ehtiyotkorlik bilan tanlashlari muhim (resurslar pulga sotib olinadi va ular foydaga ta’sir qiladi).
· Foyda nima? (Yalpi daromad - umumiy xarajatqfoyda)
· Nima uchun foyda ishlab chiqaruvchilar uchun muhim hisoblanadi? U ishlab chiqaruvchini ishlab chiqarishini davom ettirish mumkinligini aniqlaydi, ishlab chiqaruvchini pullik mukofot bilan ta’minlaydi va ishlab chiqarish uchun stimul bo‘lib xizmat qiladi.
· Qaysi biznesda eng katta foyda qilsa bo‘ldi? Nima uchun? (Katta miqdordagi talabga egaligi; xarajatlarning pastligi va boshqalar)
· Qanday qilib ishlab chiqarish xarajatlari iste’molchiga yuklanadi? (sotish bahosi ishlab chiqarish ishlab chiqarish xarajatlarini o‘z ichiga oladi.)
· Qaysi firma eng katta foyda ko‘rdi? (talab miqdorining ko‘pligi, xarajatlarning kamligi va boshqalar)
· Nima uchun ba’zi firmalar zarar ko‘rdi? (talab miqdorining kamligi, xarajatlarning ko‘pligi va boshqalar)
· Nima uchun ba’zi bir firmalar birorta ham o‘yinchoq sota olmadi? (iste’molchilar boshqa o‘yinchoqlarni afzal ko‘rdilar.)
· Agar hech kim uning mahsulotlarini sotib olishni hohlamasa pirovard natijada nima yuz beradi? (U biznesdan chiqib ketadi)
· Iste’molchi sifatida qaysi o‘yinchoqni sotib olish xususida qanday qaror qabul qilgan bo‘lar edingiz
12. Darsning maqsadidan kelib chiqib darsga yakun yasang.
|
Resurslar narhining namunaviy ro‘yxati
|
|
Resurs
|
Narx
|
|
Kley
|
0.50
|
|
Ruchka
|
0.25
|
|
Qalam
|
0.25
|
|
Skotch
|
0.25
|
|
Qaychi
|
0.75
|
|
Kofe qutisi
|
1.00
|
|
Ip yoki bezatmalar
|
0.25
|
|
Meva qutisi
|
1.00
|
|
Kartonli sovg‘a qutisi
|
1.00
|
|
Bir bulak qog‘oz
|
0.25
|
|
Qog‘oz stakan
|
0.50
|
|
Baxroma
|
0.25
|
|
Bir bulak mato
|
0.50
|
|
Bir bulak kalava ip
|
0.25
|
|
Qog‘oz qistirg‘ich
|
0.25
|
|
Rezinali lenta
|
0.25
|
|
Nonushta uchun qog‘oz paket
|
0.50
|
|
Plastik sumka
|
0.25
|
|
Ishchi kuchi (bir ishchiga)
|
0.25
|
|
Ish joyi ijarasi
|
0.75
|
O‘z ro‘yxatingizni rivojlantirish va boyitish uchun turli xil narsalardan foydalaning. Har bir guruhning resurslar sumkasi bir xil resurslar bilan to‘ldirilgan bo‘lishi kerak. Baho belgilash vaqtida studentlar uyinchoqning $5.00 bahoda sotilishini, ijaraning har bir birligini, ishchi kuchi 75 S va 25 S bahoda belgilanganligini yodingda tuting.
4. O‘ZARO ALOQALARNI O‘RNATISH.
Iqtisodiyot. Maktabingiz yoki xayriya ishlari uchun pul topish maqsadida pishiriq soting. Pishirgan pishiriqlaringiz uchun pul olmang. Buning o‘rniga barcha mahsulotlar, ishchi kuchi, asboblar-uskunalar va ijaraga olingan joy uchun ketgan ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblang. O‘z tovarlaringiz uchun bahosini aniqlang. Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olgan holda sotuvdan keyingi foydani hisoblang.
Tilshunoslik. Sinfni uchta talabadan iborat guruhga bo‘ling. Har bir guruh uchun katta bir qog‘ozda turli tovarni nomini yozing va talabarga ko‘rinarli bo‘lgan biror joyga osib qo‘ying. Har bir guruh turli tovardan boshlaydi va ikki minut davomida mumkin bo‘lgan barcha ishlab chiqarish xarajatlarini yozadi.
Ikki minut to‘gagandan so‘ng, guruhlar o‘zaro almashib keyingi tovarga o‘tadilar. Avvalgi guruh nima yozganini o‘qiydilar va uni ro‘yxatga qo‘shadilar. Bu barcha go‘ro‘hlar almashuvni tugaguncha davom etadi.
Ro‘znoma bilan bog‘lanish. Sinfni 4 kishidan iborat guruhlarga bo‘ling. Har bir guruh xizmat ko‘rsatadigan biznes bilan shug‘ullanayapti deb faraz qilaylik va tug‘ilgan kun kechasi uchun o‘yinchoq yetkazib berishni so‘rashdi. Har bir yetkazib beruvchi ro‘znomadan e’lonlar qidirib, kechani 20 ta mehmonga rejalashtirish kerak. Talabalar oziq-ovqatdan tashqari boshqa hamma xarajatlarni hamda ishlab chiqarish xarajatlarini yozib chiqing. So‘ng, ular kecha xizmat ko‘rsatish uchun qancha xarajat bo‘lishini aniqlashlari kerak. Hamma guruhlar uchun o‘zlarining mehnatlarini va kechaga ketadigan xarajatlar bahosini taqdim eting vaqt bering. Talabalar qaysi xizmat ko‘rsatish kompaniyasini yollashlari mumkinligini tanlashlari kerak.
Jamiyat bilan bog‘lanish. Biznes bilan shug‘ullanishni boshlaganda kishilar, ba’zi bir xarajatlari haqida gaplashish uchun sinfga kichik biznes egasini taklif qiling.
11-TOPSHIRIQ.
ISHLAB CHIQARISH XARAJATINI HISOBLASH
(Kompaniya nomi) (Mahsulot nomi)
Ko‘rsatmalar: 1-ustunga o‘z o‘yinchog‘ingizni ishalb chiqarish uchun guruhingizni (kompaniya yoki ish topshiriqi) sarflangan har bir resursni yozib chiqing. Har bir resursni nega birligi sarflanganligini aniqlang. 2-ustunda birliklar sonini yozib chiqing. Resurslar bahosi ro‘yxatidan foydalanib, 3-ustunga bahoni yozib chiqing. 3-ustunni 2-ustunga ko‘paytirib 4-ustunni to‘ldiring.
|
1.
Resurs
|
2.
Sarflangan birliklar soni
|
3.
Resurs bahosi
|
4.
Resurs qiymati
|
|
Ijara
|
1
|
|
 |