Vazirlar Mahkamasining 1992 yil
3 dekabrdagi 567-son qaroriga
1-ILOVA
1993 yilning 1 yanvarigacha tugatilishi kerak bo'lgan malaka oshirish institutlari va fakultetlarining RO'YXATI
1. O'zbekiston Respublikasi Avtomobil transporti vazirligining rahbar xodimlar va mutaxassislar malakasini oshirish Bosh instituti.
2. O'zbekiston Respublikasi Davlat qurilish ishlari qo'mitasining qurilish majmui rahbar xodimlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoqlararo instituti.
3. "O'zsuvqurilish" davlat konsernining rahbar xodimlari va mutaxassislari malakasini oshirish instituti.
4. "O'zbeksavdo" davlat uyushmasining rahbar xodimlari va mutaxassislari malakasini oshirish instituti.
5. Aloqa tarmoqlari rahbar xodimlari va mutaxassislarining malakasini oshirish instituti.
6. "O'zbekistontur" Respublika ekskursiyalar konserni huzuridagi turizm malaka oshirish instituti.
7. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo'mitasining hisob-kitob, iqtisodiyot va boshqaruv sohasi rahbar xodimlari va mutaxassislari malakasini oshirish instituti.
8. "O'zsanoatqurilishbank" huzuridagi Oliy tijorat maktabi.
9. O'zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining madaniyat xodimlari malakasini oshirish instituti.
10. O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi dehqonchilik biznesi instituti.
11. O'rmon xo'jaligi rahbar xodimlari va mutaxassislarining malakasini oshirish Toshkent fakulteti.
12. "Ekolog" ilmiy-ishlab chiqarish markazining texnika ijodkorligi instituti.
13. O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Qo'mitasi va Mehnat vazirligining Yoshlar instituti (Mehnat vazirligi ishtirok etadigan qismi bo'yicha).