O'zbekcha          Русский          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

  Найти!

Kengaytirilgan qidiruv     








 Fizika-III tur.
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

8-sinf

1. “Damas” avtomobili yo`lning 70 km qismini 1,5 soatda, 75 km qismini 30 km/soat tezlik bilan, qolgan qismini esa 55 km/soat tezlikda 1 soat davomida bosib o‘tdi. “Damas”ning o`rtacha tezligi qanday bo‘lgan?

2. Boshlang`ich tezligi 5 m/s bo‘lgan avtomobil 2 m/s2 tezlanish bilan harakatlanmoqda. Harakatning uchinchi va sakkizinchi sekundlarida qanday masofalarni bosib o`tadi?

3. Diametri D = 30 sm bo`lgan shar Yerda tinch holatda turibdi. Sharning yuqorigi nuqtasidan o`lchami sharga nisbatan ancha kichik bo`lgan jism tinch holatidan boshlab ishqalanishsiz sirpanib tusha boshladi. Yer sirtidan qanday balandlikda jism shardan ajraladi?

4. Hajmlari va massalari bir-biriga teng bo`lgan bir xil materialdan yasalgan ikkita sharlarning birida 0,4 C, ikkinchisida 0,7 C zaryadi mavjud. Ular inginchka sim bilan tutashtirdi. Zaryad qaysi shardan qaysi shar tomon o`tadi? Sim uzilganidan keyin ularning har birida qanchadan zaryadi qoladi?

5. Rasmda berilgan kubik sxemaning umumiy qarshiligini toping. Har bir qism qarshiligi R ga teng.

 
 
9-sinf

1.Nima sababdan taqasimon magnitni televizor ekraniga yaqinlashtirilsa, ekrandagi tasvir o`zgaradi?

2. Qorong`ilikda qarshiligi 2.5*10  bo`lgan fotorezistor qarshiligi 5*104 ga teng o`tkazgich bilan ketma-ket ulangan. Fotorezistorga yorug`lik tushishi natijasida zanjirdagi kuchlanisn 4 marta ortdi. Bu holatda fotorezistor qarshiligi qanday bo`ladi?

3. “Otoyo`l” avtobusi Toshkentning Qo`yliq bozoridan Yangiyo`lgacha bo`lgan 40 km masofaga 1 soatda borib dehqonlarning sabzavotlarini olib qaytadi. Bunda f.i.k. i 25 % bo`lgan dvigatel o`rtacha 70 kW quvvat hosil qiladi. Haydovchi zichligi 800 kg/m3 bo`lgan benzindan qancha tejab qoladi? Mo`ljal har 100 km ga 38 litr.

4. Egrilik radiusi 50 sm bo`lgan muz yassilanib yig`uvchi linza yasaldi. Agar muz suv ichiga tushirilsa, uning optik kuchi qanday boladi? Nima sababdan bu linza havoda yig`uvchi, suvga tushirilgach sochuvchi bo`lib qoladi?

5. Yerning sun`iy yo`ldoshi doiraviy orbitada aylanish davri 8 marta otrganda uning orbitasi radiusi 4 marta ortadi, bunda uning harakatlanish tezligi va markazga intilma tezlanishi qanday o`zgaradi?


8-класс

1. Автомашина “Damas” 70 км пути проехала за 1,5 часа, 75 км со скоростью 30 км/ч, остальную часть пути проехала за 1 час со скоростью 55 км/ч. Какой была средняя скорость автомобиля “Damas”?

2. Автомобиль начал движение с начальной скоростью 5 м/с и ускорением 2 м/с2 . Какое расстояние он проедет на 3-ей и 8-ой секундах движения?

3. Шар диаметром D = 30 см покоится на поверхности земли. Тело значительно меньших по сравнению с шаром размеров начало скользить вниз с наивысшей точки шара без трения. На какой высоте от земли тело оторвется от шара?

4. Два шара одинаковых по размеру, массе и материалу изготовления имеют заряд: первый - 0,4 C, второй - 0,7 C . Их соединили тонкой проволокой. С какого шара на какой перейдет заряд? Какой заряд останется на шарах после того разрыва проволоки?

5. Найдите полное сопротивление кубической схемы на рисунке. Сопротивление каждой части равно R .


 
9-класс

1. Почему при поднесении подковообразного магнита к экрану телевизора изображение изменяется?

2. Фоторезистор с сопротивлением 2.5*10  в полной темноте последовательно подсоединен к проводнику с сопротивлением 5*104 . С падением лучей света на фоторезистор напряжение в цепи возросло в 4 раза. Каким стало сопротивление фоторезистора?

3. Автобус “Otoyo`l” за час съездил за овощами дехкан в Янгиюль (расстояние от Ташкента до рынка Янгиюля 40 км). При этом двигатель со средним КПД 25 % набирает мощность 70 кВ. Сколько бензина плотностью 800 кг/м3 сберег водитель? Расчет 38 литров на каждые 100 км.

4. Из куска льда с радиусом кривизны 50 см изготовлена линза. Какой будет оптическая сила линзы, если лёд опустить в воду? Почему собирающая линза в воздухе, становится рассеивающей, когда попадает в воду?

5. При увеличении периода обращения искусственного спутника Земли по круговой орбите в 8 раз, радиус орбиты увеличивается в 4 раза. Как изменятся при этом его скорость движения и центробежное ускорение?


  © Copyright 2012 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.ziyonet.uz