O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA'LIMI

VAZIRLIGI

 

 

RESPUBLIKA TA'LIM MARKAZI

 

 

 

IQTISODIY BILIM

ASOSLARI

 

IQTISODIYOTDA MATEMATIKA

ELEMENTLARI

 

IQTISODIYOT VA BIZNESDA INGLIZ TILI

 

 

 

 

 

IQTISODIYOTGA IXTISOSLASHGAN

O'RTA UMUMTA'LIM MAKTABLARI UCHUN

O'QUV DASTURLARI VA MAVZUIY REJALAR

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

KIRISH SO’ZI

 

Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi yurtimizda yashyayotgan barcha fuqarolar uchun munosib xayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir. Aynan shuning uchun ham ma’naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta’lim va maorifni yuksaltirish, milliy uyg’onish g’oyasini ro’yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo’lib qoladi.

I. A. Karimov

Respublikamizning o’z mustaqilligini qo’lga kiritib, bozor iqtisodiyoti tomon yuz tutishi, buyuk kelajakni yaratuvchi barkamol avlodni, yangi zamon va yangi jamiyat kishisini tarbiyalashdek o’ta mas’uliyatli, mashaqqatli va ayni zamonda o’ta dolzarb bo’lgan vazifani keltirib chiqaradi. Hozirda, vujudga kelgan iqtisodiy sharoit yangicha ma’naviy tafakkurga ega bo’lgan, dunyoga yangicha ko’z bilan qaraydigan, yangicha fikrlaydigan, yangi avlodning ishtirokini taqozo etmoqda.

O’zbekiston RespublikasiTa’lim to’g’risida”gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi bu sohadagi qilinadigan ishlar va yo’nalishlarini belgilabgina qolmasdan, ta’lim sohasida o’ziga xos inqilobiy burilish yasadi. Bu borada O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida ixtisoslashgan maktablarni joriy qilish, milliy umumiy o’rta ta’limni xalqaro darajaga olib chiqish, uni jahon andozalariga mos qilib yaratish imkoniyatlarni yaratadi.

Jamiyat hayotida olamshumul o’zgarishlar ro’y burayotgan, ta’lim tizimi tubdan qayta qurib chiqilayotgan bir davrda, ta’limning har bir sohasi, har bir fan o’qitilishining maqsadi, mazmuni, shakllari, usullari va vositalari uslubiy tizimi, ularga qo’yilayotgan me’yoriy talablar darajasini qayta ko’rib chiqish, takomillashtirish lozim bo’ladi. Shu bilan birga, iqtisodiy ta’lim mamlakatimiz umumta’lim maktablari uchun yangilik bo’lib, bu sohada amalga oshirilishi zarur bo’lgan vazifalar va tashkiliy tadbirlar ko’lami o’zining o’ta dolzarbligi, mas’uliyatliligi bilan ajralib turadi.

Quyida tavsiya qilinayotgan o’quv dasturlari iqtisodiyot faniga ixtisoslashgan maktablarga mo’ljallangan bo’lib, undagi ko’pgina tushuncha va ma’lumotlar oddiy maktablarning yuqoriroq sinflaridagilar bilan mos tushadi.

Shuni e’tiborga olgan holda dars o’tish bo’yicha matn va boshqa materiallar tanlaganda oddiy darslikdan tashqari qo’shimcha adabiyotlardan foydalanish ham maqsadga muvofiqdir. Ushbu maqsadda hozirgi kunda iqtisodiyot yo‘nalishiga ixtisoslashgan maktablar, litseylar uchun maxsus darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, amaliy mashg‘ulotlar uchun qo‘llanmalar, o‘qituvchilar uchun uslubiy qo‘llanmalar, lug‘at-ma’lumotnomalar, ko‘rgazmali materiallar albomlari, o‘qituvchilar uchun maxsus resurslar to‘plamlari chop qilinmoqda.

Ularning ro‘yxati ushbu kitob oxirida keltirilgan.

 

 

IQTISODGA IXTISOSLASHGAN MAKTABLAR UCHUN

O’QUV REJAGA TUSHUNTIRISH XATI

 

O’quv reja O’zbekuiuston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, “Kadirlar tayorlash milliy dasturi “ va O’zbekuiuston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 16 avgustdagi 390-sonIi qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartlari”, 2004 yil 9 iyuldagi “2004 -2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 321-sonli qarori, shuningdek Xalq Ta’limi vazirligining “Umumta’lim maktablari uchun o’quv rejani tasdiqlash to’g’risida”gi 2005-yil 30-may 136-sonli buyrug’i asosida tuzildi.

O’quv reja tarkibi davlat, maxsus fanlar va maktab komponentlaridan iborat.

O’quvchilarning iqtisodiy bilim asoslari fanidan bilimlarini chuqurlashtirish maqsadida davlat ixtiyoridagi fanlarning ba’zilari quyidagicha qisqartirilib, ixtisoslashgan fan bo’yicha maxsus fanlarga berildi.

Davlat komponentiga ajratilgan fanlar Davlat ta’lim standartlari asosida belgilangan bilim ko’nikma va maklakalar asosida tuzilgan dastur asosida o’qitiladi.

Yuqorida berilgan o’quv reja shartli ravishda I va II guruhga bo’lindi.

I guruhga kiruvchi fanlar uchun davlat tomonidan ajratilgan haftalik soatlar:

Ona tili va adabiyoti V-sinfda 7,5 (255) soat, VII- sinfda 5 (170) soat;

Biologiya- VII -sinfda 1,5 (51) soat;

Geografiya VII -sinfda 1 ,5 (51) soat qilib belgilandi.

II guruhdagi maxsus fanlar uchun:

Iqtisodiyot saboqlari V-VII sinflarda – haftasiga 1,5 soat ( jami 51 soat) Iqtisodiyotda matematika elementlari – haftasiga 0,5 soat (jami 17 soat), matematika – haftasiga 5 soat (jami 170 soat), Xorijiy til – haftasiga 3 soat (jami 102 soat), Iqtisodiyotda xorijiy til – haftasiga 0,5 soat  (jami 17 soat), Mehnat (amaliy iqtisodiyot) – haftasiga 2 soat (jami 68 soat) qilib belgilandi. Mehnat fani V-VII sinflarda iqtisodiyotni ijtimoy turmushda qo’llanilishi va shu soha bo’yicha o’quvchilarni kasbga yo’naltirish uchun foydalanish maqsadida mazkur fan iqtisod bilan integrasiyalashtirilib, maxsus fanlar qatoriga ,kiritildi.

Ona tili va adabiyoti fani bo’yicha mavzui rejalashtirish, iqtisodiyotda matematika elementlari, iqtisoduyotda xorijiy til va mehnat (Amaliy iqtisodiyot) fanlarining dasturlari Respublika ta’lim markazi tomonidan joylardagi ta’lim va o’quv moddiy bazasining mavjudligi to’grisidagi ma’lumoti hamda maktab kengashining qaroriga binoan tasdiqlanadi.

Yozgi 5-sinfda   4 soatdan 6 kunlik,7-sinfda 4soatdan 10 kunlik amaliy mehnat mashg’ulotlari “Iqtisodiyotda tadbirkorlik” va boshqa mavzular bo’yicha idoralar va ishlab chiqarish korxonalarida o’tkaziladi.

Respublikamizdagi ayrim maktablar iqtisodiy ta’limni boshlang‘ich sinflardanoq o‘quv-mavzuiy rejalarga kiritib, alohida fan sifatida o‘qitishga imkoniyat topganlar. Iqtisodiy ta’limni boshlang‘ich sinflardanoq o‘qitishni boshlash, avvalambor o‘quvchilarning kichik yoshlaridanoq iqtisodiy savodini chiqarib, ulardagi iqtisodiy tafakkurning shakllanishiga imkoniyat yaratadi.

Shuni e’tiborga olib biz shunday maktablar uchun boshlang‘ich sinflar uchun o‘quv dasturi va o‘quv-mavzuiy rejalarni keltirishni lozim topdik. Aynan mana shunday maktablarda, iqtisodiy ta’lim chuqurligi va mustahkamligi jihatidan haqiqiy ixtisoslashgan maktab talablariga javob berishi aniq.

Maktabning umumiy o’quv reja bilan bog’liq faoliyati XTV ning 2005 yil 30- may 136-sonli buyrug’iga binoan amalga oshriladi.

Ijrochi. N.Ismatova, X.Xotamova.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA'LIMI

VAZIRLIGI

 

RESPUBLIKA TA'LIM MARKAZI

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

IQTISODIYOTGA IXTISOSLASHGAN

O'RTA UMUMTA'LIM MAKTABLARI UCHUN O'QUV DASTURLARI

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

ixtisoslashgan maktablarda iqtisodiy ta’lim

 

BOSHLANFICH TA’LIM MAKTABLARIDAGI
IQTISODIY TA’LIM

Boshlang‘ich maktabdagi maktab komponentidagi soatlar hisobidan kiritiluvchi «IQTISODIYOT ALIFBOSI» darslari ko‘p ishlatiladigan iqtisodiy tushunchalar haqida birlamchi tasavvurlarni shakllantirishni, mehnat vositalari va natijalariga nisbatan tejamkorlik munosabatini tarbiyalashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Agarda bu predmet alohida fan sifatida kiritilgan bo‘lsa u holda,

1-2 sinf o‘quvchilari uchun mazmunning eng kam majburiy miqdori quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi: pulning kelib chiqishi; daromadlar va xarajatlar; daromadlar manbai (ish haqi, qarilik nafaqasi, stipendiya va boshqa nafaqalar); oila mulklari; mehnat-daromad manbai; tovar, narx, mahsulot; tejamkorlik; xaridor va sotuvchining o‘zaro munosabatidagi madaniyati;

3 sinf o‘quvchilari quyidagi tushunchalarni o‘zlashtiradilar: boylik, tabiat va madaniyat boyliklari, insonlarning boylikka munosabati; tabiiy resurslar: boylik va inson mehnati; mulk tushunchasi.

4 sinf o‘quvchilari uchun tavsiya etiladigan mavzu va tushunchalar: maktab iqtisodiyoti haqida tushuncha; maktab mulki; maktab jihozlari, kitoblar va o‘quv ko‘rgazmali qurollar; kommunal xizmatlar qiymati; o‘z narsalariga va maktab mulkiga tejamkorlik, xo‘jayinlik munosabatlarini yaratish; jamiyat mulkini saqlash haqida g‘amxo‘rlik qilish, kutubxona fondlarini saqlash bo‘yicha iqtisodiy faoliyatda ishtirok etish; o‘z kuchlari bilan didaktik materiallar va o‘quv qo‘llanmalarini yaratish; suv, elektr, o‘quv qurollarini, maktab oshxonasidagi jihozlarni, oziq-ovqat mahsulotlarini tejash, nonni e’zozlash; ichki tartibga amal qilish.

 

 

 

“Iqtisodiyot alifbosi” fani bo‘yicha
ta’lim mazmuni


1-2 SINFLAR
 
Iqtisodiyot nima?

I. Ehtiyojlar va imkoniyatlar.

1.  Odamlar yashashi uchun qanday narsalar kerak bo‘ladi? Moddiy ehtiyojlar: suv, havo, oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, turli jihozlar, buyumlar va boshqalar.

2.  Odamlarning yashashi uchun faqat moddiy ehtiyojlar — turli xil narsalarning o‘zi yetarlimi? Ma’naviy ehtiyojlar: bilim olishga bo‘lgan ehtiyoj.

3.  Xohish va istak. Xohish va istaklarning ko‘pligi. Hamma vaqt ham odamlar o‘z orzulariga yetishadimi?

4.  Sizning shu kunlardagi ehtiyojingiz, hohish va istaklaringiz. Ularga erishish imkoniyatlaringiz. Xohish va istaklaringiz ichidan tanlovingiz.

II. Mehnat. Ishlab chiqarish.

1.  Odamlar nima uchun mehnat qiladilar?

2.  Kimlar qaerda ishlaydi? Kasb va xunarlar. Bilim nima uchun kerak?

3.  Mehnatning mahsuli — mahsulot va uning turlari.

4.  Nima qaerda ishlab chiqariladi?  Korxonalar  va  ularning  turlari.

 

III. Bozor va savdo-sotiq.

1.  Tovar nima? Hamma mahsulot ham tovar bo‘ladimi? Xizmatlar va ularning turlari.

2.  Nima qaerda sotiladi? Xizmat ko‘rsatish shahobchalari.

3.  Bozorlar va ularning turlari.

4.  Sotuvchi va xaridor. Ular orasidagi savdo madaniyati.

5.  Bozor va do‘konlardan kerakli narsalarni xarid qilish.

 

IV. Pul va narx.

1.  Pul bo‘lmagan paytlarda odamlar qanday yashaganlar? Ayirboshlash.

2.  Pulning paydo bo‘lishi qanday qulayliklarga olib keldi?

3.  Pul nimaning evaziga topiladi?

4.  Pul birliklari. Qog‘oz pullar va tangalar.

5.  Nima qancha turadi? Tovar narxi. Xizmat haqi.

6.  Mahsulot narxi nimalarga bog‘liq?

7.  Nima arzonu, nima qimmat? Nega?

 

 

 

 3-SINF
Oila. Boylik va odamlar

I. Oila iqtisodiyoti.

1.  Oilaning daromad manbalari: ish haqi, qarilik pensiyasi, stipendiya, nafaqa va boshqalar.

2.  Oila xarajatlari: oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy jihozlari va  boshqalar.

3.  Oilada  iqtisod  va  tejamkorlik.

II. Mulk.

1.  Bu narsa — meniki. Bu narsa — seniki. Shaxsiy mulk.

2.  Bu narsa — bizniki. Oilaviy mulk. Jamoa mulki. Maktab jamoasi mulki. Davlat mulki.

3.  Mulk va uning egasi. Xo‘jayinlik hissi.

4.  Hamma narsaning egasi bo‘lgani yaxshimi?

5.  Mulk tejamkor kishini yaxshi ko‘radi.

III. Boylik.

1.  Boylik nima? Qanday  boyliklarni  bilasiz?

2.  Tabiiy boyliklar. Moddiy va ma’naviy boyliklar.

3.  Ixtiro va kashfiyotlar. Tarixiy yodgorliklar, san’at va badiiy asarlar.

4.  Qanday odamni boy desa bo‘ladi?

5.  Boylikning  manbalari.

IV. Tadbirkor kishilar.

1.  Tadbirkorlar kimlar? Ular nimasi bilan boshqalardan ajralib turadi?

2.  Tadbirkorlar  nima  bilan  shug‘ullanadilar?

3.  Tadbirkorlik — boylik manbai.

4.  Qanday firmalarni bilasiz? Ular nima bilan shug‘ullanadilar?

5.  Siz tadbirkor bo‘lganingizda...

 

 

4-SINF
Maktab iqtisodiyoti

I. Maktab kutubxonasining iqtisodiyoti.

1.  Kutubxona jihozlari.

2.  Kitoblar va o‘quv qo‘llanmalari.

3.  O‘quvchi kutubxona kitoblarini saqlash bo‘yicha iqtisodiy faoliyat qatnashchisi.

II. Maktab oshxonasi iqtisodiyoti.

1.  Oshxona  jihozlari.

2.  Oshxona xarajatlari.

3.  Oshxona daromadlari.

4.  Oshxonadagi mahsulotlarni tejab-tergash har bir o‘quvchining burchi.

III. Maktab ustaxonasining iqtisodiyoti.

1.  Ustaxona jihozlari.

2.  Ustaxonadagi xom-ashyo materiallari.

3.  Ustaxonada tayyorlanadigan mahsulotlar.

4.  Ustaxonada ishlab  qanday  daromad  olish  mumkin?

5.  Ustaxona xarajatlari.

IV. O‘quv tajriba maydoni.

1.  O‘quv tajriba maydonidagi iqtisodiy faoliyat.

2.  O‘quv tajriba  maydonidagi  faoliyatni  tashkil  etish.

3.  O‘quvchi iqtisodiy faoliyat qatnashchisi.

V. Kommunal xizmatlar bahosi.

1.  Suv uchun haq to‘lash.

2.  Elektr uchun haq to‘lash.

3.  Gaz uchun  haq  to‘lash.

4. Yana qanday to‘lovlarni  bilasiz?

VI. Maktab iqtisodiyotidagi o‘quvchining o‘rni.

1.  O‘z narsalariga va maktab mulkiga tejamkorlik.

2.  O‘z  kuchi  bilan  ko‘rgazmali  o‘quv  qurollarini  yasash.

3.  Xo‘jayinlik hissi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

“IQTISODIYOT  ALIFBOSI”

fanini o‘qitish bo‘yicha namunaviy o‘quv mavzuiy rejalar

1-4 sinflar

 

 

Izoh: Namunaviy reja to‘liqlik uchun ikki xil modul uchun berildi.

 

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARINING
5—7-SINFLARIDAGI IQTISODIY TA’LIM

 

Mamlakatimiz ta’lim tizimida ixtisoslashgan maktablar-ning ko‘lami kengayib bormoqda. Ta’lim tizimida yangi bo‘g‘in — akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining tashkil qilinishi ham maktablarning ixtisoslashuvi jarayonining tezlashiga turtki bo‘ldi.

Iqtisodiy ta’lim 7-sinfdan boshlab o‘qitiladigan ixtisoslashgan litseylarda esa ushbu ta’lim mazmuni qo‘shimcha soatlar hisobiga yoki tezlashtirilgan holda o‘zlashtirilishi nazarda tutiladi.

Iqtisodiyot yo‘nalishiga ixtisoslashgan maktab va litseylarning soni ham tobora ortib bormoqda. Agar oldingi davrlarda tashkil qilingan ixtisoslashtirilgan litseylarga o‘quvchilar 7-sinfdan boshlab qabul qilingan bo‘lsa, endilikda tashkil qilinayotgan ixtisoslashtirilgan maktablarda iqtisodiy ta’lim 5-sinfdan boshlab kiritilmoqda. Bu hol ular uchun alohida o‘quv mavzuiy rejalarning tuzilishini taqozo qiladi.

5-7 sinflarda kiritiluvchi «Iqtisodiyot saboqlari» kursi darslarida iqtisodiy fikrlash doirasini muntazam kengaytirishni, o‘quvchilarda iqtisodiy tafakkur va ahloqiy xulqni shakllantirishni quyidagi mazmuniy yo‘nalishlar orqali amalga oshirish mumkin:

5 sinfIqtisodiyot. Ayirboshlash. Pul. Bozor. Oila iqtisodiyoti. 5-sinf o‘quvchilari uchun iqtisodiy ta’lim mazmunining majburiy minimumi quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi: moddiy va ma’naviy, shahsiy va umumiy ehtiyojlar, insonning mehnat qilishga bo‘lgan ehtiyoji; ehtiyojlarning cheksizligi; resurslar va ularning cheklanganligi, iqtisodiyotning asosiy muammosi; ayirboshlash va pul; pulning kelib chiqishi va vazifalari; ish haqi; bozor turlari; narx; chiqim va tannarx; daromad, foyda va zarar; oilaviy mulk va boylik; oila daromadlari; oila xarajatlari; oila byudjeti.

6 sinf - Mulk. Banklar. Ishlab chiqarish. Ekologiya. Iqtisodiy ta’lim mazmunining majburiy minimumi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: mulkning paydo bo‘lishi; mulk va mulkdor; mulk shakllari, ularning o‘zgarishi, xususiylashtirish; banklarning paydo bo‘lishi; banklarning xizmat turlari; kredit va kredit foizi; ishlab chiqarish omillari; mehnat unumdorligi; mehnat taqsimoti va kasblar; ixtisoslashuv; menejment; ekologik muammolar; tabiatni muhofaza qilish hammaning burchi.

7 sinf - Bozor iqtisodiyoti. Tadbirkorlik. Davlat va iqtisodiyot. 7-sinf o‘quvchilari uchun iqtisodiy ta’lim mazmunining majburiy minimumiga quyidagi elementlar kiradi: iqtisodiyotning bosh vazifasi; iqtisodiy tizimlar; bozor iqtisodiyotining xususiyatlari; O‘zbekiston bozor iqtisodiyoti sari; talab; talab qonuni; taklif; taklif qonuni; muvozanat narx; tadbirkorlikning o‘ziga xos xususiyatlari; tadbirkorlikni yuritish; firmada hisob-kitob; yalpi milliy mahsulot; davlat byudjeti; pul muomalasi; inflatsiya; tashqi iqtisodiy aloqalar.

 

 

 

«IQTISODIYOTDAN SABOQLAR » fani bo‘yicha ta’lim  mazmuni
I qISM

 

I. Ehtiyojlar va resurslar

1.   Ehtiyojlar va ularning turlari.

2.   Mehnat. Insonning mehnatga bo‘lgan ehtiyoji.

3.   Ishlab chiqarish.

4.   Ehtiyojlarning cheksizligi.

5.   Tabiiy, kapital, mehnat resurslari.

6.   Tabiatdagi jami resurslar chegaralanganligi.

7.   Iqtisodiyotning asosiy muammosi.

8.   Tanlov.

9.   Iqtisodiyot fani nimani o‘rgatadi?

 

II. Ayirboshlash va pul

1.   Natural xo‘jalik.

2.   Ayirboshlash. Barter.

3.   Tovar. Tovar xo‘jaligi.

4.   Ishlab chiqarish vositalari.

5.   Pul va uning kelib chiqishi.

6.   Pulning turlari.

7.   Pulning vazifalari. Pul o‘lchov, muomala, jamg‘arish va to‘lov vositasi sifatida.

8.   O‘zbekistonning pul birligi.

9.   Boshqa davlatlarning pul birliklari.

10. Plastik kartochkalar. Bankomat. Ish haqi. Ishbay va vaqtbay ish haqi.

 

III. Bozor

1.   Bozor tushunchasi.

2.   Sotuvchi va xaridor.

3.   Oldi-sotdi munosabatlari.

4.   Bozor ishtirokchilari — ishlab chiqarish korxonalari, iste’molchi — aholi, davlat.

5.   Bozorning turlari: iste’mol tovarlar bozori; ishlab chiqarish vositalari bozori; tovar birjalari; mehnat bozori; qimmatbaho qog‘ozlar bozori; intellektual tovarlar bozori.

6.   Bozorning monopollashuvi: erkin raqobat bozori; monopollashgan bozor.

7.   Narxlar.

8.   Chiqim va tannarx.

9.   Ishlab chiqarish tannarxi.

10.      Chakana va ulgurji narxlar.

11.      Daromad, foyda va zarar.

 

IV. Oila iqtisodiyoti

1.   Oila.

2.   Oilaviy mulk va boylik.

3.   Oila daromadlari.

4.   Ish haqi.

5.   Qarilik va nogironlik pensiyalari. Stipendiya va yosh bolalarga to‘lanadigan nafaqalar.

6.   Boylik daromad manbai: ijara haqi, qarzning foizi, tadbirkorlikning foydasi.

7.   Oila xarajatlari.

8.   Oila budjeti.

9.   Kamomadli budjet.

 

 

 

 

 

II QISM

I. Mulk

1.   Mulkning paydo bo‘lishi.

2.   Mulk va mulkdor.

3.   Shaxsiy, jamoa, oilaviy va davlat mulki.

4.   Kimlar mulkdor bo‘la oladi? Nimalar mulk bo‘la oladi?

5.   Aqliy mehnat mahsuli - intellektual mulk.

6.   Ishchi kuchining mulk ekanligi.

7.   Mulk shakllari: shaxsiy, jamoa, davlat mulklari.

8.   Xususiy mulk.

9.   Mulk shakllarining o‘zgarib borishi.

10.      Xususiylashtirish.

11.      Aksiya. Aksiyadorlik jamiyati. Dividend.

 

II. Banklar

1.   Banklar tarixi.

2.   Omonat va qarz.

3.   Kredit va kredit foizi.

4.   Yillik foiz stavkasi.

5.   Bankirlar va bank mijozlari.

6.   Banklarning boshqa xizmat turlari.

 

III. Ishlab chiqarish

1.   Ishlab chiqarish omillari: tabiiy omil, mehnat omili, kapital omili va tadbirkorlik.

2.   Mehnat unumdorligi.

3.   Zamonaviy texnika va texnologiyalar.

4.   Mehnat taqsimoti va kasblar.

5.   Soha va tarmoqlar.

6.   Ixtisoslashuv.

7.   Menejment.

8.   Menejerlar.

9.   Marketing.

 

IV. Ekologiya

1.   Ekologiya nima?

2.   Ekologiya muammolari.

3.   Suv va havoning ifloslanishi.

4.   Ozon tuynugi.

5.   Yerda tuproq tarkibining o‘zgarishi.

6.   Orol muammosi.

7.   Tabiatni muhofaza qilish.

8.   Xalqaro tashkilotlar.

9.   Atrof muhitni himoya qilish hammaning burchi ekanligi.

 

 

 

 

 

 

III Qism

I. Bozor iqtisodiyoti

1.   Nima? Qanday? Kim uchun? - savollari nimani anglatadi?

2.   Iqtisodiy tizimlar. An’anaviy, bozor va markazlashgan rejali iqtisodiyot. Ularning o‘zaro farqi va o‘ziga xos xususiyatlari.

3.   Bozor iqtisodiyotining xususiyatlari: erkin iqtisodiy faoliyat, xususiy mulkchilik, raqobat, iqtisodiy manfaatdorlik va foyda olishga bo‘lgan intilish, monopoliyani rad etish, erkin narxlar.

4.   Bozor iqtisodiyotiga o‘tish. Aralash iqtisodiyot.

5.   O‘zbekiston bozor iqtisodiyoti sari.

6.   O‘zbekiston Respublikasi bozor iqtisodiyotiga o‘tishining besh tamoyili: Iqtisodiyotning siyosatdan ustivorligi; Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida davlat - bosh islohotchi; Qonunlar va ularga rioya qilishning shartligi; Faol ijtimoiy siyosat yuritish; Bozor iqtisodiyotiga sekin-asta, bosqichma-bosqich o‘tish.

7.   Bozor iqtisodiyotiga o‘tish islohotlari.

 

II. Talab va taklif

1.   Talab.

2.   Talab qonuni.

3.   Taklif.

4.   Taklif qonuni.

5.   Talab va taklif chiziqlari.

6.   Muvozanat (bozor) narx va muvozanat miqdor.

7.   To‘yingan va taqchil bozor.

 

III. Tadbirkorlik

1.   Tadbirkorlik nima?

2.   Tadbirkorlikning o‘ziga xos xususiyatlari.

3.   Tadbirkorlikning faoliyat turlari: ishlab chiqarish; moliyaviy tadbirkorlik; tijorat; vositachilik; sug‘urta.

4.   Tadbirkorlikni tashkil qilish: xususiy firmalar; shirkatlar; ma’suliyati cheklangan va cheklanmagan jamiyatlar; aksiyadorlik jamiyati; ochiq va yopiq aksiyadorlar jamiyati.

5.   Biznes nimadan boshlanadi? Biznes-g‘oya va biznes-reja.

6.   Firmaning sarf xarajatlari.

7.   Asosiy vositalar. Amortizatsiya.

8.   Aylanma mablag‘lar.

9.   Buxgalteriya balansi. Aktiv va passiv.

10.      Firma faoliyatining tahlili. Sof foyda. Soliqlar. Rentabellik.

 

IV. Davlat va iqtisodiyot

1.   Davlatning iqtisodiyotda tutgan o‘rni.

2.   Davlat byudjeti. Davlat byudjetining daromad va xarajat qismlari va ularni tashkil etuvchilar.

3.   Yalpi milliy mahsulot. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaMM miqdori.

4.   Pul muomalasi.

5.   Pul massasi va aylanish tezligi. Inflatsiya.

6.   Pul muomalasi qonuni.

7.   Tashqi iqtisodiy aloqalar.

8.   Eksport va import.

9.   Valuta. Valuta kursi.

10.      To‘lov balansi.

11.      O‘zbekiston jahon bozorida.

 

 

“iqtisodiyotdan saboqlar” fani bo‘yicha o‘quv mavzuiy rejalar.

 

Iqtisodiyotdan saboqlar” fani bo‘yicha o‘quv-mavzuiy rejalar tuzganda quyidagilarga e’tibor berish lozim:

  iqtisodiy ta’lim nechanchi sinfdan boshlab o‘qitiladi? (5-sinfdanmi yoki 7-sinfdanmi,)

  iqtisodiy ta’limga ajratilgan soatlar soni;

  iqtisodiyot fani     bo‘yicha bolalarning bilim va malakalari;

  o‘quv-uslubiy qo‘llanma va darsliklar bilan ta’minlanganlik.

Biz quyida “Iqtisodiyotdan saboqlar” fani bo‘yicha o‘quv va mavzuiy rejalarni iqtisodiy ta’lim 5-sinfdan va 7-sinfdan boshlab o‘qitiladigan maktab va litseylar uchun alohida beramiz.

 

 

 

I

«Iqtisodiyotdan saboqlar» fani
5-sinfdan boshlab o‘qitiladigan maktablar uchun

namunaviy o‘quv-mavzuiy reja

Ïîäïèñü: 5 - sinf

 

 

 

 

Ïîäïèñü: 6 - sinfÏîäïèñü: 5 - sinf

 

 

Ïîäïèñü: 6 - sinf

Ïîäïèñü: 7 - sinf

 

 

 

Ïîäïèñü: 7 - sinf

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

II

 «Iqtisodiyotdan saboqlar» fani
7-sinfdan boshlab o‘qitiladigan maktablar uchun namunaviy o‘quv-mavzuiy reja

Ïîäïèñü: I QISM

 

 

Ïîäïèñü: II QISMÏîäïèñü: I QISM

 

Ïîäïèñü: III QISMÏîäïèñü: II QISM

Ïîäïèñü: III QISM

 

Iqtisodiyot yo‘nalishiga ixtisoslashgan maktablar, litseylar va chuqurlashtirilgan sinflar uchun o‘quv mavzuiy rejalar

 

8-sinf. mikroiqtisodiyot va tadbirkorlik asoslari

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

9-sinf. mAkroiqtisodiyot va xalqaro iqtisodiyot

 

 

 

 

Maktab yoki litseyning ixtisoslashganlik darajasiga qarab “Iqtisodiyot” faniga ajratiladigan soatlar haftasiga 1, 2 yoki 3 soatni tashkil qilishi mumkin. Shuni e’tiborga olgan holda “Iqtisodiyot bilim asoslari” fani bo‘yicha o‘quv-mavzuiy rejalar ham 3 ta modulda tuzildi

Ushbu dastur va o‘quv-mavzuiy rejalar bo‘yicha dars qilish uchun zarur bo‘lgan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, masalalar va testlar to‘plamlari, uslubiy qo‘llanmalar ro‘yxati ushbu kitobning oxirida keltirilgan.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA'LIMI

VAZIRLIGI

 

RESPUBLIKA TA'LIM MARKAZI

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

IQTISODIYOTGA IXTISOSLASHGAN

 O'RTA UMUMTA'LIM MAKTABLARI UCHUN

O'QUV DASTURLARI VA

MAVZUIY REJALARI

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Respublikamiz ixtisoslashgan maktab va litseylarida yo‘nalish bo‘yicha ixtisoslashuv asosan 2 variantda, ya’ni 5-sinfdan yoki 7-sinfdan boshlab amalga oshiriladi. Shuni e’tiborga olgan holda biz “Iqtisodiyotda matematika” fani uchun o‘quv dastur — mavzuiy reja 2 ta variantda:

I v. 5- sinfdan boshlab ixtisoslashtirilgan maktab va litseylar uchun

II v. 7- sinfdan boshlab ixtisoslashtirilgan maktab va litseylar uchun tuzildi.

Ixtisoslashgan maktablar va litseylar uchun tayyorlangan darslik va qo‘llanmalar ham aynan shu sinflarda o‘tiladigan matematika va iqtisodiyot fanlari dasturlariga moslashtirilib tayyorlangan.

Ya’ni, bu darslik va qo‘llanmalardagi nazariy va amaliy matriallar 5—6-sinflardagi “Matematika”, 7—11-sinflardagi “Geometriya” va “Algebra”, 5—7-sinflardagi “Iqtisodiyot bilim asoslari”, 10—11-sinflardagi “Iqtisodiyot va biznes asoslari” kurslarida beriladigan materiallar bilan muvofiqlashtirilgan.

Agarda, ixtisoslashtirilgan maktab yoki litsey dars soatlari 6-sinfdan boshlab kiritilsa yoki yilning yarmidan boshlab o‘qitila boshlansa, u holda o‘quv-mavzuiy reja ham qolgan o‘quv soatlariga mutanosib ravishda o‘zgartiriladi. Lekin bunda yuqoridagi ikkala variantdagi yondashuv tamoyili saqlanib qolishi kerak va muayyan sinf o‘quvchilarining o‘zlashtirgan bilim, malaka va ko‘nikmalari e’tiborga olinishi zarur.

 

 

 

 

 

“iqtisodiyotda matematika” fani bo‘yicha namunaviy o‘quv mavzuiy reja

 

I

(dars soatlari 5-sinfdan boshlab kiritilganda)

 

 

 

II

(dars soatlari 7-sinfdan boshlab kiritilganda)

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA'LIMI

VAZIRLIGI

 

RESPUBLIKA TA'LIM MARKAZI

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

IQTISODIYOTGA IXTISOSLASHGAN O'RTA UMUMTA'LIM MAKTABLARI UCHUN O'QUV DASTURLARI VA

MAVZUIY REJALARI

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

English on Economics and Business

 

5 Form

 

1. Economic words (2 h.)

Money, goods, shop, market, price, bank, businessman, credit card.

 

2. Money (4 h.)   

a) Kinds of money (dollar, ruble)

b) Types of money (coin, paper money . . . . ) 

c) When (Why) do we use money?

d) What is money?

 

3. Goods (4 h.)   

a) Types of goods

b) Consumer goods

c) Where can we buy goods?

d) How do we get goods?

e) What is good?

 

4. At the shop (4 h.) 

a) Conversation at the shop (dialogue)

b)   Who works at the shop?

c)   What do people do there?

d)  What kind of place is it?

e)   What can we see and buy there?

 

5. Price (4 h.)

a) Dialogue between customer and shopkeeper

b)  Asking the price

c)   What is price?

 

6. Market (4 h.)

a) What do people do there?

b) What kind of place is it?

c) What is market?

 

7. Types of markets (2 h.)

a) Types of markets

b) People in different Markets

 

8. Family income (4 h.)

a) What is salary, pension, scholarship, benefit?

b) Who brings income?

c) What is income?

 

9. Family expenses (4 h.)

a) What do we use income for?

b) When do we run into expense?

c) Expense for food, entertainment, for fare, clothes, house

d) What is expense?

 

10. Family budget (2 h.)

a) How do we make a family budget?

b) What is family budget?

c) The usage of family budget

 

 

 

 

6 Form

 

1. Business man (4 h.)

a) What does he do?

b) Where does he work?

c) What must he know?

d) Who is he?

 

2. Types of firms (4 h.)

a) Kinds of firms

b) People in the firms

c) What is firm?

 

3. Jobs (4 h.)

a) Kinds of jobs

b) Job places

c) Jobs for producing

d) Jobs for servicing

 

4. At the office (4 h.)

a) Office things

b) People at the office

c) What do people do at the office?

d) What is office?

e) Dialogue at the office

 

5. Contracts (6 h.)

a) Contract list

b) What must it include?

c) Where is it signed?

d) What is Contract?

 

6. Business trip (4 h.)     

a) Why does the businessman go to trip?

b) What does he do in the Business trip?

c) What is Business trip?

 

7. Banks (4 h.)

a) Workers in the bank

b) How does it work?

c) Bank system

d) Conversation in the Bank

e) What is bank?

 

8. Credit (4 h.)        

a) How do people take it?

b) How do they return it?

c) What makes people take credit?

d) What is credit?

7 form

 

1. Needs (4 h.) 

            a) What do we need to live?

            b) Natural needs

            c) Needs are limited.

 

2. Wants (2 h.) 

a) What do you want now?                                    

b) Wants are unlimited    

 

3. Resources (4 h.)   

a) Natural resources

b) Capital resources

c) Labour resources

d) Scarcity of resources

 

4. Production (4 h.) 

a) What do we need to satisfy our needs and wants?

b) Place of production

c) Workers of production

d) Production

e) Kinds of production

 

5. Exchange (4 h.)         

a) Objects of exchange

b) Why do people exchange their goods?

c) Terms of exchange?

 

6. Cost and price (4 h.) 

 a) The re sources which need to produce and their prices

b) To identify the cost of  production

c) To determine its price

d) What is cost?

 

7. Profit and loss (4 h.) 

a) When do we come across the loss?

b) How do we get profit?

c) What is profit and loss?

 

8. Competition (4 h.) 

a) Who competes with each other?

b) Who makes competition?

c) What is competition?

d) What is the use of competition to customers and sellers?

9. Advertising (4 h.) 

a) Who makes advertisement?

b) Who needs advertisement?

c) Why do we need advertisement?

d) What is advertisement?

e) Ways of advertising

 

 

 

 

8 form

 

1.   Economy of the Republic of Uzbekistan (4 h.) 

a)   The republic of Uzbekistan

b)  Independence day

c)   Area, population, capital, economic, means, industry and agriculture

d)  Economic indexes

e)   Achievements during independence years

f)    Five principals of transition to market economy

g)  Economic reforms

 

2.   Scarcity (4 h.)

a)   Needs

b)  Resources

c)   Scarcity-  main problem of economy

d)  Choice

e)   Opportunity cost

 

3.   Production, specialization (3 h.)

a)    Production

b)   Factors of production

c)    Output

d)   Specialization

e)    New technologies

 

4.   Exchange. Money (4 h.)

a)   Exchange

b)  Goods

c)   Money: history, forms, meaning

d)  Functions of money

e)   Exchange of goods and money

f)    Gold. Carat

 

5.   Market (4 h.)

a)   Exchange relations

b)  Seller, customer, consumer

c)   Forms of markets

d)  Supply

e)   Demand

f)    Relations between demand and supply

g)  Competition

h)  Monopoly

 

6.   Profit, cost, net profit (4 h.)

a)   Expense

b)  Profit

c)   Net profit and expense

d)  Profitability and productivity

 

7.   Bank, finance (4 h.)

a)   Bank services

b)  Types of banks

c)   Account opening

d)  Credit and deposit

e)   Money conversion

f)    Emission

g)  Inflation

 

8.   Entrepreneur, entrepreneurship (4 h.)

a)   Business

b)  Who is entrepreneur?

c)   Risk

d)  Business ethics

e)   Trade

 

9.   Firm (3 h.)

a)   Forms of firms

b)  Firm setting

c)   Constitutive documents of firm.

d)  Business plan

e)   Bankruptcy

 

9 form

 

1.   Marketing (4 h.)

a)   Marketing

b)  Marketing analysis

c)   Prices

d)  Gathering information

e)   Advertising

 

2.   Accounting (3 h.)

a)   Means of firm

b)  Balance of firm: active & passive, debit & credit.

c)   Auditor services

 

3.   Management (4 h.)

a)   Who is manager?

b)  Management

c)   Planning

d)  Management styles

e)   Self management

f)    Resumes

g)  Interviews

 

4.   Market infrastructure (4 h.)

a)   Types of exchanges

b)  Stock exchange

c)   Service branches: wholesale and retail market, transport, communication, leasing system

d)  Insurance: types of insurance, types of risks, insurance services of banks

 

5.   Government’s role in economy (4 h.)

a)   Economic policy of government

b)  Monitor and fiscal policy

c)   Tax system

d)  Budget

e)   GDP and GNP

 

6.   International market (4 h.)

a)   Export & import

b)  Customs

c)   Currency

d)  World trade organizations

e)   International trade of Uzbekistan

f)    Economy of USA

g)  Economy of Great Britain

h)  Economy of Japan

i)    Economy of Germany

j)    Economy of France

 

7.   IT technologies in modern economy (4 h.)

a)   Computer

b)  Production of computers

c)   Computer programs

d)  Importance of computer in enterprising

e)   New IT technologies

f)    Internet

 

8.   Contracts (3 h.)

a)   Contract

b)  Incoterms

c)   Transport documents

d)  Trade accounts

e)   Insurance contacts and other documents

 

9.   Business writings and conversations (4 h.)

a)   Business writings

b)  Telex system

c)   Telephone conversations

d)  Negotiations

e)   Public relations