O'zbekcha          Русский          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

  Найти!

Kengaytirilgan qidiruv     








 EXIM bank
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

"O'zbekiston Respublikasi umumta'lim maktablarini axborotlashtirish" loyihasi haqida
 MA'LUMOT
 
Loyihaning asosiy maqsadlari: O'zbekiston Respublikasida ta'lim sifatini ta'lim jarayoniga AKT joriy qilish va rivojlantirish orqali oshirish; 1518 umumta'lim maktablarini zamonaviy kompyuter sinflari bilan jihozlash; Multimedia umumta'lim dasturlarini rivojlantirish markazini tashkil etish; Halq ta'limi vazirligi veb-portalini tashkil etish; multimedia ilovalarini ishlab chiqish studiyasini tashkil etish; trening kurslarini olib borish.
 
Loyiha quyidagi komponentlardan tashkil topgan:
      1. Umumta'lim maktablarini o'quv-kompyuter sinflar bilan jihozlash. Komponentning asosiy maqsadi 1518 umumta'lim maktablarini zamonaviy o'quv-kompyuter texnikasi bilan jihozlash.
      2. Multimedia umumta'lim dasturlarini rivojlantirish markazini tashkil etish.
      3. Halq ta'limi vazirligining veb-portalini tashkil etish. Komponentning asosiy maqsadi - ta'lim jarayoni va uni boshqarish samaradorligini ottirish.
      4. Ekspert hizmatlar. Loyihani aalga oshirishning boshlang'ich va keyingi bosqichlarida ekspert ishlar olib borish.
      5. Treninglar hamkorlikdagi dasturi. Maqsad - o'qituvchi, dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchilar, administratorlar uchun treninglar o'tkazish.
      6. Haridlar va monitoring bo'yicha konsultativ hizmatlar. Maqsad loyihaning o'z vaqtida va maqsadli amalga oshirilishini ta'minlash va monitoring olib borish, tenderni tayyorlash va o'tkazish.
      7. Intranet maktablararo tarmog'ini tashkil etish va HTV veb-portaliga ulash. Xalq ta'limi bo'limlarini umumiy tarmoq resurslaridan foydalanishni va ma'lumotlar almashuvi, videoaloqa seanslari kabi kommunikasion xizmatlarni ta'minlovchi yagona axborot muhitiga ulash.
  
Loyihani amalga oshirish muddati: 2007-2009 yy.
Loyihaning ijro agentligi: O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi.
Loyihani amalga oshirish Multimedia umumta'lim dasturlarini rivojlantirish markaziga yuklatilgan.
 
 
  © Copyright 2012 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.ziyonet.uz