O'zbekcha          Ðóññêèé          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

  Íàéòè!

Kengaytirilgan qidiruv     








 O'zR Oliy Majlisining Qarori ¹465-1 sonli 29.08.1997
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

Ta'lim to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida
 
             O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi qaror qiladi:
 
            1. "Ta'lim to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni e'lon qilingan kundan e'tiboran amalga kiritilsin.
 
            2. Belgilab qo'yilsinki, "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunning umumiy o'rta ta'lim olishga, uch yillik akademik liseylarda va kasb-hunar kollejlarida o'qishga hamda oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlashga taalluqli 12, 13 va 14-moddalaridagi qoidalar Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan muddatlarda joriy etiladi.
 
            3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar mazkur Qonunga zid bo'lgan o'z normativ hujjatlarini qayta ko'rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta'minlasin.
 
            4. Belgilab qo'yilsinki, qonun hujjatlari "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunga muvofiqlashtirilgunga qadar O'zbekiston Respublikasi amaldagi qonun hujjatlarining mazkur Qonunga zid bo'lmagan qismi qo'llaniladi.
 
            5. 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan "Ta'lim to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni (O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992 yil, N 9, 342-modda; 1993 yil, N 6, 268-modda) o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblansin.
 
            O'zbekiston
            Respublikasi Oliy Majlisining Raisi                   E.Xalilov
 
            Toshkent shahri, 1997 yil 29 avgust, ¹ 465-I
  © Copyright 2012 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.ziyonet.uz