O'zbekcha          Ðóññêèé          English        
Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi  

  Íàéòè!

Kengaytirilgan qidiruv     








 O'R Vazirlar Mahkamasining Qarori ¹266 sonli 24.05.1994
Do`stiga yuborish Do`stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

O'zbekiston Respublikasida xorijiy fuqarolarni o'qitish to'g'risida
 
            Xorijiy davlatlar fuqarolarini O'zbekiston Respublikasi o'quv yurtlari va ilmiy muassasalariga o'qishga qabul qilish va o'qitish tizimini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
            1. Xorijiy fuqarolarni O'zbekiston Respublikasi o'quv yurtlari va ilmiy muassasalariga o'qishga qabul qilish va o'qitish tartibi to'g'risidagi ilova kilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
 
            2. Respublika o'quv yurtlari va ilmiy muassasalarida, ularning qaysi idoraga qarashliligidan qat'i nazar, xorijiy fuqarolardan mutaxassislar tayyorlashga rahbarlik qilish O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligiga yuklansin.
 
            3. Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi:
            O'zbekiston Respublikasiga o'qish uchun kelayotgan xorijiy fuqarolar bilan tuziladigan namunaviy shartnoma (kontrakt)larni bir oy muddatda ishlab chiqsin;
            Toshkent davlat universiteti va Toshkent davlat texnika universitetining faoliyat ko'rsatayotgan tayyorlov bo'limlari negizida Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzurida chet ellik fuqarolarga til o'rgatadigan xo'jalik hisobidagi Markaziy tashkil etsin. Markazga respublika o'quv yurtlariga o'qishga kelayotgan xorijiy davlatlar fuqarolarini til va umumta'lim bo'yicha tayyorlash vazifasi yuklatilsin. Markaziy mablag' bilan ta'minlash xorijiy talabalarni o'qitishdan tushadigan mablag'lar hisobiga amalga oshirilsin;
            manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda oliy o'quv yurtlari, ilmiy muassasalarda xorijiy fuqarolarning o'qishi uchun to'lov miqdorlarini belgilash bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqsin.
 
            4. Belgilab qo'yilsinki:
            xorijiy fuqarolar O'zbekiston Respublikasining o'quv va ilmiy muassasalariga o'qishga shartnoma (kontrakt) asosida qabul qilinadilar, O'zbekiston Respublikasi bilan boshqa mamlakatlar o'rtasida tuzilgan hukumatlararo bitimlarda nazarda tutilgan o'qishga qabul qilish hollari bundan mustasno;
            agar davlatlararo bitimlar va kontraktlarda boshqa valyuta nazarda tutilmagan bo'lsa, xorijiy fuqarolarning o'qishi uchun to'lovlar erkin muomaladagi valyutada amalga oshiriladi;
            xorijiy fuqarolarni o'qitishga ruxsatnomalar oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlariga - Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan, umumta'lim maktablari va hunar-texnika bilim yurtlariga esa - O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan beriladi;
            O'zbekiston Respublikasiga o'qishga kelayotgan xorijiy fuqarolarga viza olishda yordam berish O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi va Xalq ta'limi vazirligi talabnomalari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;
            xorijiy fuqarolarni qabul qilgan o'quv yurtlari va ilmiy muassasalar O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq va belgilangan tartibda o'qishning butun davri uchun ularning milliy pasportlarini ichki ishlar organlarida ro'yxatdan utkazishlari shart.
 
            5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Ta'lim va fan bo'limiga yuklansin,
 
 
            O'zbekiston Respublikasining
                        Bosh vaziri                                                      L. MUTALOV
  © Copyright 2012 O`zR XTV huzuridagi MUDRM      www.gov.uz    www.uz    www.aci.uz    www.ziyonet.uz