8- sinf
1) HNO3 ning 40 ml 96% li eritmasi (P=1,5 gr (sm³) bilan HNO3 ning 30 ml 48% li eritmasini (P=1,5 gr (sm³) aralashtirish orqali olingan eritmaning zichligi P=1,45 gr (sm³) bo’lsa, shu kislota eritmasining molyar konsentratsiyasini aniqlang.
2) Alyuminiy va temir kuyundisining reaksiyasidan keyin hosil bo’lgan aralashma A ga ishqor eritmasi bilan ishlov berildi.
Bunda 1,344 l gaz ajraldi. Agar alashma A ga mo’l HCl bilan ishlov berilsa, u holda 5,376 l gaz ajraladi. Aralashmaning mo’l va massasiga ko’ra foiz hisobidagi tarkibini aniqlang.
3) 5,6 % li kalsiy gidroksid eritmasi hosil qilish uchun 18,8 kalsiy oksidini necha gr suvda eritish lozim?
4) Rangsiz gaz A modda kislorodda yonib, o’tkir hidli rangsiz gaz B hosil bo’ladi. B modda xona haroratida litiy bilan birikib qattiq modda C ni hosil bo’ladi. Tegishli reaksiya tenglamalarini yozing A,B,C moddani toping.
5) Natriy nitrat va marganets (II) nitrat aralashmasi qizdirilganda hosil bo’lgan qattiq modda massasi gaz moddalar massasiga teng bo’ladi. Aralashma tarkibini (%) aniqlang.
9- sinf
1) Kalsiy va alyuminiy aralashmasi 2 qismga bo’linadi. Birinchi qismini mo’l miqdordagi ko’mir bilan qo’shib qizdirildi. So’ngara mo’l miqdoridagi suvda eritildi. Natijada (n.sh) da 11,2 l gaz ajraldi. Aralashmaning ikkinchi qismiga natriy gidroksid eritmasi ta’sir ettirildi. Natijada 17,92 l (n.sh) gaz ajraldi. Boshlang’ich aralashma massasini toping.
2) Hajmi 98,1 ml (zichligi 1,163 gr(sm³) va konsentratsiyasi 10,2 mol/l bo’lgan HCl eritmasini neytrallash uchun 44% li KOH eritmasi qo’shildi. KCl ning eruvchanlik koeffitsienti 34 ga teng. Hosil bo’lgan to’yingan eritmadagi erimayqolgan KCl ning massasini toping.
3) Ishqoriy metallning gidridiga 1000 gr suv qo’shilganda 60,48 l (n.sh) gaz ajraldi va 10,2 % li eritma hosil bo’ldi. Metallni aniqlang.
4) Quyidagi o’zgarishlarni amalga oshirish uchun kerakli reaksiya tenglamalarini yozing.
A) Cr → X1→ Cr2 (SO4)3 → X2 → K2 Cr2 O7 → X3 → Cr
B) C6 H6 → C7 H8 → X1 → C7 H8 O → C7 H6 O → X2 → C8 H8 O3
5) Azot va noma’lum galogen vodorod aralashmasining 70 C dagi zichligi 0,885 gr/l ga teng. Noma’lum galogen vodorodni aniqlang.