8-sinf
“Iqtisodiy bilim asoslari” dan I-tur masalalari.
1-masala.
Jahongirov Odil o’zining 12mln. so’m jamgarmasi hisobiga kichik ishlab chiqarish korxonasi ochmoqchi boldi,lekin o’ylab-o’ylab shahar markazidagi ko’chalardan birida chorrahada joylashgan binoning ikki xonasini ijaraga olib ,sartaroshxona ochdi. U nima uchun bunday qarorga keldi?
2-masala
Firma hafta davomida 3200 dona mahsulotning 15% ni 400 so’mdan , 35% 350 so’mdan , qolganini 320 so’mdan sotdi . Firmaning bu haftadagi yalpi daromadi qancha ?Agar ishlab chiqarishning umumiy xarajatlari 820000 so’mni tashkil etsa,firmaning haftalik foydasi qanchani tashkil etadi.Firma har bir tovarni o’rtacha necha so’mdan sotgan.
3-masala
Tovarga bo’lgan talab funksiyasi Qd=700-p ko’rinishda bo’lib, taklif funksiyasi Qs=2p-200 ko’rinishda berilgan bo’lsa:
a) Talab va taklif grafigini chizing.
b) Muvozanat miqdor va narxini aniqlang.
c)Agar berilgan Tovarga 200 so’mga teng qat’iy narx belgilangan bo’lsa. Undan so’ng hosil bo’lgan holatni aniqlab grafigini chizing
4-masala
Fermer xojaligi a’zolari Dilshod, Alisher,Sobir va Bahrom fermer xo’jaligi yeriga ishlagani chiqdilar.Ular 6 soat ichida qulupnay terib ,paxta egatiga mineral o’g’it solishlari kerak.Dilshod bir soatda 50 stakan,Alisher 34 stakan,Sobir 28 stakan, Bahrom esa 46 stakan qulupnay tera oladi. Dilshod bir soatda 24 chelak, Alisher18 chelak,Sobir 16 chelak va Bahrom 22 chelak mineral o’git tashiy oladi.Ular hammasi bo’lib 120 chelak qum tashishlari kerak.Eng ko’p miqdordagi qulupnayni terib olishlari uchun ular ishni qanday tashkil etishlari lozim ?Bunda eng ko’pi bilan qancha quluphay terib olinadi ?
5-masala
.Bir mamlakatda YAIM ning nominal qiymati 2000 yilda 4080000 mln.so’mni tashkil qilgan bo’lib,bu mamlakatda 2005 yilda YAIM ning nominal qiymati 16260000 mln so’mni tashkil etadi .2000-2005 yllarda bu mamlakatda narx navo 3,5 baravar oshgan bo’lsa ,2005 yilda YAIM ning real qiymati qanchaga teng bo’lgan ?
9-sinf “Iqtisodiy bilim asoslari” dan I-tur masalalari.
1-masala.
Mebel ishlab chiqaradigan korxonadagi mebel yig`uvchi ustaga 2008 yil sentabr oyi ychun 300000 so`m ish haqi va 100000 so`m mukofot puli hisoblandi. U sentabr oyi uchun qancha daromad soligi tolaydi?
2-masala.
Fuqaro Aloviddinxo`jaevga 2008 yil sentabr oyida 200000 so`m ish haqi va 80000 so`m mukofot hisoblandi. Undan qaytariladigan daromad solig`ini hisoblang.
3-masala.
Non ishlab chiqarish korxonasidagi ishchiga sentabr oyida 250000 so`m ish haqi va dam olish kunlari ishlagani uchun uchun 120000 so`m qo`shimcha ish haqi hisoblandi. Uning sentabr oyida to`laydigan daromad solig`ini hisoblang.
4-masala.
Don mahsulotlarini qayta ishlash korxonasida ishlaydigan ishchi Tursunovga sentabr oyi uchun 320000 so`m ish haqi va 130000 so`m qo`shimcha haq hisoblandi. Uning sentabr oyidagi to`laydigan daromad solig`ini hisoblang.
5-masala.
1 toifali oliy ma’lumotli o`qituvchi xaftasiga 20 soat dars o`tsa 160201 so`m ish haqi hisoblash belgilangan. Agar u xaftasiga 25 soat dars o`tsa qancha ish haqi hisoblanadi va qancha miqdorda daromad soligi ishlab qolinadi?