O'zbekcha          Русский          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

  Найти!

Kengaytirilgan qidiruv     








 Kimyo - 2009-2010
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

8-9-sinflar uchun sirtqi olimpiada masalalari

 

1. Benzol , siklogeksan va siklogeksen aralashmasi katalitik degidrogenlanganda 23,4 g benzol va 11,2 l (n.sh.) vodorod ajrattib olingan. Boshlang’ich aralashma

16 g bromni biriktirib olishi ma’lum bo’lsa undagi benzolning massa ulushini (%) hisoblang.

 

2. Xlorid va sulfat kislotalarning ma’lum miqdoridagi aralashmasida 1,8 g mis (II)-oksid eritilgan. Natijada mis xloridning digidrati va mis (II)-sulfatning pentagidrati aralashmasidan 4,48 g olingan. Boshlang’ich aralashmadagi xlorid  va sulfat kislotalarning massa ulushlarini (%) hisoblang.

 

3. Alken xlor bilan reaksiyaga kirishib 25,4 g dixlorli birikmani, alkenning yana shuncha miqdori bromning uglerod (IV)-xloriddagi eritmasi bilan reaksiyaga kirishib 43,2 g dibromidli bbirikmani hosil qiladi. Alkenni mumkin bo‘lgan barcha birikmalarini tuzilish formulasini aniqlang.

 

4. Temperatura –10oC  va bosim kПa bo‘lgan sharoitda metan va azot aralashmasining zichligi 1, 25 g/l bo‘lsa, aralashmadagi eng engil gazning massa ulushi (%) ni toping.

 

5.   Bitta davrga tеgishli bo`lgan mеtall va mеtalmasning massalari nisbati 1,176:1 bo`lgan kimyoviy birikma hosil qiladi. Bu birikma qaynoq suv bilan ta'sirlashganda zichligi 1,518 gG`l bo`lgan gaz ajralib chiqadi, bu gaz vodorod yodid bilan birikib kristall birikma hosil qiladi.

a) Mеtall va mеtalmasni aniqlang.

b) Gaz ajralib chiqqan suvli fraktsiyadan qanday qilib boshlang`ich mеtalni hosil qilish mumkin.

v) Kimyoviy birikmaning formulasini va tеgishli rеaktsiya tеnglamalarini yozing.

 

 

 

 

  © Copyright 2012 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.ziyonet.uz