| HA |
YO'Q |
Savollar |
|
|
1.Tevarak-atrofingizdagi
kishilarga nisbatan tanqidiy munosabatda bo`la
olasiz. |
|
|
2.Guruhdagi
nizolardan o`zingizni chetga olasiz. |
|
|
3
YEtakchi (guruh sardori)ning maslahatlariga quloq
solasiz. |
|
|
4.O`rtoqlaringiz
bilan haddan ortiq yaqin munosabatda bo`lishga moyil
emassiz. |
|
|
5.Guruhdagi
do`stona munosabatlarni qo`llab-quvvatlaysiz. |
|
|
6.YEtakchiga
e’tiroz bildira olasiz..
|
|
|
7.Guruh
a’zolarining ayrimlariga xayrixohsiz. |
|
|
8.Guruhda
tashkil etiladigan uchrashuv va yig`ilishlarda faol
ishtirok etishga maylingiz yo`q. |
|
|
9.YEtakchining
rag`batiga muhtojsiz. |
|
|
10.Fye’l-atvoringizda
odamovilik mavjud. |
|
|
11.Munozaralarda
betaraf bo`la olmaysiz. |
|
|
12.O`rtoqlaringizga
yetakchilik qilishga moyilsiz. |
|
|
13.YAqin
o`rtoqlaringiz bilan munosabatda bo`lganingizda
quvonasiz. |
|
|
14.
Guruh a’zolari qilgan dushmanlarcha munosabatlarga
xotirjamsiz
. |
|
|
15.
Hamisha guruhning kayfiyatiga qarab ish tutasiz. |
|
|
16.
Guruh a’zolarining shaxsiy sifatlariga ahamiyat
bermaysiz. |
|
|
17.
Sizda guruh maqsadlarini o`zgartirishga rag`bat bor. |
|
|
18.
O`zingizni yetakchiga qarshi qo`yib, huzur olasiz. |
|
|
19.
Guruhning ayrim a’zolari bilan yaqin munosabatda
bo`lishni xohlaysiz. |
|
|
20.
.
Bahslarda betaraflikni afzal bilasiz. |
|
|
21.
YEtakchining boshqarish qobiliyati va faolligini
yoqtirasiz. |
|
|
22.
Guruh a’zolarining bir-biriga zid fikrlariga
beparvosiz. |
|
|
23.
O`z hissiyotlaringizni namoyon etishda tortinchoq
emassiz. |
|
|
24.
O`z atrofingizda hamfikrlaringizni birlashtirishga
intilasiz. |
|
|
25.
Rasmiyatchilikka
qarshisiz. |
|
|
26.
Ayblaganda o`zingizni yo`qotib qo`yasiz va jim
turishni afzal bilasiz.. |
|
|
27.
Guruh maqsadlariga mos ish tutasiz. |
|
|
28.
Guruh a’zolarining ayrimlariga emas, balkibutun
guruhga bog`lanib qolgansiz |
|
|
29.
Munozaralarni keskinlashtirish va susaytirishga
qodirsiz. |
|
|
30.
Boshqalar e’tiborida bo`lishga intilasiz. |
|
|
31.
Guruhlarga a’zo bo`lishga intilasiz.. |
|
|
32.
Murosasozlikka moyilsiz. |
|
|
33.YEtakchi
muvaffaqiyatga erisha olmaganda unga achinasiz. |
|
|
34.
O`rtoqlaringizning e’tirozlarini o`kinch bilan qabul
qilasiz. |
|
|
35.
Ba’zan makkorlik va tilyog`lamalik qilishga moyilsiz. |
|
|
36.
Guruhga rahbarlik qilishga qodirsiz. |
|
|
37.
Guruhdagilar bilan munosabat o`rnatishda ancha
erkin va ochiq ko`ngilsiz. |
|
|
38.
Guruh a’zolarining qarama-qarshi fikrlaridan
asabiylashasiz. |
|
|
39.
Ishlarni
rejalashtirishda yetakchining mas’ul bo`lishini
afzal bilasiz.
|
|
|
40.
Do`stligingizni namoyon eta olmaysiz. |
|
|
41.
O`rtoqlaringizga jonkuyarsiz.
|
|
|
42.
Boshqalarni yetakchiga qarshi qo`yishga urinasiz. |
|
|
43.
Guruh doirasida o`zgalar bilan tez tanishasiz.. |
|
|
44.
Munozaralarga aralashishni yoqtirmaysiz.
|
|
|
45.
Guruh a’zolarining gapini ma’qullaysiz. |
|
|
46.
Guruhda o`zingizga maslakdosh topishga qiynalasiz. |
|
|
47.
Ta’sirlanganda kulgili holatga tushib qolishdan
qo`rqmaysiz |
|
|
48.
O`zgalarga bog`lanib qolmaslikka harakat qilasiz. |
|
|
49.
Ahil guruhga a’zo bo`lishga intilasiz. |
|
|
50.
O`zingizning haqiqiy tuyg`ularingizni namoyon
qilmaslikka intilasiz. |
|
|
51.
Guruh a’zolarida xilma-xil fikr tug`ilganda
yetakchining fikrini ma’qullaysiz.. |
|
|
52.
O`zgalar bilan muloqot o`rnatishda tashabbuskor
emassiz. |
|
|
53.
O`rtoqlaringizni tanqid qilishga moyilsiz.. |
|
|
54.
Boshqalardan ko`ra ko`proq yetakchi bilan muloqot
o`rnatasiz. |
|
|
55.
Guruhdagi haddan ortiq betakalluf munosabatga chiday
olmaysiz. |
|
|
56.
.
Bahs-munozara qilishni yoqtirmaysiz. |
|
|
57.
Guruhda yuqori mavqega erishishga intilmaysiz. |
|
|
58.
O`rtoqlaringiz munosabat (ish)lariga aralashmay
xato qilasiz. |
|
|
59.
«G`avg`o
ko`tarishga» va «boshqalarning jig`iga tegishga»
ustasi farangsiz. |
|
|
60.
YEtakchiga o`z noroziligingizni bildira olasiz. |