O'zbekcha          Ðóññêèé          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

  Íàéòè!

Kengaytirilgan qidiruv     








 Mashg‘ulot ¹13
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

13-MASHG‘ULOT

MAHSULDORLIK: KITOB ISHLAB CHIQARISH FABRIKASI

 

KO‘P DAROMAD OLISH YOKI KAMROQ SARFLASH

KIRISH

Garchi taqchillik  yechimsiz muammo bo‘lsada, unumdorlikni oshirish yo‘llarini topish orqali uni kamaytirish mumkin. Unumdorlik foydalanilgan ishlab chiqarish resurslarining (xom-ashyo mahsulotlari) har bir birligiga to‘g‘ri keladigan tovar va xizmatlar (tayyor mahsulot) miqdoridir.

Unumdorlikni bir xil miqdordagi resurslar bilan ko‘proq tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish orqali yoki kamroq resurslar bilan xuddi shu miqdordagi tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish orqali oshirish mumkin. Unumdorlik oshishi bilan har bir birlik tovarni ishlab chiqarish yoki xizmatni ko‘rsatish xarajatlari kamayadi. Bu ishlab chiqaruvchilarni bozorda yanada raqobatbardosh qiladi va milliy darajada unumdorlik oshishi bilan ishchilarning ham maoshi oshishiga olib keladi. Biroq, yakka bozorda unumdorlikning ortishi ba’zan o‘z ish o‘rniga ega bo‘lgan ishchilar sonining kamayishiga olib kelishi mumkin.

Shu bilan bir vaqtda, shaxsiy, hamda milliy hayot darajasi mehnat unumdorligiga bevosita bog‘liq. Iste’mol qilish darajasi yuqori bo‘lgan mamlakat katta unumdorlikka ega bo‘lgan ishchi kuchiga ega bo‘lishi kerak. Unumdorlikni zavodlar, mashinalar va asbob-uskunalar singari ishlab chiqarish vositalariga sarmoya sarf qilish orqali oshirish mumkin. Yakka tartibdagi ishchilar meùnat unumdorliklarini va ko‘proq pul topish salohiyatlarini, o‘z insoniy kaitali, bilimi va kasbiy malakasiga sarmaoya sarflash orqali oshirishlari mumkin.

 

TUSHUNCHALAR

Unumdorlik.

Ixtisoslashuv va mehnat taqsimoti.

Ishlab chiqarish vositalariga (yoki asosiy kapitalga) sarmoya sarflash (investitsiya).

Inson kapitali.

 

MAZMUN BO‘YICHA STANDART

Ixtisoslashuv va meùnat taqsimoti odatda ish unumdorligini oshiradi.

Mehnat unumdorligi ish jarayonini qo‘shimcha ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlash orqali oshirilishi mumkin.

Ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchini investitsiyalash unumdorlikning ortishiga olib kelishiga qaramay, bunday investitsiyalar jiddiy xarajatlar va iqtisodiy tavakkalchilikka olib kelishi mumkin.

Resurslar mehnat resurslari sifatini oshirishga yo‘naltirilganda ishchi kuchiga investitsiya kiritiladi, bundan unumdorlik ham oshadi.

Hayot darajasi (standartlari) mehnat unumdorligiga bevosita bog‘liq.

 

KO‘ZLANGAN MAQSADLAR

Har bir ishchiga qancha tayyor mahsulot to‘g‘ri kelishi orqali mehnat unumdorligini aniqlash.

Mehnat taqsimoti va asosiy kapitalni investitsiyalash qay tarzda unumdorlikni oshirishini tushuntirib berish.

Unumdorlikning oshishi nega iqtisodiyot va individual shaxslar uchun muhimligini tushuntirib berish.

 

MASHG‘ULOT TAVSIFI

Kichik guruhlarga birlashgan holda tinglovchilar ixtisoslashuv, mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish vositalarini (yoki asosiy kapitalni) investitsiyalashning mehnat unumdorligiga ta’siri bo‘yicha tajriba orttirish maqsadida ijodiy ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishadi.

 

DARS UCHUN TALAB ETILADIGAN VAQT

Ikkita dars.

1-kun: 1-15-bosqichlar

2-kun: 16-19-bosqichlar va baholash

 

ZARUR JIHOZLAR VA QO‘LLANMALAR

Ko‘p miqdorda «8,5x11”» dyumli (A4 formatli) qog‘oz bilan ta’minlash.

Qog‘oz qistirgichlari va ruchkalar bilan ta’minlash.

1-mashqning shaffof qog‘ozdagi shakli.

1-ko‘rgazmali mashqning shaffof qog‘ozdagi shakli har bir tinglovchiga 2-mashqning 1tadan nusxasi.

Mashg‘ulotni o‘tkazim tartibining 14-bandida keltirilgan shartlarni bajarish uchun bir necha juft qo‘lqoplar. Bu bosqichni bajarish yoki bajarmaslik o‘zingizga havola.

 

MASHG‘ULOTNI O‘TKAZISH TARTIBI

1.            Sinfni har biri 4 yoki 5 ta tinglovchidan iborat bo‘lgan bir necha kitob ishlab chiqaruvchi korxonalarga bo‘ling.

2.            Tinglovchilar o‘z korxonalariga  nom berishsin.

Tinglovchilarga ular kitob ishlab chiqarishlarini ayting.                                                Kitobni qanday yaratishni ko‘rsatib bering va sizning ishtirokingizda tajriba uchun siz tushuntirib berganingizdek kitob tayyorlashlarini ayting. Bir varoq qog‘ozni 2 bo‘lakka bo‘ling, bulakni birgalikda ustma-ust qo‘ying va 2 bo‘lak qog‘ozlarni yana 2 ta bo‘lak qog‘ozga yirtib, 4 ta bo‘lak hosil qiling. 4 bo‘lakni birga qo‘ying va ularni o‘rtasidan buklab, oldi va orqa muqovali 14 sahifali kitob hosil qiling. Kitobni birlashtirib turishi uchun chap tomonining yuqori qismiga qistirgich qisib qo‘ying. Ustki muqovaga korxona nomini yozing va kitobning ichki sahifalarini chap tomondan 2 dan 14 gacha raqamlab chiqing. Sahifa raqamlari uning yuqori qismida bo‘lsin. Tinglovchilarga kitob tayyor bo‘lganini ayting.

3.            Tinglovchilarga kitob ishlab chiqarishlari uchun 3 daqiqa berilishini va bu vaqt davomida ular iloji boricha ko‘proq kitob ishlab chiqarishlari kerakligini ayting. Siz sifat nazoratchisi bo‘lishingiz va tayyor kitoblarni tekshirib olishingiz haqida ularni xabardor qiling. Siz standartlarga javob bermaydigan kitoblarni qabul qilmaysiz. Sizning tekshiruvingizdan o‘tgan tayyor kitoblargina hisobga olinadi.

4.            Har bir korxonaga qog‘oz, qog‘oz qistirgichi va 1 tadan ruchka tarqating. Har bir tinglovchiga kitob tuzishni mashq qilish uchun vaqt bering. Tinglovchilar nima ish qilishlari kerakligini tushunganlariga ishonch hosil qilish uchun tekshirib chiqing. Tajriba/mashq uchun yaratilgan barcha kitoblarni tashlab yuboring.

5.            BOSQICH 1. Bosqich 1 da korxonadagi har bir ishchi kitob yasovchi ekanligi haqida tinglovchilarni xabardor qiling. Har bir kitob yasovchi kitobni bir o‘zi ishlab chiqaradi. Kitob yasovchilar faqat materiallar va ishlab chiqaruvchi vositalardan birgalikda foydalanishadi, lekin mahsulotni alohida ishlab chiqarishadi.

6.            Korxonalarga kitob ishlab chiqarish uchun 3 daqiqa vaqt bering. Korxonaning tayyor kitoblarini tekshiring va nazoratdan o‘tmaganlarini qabul qilmang. Kamchiliklari bo‘lgan va qisman tayyor bo‘lgan kitoblarni tashlab yuboring, ular hisoblanmaydi.

7.             Korxonalarga 1-mashqni tarqating. Har bir korxona haqida ma’lumot oling. Shaffof qog‘ozdagi 1-mashqni 1 korxonaning ma’lumotlari bilan shunday to‘ldirib chiqingki, barcha guruhlar ma’lumotlarni qanday yozishni tushunishsin.

8.            Muhokama qiling: Ishlab chiqarish jarayonini  yana qanday yo‘l bilan tashkil etish mumkin? (Tinglovchilar odatda mehnatni taqsimlashni va ixtisoslashishni taklif qilishadi).

9.            BOSQICH 2. Har bir korxonaga ruchkalardan tarqating, lekin tinglovchilarga ixtisoslashishlariga va mehnatni taqsimlashlariga imkon bering. Tinglovchilarga kitob ishlab chiqarish jarayonini bir necha bosqichlarga bo‘lishni muhokama qilib olishlariga vaqt va har bir guruh a’zosiga 1 yoki 2 ta bosqichni bajarishga ixtisoslashishiga ruxsat bering. Mutaxasis sifatida har bir tinglovchi ishlab chiqarish jarayonining faqat 1 qismini bajarishini ta’kidlab o‘ting.

10.        6-bosqichni takrorlang va korxonalar o‘zlarining 1-mashq bo‘yicha ma’lumotlarini Bosqich 2 bo‘yicha ham qayd etishsin.

11.       BOSQICH 3. Agar korxonaning Bosqich 1 va Bosqich 2 oralig‘ida unumdorlikni oshirish bo‘yicha tajribalari oshmagan bo‘lsa, Bosqich 2 ni qayta bajaring.  Bu tez–tez takrorlanadigan zaruriy xol hisoblanadi, chunki mutaxasislar o‘zlarining maxsus vazifalarini amalga oshirish uchun tajribaga ega bo‘lishlari kerak (insoniy resurslarga sarmoya kiritish). Kitob tayyorlash uchun vaqt qayta tashkillashtirishi lozim, bo‘lmasa mutaxasislar hamkorlik qilishdan foyda ko‘rishmaydi.

12.       BOSQICH 4. Endi korxonalarga istaganlaricha qo‘shimcha ruchka xarid qilishlariga imkon bering. Har bir qo‘shimcha ruchkaning narxi 0.5$.  Ruchkalar korxonalarning ishlab chiqarish vositalari (asosiy kapitali) ekanligini eslatib o‘ting. Ruchkalar xarid qilib bo‘lingach, tinglovchilarga ishlab chiqarish jarayonini tahlil qilishlariga va istasalar uni qayta tashkil etishlariga vaqt bering.

13.       6-bosqichni takrorlang va korxonalar o‘zlarining 1-mashq bo‘yicha ma’lumotlarini Bosqich 4 bo‘yicha ham qayd etishsin.

14.       IXTIYORIY BOSQICH: qo‘yidagi vaziyatlarni bir yoki bir nechta kitob ishlab chiqaruvchi korxonalarda amlga oshiring.

A. Korxonalarga o‘zlari ish bilan ta’minlashni istashmaydigan ishchilarini bo‘shatishlariga imkon bering. Bo‘shatilgan ishchilarga yangi korxonalar tuzishlariga ruxsat bering.

V. Korxonalarni uyushmaning yangi shartnomasiga muvofiq barcha ishchilar har bir ishlab chiqarish Bosqichida 1 daqiqalik tanaffus qilishlari kerakligi haqida xabardor qiling. Har 60 soniyada birtadan mutaxasis ishlab chiqarish jarayonidan chiqib turadi.

S. Barcha korxonalarning 1 tadan ishchisiga ifloslanishni nazorat qiluvchi xodim bo‘lishi haqida ko‘rsatma bering. Korxonalarni ularning ishchilari soni hali ham o‘zgarmagani, ifloslanishni nazorat qiluvchi xodim esa endi ishlab chiqarish jarayonidagi mutaxassismasligi haqida xabardor qiling.

D. Hukumatning yangi tartib-qoidasiga muvofiq ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan qog‘ozning zaharlash xususiyatga egaligi bois barcha ishchilar qo‘lqop kiyishlari kerakligi haqida korxonalarni xabardor qiling. Har bir mutaxassisni bir juft qo‘lqop bilan ta’minlang.

15.         6-bosqichni takrorlang va korxonalar o‘zlarining ma’lumotlarini qayd etishsin.

16.        Shaffof qog‘ozda tasvirlangan 1-mashqdagi ma’lumotlardan foydalangan holda, quyidagi masalalarni muhokama qiling:

A. Unumdorlik ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot miqdorining foydalanilgan xom-ashyo miqdoriga nisbati bilan aniqlanishini tushuntiring. Korxonangizning 12-bosqichda hisoblangan unumdorlik koeffitsiyenti qanday edi? Unumdorlik ortishi bilan koeffitsiyent ham oshishini ta’kidlab o‘ting.

V. Bosqich 1 va Bosqich 2 o‘rtalarida unumdorlik qanday bo‘ldi? Bosqich 2 va Bosqich 3 o‘rtasidachi? Nimaga bu sodir bo‘ldi? (Ko‘p hollarda unumdorlik ixtisoslashuv va mehnatni taqsimlash tufayli Bosqich 1 va Bosqich 2 orasida oshishi kerak). Lekin, ba’zan unumdorlik mahorat, turli qismlarni tayyorlovchi ishchi guruh o‘rtasida hamkorlikning va tajribaning yetishmasligi tufayli ortmasligi mumkin. Bosqich 3 da tinglovchilar unumdorlik ortishining guvohi bo‘lishlari kerak, chunki unda mutaxassis ko‘proq tajribaga ega va korxonalar ishlab chiqarish jarayonini qayta belgilab olishgan bo‘lishadi. Bosqich 2 va Bosqich 4 o‘rtasida sifat ko‘rsatkichlari qanday o‘zgardi? (Odatda, kamroq kitoblar chiqarib tashlanadi va sifati yaxshilanadi).

S. Bosqich 4 da qo‘shimcha ishlab chiqarish vositalariga (ruchkalar) sarmoya qo‘yish unumdorlikka qanday ta’sir etadi? (Ishlab chiqarishni sarmoyalash unumdorlikni oshirishi kerak).

D. Unumdorlikning ortishi orta hisobdagi xarajatlarga qanday tasir etadi - 1-mashqning 10-qatori? (Orta hisobdagi xarajatlar pasayadi). Nima uchun bu muhim? (Orta hisobdagi sarf-xarajatlarning kamayishi ularga mazkur tadbirkorlikda oz orinlarini saqlab qolishga va ehtimol daromadlarining oshishiga imkon beradi, natijada ishlab chiqaruvchilar boshqa kitob korxonalari bilan raqobatlasha oladilar).

YE. Unumdorlikning ortishi ishchilar oylik maoshiga qanday ta’sir etadi? (Samarali ishlagan ishchilar ko‘proq maosh oladilar, chunki ular har bir tayyor mahsulot uchun ketadigan xarajatlarni kamaytirib, korxona daromadini oshirishadi. Kamroq samara bergan ishchilar bo‘shatib yuborilishi mumkin, natijada ular mahoratlari ko‘proq qadrlanadigan ish izlashlariga to‘g‘ri keladi).

F. Unumdorlikni oshirish maqsadida qanday xarajatlar qilindi? (Qo‘shimcha ishlab chiqarish vositalarini (kapital kiritish) sotib olish - qo‘shimcha ruchkalar - umumiy xarajatlarni oshiradi, lekin bir vaqtning o‘zidan agarda unumdorlik ortsa, har bir mahsulot uchun qilinadigan xarajatlarni kamaytiradi).

G. Ixtisoslashuv va mehnat taqsimotining qanday foyda va salbiy tomonlari bor? (Foydalar mutaxassislar ishlab chiqarish jarayoninig 1ta bosqichini bajarishda katta mahoratga ega bo‘lishadi, mahsulot sifati oshadi, unumdorlik ortadi; Zararlar: zerikish, ba’zi mutaxassislar yo‘q vaqtda muammolar kelib chiqishi, ba’zi ishchilar o‘z ish joylarini yo‘qotishadi va yangisini qidirishga majbo‘r bo‘lishadi.

H. Kitob ishlab chiqaruvchi korxonalar unumdorlikni oshirish uchun yana nima qilishlari mumkin? (Mutaxassislarni malaka oshirishlari yoki qayta malaka oshirishlarini (insoniy resurslarni sarmoyalash) ta’minlash yoki qog‘oz qirqish uskuna lariga pul qo‘yish (ishlab chiqarish vositalarini sarmoyalash)

I. Ishlab chiqarish vositalariga(masalan: qog‘oz qirquvchi uskunaga) sarmoya kiritishdan avval korxona nimalarni hisobga olishi darkor? (Ular qog‘oz qirquvchi uskunalarni olishga, ishchilarning mazkur uskunalar bilan ishlash malakasini oshirishga ketadigan xarajatlar va qog‘oz qirquvchi uskunalarga to‘lash uchun pul qarz olish natijasida qilingan tavakkalchilikni unumdorlikni oshirishdan kutilayotgan foyda bilan solishtirib ko‘rishi kerak).

J. Ishlab chiqarish vositalarini sarmoyalash haqidagi korxona qarori qanday xarajatlardan iborat bo‘lishi mumkin? (Agarda korxona ishlab chiqarish vositalarini xarid qilmasa pulni nima qiladi?)

17.       “ Ixtiyoriy Bosqich ” uchun muhokama qilinadigan masalalar.

A. Ishchilarni ishdan bo‘shatish unumdorlikka qanday ta’sir etadi? (Agar shunday bo‘shatilgan ishchilar haqiqatdan ham samarasiz ishlagan bo‘lsalar, bu unumdorlikni oshirgan bo‘lishi kerak).

V. Talab qilingan 1daqiqalik tanaffus unumdorlikka qanday ta’sir etdi? (Ba’zan unumdorlik ortadi,ba’zan esa pasayadi. Bu tinglovchilardan nima uchun sodir bo‘lishi mumkinligini so‘rang. Ishlab chiqarish guruhida monoton ishlash va bir xil ishni qilishdan zerikishni kamaytirish uchun qisqa tanaffus imkoniyatlarini muhokama qiling).

S. Ifloslanishni nazorat qilish ishlab chiqarish jarayoniga qanday ta’sir qildi? (Unumdorlik qisqargan bo‘lishi kerak, kitob ishlab chiqarish uchun o‘rtacha xarajat ortadi.)

D. Ishchilarning qo‘llarini himoyalash uchun qo‘lqop kiyishlari unumdorlikka qanday ta’sir etadi? (U pasayishi lozim).

YE. S va D da keltirilgan shartlarni davlat siyosati va YERA va OSHA kabi agentliklarga bog‘lang. Ushbu dasturlar va namoyish etilgan xarajatlar sezilarli darajada naf keltirishini hisobga oling.

18.       Unumdorlikni oshirish nima uchun muhim? (Bu - mamlakatga kam miqdordagi resurs bilan ko‘proq tovar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish imkonini beradi. Xalq uchun hayot darajasini oshirish imkonini yaratadi).

19.       1-Ko‘rgazmali mashqni bajaring. AQSHdagi unumdorlikda yuz berayotgan o‘zgarishlarni muhokama qiling.

 

BAHOLASH:

1.            Sinfga 2-mashqni tarqatib chiqing. Tinglovchilarga guruhlarga birlashib sarlavhalarni o‘qishlari va savollarga javob berishlari haqida ko‘rsatma bering.

2.            Guruhlarga bir-birining javoblarini to‘ldirishlariga imkon bering. Taklif qilinadigan javoblar:

1-Sarlavha. Virepul zavodi o‘zining ishlab chiqarish jarayonini qayta tashkil etgan, yangi texnologiyalarga va ishlab chiqarish vositalariga yoki ishchilarni qayta malaka oshirishlariga sarmoya kiritgan bo‘lishi mumkin. Haqiqatda esa Virepul zavodi Benton Xarborda joylashgan. Michigan uning xodimlarini sifatini oshirishning yangi uslublariga o‘qitdi. Keyinroq esa u ishchilar oylik maoshini oshirdi.

2-Sarlavha. Unumdorlikning ortishi ishchilar oylik maoshini oshirilishiga olib kelishi mumkin. Bu esa AQSH tadbirkorligining xalqaro bozorda raqobatbardosh qiladi va xalqning hayot darajasini yaxshilaydi. 1ta zarali tomoni shundaki, ba’zi ishchilar vaqtincha o‘z ish joylarini yo‘qotadilar.

3-Sarlavha. Unumdorlikning uzoq vaqt davomida sekinlik bilan ortishi hayot darajasini ko‘tarilmayotganligini va korxonalar unumdorligi tezroq ortayotgan xalq korxonalariga nisbatan yetarlicha raqobatbardosh emasligini anglatadi.

 

1-MASHQ.

UNUMDORLIK HAQIDAGI MA’LUMOTLAR

Kitob ishlab chiqaruvchi korxonaning nomi ____________________________

 

¹

 

Misol

Bosqich 1

Bosqich 2

Bosqich 3

Bosqich 4

Bosqich 5

1.  

Ishlab chiqarish texnologiyasi

 

 

 

 

 

 

2.  

Ishlab chiqarilgan kitoblar soni

 

 

 

 

 

 

3.  

Qabul qilingan kitoblar soni

 

 

 

 

 

 

4.

  © Copyright 2012 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.ziyonet.uz