O'zbekcha          Ðóññêèé          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

  Íàéòè!

Kengaytirilgan qidiruv     








 O'zR Vazirlar Mahkamasining Qarori ¹406 sonli 12.08.1993
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

Ta'lim to'g'risidagi normativ hujjatlarni tasdiqlash va ularni amalga oshirishga oid chora-tadbirlar haqida
 
            O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining "Ta'lim to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida" 1992 yil 2 iyuldagi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
 
            1. O'zbekiston Respublikasi davlat ta'lim andazalarining mazmuni va ularni ishlab chiqish, tasdiqlash hamda joriy etish to'g'risidagi Nizom 1-ilova*ga muvofiq;
            O'zbekiston Respublikasi davlat ta'lim andazalarini ishlab chiqish bo'yicha Davlat komissiyasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
 
            2. Ta'lim andazalarini ishlab chiqish bo'yicha Davlat komissiyasiga rivojlangan mamlakatlarning amaliyoti mezonlariga, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga qat'iy muvofiq ta'limning davlat andazalarini yaratish bo'yicha chora-tadbirlarning barcha majmuini amalga oshirish vazifasi yuklatilsin.
 
            3. Quyidagi nizomlar:
            ta'lim muassasalarini attestasiyadan o'tkazish va ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq;
            davlat ta'lim muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi to'g'risidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq;
            O'zbekiston Respublikasi davlat ta'lim muassasalari pedagog xodimlarini attestasiyadan o'tkazish to'g'risidagi Nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
 
            4. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Fan va texnika davlat qo'mitasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
            belgilab kuyilsinki, mazkur qaror bilan tasdiqlangan ta'lim muassasalarini attestasiyadan o'tkazish va ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi Nizomga muvofiq 1993-1996 yillarda O'zbekiston Respublikasining barcha ta'lim muassasalarini attestasiyadan o'tkazishlari kerak;
            uch oy muddatda respublika ta'lim muassasalarini attestasiyadan o'tkazish jadvalini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
            qo'yilgan vazifalarni hal etish uchun O'zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko'rsatayotgan barcha ta'lim muassasalari vaqtincha ro'yxatdan o'tkazilgan deb hisoblasinlar.
 
            5. O'zbekiston Respublikasi Xalk ta'limi vazirligi:
            1998/99 o'quv yilida ta'limning yangi tizimiga o'tish to'liq nihoyasiga yetkazilgunga qadar, III darajali umumta'lim maktablarining ixtisosi belgilanmagan sinflariga o'quvchilarni tanlovsiz qabul qilishga ruxsat etsin;
            "O'zistiqbolstat" davlat qo'mitasi va Mehnat vazirligi bilan birgalikda 1994 yilning 1 yanvarigacha yoshlarni ommaviy ishchi kasblari bo'yicha tayyorlashni amalga oshirish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, bunda tayyorlov tizimiga O'zbekiston uchun an'anaviy bo'lgan faoliyat turlari bo'yicha xalq ustalari va hunarmandlarni ko'plab jalb qilish nazarda tutilsin,
            Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishib uch oy muddatda pedagog xodimlarga bo'lgan ehtiyojlarni hisobga olib pedagogika bilim yurtlari tarmoqlarini tartibga solish to'g'risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
 
            6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o'rinbosari M.K.Qoraboev zimmasiga yuklatilsin.
 
 
            O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                 A. Mutalov
 
_________________________________________
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan
  © Copyright 2012 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.ziyonet.uz