9-sinf
1. Bozorda tovarga bo`lgan talab va taklif funksiyalari quyidagicha berilgan:
Qd =2400 -2P va Qs = 600+3P bo`lsa,bu yerda P narx (so`mda), Q – ( donada) . Muvozanat miqdor va narxini aniqlang. Talab va taklif grafigini chizing Davlat iste’molchilarni qo`llab quvvatlash maqsadida tovar narxini P= 240 so`m qilib belgiladi. Davlatni ushbu narx siyosati oqibatlarini tahlil qiling
2. Mamlakat aholisining soni 180 million kishini tashkil etib,mehnatga layoqatli aholi uning 62% ni tashkil etadi.Mehnatga layoqatli aholining 17,1 millioni o’z hohishiga ko’ra ish qidirmayotganlar hisoblanadi.Mamlakatda friksion va tarkibiy ishsizlik 2% ni, davriy ishsizlik 8% ni, mavsumiy ishsizlik 3% ni tashkil etadi. Yuqoridagi ma’lumotlar asosida mamlakatdagi umumiy ishsizlik darajasi va ishsizlar sonini ; tabiiy ishsizlik darajasini va sonini ; bandlik darajasini va bandlar sonini aniqlang.
3. A tovarga bo`lgan talab va taklif funksiyalari chiziqli bo`lib, Qd= 500-6P, Qs= 4P-100 formulalari bilan berilgan bo`lsin.Bunda P-narx so`mlarda, Q –miqdor ming donada. Davlat har bir sotilgan tovar uchun 10 somdan aksiz belgiladi. Sotuvchilar (T1) to`laydigan soliq miqdorini, Xaridorlar (T2) to`laydigan soliq miqdorini, jami to`lanadigan soliq miqdorini aniqlab, talab va taklif chiziqlarini chizing .
4. Quyidagilar ma’lum bo`lsa, sof raqobatli bozordaga firmaning umumiy daromadini aniqlang:
· marjinal daromad -6000 som
· minimal o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlar 1000 so`m bo`lib ularga 20 dona mahsulot ishlab chiqarilgandagina erishiladi.
· minimal o`rtacha umumiy xarajatlar 4000 so`m bo`lib unga 50 dona mahsulot ishlab chiqarilgandagina erishiladi.
· firmaning 20 dona mahsulot ishlab chiqarishdagi marjinal xarajatlari grafigi chiziqli ko`rinishga ega.
· firma foydasini maksimallashtirishga intilmoqda.
5. Quyidagi jadvalda berilgan ma’lumotlar asosida 2,3 yillar uchun iste’mol narxlari indeksini hamda yillar bo`yicha inflyatsiya darajasini aniqlang
|
mahsulot
|
1 yil (bazis yili )
|
2 yil
|
3 yil
|
|
iste’mol qilinadigan mahsulot miqdori
|
Birlik mahsulot narxi
|
Birlik mahsulot narxi
|
Birlik mahsulot narxi
|
|
1
|
10
|
60
|
60
|
50
|
|
2
|
16
|
180
|
280
|
220
|
|
3
|
32
|
200
|
150
|
210
|
|
4
|
21
|
150
|
200
|
250
|
|
5
|
3
|
1000
|
1200
|
1500
|
8-sinf
1. Fermer xojaligi a’zolari Dilshod, Alisher,Sobir va Bahrom fermer xo’jaligi yeriga ishlagani chiqdilar.Ular 6 soat ichida qulupnay terib ,paxta egatiga mineral o’g’it solishlari kerak.Dilshod bir soatda 45 stakan, Alisher 29 stakan ,Sobir 23 stakan, Bahrom esa 41 stakan qulupnay tera oladi. Dilshod bir soatda 24 chelak, Alisher18 chelak,Sobir 16 chelak va Bahrom 22 chelak mineral o’git tashiy oladi.Ular hammasi bo’lib 120 chelak mineral o’g’it tashishlari kerak.Eng ko’p miqdordagi qulupnayni terib olishlari uchun ular ishni qanday tashkil etishlari lozim ?Bunda eng ko’pi bilan qancha qulupnay terib olinadi ?
2. Tovarga bo`lgan talab va taklif funksiyalari quyidagicha berilgan:
Qd =1600 -3P va Qs = 400+2P bo`lsa,bu yerda P narx (so`mda), Qd –talab ( donada ) Qs-taklif ( donada) . Bozordagi ushbu tovarga bo`lgan muvozanat miqdor va muvozanat narxni aniqlab,talab va taklif grafigini chizing.Davlat har bir tovar uchun 50 so`mdan soliq belgiladi.Bu siyosatdan song hosil bo`lgan:a)Bozordagi muvozanat narx va muvozanat miqdorni aniqlang; b) talab va taklif grafigini chizing. c)Ushbu soliqdan davlat qancha daromad ko`radi ? d) Iste’molchi va ishlab chiqaruvchilar qanchadan soliq to`laydi.
3. Quyidagi jadvalda berilgan ma’lumotlardan foydalanib firma faoliyatini tahlil qiling va jadvalni to’ldiring;
|
Firmaning yillik iqtisodiy ko’rsatkichlari
|
1-yil
|
2-yil
|
3-yil
|
|
Islab chiqarilgan mahsulot miqdori( dona)
|
86000
|
96000
|
100000
|
|
Yalpi daromad(mln.so’m.)
|
172
|
240
|
300
|
|
O’zgaruvchan xarajatlar
(mln.so’m.)
|
92
|
135
|
171,6
|
|
O’zgarmas xarajatlar
(mln.so’m.)
|
45,6
|
45,6
|
45,6
|
|
Narx indeksi
|
1.0
|
1.25
|
1.5
|
|
Mahsulot narxi
|
|
|
|
|
Umumiy xarajatlar
|
|
|
|
|
Foydaning nominal miqdori
|
|
|
|
|
Foydaning real miqdori
|
|
|
|
|
Samaradorlik
|
|
|
|
|
O’rtacha umumiy xarajat
|
|
|
|
3-masala
Firmada sovutgich narxini 500000 so’mdan 480000 so’mgacha tushirilishi natijasida,sovutgichlarni sotish hajmi haftasiga 500 donadan 550 donaga ortdi.Sovutgichga bo’lgan talab elastikligini hisoblang.
4-masala
Mamlakat aholisining soni 120 million kishini tashkil etib,mehnatga layoqatli aholi uning
63 % ni tashkil etadi.Mehnatga layoqatli aholining 91 %ni Ijtimoiy faol aholi tashkil etadi .Mamlakatda .tabiiy ishsizlik darajasi 4% ni,davriy ishsizlik 5% ni,mavsumiy ishsizlik 2% tashkil etadi..Yuqoridagi ma’lumotlar asosida :mamlakatdagi umumiy ishsizlik darajasi va ishsizlar sonini ;friksion va tarkibiy ishsizlik darajasi va sonini ;bandlik darajasini va bandlar sonini aniqlang.
5-masala
УАIM umumiy miqdori 2400 mlrd.so’mni tashkil etib,muomaladagi pul massasi 120 mlrd so’mni taskil etadi. Markaziy bank muomaladagi pul massasini 3 marotaba oshirganda :
a) pulning aylanish tezligi va narx darajasi o’zgarmas bo’lgan holatdagi ;
b) pulning aylanish tezligi 2 barobar,narx darajasi 2,5 marta oshgan holatdagi YAIM ning real miqdori qanchaga teng bo’lishini aniqlang.