O‘ZBĹKISTON RĹSPUBLIKASI XALQ

TA’LIMI VAZIRLIGI

RĹSPUBLIKA TA’LIM MARKAZI

 

 

 

 

 

 

 

O‘zbĺkistonda

iQtisodiy ta’lim

 

 

2007-2008 o‘quv yilini “Ta’lim muassasalarida iqtisodiy ta’lim va moliyaviy savodxonlik samaradorligini oshirish o‘quv yili” dĺb nomlanishi munosabati bilan umumiy
tavsiyalar

 

 

Tuzuvchilar: pĺdagogika fanlari nomzodi – I.Zokirov

                       RTM ijtimoiy fanlar bosh mĺtodisti – X.Xotamova

 

Taqrizchilar: iqtisod fanlari doktori                           N.Ho‘jayev

                      Toshkĺnt shahar, S.Raximov tuman,

                     111- maktab  iqtisod o‘qituvchisi              N. Do‘stmurodova  

 

 

TOSHKĹNT   2007

K I R I SH

Rĺspublikamiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritib, bozor iqtisodiyoti tomon yuz tutishi, buyuk kĺlajakni yaratuvchi barkamol avlodni, yangi zamon va yangi jamiyat kishisini tarbiyalashdĺk o‘ta mas’uliyatli, mashaqqatli  va ayni zamonda o‘ta dolzarb bo‘lgan vazifani kĺltirib chiqardi. O‘zbĺkiston Rĺspublikasi «Ta’lim haqidagi qonuni» va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi bu sohadagi qilinadigan ishlar ko‘lamini va yo‘nalishlarini bĺlgilabgina qolmasdan, ta’lim sohasida o‘ziga xos inqilobiy burilish yasadi. Milliy umumiy o‘rta ta’limni halqaro darajaga olib chiqish, uni jahon andozalariga mos qilib, tubdan isloh qilish — mamlakatimiz oldida turgan eng ustuvor vazifalardan biri sifatida bĺlgilab qo‘yildi.

Mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatining o‘sishi, davlatimizning xalqaro miqyosdagi nufuzi oshishi, iqtisodiy ta’limni ham xalqaro standartlarga moslashni, iqtisodiy fanlar o‘qitilishini kichik yoshlardanoq boshlashni, iqtisodiy bilim, ko‘nikma va malakalarning o‘quvchilar tomonidan chuqurroq o‘zlashtirilishiga shart-sharoitlar yaratilishini taqozo qilmoqda.

Shularni e’tiborga olib va iqtisodiy ta’limni kĺskin rivojlantirish va iqtisodiy ta’limni mamlakatimiz ta’lim tizimidagi ahamiyati va mavqĺini musta­hkamlash maqsadida 2007-2008 o‘quv yili mamlakatimizda “Ta’lim muassasalarida iqtisodiy ta’lim va moliyaviy savodxonlik samaradorligini oshirish” o‘quv yili dĺb nomlandi.

 

 

O‘zbĺkiston rĺspublikasida iQtisodiy ta’lim asoslar

Iqtisodiy ta’limning maqsadlari

Iqtisodiy ta’lim — o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilar tomonidan iqtisodiy bilim asoslari fanidan davlat ta’lim standartiga mos bilimlarni o‘zlashtirishdan, iqtisodiy ko‘nikma va malakalarni egallashdan iborat jarayondir. Bu jarayonning yakuniy natijasi o‘quvchilarda bozor iqtisodiyoti sharoitida, jamiyat va shaxs farovonligi yo‘lida yangi iqtisodiy tafakkur, iqtisodiy madaniyat va dunyoqarashni shakllantirishdan iboratdir.

O‘rta umumiy ta’lim maktablarida iqtisodiy ta’lim maqsadlari «Iqtisodiy bilim asoslari» fani bo‘yicha davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi bu fanni maktabda o‘qitishdan ko‘zlangan maqsadlardan kĺlib chiqadi. Bu maqsadlar quyidagilardan iborat:

·        milliy va mustaqillik g‘oyalarini targ‘ib etish;

·        xalqimizning tarixiy, intĺllĺktual, ma’naviy va iqtisodiy mĺrosini o‘rgatish;

·        vatanparvarlik, milliy g‘ururni tarkib toptishirish va rivojlantirish;

·        iqtisodiyot ilmi rivojiga hissa qo‘shgan qomusiy olimlarimiz ilmiy mĺrosidan o‘quvchilarni xabardor qilish;

·        o‘quvchilarda bozor iqtisodiyoti talablaridan kĺlib chiqib, yangi iqtisodiy madaniyat, yangicha iqtisodiy fikrlash va tafakkurni shakllantirish;

·        rĺspublikamizning iqtisodiy salohiyati, xukumat tomonidan olib borilayotgan, Prĺzidĺnt asarlari va qator qonun va qarorlarda o‘z aksini topgan iqtisodiy siyosat asoslari, bozor iqtisodiyotiga o‘tish tamoyillari bilan tanishtirish;

·        o‘quvchilarning iqtisodiy savodxonligini oshirish, zamonaviy iqtisodiy bilim asoslari va tadbirkorlik asoslarini singdirish;

·        o‘quvchilarga yangi vujudga kĺlgan iqtisodiy shart-sharoitlar asosida yashash va faoliyat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan amaliy iqtisodiy bilim va malakalarni bĺrish;

·        o‘quvchilarni jamiyat taraqqiyotida bo‘layotgan o‘zgarishlarning iqtisodiy mohiyatini anglash, tahlil qilish, fikr yuritish va o‘z munosabatini bildirish, iqtisodiyot bilan bog‘liq bo‘lgan muayyan hayotiy vaziyatlarda eng ma’qul    ĺchim topa bilish ko‘nikmalarini tarkib toptirish.

 

IqtisodIY ta’limning ijtimoiy VA MA’NAVIY asosi

Shak-shubha yo‘qki, har qanday ta’lim-tarbiya jamiyatning milliy xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirmog‘i kĺrak. Iqtisodiy bilim asoslari - hayotiy va ijtimoiy fan. Uning tadqiqot ob’ĺkti - bu jamiyat, undagi odamlar va ular orasidagi iqtisodiy munosabatlardir. Shunday ekan, iqtisodiy ta’lim ham xalqimiz ruxiyatidan kĺlib chiqib, tarixiy va milliy qadriyatlariga tayanmog‘i lozim.

Iqtisodiy ta’limning asosi iqtisodiy tizimning mohiyatidan kĺlib chiqadi. Mamlakatimizda oxirgi yillardagi o‘zgarishlarni kuzatadigan bo‘lsak bunga amin bo‘lamiz. Sir emaski, iqtisodiy tizimning, jamiyatimizning o‘zgarishi ya’ni bozor iqtisodiyotiga o‘tishi munosabati bilan butun jamiyat o‘zgardi. Odob-axloq va huquq mĺzonlari bir so‘z bilan aytganda, ma’naviyat o‘zgardi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, iqtisodiy taraqqiyotdagi o‘zgarishlar kishilar ma’naviyatining o‘zgarishiga olib kĺlar ekan. Va aksincha, ma’naviyatning yuksalishi, yangi-yangi ixtirolar va kashfiyotlarning ishlab chiqarishga qo‘llanishi iqtisodiyotning yuksalishiga olib kĺladi. Shunday ekan iqtisodiyot va ma’naviyat bir-birini talab etadigan jamiyatning biri moddiy ikkinchisi ma’naviy kamolotini bĺlgilovchi ikki xil jihati ekanligi ayon bo‘ladi. Ikkinchidan, har bir iqtisodiy tizim o‘ziga xos ma’naviyatni talab etadi. Sobiq ittifoqning tanazzulga yuz tutishining eng asosiy sabablaridan biri iqtisodiyot va ma’naviyatning bir-biriga mos kĺlmaganligi, dĺb aytish mumkin.

Ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan tuzum uchun yuqoridan bĺriladigan buyruqlarni so‘zsiz bajaradigan “robot”lar kĺrak bo‘lgan. Shu bois, ta’lim-tarbiya ham xuddi shu tamoyilga bo‘ysundirilgan. Xo‘sh, endilikdachi? Iqtisodiy faoliyat erkinlashtirilgan, ijodiy fikr va tadbirkorlik faoliyatiga, iqtisodiy rag‘batlantiriladigan mĺhnatga kĺng yo‘l ochilgan jamiyat fuqarosi qanday bo‘lishi kĺrak? Bu - hozirda jamiyatimiz oldida o‘ta dolzarb bo‘lib turgan masala hisoblanadi. Nazarimizda, bu o‘rinda ko‘r-ko‘rona g‘arb madaniyatini joriy etmasdan, uning ijobiy tomonlarini olib xalqimizning uzoq yillar davomida shakllanib kĺlgan sharqona qadriyatlaridan kĺlib chiqib, bu ikki qadriyatlarni ma’lum mĺ’yorda omixta qilib ish tutish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ta’limning, jumladan iqtisodiy ta’limning asosiy maqsadi va g‘oyasi sharqona qadriyatlar, insof, diyonat, imon, nazari to‘qlik, poklik, vijdonlilik, shukuronalik xislatlari bilan yo‘g‘rilgan va ayni paytda yangilikka intiluvchan, bilimli, iqtisodiy madaniyatli, o‘z qadriga yetadigan, zamon bilan tĺng qadam tashlaydigan tadbirli shaxsni tarbiyalashdan iborat bo‘lmog‘i kĺrak. Bu maqsad, bu g‘oya biz qurmoqchi bo‘lgan yangi jamiyatning ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti - aralash iqtisodiyotga asoslanganligidan kĺlib chiqadi. Ertaga qurayotgan jamiyatimiz kishilarning boy, o‘ziga to‘q bo‘lishini nazarda tutsada, hamma  boy bo‘lishini kafolatlamaydi. Faqat yangilikka intiluvchan, bilimli, tinib-tinchimas odamgina jamiyatning hamma nĺ’matlaridan bahramand bo‘ladi, boy yashaydi. Lĺkin aholining kam ta’minlangan qatlami ijtimoiy himoyasi va yaratilgan boylik taqsimotining ijtimoiyligi kafolatlanadi. Bu ma’naviyatni jamiyatning har bir a’zosiga, ayniqsa yoshlarga singdirish, tushuntirish ta’lim tizimining, xususan iqtisodiy ta’limning vazifasiga kiradi. Bu vazifani nĺchog‘lik darajada yaxshi bajarilishi, jamiyatdagi iqtisodiyot va ma’naviyat o‘rtasidagi muvozanatni, jamiyat a’zolari orasida murosa va hamjihatlikni ta’minlashi bilan birga, jamiyatning ijtimoiy larzalarsiz rivojlanishiga zamin yaratadi.

 

Yangi iqtisodiy madaniyat va tafakkurni shakllantirishda

Prĺzidĺnt I. A. Karimov va Hukumatimiz tomonidan olib Borilayotgan

iqtisodiy siyosatniNG o‘rni

Mustaqillik davrida yashayotganimizga ham o‘n bĺsh yildan oshdi. Bu tom ma’noda inqilobiy o‘zgarishlar davrida, jamiyat o‘zgardi, odamlar o‘zgardi, qaysidir ma’noda qadriyatlar o‘zgardi. Sobiq sho‘rolar davrida yoppasiga manqurtlarga aylanishiga sal qolgan, yuqoridan tushgan ko‘rsatmalarni - «Xo‘p bo‘ladi» dĺb ko‘r-ko‘rona bajarishga o‘rganib qolgan xalq o‘zgardi. O‘zbĺk xalqi, har bir o‘zbĺkistonlik o‘zligini tanidi. Endilikda o‘z Vatanini, o‘z tilini, o‘z milliy qadriyatlarini qaytarib olgan xalq bĺsh yil oldingi olomon emas. Hozirda o‘zining buyuk kĺlajagini qurishga otlangan, o‘z kuchiga tayangan xalq yaratuvchanlik ishtiyoqida, o‘ziga mos va o‘ziga xos yo‘ldan bormoqda.

Xo‘sh, bular o‘z-o‘zidan amalga oshayaptimi? Yo‘q, albatta. Kĺling, o‘tgan mustaqillik yillarini bir ko‘zdan kĺchirib tahlil qilishga harakat qilaylik.

Mustaqillikning birinchi yillaridayoq mamlakatimiz tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning o‘ziga xos yo‘lini tanladi. Bu yo‘l Prĺzidĺnt Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan bĺshta asosiy tamoyilda o‘z aksini topgan bo‘lib, bozor iqtisodiyotiga o‘tishning siyosiy va ijtimoiy larzalarsiz, bosqichma-bosqich taraqqiyotini ta’minlab bĺrishni nazarda tutadi. O‘zbĺkiston boshqa sobiq ittifoq rĺspublikalaridan farqli o‘laroq, o‘tish davrining o‘zidayoq iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash bilan birga, mamlakatni iqtisodiy o‘sish sari yetakladi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning «O‘zbĺkiston modĺli» tĺz orada butun dunyoga tanildi.

Shu bois mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanishining omillari, mĺxanizmlari va mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy siyosatning tamoyillari bilan o‘quvchilarni maktabdayoq tanishtirish iqtisodiy ta’limning eng asosiy maqsadlaridan biri bo‘lishi lozim. Bu maqsadni amalga oshirish bo‘yicha quyidagi tavsiyalarni inobatga olish maqsadga muvofiq bo‘ladi dĺb o‘ylaymiz:

1.     «Ishlab chiqarish. Ixtisoslashuv» mavzusida:

·        O‘zbĺkiston Rĺspublikasi iqtisodiyotining tuzilishi, asosiy ustunlari va salohiyati haqida ma’lumot bĺrish.

2.     «Iqtisodiy tizimlar» mavzusida:

·        O‘zbĺkistondagi oldingi ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan rĺjali iqtisodiyot unsurlari va kamchiliklarini tahlil qilishi;

·        nima uchun bu tizim tanazullga yuz tutganligini ochib bĺrish;

·        rĺspublikamizdagi bozorga o‘tish davrining mohiyati, o‘zgachaligi va tamoyillarini har tomonlama tahlil qilish;

·        o‘tish davrida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar bilan tanishtirish.

3.     «Mulk» mavzusida:

·        O‘zbĺkistonda olib borilayotgan xususiylashtirish jarayoni bilan tanishtirish.

4.     «Raqobat» mavzusida:

·        davlatning bozor munosabatlarini erkinlashtirish va erkin raqobatni himoya qilish va monopoliyaga qarshi milliy qonunchiligimiz asosida olib borayotgan siyosat, qabul qilinayotgan qonunlar va tadbirlarni sanab o‘tish.

5.     «Ekologiya» mavzusida:

·        O‘zbĺkistondagi ekologik vaziyat va ekologik ofatlarning oldini olish chora-tadbirlari, tabiatni asrash bo‘yicha qabul qilingan qonunlar bilan tinishtirish.

6.     «Tadbirkorlik» va «Tadbirkorlikni tashkil qilish» mavzularida:

·        O‘zbĺkistonda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ulla-nishning xuquqiy asoslari, yaratilgan shart-sharoitlar va imtiyozlar haqida tushuncha bĺrish.

7.     «Iqtisodiyot va davlat» mavzusida:

·        davlatning mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan mavqĺi, uning xuquqiy asoslari haqida ma’lumot bĺrish;

·        davlatning bosh islohotchi ekanligini uqtirish;

·        davlatimiz tomonidan olib borilayotgan soliq, monĺtar va fiskal siyosat asoslari bilan tanishtirish.

8.     «Xalqaro bozor» mavzusida:

·        O‘zbĺkiston tashqi iqtisodiy siyosatining asoslari bilan tanishtirish;

·        rĺspublikamizning xalqaro bozorda tutgan mavqĺi haqida tasavvurga ega qilish.

9.     «Mĺhnat bozori va ishsizlik» mavzusida:

·        O‘zbĺkistonda ishsizlikka qarshi kurash va ijtimoiy jamg‘armalarning chora-tadbirlari, aholini ijtimoiy himoya qilish vositalari haqida batafsil ma’lumot bĺrish.

Yuqoridagi kĺltirilgan bilimlarni mustahkamlash maqsadida o‘quvchilarga turli mavzularda Rĺspublikamiz iqtisodiyotiga oid voqĺalar, Prĺzidĺnt asarlari, farmonlari, qabul qilingan qonunlar haqida rĺfĺratlar yozdirish, ma’ruza konfĺrĺnsiyalarni o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Buni har dars boshlanishida 4-5 minutga mo‘ljallangan rĺspublika va jahon haftalik iqtisodiy hayotiga oid, e’tiborga molik bo‘lgan xabarnoma ko‘rinishida tashkil qilish ham mumkin. Shuningdĺk, xabarnomani o‘quvchilar galma-galdan, mustaqil, bir hafta davomidagi kundalik axborot vositalaridan eshitgan, ko‘rgan va o‘qiganlari asosida tayyorlab kĺlishlari ham mumkin. Bu xabarnomalarda qabul qilingan qonun, chiqarilgan farmonlar, Rĺspublikamiz va jahon iqtisodiyotida ro‘y bĺrayotgan o‘zgarishlar o‘z aksini topishi lozim. Shuningdĺk, darslarda rĺspublikamizning har kvartal oxirida e’lon qilinadigan iqtisodiy ko‘rsatkichlari ham tahlil qilinsa ayni muddao bo‘ladi.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida

iqtisodiy ta’limning tashkiliy asoslari

Hozirda, vujudga kĺlgan iqtisodiy sharoit yangicha iqtisodiy tafakkurga ega bo‘lgan, dunyoga yangicha ko‘z bilan qaraydigan, yangicha fikrlaydigan yangi avlodning ishtirokini taqozo etmoqda. Bu ish qanchalik tĺz amalga oshirilsa, halqimiz o‘tish davrining qiyinchiliklarini shunchalik tĺzroq yengib o‘tadi va mamlakatimizning iqtisodiy salohiyati shunchalik tĺz yuksaladi.

Bu o‘rinda iqtisodiy ta’lim–tarbiyaning o‘rta umumiy ta’lim maktablarining ustuvor yo‘nalishlari qatoriga kiritilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Yaqin–yaqingacha biz uchun bĺgona bo‘lib kĺlgan tadbirkorlik, xususiy mulk, foyda, raqobat kabi bozor iqtisodiyotining asosini tashkil qiluvchi tushunchalar, bugungi kunga kĺlib, hammaning og‘ziga tushib, kundalik hayotimizning ajralmas, odatdagi bo‘lagiga aylanib bormoqda.

Shu bois, iqtisodiyot asoslarini yoshlarga maktabdanoq singdirib borish, o‘quvchilarni ertaroq iqtisodiyotning sir–asrorlaridan voqif qilib borish lozimligi, hĺch kimda shubha uyg‘otmasa kĺrak.

Bu muammolarni yechishning yo‘l-yo‘riqlari O‘zbĺkiston Rĺspublikasi «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida to‘la-to‘kis o‘z ifodasini topgan.

Ma’lumki, O‘zbĺkiston Rĺspublikasi Halq ta’limi vazirligi 1996 yil 29 aprĺldagi ą92 buyrug‘iga ko‘ra barcha umumta’lim maktablarida maxsus dasturlar va o‘quv qo‘llanmalari asosida «Iqtisodiyot va biznĺs asoslari» fani kiritildi. Jaxondagi rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kĺlib chiqib bizda ham iqtisodiy bilimlarni o‘rta ta’limning barcha bo‘g‘inlarida kiritilishi va kĺlajakda bu fan ta’lim tizimining eng asosiy fanlari qatoridan joy olishi ko‘zda tutilgan edi. Bu maqsadga erishish uchun iqtisodiy ta’lim  boshlang‘ich ta’limda (I — IV sinflarda) matĺmatika, alifbo va o‘qish kitobi fanlari tarkibida, umumiy o‘rta ta’limda (V — XI sinflarda) ona tili, horijiy tillar, matĺmatika, jug‘rofiya, davlat va huquq asoslari mĺhnat fanlari tarkibida olib borilishi bilan bir qatorda, IX-XI sinflarda «Iqtisodyot va biznĺs asoslari» fani davlat komponĺntidagi soatlar hisobidan haftasiga bir soatdan dars sifatida kiritilgan edi.

O‘zbĺkiston Rĺspublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Vazirlar Mahkamasining «O‘zbĺkiston Rĺspublikasida umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish to‘g‘risidagi 1998 yil 13 maydagi 203-son qarori va «Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 1999 yil 16 avgustdagi qaroriga ko‘ra 2001-2002 o‘quv yilidan boshlab, umumta’lim maktablarida «Iqtisodiy bilim asoslari» fani 8-9 sinflarda haftasiga bir soatdan dars sifatida kiritildi.

Davlat ta’lim standartlari, dasturlari ishlab chiqildi.  1-4 sinflarda  “Iqtisod alifbosi”, 5-7 sinflarda “Iqtisod saboqlari” o‘quv kurslari fanlar tarkibida o‘qitilishi bĺlgilandi. Mazkur kurslar uchun o‘quv qo‘llanmalar tayyorlash rĺjalashtirildi.

Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 9 iyuldagi «2004-2009 yillarda maktab  ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturlari takomillashtirildi va modĺrnizatsiya qilindi. Mazkur takomillashtirilgan davlat ta’lim standartlari va modĺrnizatsiya qilingan o‘quv dasturlari 2004-2005 yillarda 8-sinflar kĺsimida, 2005-2006 yillarda 9-sinflar kĺsimida tajriba-sinovdan o‘tkazildi, hamda olingan takliflar asosida iqtisodiy bilim asoslari fan dasturlari takomillashtirildi. Mazkur dasturlar bo‘yicha “Iqtisodiy bilim asoslari” darsliklarining yangi avlodini yaratish uchun tanlov o‘tkazildi. 8-9 sinf “Iqtisodiy bilim asoslari” darslik-larining yangi avlodi yaratildi, rus tiliga hamda qardosh tillarga tarjima qilindi. Iqtisod fanini takomillashtirish borasidagi yutuqlar bilan bir qancha bugungi kunda yechimini topishi lozim bo‘lgan muammolar mavjud:

Bular:

- 1-4 sinflar uchun “Iqtisod alifbosi”, 5-7 sinflar “Iqtisod saboqlari” o‘quv qo‘llanmalarining yangi avlodini  yaratish;

- iqtisodiy bilimlarni barcha fanlar mazmuniga singdirish;

-  iqtisodiy ta’limni tarbiya bilan uzviyligini kuchaytirish;

- umumta’lim maktablari rahbarlarini va ta’lim xodimlarining iqtisodiy va moliyaviy savodxonliklarini  oshirish yuzasidan dasturlar ishlab chiqish.

O‘zbĺkiston Rĺspublikasi xalq ta’lim vazirligi tomonidan 2007-2008 o‘quv yilini iqtisodiy ta’lim samaradorligi va moliyaviy savodxonlikni oshirish o‘quv yili dĺb e’lon qilinishi yuqoridagi muammolarni hal etishga qaratilgandir, shu maqsadda Rĺspublika ta’lim markazi o‘zining chora-tadbirlarini ishlab chiqdi. Ushbu risola ham yuqoridagi muammolarning qisman yechimini topishiga imkon bĺradi.

Iqtisodiy bilim Asoslari fanIning maktab                                                                            o‘quv rĺjasidagi o‘rni

Iqtisodiy bilim asoslari fani maktabda o‘qitiladigan barcha fanlarning iqtisodiy bilimlar asosida uyg‘unlashuviga tayanadi. Iqtisodiy tafakkur, iqtisodiy bilimlarni boshlg‘ich sinflarda atrofimizdagi olam, o‘qish, ona-tili, mĺhnat, matĺmatika, odobnoma fanlari tarkibida, yuqori sinflarda matĺmatika, gĺografiya, tarix, fizika, adabiyot, Konstitutsiya olamiga sayohat va boshqa fanlar tarkibida bĺrilishi asosida ham shakllanadi. Maktab o‘quv fanlari dasturlariga ayrim iqtisodiy tushunchalarning kiritilishi, bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘quvchilarni hayotga va kĺlajakdagi mĺhnat faoliyatiga tayyorlashga hamda iqtisodiy fanlarni o‘rganish jarayonini chuqurlashtirishga yordam bĺradi.

“Iqtisodiy bilimlar” boshlang‘ich maktablarda boshqa fanlar orqali xaftasiga 10 soatlik yuklama asosida 5-6 sinflarda boshqa fanlar tarkibida yillik 17 soatlik yuklama asosida 7 sinflarda maktab komponĺntidagi soatlar hisobidan 17 soatlik yuklama asosida, 8-9 sinflarda asosiy davlat komponĺntidagi soatlar hisobidan yillik 34 soat yuklama asosida bĺrilishi 2007-2008-o‘quv yilidan boshlab joriy qilinadi. Bu o‘quv rĺjalari iqtisodiy bilimlarning o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilish darajasini ta’minlaydi. Bu darajalar ham shartli ravishda 3 taga bo‘lingan:

1. Minimal daraja — iqtisodiy bilim asoslari fani bo‘yicha har bir o‘quvchi o‘zlashtirishi zarur bo‘lgan tayanch mazmun. Bu daraja bilimlarni kĺngaytirish va chuqurlashtirish uchun poydĺvor vazifasini o‘taydi va u barcha uchun majburiydir.

2. Asosiy daraja — umumiy ta’lim doirasida minimal darajaga nisbatan to‘liqroq va chuqurroq ma’lumot bĺrishni nazarda tutadigan bilim hajmi.

3. Ixtisoslashtirilgan daraja — iqtisodiy bilim asoslari fani bo‘yicha bĺriladigan bilimlarga qiziqadigan, bu bilimlarni muvaffaqiyatli tarzda chuqur o‘zlashtirishga qodir bo‘lgan o‘quvchilarga mo‘ljallangan maxsus bilim hajmi.

 

 

 

IQTISODIYOT FANINI

BOSHQA FANLAR BILAN INTĹGRATSIYALASH

2007-2008 o‘quv yilidan boshlab "Iqtisodiyot alifbosi" (1-4 sinflar) va "Iqtisodiyot saboqlari" (5-7 sinflar) kurslarini boshqa fanlar tarkibida o‘qitish uchun O‘zbĺkiston Rĺspublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv rĺjada maxsus soatlar ajratilgan.

I - IV sinflarda "Iqtisodiyot alifbosi" kursi ona tili, o‘qish, matĺmatika, atrofimizdagi olam, mĺqnat darslari tarkibida sinflar kĺsimida 10 soatdan jami - 40 soat;

V - VI sinflarda "Iqtisodiyot saboqlari"  kursi matĺmatika, ona tili, adabiyot, mĺhnat, fizika, konstitutsiya olamiga sayohat, gĺografiya, tarix, Vatan tuyg‘usi, Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari fanlari tarkibida sinflar kĺsimida 17 soatdan jami 34 soat o‘qitiladi.

VII sinfda maktab ixtiyoridagi soatlar hisobidan 17 soat o‘qitiladi.

"Iqtisodiyot bilim asoslari" fan sohasiga oid prĺdmĺtlar quyidagi hajmda va o‘quv-mavzuiy rĺjalarga asosan o‘qitiladi. Biz quyida iqtisodiy bilim, ko‘nikma va malakalarning qaysi fanlar tarkibiga intĺgratsiyalangan holda o‘qitilishi bo‘yicha rĺja-prospĺktni kĺltiramiz.

 

1-4-sinflar "IQTISODIYOT ALIFBOSI"

 

1-sinf

"Iqtisodiyot bilan tanishuv"

"O‘qish", "Ona tili", "Mĺhnat", "Atrofimizdagi olam" va "Matĺmatika" fanlari tarkibida:

Umumiy soatlar yuklamasi – 10 soat

 

I.    Ehtiyojlar va imkoniyatlar (5 soat).

1.   Odamlar yashashi uchun qanday narsalar kĺrak bo‘ladi? Moddiy ehtiyojlar: suv, havo, oziq-ovqat, kiyim-kĺchak, uy-joy, turli jihozlar, buyumlar va boshqalar ("Atrofimizdagi olam" tarkibida 2 soat);

2.   Odamalarning yashashi uchun faqat moddiy ehtiyojlar – turli xil narsalarning o‘zi yetarlimi? Ma’naviy ehtiyojlar: bilim olishga bo‘lgan ehtiyoj ("O‘qish" tarkibida 1 soat);

3.   Xohish va istak. Xohish va istaklarning ko‘pligi. Hamma vaqt ham odamlar o‘z orzulariga yetishadimi? ("Ona tili" tarkibida 1 soat);

4.   Sizning shu kunlardagi ehtiyojingiz, xohish va istaklaringiz. Ularga erishish imkoniyatlaringiz. Xohish va istaklaringiz ichidan tanlovingiz ("O‘qish" va "Matĺmatika" tarkibida 1 soat).

 

II.   Mĺhnat. Ishlab chiqarish (5 soat).

1.   Odamlar nima uchun mĺhnat qiladilar? ("Matĺmatika" tarkibida 1 soat);

2.   Kimlar qayerda ishlaydi? Kasb va hunarlar. Bilim nima uchun kĺrak? ("Ona tili" tarkibida 1 soat);

3.   Mĺhnatning mahsuli – mahsulot va uning turlari ("Mĺhnat" tarkibida 1 soat);

4.   Nima qayerda ishlab chiqariladi? Korxonalar va ularning turlari ("Matĺmatika" tarkibida 2 soat).

 

2-sinf

"Bozor va pul"

      "O‘qish", "Ona tili", "Mĺhnat", "Atrofimizdagi olam" va "Matĺmatika" fanlari tarkibida:

      Umumiy soatlar yuklamasi – 10 soat

 

I.    Bozor va savdo-soti? (5 soat)

1.   Tovar nima? Hamma mahsulotlar ham tovar bo‘ladimi? Xizmatlar va ularning turlari ("Mĺhnat" tarkibida 1 soat);

2.   Nima qayerda sotiladi? Xizmat ko‘rsatish shahobchalari ("Ona tili" tarkibida 1 soat);

3.   Bozorlar va ularning turlari ("O‘qish" tarkibida 1 soat);

4.   Sotuvchi va xaridor. Ular orasidagi savdo madaniyati ("Ona tili" tarkibida 1 soat);

5.   Bozor va do‘konlardan kĺrakli narsalarni xarid qilish ("Matĺmatika" tarkibida 1 soat).

 

II.   Pul va narx (5 soat)

1.   Pul bo‘lmagan paytlarda odamlar qanday yashaganlar? Ayirboshlash ("O‘qish" tarkibida 1 soat);

2.   Pulning paydo bo‘lishi qanday qulayliklarga olib kĺldi? ("Ona tili" tarkibida 1 soat);

3.   Pul nimaning evaziga topiladi? Pul birliklari. Qog‘oz pullar va tangalar ("Matĺmatika" tarkibida 1 soat);

4.   Nima qancha turadi? Tovar narxi. Xizmat haqi ("Matĺmatika" tarkibida 1 soat);

5.   Mahsulot narxi nimalarga bog‘liq? Nima arzonu, nima qimmat? Nĺga? ("Matĺmatika" tarkibida 1 soat).

 

 

3-sinf

"Oila. Boylik va odamlar"

      "O‘qish", "Ona tili", "Mĺhnat", "Atrofimizdagi olam" va "Matĺmatika" fanlari tarkibida:

      Umumiy soatlar yuklamasi – 10 soat

 

I.    Oila iqtisodiyoti (2 soat)

1.   Oilaning daromad manblari: ish haqi, qarilik pĺnsiyasi, stipĺndiya, nafaqa va boshqalar ("Matĺmatika" tarkibida 1 soat);

2.   Oila xarajatlari: oziq-ovqat, kiyim-kĺchak, uy jihozlari va boshqalar. Oilada iqtisod va tĺjamkorlik ("Matĺmatika" tarkibida 1 soat).

 

II. Mulk (3 soat)

1.   Bu narsa – mĺniki. Bu narsa – sĺniki. Shaxsiy mulk. ("Ona tili" tarkibida 1 soat)

2.   Bu narsa – bizniki. Oilaviy mulk. Jamoa mulki. Maktab jamoasi mulki. Davlat mulki. ("Ona tili" tarkibida 1 soat)

3.   Mulk va uning egasi. Xo‘jayinlik hissi. Hamma narsaning egasi bo‘lgani yaxshimi? Mulk tĺjamkor kishini yaxshi ko‘radi. ("O‘qish" tarkibida 1 soat)

 

III. Boylik. (2 soat)

1.   Boylik nima? Qanday boyliklarni bilasiz? Tabiiy boyliklar. Moddiy va ma’naviy boyliklar. ("Atrofimizdagi olam" tarkibida 1 soat)

2.   Ixtiro va kashfiyotlar. Tarixiy yodgorliklar, san’at va badiiy asarlar. Qanday odamni boy dĺsa bo‘ladi? Boylikning  manbalari. ("O‘qish" tarkibida 1 soat)

 

IV. Tadbirkor kishilar. (3 soat)

1.   Tadbirkorlar kimlar? Ular nimasi bilan boshqalardan ajralib turadi? Tadbirkorlar nima bilan shug‘ullana-dilar? ("Mĺhnat" tarkibida 1 soat)

2.   Tadbirkorlik – boylik manbai. Qanday firmalarni bilasiz? Ular nima bilan shug‘ullanadilar? ("Mĺhnat" tarkibida 1 soat)

3.   Siz tadbirkor bo‘lganingizda. ("Mĺhnat" tarkibida 1 soat)

 

4-sinf

"Maktab iqtisodiyoti"

      "O‘qish", "Ona tili", "Mĺhnat", "Atrofimizdagi olam" va "Matĺmatika" fanlari tarkibida:

      Umumiy soat yuklamasi – 10 soat

I.    Maktab kutubxonasining iqtisodiyoti. (1 soat)

      Kutubxona jihozlari. Kitoblar va o‘quv qo‘llanmalari. O‘quvchi kutubxona kitoblarini saqlash bo‘yicha iqtisodiy faoliyat qatnashchisi. ("O‘qish" va "Ona tili" tarkibida 1 soat)

 

II.   Maktab oshxonasi iqtisodiyoti. (1 soat)

      Oshxona jihozlari. Oshxona xarajatlari. Oshxona daromadlari. Oshxonadagi mahsulotlarni tĺjab-tĺrgash har bir o‘quvchining burchi. ("O‘qish" va "Matĺmatika" tarkibida 1 soat)

 

III. Maktab ustaxonasining iqtisodiyoti. (2 soat)

1.   Ustaxona jihozlari. Ustaxonadagi xom-ashyo matĺriallari. ("Mĺhnat" tarkibida 1 soat)

2.   Ustaxonada tayyorlanadigan mahsulotlar. Ustaxonada ishlab  qanday daromad olish mumkin? Ustaxona xarajatlari. ("Mĺhnat" tarkibida 1 soat)

 

IV. O‘quv tajriba maydoni. (2 soat)

1.   O‘quv tajriba maydonidagi iqtisodiy faoliyat. ("Atrofi-mizdagi olam" tarkibida 1 soat)

2.   O‘quv tajriba maydonidagi faoliyatni  tashkil  etish. O‘quvchi iqtisodiy faoliyat qatnashchisi. ("Atrofimizdagi olam" tarkibida 1 soat)

 

V. Kommunal xizmatlar bahosi. (2 soat)

1.   Suv uchun haq to‘lash. Elĺktr uchun haq to‘lash. ("Matĺmatika" tarkibida 1 soat)

2.   Gaz uchun haq to‘lash. Yana qanday to‘lovlarni bilasiz? ("Matĺmatika" tarkibida 1 soat)

 

VI. Maktab iqtisodiyotidagi o‘quvchining o‘rni. (2 soat)

1.   O‘z narsalariga va maktab mulkiga tĺjamkorlik. ("Mĺhnat" tarkibida 1 soat)

2.   O‘z kuchi bilan ko‘rgazmali o‘quv qurollarini yasash. Xo‘jayinlik hissi. ("Mĺhnat" tarkibida 1 soat)

 

5-7-sinflar "IQTISODIYOT SABOQLARI"

 

5-sinf

I.    Ehtiyojlar va rĺsurslar (3 soat)

1.   Ehtiyojlar va ularning turlari. Mĺhnat. Insonning mĺhnatga bo‘lgan ehtiyoji. Ishlab chiqarish. Ehtiyojlarning chĺksizligi. ("Tarix" va "Fizika" tarkibida 1 soat);

2.   Tabiiy, kapital, mĺhnat rĺsurslari. Tabiatdagi jami rĺsurslar chĺgaralanganligi. ("Gĺografiya" va"Fizika" tarkibida 1 soat);

3.   Iqtisodiyotning asosiy muammosi. Tanlov. Iqtisodiyot fani nimani o‘rgatadi? ("Mĺhnat" va "Tarix" tarkibida 1 soat).

 

II. Ayirboshlash va pul (4 soat)

1.   Natural xo‘jalik. Ayirboshlash. Bartĺr. Tovar. Tovar xo‘jaligi. ("Ona tili", "Tarix" va "Adabiyot" tarkibida 1 soat);

2.   Pul va uning kĺlib chiqishi. Pulning turlari. Pulning vazifalari. Pul o‘lchov, muomala, jamg‘arish va to‘lov vositasi sifatida. ("Ona tili", "Tarix", "Adabiyot" va "Matĺmatika" tarkibida 1 soat);

3.   O‘zbĺkistonning pul birligi. Boshqa davlatlarning pul birliklari. ("Konstitutsiya olamiga sayohat", "Vatan tuyg‘usi", "Milliy istiqlol g‘oyasi" va "Matĺmatika" tarkibida 1 soat);

4.   Plastik kartochkalar. Bankomat. Ish haqi. Ishbay va vaqtbay ish haqi. ("Fizika" va "Matĺmatika" tarkibida 1 soat).

 

III. Bozor (7 soat)

1.   Bozor tushunchasi. Sotuvchi va xaridor. ("Ona tili" va "Adabiyot" tarkibida 1 soat);

2.   Oldi-sotdi munosabatlari. Bozor ishtirokchilari – ishlab chiqarish korxonalari, istĺ’molchi – aholi, davlat. ("Ona tili", "Adabiyot" va "Tarix" tarkibida 1 soat);

3.   Bozorning turlari: istĺ’mol tovarlar bozori; ishlab chiqarish vositalari bozori; tovar birjalari; mĺhnat bozori; qimmatbaho qog‘ozlar bozori; intĺllĺktual tovarlar bozori. ("Ona tili", "Adabiyot", "Tarix", "Vatan tuyg‘usi" va "Milliy istiqlol g‘oyasi" tarkibida 1 soat);

4.   Bozorning monopollashuvi: erkin raqobat bozori; monopollashgan bozor. ("Vatan tuyg‘usi", "Milliy istiqlol g‘oyasi" va "Tarix" tarkibida 1 soat);

5.   Narxlar. Chakana va ulgurji narxlar. ("Mĺhnat", "Matĺ-matika" va "Adabiyot" tarkibida 1 soat);

6.   Chiqim va tannarx. Ishlab chiqarish tannarxi. ("Mĺhnat", "Matĺmatika" va "Adabiyot" tarkibida 1 soat);

7.   Daromad, foyda va zarar. ("Mĺhnat", "Matĺmatika" va "Adabiyot" tarkibida 1 soat).

 

IV. Oila iqtisodiyoti (3 soat)

1.   Oila. Oilaviy mulk va boylik. Oila daromadlari. ("Adabiyot", "Ona tili", "Matĺmatika", "Vatan tuyg‘usi" va "Milliy istiqlol g‘oyasi" tarkibida 1 soat);

2.   Ish haqi. Qarilik va nogironlik pĺnsiyalari. Stipĺndiya va yosh bolalarga to‘lanadigan nafaqalar. Boylik daromad manbai: ijara haqi, qarzning foizi, tadbirkorlikning foydasi. ("Mĺhnat", "Matĺmatika" va "Adabiyot" tarkibida 1 soat);

3.   Oila xarajatlari. Oila byudjĺti. Kamomadli byudjĺt. ("Matĺmatika", "Ona tili" va "Adabiyot" tarkibida 1 soat).

 

 

6- sinf

I.    Mulk (4 soat)

1.   Mulkning paydo bo‘lishi. Mulk va mulkdor. Kimlar mulkdor bo‘la oladi? Nimalar mulk bo‘la oladi? ("Tarix" , "Konstitutsiya olamiga sayohat" va "Ona tili" tarkibida 1 soat);

2.   Aqliy mĺhnat mahsuli – intĺllĺktual mulk. Ishchi kuchining mulk ekanligi. ("Tarix" va "Konstitutsiya olamiga sayohat" tarkibida 1 soat);

3.   Mulk shakllari: shaxsiy, jamoa, davlat mulklari. Xususiy mulk. ("Tarix" , "Vatan tuyg‘usi" va "Milliy istiqlol g‘oyasi" tarkibida 1 soat);

4.   Mulk shakllarining o‘zgarib borishi. Xususiylashtirish. Aksiya. Aksiyadorlik jamiyati. Dividĺnd. ("Tarix", "Vatan tuyg‘usi", "Milliy istiqlol g‘oyasi" va "Matĺmatika" tarkibida 1 soat).

 

II.   Banklar (3 soat)

1.   Banklar tarixi. Omonat va qarz. ("Tarix", "Ona tili", "Adabiyot", "Milliy istiqlol g‘oyasi" va "Vatan tuyg‘usi" tarkibida 1 soat);

2.   Krĺdit va krĺdit foizi. Yillik foiz stavkasi. ("Matĺmatika", "Milliy istiqlol g‘oyasi" va "Vatan tuyg‘usi" tarkibida 1 soat);

3.   Bankirlar va bank mijozlari. Banklarning boshqa xizmat turlari. ("Ona tili" va "Adabiyot" tarkibida 1 soat).

 

III. Ishlab chiqarish (6 soat)

1.   Ishlab chiqarish omillari: tabiiy omil, mĺhnat omili, kapital omili va tadbirkorlik. ("Mĺhnat", "Gĺografiya" va "Fizika" tarkibida 1 soat);

2.   Mĺhnat unumdorligi. Zamonaviy tĺxnika va tĺxnologiyalar. ("Mĺhnat", "Gĺografiya" va "Fizika" tarkibida 1 soat);

3.   Mĺhnat taqsimoti va kasblar. Soha va tarmoqlar. Ixtisoslashuv. ("Mĺhnat", "Tarix", "Gĺografiya", "Fizika", "Vatan tuyg‘usi" va "Milliy istiqlol g‘oyasi" tarkibida 1 soat);

4.   Mĺnĺjmĺnt. ("Mĺhnat", "Ona tili" va "Adabiyot" tarkibida 1 soat);

5.   Mĺnĺjĺrlar. ("Mĺhnat", "Ona tili", "Adabiyot", "Milliy istiqlol g‘oyasi" va "Vatan tuyg‘usi" tarkibida 1 soat);

6.   Markĺting. ("Tarix", "Mĺhnat", "Vatan tuyg‘usi" va "Milliy istiqlol g‘oyasi" tarkibida 1 soat).

 

IV. Ekologiya (4 soat)

1.   Ekologiya nima? Ekologiya muammolari. ("Vatan tuyg‘usi", "Milliy istiqlol g‘oyasi", "Tarix", "Gĺografiya" va "Fizika" tarkibida 1 soat);

2.   Suv va havoning ifloslanishi. Ozon tuynugi. yerda tuproq tarkibining o‘zgarishi. ("Vatan tuyg‘usi", "Milliy istiqlol g‘oyasi", "Tarix", "Gĺografiya" va "Fizika" tarkibida 1 soat);

3.   Orol muammosi. Tabiatni muhofaza qilish. ("Vatan tuyg‘usi", "Milliy istiqlol g‘oyasi", "Tarix", "Gĺografiya" va "Fizika" tarkibida 1 soat);

4.   Xalqaro tashkilotlar. Atrof muhitni himoya qilish hammaning burchi ekanligi. ("Vatan tuyg‘usi" va "Milliy istiqlol g‘oyasi" tarkibida 1 soat).

 

7- sinf

"Iqtisodiyot saboqlari"

(maktab komponĺntidan soatlar hisobiga alohida

fan sifatida o‘qitiladi)

 

I.    Bozor iqtisodiyoti (3 soat)

1.   Nima? Qanday? Kim uchun? – savollari nimani anglatadi? Iqtisodiy tizimlar. An’anaviy, bozor va markazlashgan rĺjali iqtisodiyot. Ularning o‘zaro farqi va o‘ziga xos xususiyatlari. (1 soat);

2.   Bozor iqtisodiyotining xususiyatlari: erkin iqtisodiy faoliyat, xususiy mulkchilik, raqobat, iqtisodiy manfaatdorlik va foyda olishga bo‘lgan intilish, monopoliyani rad etish, erkin narxlar. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish. Aralash iqtisodiyot. (1 soat);

3.   O‘zbĺkiston bozor iqtisodiyoti sari. O‘zbĺkiston Rĺspublikasi bozor iqtisodiyotiga o‘tishining bĺsh tamoyili: Iqtisodiyotning siyosatdan ustivorligi; Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida davlat – bosh islohotchi; Qonunlar va ularga rioya qilishning shartligi; Faol ijtimoiy siyosat yuritish; Bozor iqtisodiyotiga sĺkin-asta, bosqichma-bosqich o‘tish. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish islohotlari. (1 soat).

 

II.   Talab va taklif (4 soat)

1.   Talab. Talab qonuni. (1 soat);

2.   Taklif. Taklif qonuni. (1 soat);

3.   Talab va taklif chiziqlari. (1 soat);

4.   Muvozanat (bozor) narx va muvozanat miqdor. To‘yingan va taqchil bozor. (1 soat).

 

III. Tadbirkorlik (6 soat)

1.   Tadbirkorlik nima? Tadbirkorlikning o‘ziga xos xususiyatlari. Tadbirkorlikning faoliyat turlari: ishlab chiqarish; moliyaviy tadbirkorlik; tijorat; vositachilik; sug‘urta. (1 soat);

2.   Tadbirkorlikni tashkil qilish: xususiy firmalar; shirkatlar; ma’suliyati chĺklangan va chĺklanmagan jamiyatlar; aksiyadorlik jamiyati; ochiq va yopiq aksiyadorlar jamiyati. (1 soat);

3.   Biznĺs nimadan boshlanadi? Biznĺs-g‘oya va biznĺs-rĺja.    (1 soat);

4.   Firmaning sarf-xarajatlari. Asosiy vositalar. Amortizatsiya. (1 soat);

5.   Aylanma mablag‘lar. Buxgaltĺriya balansi. Aktiv va passiv. (1 soat);

6.   Firma faoliyatining tahlili. Sof foyda. Soliqlar. Rĺntabĺllik. (1 soat).

 

IV. Davlat va iqtisodiyot (4 soat)

1.   Davlatning iqtisodiyotda tutgan o‘rni. Davlat byudjĺti. Davlat byudjĺtining daromad va xarajat qismlari va ularni tashkil etuvchilar. (1 soat);

2.   Yalpi milliy mahsulot. Aholi jon boshiga to‘g‘ri kĺladigan YaMM miqdori. (1 soat);

3.   Pul muomalasi. Pul massasi va aylanish tĺzligi. Inflatsiya. Pul muomalasi qonuni. (1 soat);

4.   Tashqi iqtisodiy aloqalar. Eksport va import. Valyuta. Valyuta kursi. To‘lov balansi. O‘zbĺkiston jahon bozorida. (1 soat).

 

Ta’lim muassasasining iQtisodiy va moliyaviy faoliyatini yuritish bO‘yicha umumiy tavsiyalar

I.     Zamonaviy ta’lim muassasasidagi iqtisodiy va moliyaviy faoliyat.

II.    Ta’lim muassasasining iqtisodiy rĺjalashtirish va moliyalashtirish smĺtalari:

1.    Iqtisodiy rĺjalashtirish va moliyalashtirish smĺtalari-ning ahamiyati va ularni tuzishdan ko‘zlangan maqsadlar;

2.    Ta’lim muassasasining smĺtalarini tuzish orqali yechiladigan masalalar;

3.    Ta’lim muassasasi daromadlari va xarajatlarining namunaviy smĺtasi;

4.    Ta’lim muassasasi xarajatlarini hisob-kitob qilish;

5.    Ta’lim muassasasi daromadlarini hisob-kitob qilamiz.

III.   Ta’lim muassasasiga xarajatlari uchun davlat byudjĺtidan ajratiluvchi mablag‘lar.

1.    Davlat byudjĺtidan moliyalashtirishning maqsad va vazifalari;

2.    Davlat byudjĺtidan ajratiluvchi mablag‘larning xarajat qilinish yo‘nalishlari;

3.    Davlat byudjĺtidan ajratiluvchi mablag‘larning normativlari.

IV.  Ta’lim muassasasining davlat byudjĺtidan tashqari (nobyudjĺt) mablag‘lari.

1.    Ta’lim muassasasining nobyudjĺt moliyalashtirish manbalari;

2.    Markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan nobyudjĺt mablag‘lar;

3.    Ta’lim muassasasining o‘z iqtisodiy faoliyati yordamida nobyudjĺt mablag‘lar jalb qilish yo‘llari;

4.    Ta’lim muassasasiga homiylar va ota-onalar tomonidan ixtiyoriy to‘lovlar.

V.   Nobyudjĺt mablag‘lar jalb qilishning tashkiliy masalalari.

1.    To‘lovli qo‘shimcha ta’lim xizmati ko‘rsatishni tashkil qilish;

2.    Nobyudjĺt mablag‘larning tijorat va notijorat turlari;

3.    Ta’lim muassasasining tovar ishlab chiqarish bilan bog‘liq faoliyatining tashkiliy shakllari;

4.    Yangi iqtisodiy va moliyaviy sharoitdagi ta’lim muassasasining tashkiliy tuzilishi.

VI.  Ta’lim muassasasining nobyudjĺt mablag‘lar jalb qilish bo‘yicha tĺxnik-iqtisodiy asoslanmasi.

1.    Ta’lim muassasasining iqtisodiy va moliyaviy faoliyatini tahlil qilish bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlar (iqtisodiy samaradorlik, ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati, ishlab chiqarish xarajatlari);

2.    Ta’lim muassasasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxi tarkibi;

3.    Ishlab chiqariladigan mahsulot va ko‘rsatiladigan xizmat narxini hisoblash mĺtodikasi;

4.    Ayrim mahsulot va xizmat turlari narxlarining namunaviy hisob-kitobi;

5.    Maktab iqtisodiy faoliyatining samaradorligini aniqlovchi ko‘rsatkichlarning namunaviy hisob kitobi:

     Iqtisodiy va buxgaltĺrlik foydani hisoblash;

     Rĺntabĺllikni hisoblash formulalari.

VII. Ta’lim muassasasining biznĺs-rĺjasi.

1.    Biznĺs-rĺja tushunchasi;

2.    Biznĺs rĺjaning umumiy tuzilishi;

3.    Ta’lim muassasasi biznĺs-rĺjasining o‘ziga xos tomonlari;

4.    Ta’lim muassasasi biznĺs-rĺjasini tuzishda nimalarga e’tibor bĺrish kĺrak?

VIII. Ta’lim muassasasining iqtisodiy rivojlanish dasturini tuzish bo‘yicha tavsiyalar.

IX.  Ta’lim muassasalarini iqtisodiy rivojlantirish va moliyalashtirish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar.

                           

Ilovalar: Ta’lim muassasasi iqtisodiy va moliyaviy faoliyatiga tĺgishli asosiy xujjatlar namunalari.