O'zbekcha          Ðóññêèé          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

  Íàéòè!

Kengaytirilgan qidiruv     








 Mashg‘ulot ¹12
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

12-MASHG‘ULOT

BOZORLARNING O‘ZARO BIR-BIRIGA TA’SIRI

„TALAB VA TAKLIF” MAVZUSIGA QO‘SHIMCHA

KIRISH

Talab va taklifni tahlil qilish bozordagi o‘zgarishlarning muvozanat narxi va miqdorga ta’sirini aniqlashning muhim vositasi sanaladi. Shuningdek, mazkur tahlil bozorlar qanday bir-biriga bog‘liq ekanligini va bir bozordagi o‘zgarish qanday qilib u bilan bog‘liq boshqa bozorlardagi muvozanat narxi va miqdorlariga ta’sir qilishini misollar bilan yaqqol ko‘rsatadi.

 

TUSHUNCHALAR

Bozorlar va narxlar.

Talab va taklif.

 

MAZMUN BO‘YICHA STANDART

Turli xildagi mahsulotlar narxlari o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq.

O‘zaro bog‘liqlik mavjud bo‘lganda, avval yakka iqtisodiy birlikning savdo bo‘yicha hamkorlariga ta’sir ko‘rsatadigan qarorlar va hodisalar uning o‘ziga ham ta’sir ko‘rsatadi.

 

KO‘ZLANGAN MAQSADLAR

·          Taklif va talabni belgilab beruvchi vositalardagi o‘zgarishlar qanday qilib bozor narxlariga va miqdor o‘zgarishlariga ta’sir etishini tahlil qilish.

·          Bir bozordagi o‘zgarishlar qanday qilib boshqa bozorlarga ta’sir qilishi mumkinligini tahlil qilish.

 

MASHG‘ULOT TAVSIFI

Taklif va talabni tahlil qilish va diagrammaning ishlab chiqish orqali talabalar qanday qilib bozorlar bir-biriga ta’sir etishini o‘rganishadi..

 

DARS UCHUN TALAB ETILADIGAN VAQT

Bir darsga teng davomiylik.

 

ZARUR JIHOZLAR VA QO‘LLANMALAR

1-mashqning bir nusxasi qirqib oling.

Har bir guruh uchun 8,5’’x11’’ dyum (A4) hajmdagi bittadan qog‘oz, ip va tasma.

 


MASHG‘ULOTNI O‘TKAZISH TARTIBI

1.                  Talab va taklifdagi o‘zgarishlar qanday qilib muvozanat narxi va miqdor muvozanatidagi o‘zgarishlarga sabab bo‘lishini kuzating.

2.                  Bir bozordagi o‘zgarish unga bog‘liq bozorlarga ta’sir ko‘rsatishini tushuntirib bering. Misol uchun, agar mol go‘shtini ishlab chiqarish xarajatlari oshsa, mol go‘shtini taklif qilish kamayadi, bu mol go‘shti narxining oshishiga va sotilgan tovar miqdorining kamayishiga olib keladi. Mol go‘shti narxining oshishi, tovuq go‘shti bozoriga ta’sir qiladi. Ya’ni mol go‘shti narxining oshishi, uning o‘rnini bosuvchi mahsulot - tovuq go‘shtiga bo‘lgan talabni oshiradi. Natijada tovuq go‘shti narxi va tovuq go‘shti sotilish miqdori ortadi.

3.                  Sinfni 9 ta guruhga bo‘ling. Har bir gurhga bir varaq qog‘oz va birinchi mashqdagi varaqcha larni tarqating. Har bir guruh o‘z varaqcha sida ko‘rsatilgan bozorni tahlil qilib, ifoda etib berishlari lozimligini tushuntiring. Har bir guruhga o‘z varaqlarini tepa qismiga o‘z bozorlari nomini yozishlari , taklif va talab chizmasini chizishlari haqida ko‘rsatma bering.

4.                  Har bir varaqcha dagi «Yangilik-hodisa» ma’lumot bozorga ta’sir etishini tushuntiring. Har bir guruhga:

(a)               talab yoki taklifga ta’sir bo‘lgan yoki bo‘lmaganligini aniqlash;

(b)               u qanday va nima uchun o‘zgarganligini tushuntirib berish;

(c)               o‘zgarishni chizmada ifodalab berish; va

(d)               muvozanat narxi va miqdor qanday o‘zgarganligini ko‘rsatib berish bo‘yicha ma’lumot bering.

Yuqoridagilar bajarilgandan so‘ng, har bir guruh o‘z varaqcha sini qog‘ozga qistirib qo‘yishi kerak. Guruhlarga faqat bittadan varaqcha  ko‘tarishlari haqida ko‘rsatma bering.

 

Ko‘rgazma 12, 1

Bozordagi o‘zgarishlar

 

Bozor ¹

Taklif, S

Talab, D

Baho, P

Miqdor, Q

O‘zgarish sabablari

1

=

Ý

Ý

Ý

iste’molchilar sonining ortishi

2

ß

=

Ý

ß

xom-ashyo narxining oshishi ishlab chiqarish xarajatlarining ortishiga sabab bo‘ladi

3

=

Ý

Ý

Ý

o‘rnini bosuvchi mahsulot narxining oshishi

4

=

ß

ß

ß

dastlab iste’molchilar sonining qisqarishi talabni kamaytiradi, ayni vaqtda ishlab chiqaruvchilar sonining qisqarishi tufayli taklif ham kamayadi.

5

=

ß

ß

ß

xaridorlar (xizmatchilar) soniining kamayishi

6

Ý

=

ß

Ý

ishlab chiqaruvchilar sonining ortishi

7

Ý

=

ß

Ý

ishlab chiqaruvchilar (ishchilar) sonining ortishi

8

ß

=

Ý

ß

Boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarishdan olinadigan daromadlarning oshishi

9

=

Ý

Ý

=/Ý

qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish sohasi uchun talab va foydaning ortishi tufayli xaridorlar (fermerlar) sonining kamayishi; Ba’zi talabalar mamlakat fermerlik uchun joy/yer hajmi qat’iy belgilab qo‘yilganligi yuzasidan bahs qilishlari mumkin. Lekin renta oshishi munosabati bilan fermerlik uchun ajratilgan yer miqdori ham ozgina ko‘paytirilishi mumkin.

 

 

5.                 Guruhlar o‘z chizmalarini yakunlagach, chizmalar to‘g‘ri ekanligiga ishonch hosil qilish uchun guruhlar orasidan aylanib tekshirib chiqing.

Izoh: 1-guruh talabalari talabning oshishishini ko‘rsatganligini tekshirish juda muhim. Balki guruh taklif kamayganligini ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin, lekin ishlab chiqarilgan shakar taklifi o‘zgargani yo‘q.

6.                 Bu mashqda qaralayotgan bozorlar bir-biriga ta’sir etishini tushuntiring. Bir bozordagi o‘zgarish o‘z navbatida boshqa bozorga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan keyingi bozorga ta’sir etadi. Har bir guruh vakiliga o‘z varaqcha sini o‘qishi va taklif va talab tahlilini tasvirlab berishi haqida ko‘rsatma bering.

7.                 Sinf, bozorlar qanday o‘zaro ta’sir etishini ko‘rsatishlari uchun 4-bosqichda chizgan chizmalaridan foydalangan holda diagramma tuzishini tushuntiring. Muhokama qiling:

A) Qaysi bozordagi hodisa dastlab bozor o‘zgarishlariga sabab bo‘ladi? (1-bozor) Chizmani devorga osib qo‘ying.

V) Qaysi bozordagi o‘zgarishlar bevosita shakar narxining oshishi sababli yuz berdi? (2,3,4,8 va 9 bozorlar). 2, 3, 4 va 8-chizmalarni 1-bozor chizmasining 4 tomoniga osib qo‘ying va 1-bozordagi ip bo‘lagini 4 bozorning har biriga bog‘lab qo‘ying. 7YE dan so‘ng pastda misol tariqasida berilgan diagrammani ko‘ring. 1-bozordagi ip bo‘lagini 9-bozor bilan bog‘lang yoki bu ishni 3-bozorni muhokama qilgandan so‘ng bajaring.

S) Boshqa bozorlardagi o‘zgarishlar 2-bozor bilan bog‘liqmi? (yo‘q). 3-bozor bilanchi? (Ha. 8 va 9-bozorlar). 4-bozor bilanchi? (Ha, 5- va 6-bozorlar). 4-bozordan 5- va 6- bozorlarni ip bilan bog‘lang, shuningdek, 3- va 8- va 3- va 9- bozorlarni ham o‘zaro bog‘lang.

D) Biron bozordagi o‘zgarishlar 5-va 6-bozorga bog‘liq bo‘ladimi? (hech qaysi o‘zgarishlar 6-bozorga bog‘liq bo‘lmaydi, lekin 7-bozor 5-bozorga bog‘liq bo‘ladi).

YE) Biron-bir bozordagi o‘zgarishlar 7-bozorga bog‘liqmi? (yo‘q)

 


Namunaviy tashkiliy diagramma

 

¹9

 

¹2

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

¹3

 

¹1

 

¹4

 

¹6

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

¹8

 

¹5

  © Copyright 2012 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.ziyonet.uz