Oz'R ta'lim muassasalariga kabul to'grisida nizomlarni tasdiklash xakida
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, ta'lim tizimidagi islohotlarga muvofiq 1999/2000 o'quv yilida O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat va magistraturasiga hamda o'rta maxsus ta'lim muassasalariga qabulni uyushqoqlik va tartibli ravishda tashkil etish, qobiliyatli yoshlarni adolatli tanlov asosida saralashni amalga oshirish, shuningdek, test sinovlarining yuqori darajada o'tkazilishini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAPOP QILADI:
1. Quyidagilar:
O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi va qoidalari to'g'risida Nizom 1-ilovaga muvofiq;
1999/2000 o'quv yilida O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarining magistraturasiga qabul qilish tartibi va qoidalari to'g'risida Nizom 2-ilovaga muvofiq ;
O'zbekiston Respublikasi o'rta maxsus ta'lim muassasalariga o'quvchilarni qabul qilish tartibi va qoidalari to'g'risida Nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, tasarrufida ta'lim muassasalari bo'lgan vazirliklar, idoralar, Davlat test markazi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
tasdiqlangan nizomlarni bajarish bo'yicha zarur tashkiliy tadbirlarni amalga oshirsinlar.
3. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Moliya va Adliya vazirligi bir hafta muddatda "Uzbeki stol Respublikasi ta'lim muassasalarida o'qitishning to'lov-kontrakt shakli va tushgan mablag'larni taqsimlash tartibi to'g'risida Nizom"ni ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun O'zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga qabul qilish bo'yicha Davlat komissiyasiga kiritsinlar.
4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 4 iyuldagi 320-f-son farmoyishi o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari h.S.Karomatov zimmasiga yuklansin.
O'zbekiston
Respublikasining Bosh vaziri O'.Sultonov
Toshkent shahri,
1999 yil 12 iyul,
¹ 342