O'zbekcha          Ðóññêèé          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

  Íàéòè!

Kengaytirilgan qidiruv     








 Mashg‘ulot ¹11
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

11-MASHG‘ULOT

NARXLARNING O‘ZGARISHI

„TALAB VA TAKLIF” MAVZUSIGA QO‘SHIMCHA

BOZOR DOIMO HARAKATDA

 

KIRISH

Sotuvchi va xaridorlarning hulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatadigan sharoitlarning o‘zgarishi tufayli tovar va xizmatlarning narxlari o‘zgarib turadi. Mazkur dars talab va taklifdagi bunday o‘zgarishlarning asosiy sabablarini hamda ularning bozordagi narxlarga ta’sirini ko‘rib chiqadi.

 

TUSHUNCHALAR

Talab.

Talabning o‘zgarishini belgilab beradigan omillar.

Taklif.

Taklifning o‘zgarishini belgilab beradigan omillar.

 

MAZMUN BO‘YICHA STANDART

Narx va talab miqdori o‘rtasidagi teskari bog‘liqlik mavjud bo‘lib, bu bog‘liqlik talab egri chizig‘i bo‘ylab harakat orqali ko‘rsatilishi mumkin.

Agar iste’molchining daromadi, didi yoki o‘rindosh tovarlarning narxlari o‘zgarsa, mahsulotga bo‘lgan talab ham o‘z-o‘zidan o‘zgaradi (ya’ni, talab egri chizig‘i siljiydi).

Narx va taklif miqdori o‘rtasidagi tO‘g‘ri bog‘liqlik mavjud bO‘lib, bu bog‘liqlik taklif egri chizig‘i bo‘ylab harakat orqali ko‘rsatilishi mumkin.

Agar texnologiya, xom-ashyo narxlari  yoki ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilishi va sotilishi mumkin bo‘lgan boshqa mahsulotlarning narxlari o‘zgarsa, taklif ham o‘zgaradi (taklif egri chizig‘i siljiydi).

 

DARS MAQSADI

Talab va taklifga ta’sir qiluvchi omillar ta’sirida talab va taklif chiziqlarining siljishini tushuntirish hamda talab va taklifdagi o‘zgarishlar bozor narxi va miqdoriga qanday ta’sir o‘tkazishinini bashorat qilish.

 

DARS TAVSILOTI

Talab va taklif egri chiziqlari joylashuviga ta’sir ko‘rsatadigan omillarni o‘rganish uchun tinglovchilar juft-juft bo‘lib yoki kichik guruhlarda bir qancha chizmalar chizishadi. Bundan maqsad bozor narxlari va ishlab chiqarish darajalarining o‘zgarishini tushunishidir. Ushbu omillarni o‘rganib bo‘lingandan so‘ng, tinglovchilar bozordagi narx va miqdor omillaridagi o‘zgarishlar ta’sirini bashorat qilishadi.

 

 

TALAB ETILADIGAN VAQT

Ikkita dars.

Birinchi kun – 1–9- bosqichlar,

Ikkinchi kun – 10-16-bosqichlar va baholash.

 

MATERIALLAR

Har bir tinglovchi uchun 1 - 6 topshiriq nusxalari.

1-ko‘rgazmali materialdan tayyorlangan bitta slayd.

 

MASHG‘ULOTNI O‘TKAZISH TAVSILOTLARI

1. Birinchi topshiriq nusxalarini tarqating. 1-qismdagi ko‘rsatmalarni o‘qing va tinglovchilardan berilgan vazifalarni bajarishini talab qiling. O‘xshashlik va farqlarni tushunib yetish uchun tinglovchilar bir-birlariga o‘z bashoratlarini tushuntirib berishlari lozim. Bunda tinglovchilarning xatolarini tuzatishga harakat qilmang, biroq ular o‘z munozaralarida qarama-qarshiliklarini tushunayotganlariga ishonch hosil qiling. 2- Qism ko‘rsatmalarini o‘qing, tinglovchilar uni yakunlasinlar, hamda 1-qismda bo‘lgani kabi  tinglovchilarni o‘z javoblarini asoslab berishlariga undang.

2. Ikkinchi topshiriq nusxalarini tarqating. I-qismdagi ko‘rsatmalarni qayta o‘qing va topshiriqlarni bajarilishini nazorat qiling. Tinglovchilar o‘zlarining javoblarini tushuntirib berishsin. Tinglovchilarning xatolarini to‘g‘rilamang. 2-qismni ham shu usulda bajaring.

3. 1-ko‘rgazmali qurolni namoyish qiling va 2ta topshiriqda yo‘l qo‘yilgan xatolar talab va taklif o‘zgarishi hamda ularni narxlarga ta’sirini ko‘rsatadigan diagrammani qo‘llash natijasida to‘g‘rilanishi mumkinligini tinglovchilarga ayting.

4. Mahsulotga bo‘lgan talabning ortishi natijasida har bir narxda talabning ortishini tushuntirish uchun ko‘rgazmaning yuqori qismidan foydalaning. Bunda D1 egri chiziq D2 egri chiziq tomon siljiydi. Aksincha, D2  egri chiziq D1 tomon harakatlanganida, har bir narxda talab qilingan mahsulot miqdori tobora kamayib boradi.

5. BO‘g‘irsoQlarga bo‘lgan talabning ortishi deganda har bir narxda ko‘proq bO‘g‘irsoQ talab qilinishini tushuntiring. Tinglovchilarga grafik bilan ishlashni o‘rgating. Buning uchun ularga quyidagi savollar bilan murojaat qiling:

A. A nuqtada qancha miqdorda bo‘g‘irsoq talab qilinadi?(20), V dachi?(40).

V. S nuqtada qancha talab qilinadi? (40) D dachi?(60)

S. YE nuqtada qancha talab qilinadi? (50) F dachi?(70).

D. Bu sonlardan qanday xulosa chiqarish mumkin?

(D2 talab chizig‘ida D1 ga qaraganda har narxda 20 ta tovar ko‘proq talab qilinadi).

6. D1 chizig‘idagi talabning kamayishini ko‘rsatuvchi egri chiziq qanday chizilishini tinglovchilardan so‘rang va ular nima uchun shunday ekanligini tushuntirib berishlari lozim. Shunday chiziq chizing va uni D0 deb belgilang (D0 chizig‘i D1 ning chap tomonida joylashadi).

7. Tinglovchilardan «D1 egri chizig‘ida narx A nuqtadan S nuqtaga tomon xarakatlanganida bO‘g‘irsoqlarga bo‘lgan talab ortadimi?» deb so‘rang. (Yo‘q. U narxning 2 so‘mdan 1 so‘mga tushganiligi tufayli talab qilingan miqdordagi o‘sishini ko‘rsatadi. U har bir narxda ko‘proq bO‘g‘irsoq talab qilinganligini ko‘rsatmaydi. Masalan, 2 so‘m narxda talab qilingan miqdor o‘zgarmaydi. Talab egri chizig‘i bo‘ylab harakat talab miqdorining o‘zgarishni; butun egri chiziq joylashuvining ko‘chishi esa talabning o‘zgarishni anglatishini tushuntiring. Bu og‘zaki izoh keyinchalik 1-, 2- topshiriqlardagi xatolarni to‘g‘rilashda qo‘l keladi).

8. 3-topshiriq nusxalarini tarqating. Berilganlarni o‘qing. Tinglovchilar kichik guruhlarda ishlaydilar va 1-topshiriqning 2-qismidan yordam sifatida foydalanib, varaqalarini to‘ldiradilar.

9. 1-topshiriqning I qismini yana bir marotaba qaytaring. Darsning boshida noto‘g‘ri tahmin (gipoteza) qilgan tinglovchilar 1-topshiriq yordamida o‘z xatolarini to‘g‘rilasinlar.

10. 1-ko‘rgazmani tinglovchilar diqqatiga qayta xavola qiling. Uning 2-qismidan foydalanib tinglovchilarga S1 egri chizig‘idan S2 ga ko‘chish taklifning ortishini, har bir narxda taklif qilingan mahsulot miqdori oshib borishini tinglovchilarga ayting. S2 dan S1 ga siljish esa taklif qilingan mahsulolt miqdorining kamayishini bildiradi.

11. Bo‘g‘irsoq taklifining o‘sishi har narxda ko‘proq pirajki taklif qilinishini anglatishiga urg‘u bering.

Quyidagilarni tinglovchilardan so‘rang:

A. A nuqtada qancha bO‘g‘irsoQ taklif qilinadi? (60). V-dachi? (70)

B. S nuqtada qancha taklif qilinadi? (40) D dachi?(50)

C. YE naqtada qancha taklif qilinadi? (30). F dachi? (40)

D. Bu raqamlardan qanday xulosa chiqarish mumkin?

(S1 grafigiga qaraganda S2 da har bir narxda 10 ta pirojki ko‘p taklif qilingan).

12. S1 dagi taklifning kamayishini ko‘rsatadigan egri chiziq qanday bo‘lishini tinglovchilardan so‘rang. Shunday chiziq chizib, uni S0 deb belgilang. (S0  chiziq S1 ning chap tomonida joylashadi).

13. Tinglovchilardan  Tinglovchilardan «D nuqtadan S nuqtaga tomon xarakat bO‘g‘irsoQlarga bo‘lgan taklifning ortishini anglatadimi?» deb so‘rang. (Yo‘q. U faqat narxning 1so‘mdan 2 so‘mga qimmatlashganligi tufayli taklif miqdorining ortganligini ko‘rsatadi. Narx 1so‘m bo‘lganida, pirajki taklifi yuqori bo‘lmaydi. Taklif egri chizig‘idagi siljish faqatgina taklif qilingan miqdorning o‘zgarishiga, butun chiziqdagi ko‘chish esa taklifdagi o‘zgarishga sabab bo‘lishini tushuntiring).

14. Har bir tinglovchiga 4 tadan topshiriq varaqalarini tarqating. Berilganlarni o‘qib chiqing. Yordam sifatida 2-topshiriqning  II-qismidan foydalaning. Savollarni muhokama qiling.

15. 2-topshiriqni qaytaring va u bo‘yicha dars boshida noto‘g‘ri tahmin (gipoteza) qilgan tinglovchilarni xatolarini to‘g‘rilang.

16. 5-topshiriq varaqalarini tarqating. Tinglovchilar javob yozib bo‘lishgach, ularni eshitib ko‘rib, xatolari bo‘lsa, ular ustida ishlashni maslahat bering.


O‘ZLASHTIRISHI PAST BO‘LGAN TINGLOVCHILAR UCHUN IMKONIYAT

1,2 topshiriqlarning 2-qismidan foydalanib talab va taklifdagi o‘zgarishlar omillarining ro‘yxatini tuzing. Doskada har bir omilni alohida ustunning sarlavhasi sifatida yozing. Tinglovchilarga:

(1). Yaqinda sotib olgan mahsulotingizning narxi o‘zgargan bo‘lsa, (2) ushbu o‘zgarishga nima ta’sir qilganligi borasidagi tahminlaringiz bilan o‘rtoqlashing. Sanab o‘tilayotgan sabablarni doskada kerakli ustun asosiga joylashtirishga yordam bering. Tinglovchilar boshqa sabablar topa olmaganlarida, doskada tasvirlargan ustundagi omillarning qaysi biri narx o‘zgarishiga ta’sir etishini tushuntiring. Tinglovchilarga yaqinda narxi o‘zgargan boshqa mahsulotni tanlab, shu usul asosida tahlil o‘tkazish vazifasini topshiring. Narxdagi o‘zgarishlarning  sabablarini muhokama qiling va nima uchun ular aynan shu ustunda joylashganini tushuntiring.

3-misolni oling va bu gal tinglovchilar e’tiborini ustun sarlavhalariga qarating. Tinglovchilardan narx o‘zgarishiga qanday omil sabab bo‘lganligini so‘rang.

 

BAHOLASH

1. Tinglovchilarni o‘zlari qiziqqan savdo markazlariga yuboring. Savdo markazining boshlig‘i yoki menedjeridan mahsulotning narxi oxirgi marotaba qachon o‘zgarganligini so‘rang. Shuningdek, narxning o‘zgarish sabablarini o‘zida mujassamlashtirgan ro‘yxat tuzing. Sinfda talab va taklifning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni qayta ko‘rib chiqing. Tinglovchilarga narx o‘zgarishlarining sabablarini talab va taklif omillarining mos keladigan kategoriyalariga joylashga yordam bering.

Tinglovchilarni hamkor guruhlarga ajrating va ularning intervyulari davomida belgilanmay qolgan narx o‘zgarishi sabablari grafiklarini chizing, ya’ni talab yoki taklifdagi o‘zgarishlarni ko‘rsating.

2. Bug‘doy bozori o‘yinida bir qancha qo‘shimcha bosqichlar o‘tkazing (3-darsga qarang), ammo bu safar narxlarning yarmiga teng keladigan qiymatda sotuv varaQchalarini qirqing. Tinglovchilar o‘rnatilgan narxlarni yozadilar va o‘zlarining hisob varaqalarida foyda va zararlarini belgilab boradilar. Sinf hisob jadvaliini tekshiring va tinglovchilardan egri chiziqning dastlabki modeliga qaraganda narxlar nima uchun o‘zgarganligini so‘rang (taklif kamayganligi uchun narx ko‘tarilishi kerak).

3. Bug‘doy bozori o‘yinida qo‘shimcha bosqichlar o‘tkazing, ammo bu safar narxlarning yarmiga teng keladigan qiymatda xarid varaQchalarini qirqing. Tinglovchilar o‘rnatilgan narxlarni yozib boradilar. Sinf hisob jadvalini tekshiring hamda nima uchun va qanday qilib narxlar o‘zgarganligini tinglovchilardan so‘rang (talabning kamayishi tufayli narxlar pasayishi kerak).

4. Tinglovchilar darsning asosiy maqsadini qanchalik tushunganliklarini baholash uchun 6-topshiriq varaqalarini tarqating.

 

TOPSHIRIQLARNING JAVOBLARI

1-TOPSHIRIQ

I qism.

1. Talab qilingan miqdor o‘zgargan, talabning o‘zida o‘zgarishlar yo‘q.

2. O‘sish.

3. Kamayish.

4. Kamayish.

5. Kamayish.

6. O‘sish.

7. Kamayish.

II qism.

Ma’lumot berilmagan-talabda o‘zgarish yo‘q – 1

Iste’molchi didi – 4, 6

Daromad -5

Iste’molchilar soni – 2

O‘rindosh mahsulotlar – 3

To‘ldiruvchi mahsulotlar – 7

 

2-TOPSHIRIQ

I qism

1. O‘sish.

2. O‘sish.

3. Kamayish.

4. O‘sish.

5. Kamayish.

6. Kamayish.

7. Taklif qilingan mahsulot miqdori o‘zgargan, taklifning o‘zida o‘zgarishlar yo‘q.

8. Kamayish.

 

II qism

Ma’lumot berilmagan - talabda o‘zgarish yo‘q – 7

Ishlab chiqarish omillarining harajatlari – 1, 3, 5.

Texnologiya - 2

Sotuvchilar soni – 4,6.

Boshqa mahsulotlar ishlab chiqarilishidan olinishi mumkin bo‘lgan foyda – 8

 

3-TOPSHIRIQ

I qism

1. O‘zgarish yo‘q, S

2. O‘sish, D

3. Kamayish, S

4. Kamayish, V

5. Kamayish, A

6. O‘sish, V

7. Kamayish, A

II qism

Ma’lumot berilmagan -talabda o‘zgarish yo‘q – 1

Iste’molchi didi – 4, 6

Daromad -5

Iste’molchilar soni – 2

O‘rindosh mahsulotlar – 3

To‘ldiruvchi mahsulotlar – 7

 

4-TOPSHIRIQ

I qism

1. O‘sish, D

2. O‘sish, YE

3. Kamayish, D

4. O‘sish, YE

5. Kamayish, D

6. Kamayish, S

7. O‘zgarish yo‘q, S

8. Kamayish, V

II qism

Ma’lumot berilmagan - taklifda o‘zgarish yo‘q – 7

Ishlab chiqarish omillarining harajatlari – 1, 3, 5.

Texnologiya - 2

Sotuvchilar soni – 4,6.

Boshqa mahsulotlar ishlab chiqarilishidan olinishi mumkin bo‘lgan foyda – 8.

 

5-TOPSHIRIQ

1. E1 muvozanat narxi  80; muvozanat nuqtadagi talab qiladigan mahsulot miqdori

4 mln. gallon

2. Talab qilingan miqdor taklif qilingan miqdorga teng va bu faqat shu narxdagina o‘rinli.

3. E2 muvozanat narxi  1.20; muvozanat miqdor  55 mln. gallon

4. E3 muvozanat narxi   1.60; muvozanat miqdor  40 mln. gallon

3 va 4- savollarning talab grafigi:

 

Agarda benzin narxi…$ bo‘lsa

Iste’molchilar quyidagi miqdorda mahsulot sotib olishni xoxlaydilar

0.40

85

0.80

70

1.20

55

1.60

40

2.00

35

2.4

31

 

6-TOPSHIRIQ

A. Grafikda ishlab chiqaruvchilarning har qanday narxda qancha mahsulot sota olishlari ko‘rsatilgan.

V. Grafikda ist’molchilarning har qanday narxda qancha mahsulot xarid qila olishlari ko‘rsatilgan.

S. Taklif qonuni: Ishlab chiqaruvchilar baland narxda ko‘proq, past narxda esa kamroq mahsulot sotishni hohlaydilar.

      Talab qonuni: Xaridorlar past narxda ko‘proq, baland narxda esa kamroq mahsulot xarid qilishni hohlaydilar.

D. 1. Ko‘proq.

    2. Kamroq.

    3. Kamayadi

    4. O‘zgarmay qoladi.

TALABDAGI O‘ZGARISHLAR

Talab egri chizig‘i chizilganda, unga ta’sir ko‘rsatuvchi narxdan boshqa omillar doimiy deb hisoblanadi. Ushbu omillardan biri o‘zgarganida, talab ortadi yoki kamayadi va talab egri chizig‘i o‘ngga yoki chapga siljiydi.

Talabdagi o‘zgarishlarni keltirib chiqaradigan asosiy omillar:

1. Iste’molchi didi va qiziqishlaridagi o‘zgarishlar;

2. Xaridor daromadidagi o‘zgarishlar;

3. Bozordagi iste’molchilar sonining ortishi yoki kamayishi;

4. O‘rindosh yoki to‘ldiruvchi mahsulotlarning narxidagi o‘zgarishlar;

5. Iste’molchilarning kelajakdagi narxlar va daromadlar haqidagi tahminlaridagi o‘zgarishlar;

6.  Soliq, subsidiya va davlat boshqaruvidagi o‘zgarishlar.

 

 

1-TOPSHIRIQ

Talabdagi o‘zgarishlarning sabablari

Ismi-sharifi_______________________________________________________

I qism

Quyidagi gazetadan olingan 7 ta sarlavhani o‘qing. Ulardan biri bozordagi mol go‘shtiga bo‘lgan talabni o‘zgartiradimi? Agar shunday bo‘lsa, talab o‘sadimi yoki kamayadimi? To‘g‘ri javobni yozing. Masalan, 1-sarlavhada talabnin kamayishi ko‘rsatilgan bo‘lsa, bo‘sh joyga “kamayish” deb yozing. 2-sarlavhada ortsa “o‘sish” deb yozing. Agarda ular talabga ta’sir etmasa “o‘zgarish yo‘q” deb yozing.

1. Mol go‘shtining narxi oshadi

Talab_________________

2.Millionlab emmigrantlar AQSH fuqorolarini sonini ko‘paytiradi.

Talab_________________

3. Cho‘chqa go‘shti narxlari tushadi.

Talab_________________

4. Bosh xirurg mol go‘shti sog‘liqqa zarar deb ogohlantiradi.

Talab_________________

5. Amerikaliklarning sof daromadi 3-oy kamayadi.

Talab_________________

6. Mamlakatda ajoyib yangilik: yangi rep-burger.

Talab_________________

7. G‘alaba kuni bayramida ko‘mirning narxi oshadi.

Talab_________________

II qism

I qismda talablardagi har bir o‘zgarishni o‘zgarish sabablariga asoslangan quyidagi kategoriyalardan biriga joylashtiring. Sarlavhalarning raqamlarini talabdagi o‘zgarishning mos kelgan sabablari yoniga yozing. Ba’zi kategoriyalarda 1 tadan ko‘p sarlavha raqami bo‘lishi mumkin. Talabga ta’sir ko‘rsatmaydiganlari esa jadvalga kiritilmaydi.

___________ Iste’molchi dididagi o‘zgarish

___________ Iste’molchi daromadidagi o‘zgarish

___________ Bozordagi iste’molchilar sonining o‘zgarishi

___________ O‘rindosh mahsulot narxining o‘zgarishi

___________ To‘ldiruvchi mahsulot narxining o‘zgarishi.

 

Taklifdagi o‘zgarishlar

Taklif egri chizig‘i chizilganda, narxdan tashqari hamma omillar doimiy deb hisoblanadi. Taklifni aniqlovchi omillardan biri o‘zgarsa, taklif oshadi yoki pasayadi va uning chizig‘i chapga yoki o‘ngga siljiydi.

Taklif o‘zgarishiga sabab bo‘luvchi asosiy omillar quyidagilar:

1. Mahsulot narxining o‘zgarishi.

2. Texnologiyaning o‘zgarishi

3. Bozorda sotuvchilar miqdoirining o‘zgarishi.

4. Boshqa mahsulot ishlab chiqarishda foydaning o‘zgarishi.

5. Sotuvchilarning kelajakdagi narxlar va foyda haqidagi umidlarining puchga chiqishi.

6. Soliq, subsidiya va davlat boshqaruvidagi o‘zgarishlar.

 <

  © Copyright 2012 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.ziyonet.uz